Фан: Техника фанлари


Download 379.5 Kb.
bet5/10
Sana24.04.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1393481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maqola innovatsion

Material va metodlar: tadqiqot va tajribalar polimerlar kimyosi va fizikasi institutining nanostrukturali kompozitsion polimer materiallar laboratoriyasida maqola mualliflari tomonidan “Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan poliolefinlar asosida nanokompozitsion polimer – polimer aralashmalar materiallari” mavzusidagi fundamental maqsadga qaratilgan ilmiy loyiha doirasida 2022-2023 yillarda amalga oshirildi.
Materiallar: Suyultmaning oqish ko’rsatkichi (SOK) = (2,16 kg, 230ºC) 21 g/10 min bo'lgan izotaktik PP (J-170T) Uz-Kor Gas Chemical MChJ QK tomonidan taqdim etildi. SOK = (2,16 kg, 230 ºC) >200 g/min 2,5 % malein guruhlari tutgan MA-p-PP UzAuto CEPLA MChJ QK tomonidan taqdim etildi. Cloisite15A, (d001=3,06 nm, dimetildegidrogenlangan ammoniy kons. 1,25 meq/g), Cloisite 20A, (d001=2,4 nm, dimetildegidrogenlangan ammoniy kons. meq/0,95) Sauthern Clay Products, Inc., Gonsales, TX dan xarid qilindi.
Kompozitlarni Tayyorlanishi: Komponentlar Brabender Plastograph (Germaniya) da eritildi. Birinchi PP va MA-p-PP plastografda 190 ºC temperaturada suyultirib olingandan so'ng qatlamli silikat kiritildi va komponentlarning bir-birini yaxshiroq aralashtirishini ta'minlash uchun 8 min davomida aralashtirildi. Keyinchalik namunalari Mercator 1971 (Polsha) inyeksion quyuvchi mashinasida mexanik tadqiqotlar uchun namunalar 180 ºC da quyuldi. Namunalarning nomi va ularning tarkibi nisbati 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Olingan namunalarning nomi va ularning tarkibi

Namunalarning nomi

PP, %

MA-p-PP, %

Cloisite15A, %

Cloisite20A,%

PP

100

-

-

-

MA-p-PP

-

100

-

-

PP/MA10

90

10

-

-

PP/MA20

80

20

-

-

15A3

94

3

3

-

15A6

91

6

3

-

15A9

88

9

3

-

15A12

85

12

3

-

20A3

94

3

-

3

20A6

91

6

-

3

20A9

88

9

-

3

20A12

85

12

-

3



Rentgen nurlari diffraksiyasi o'lchovlari (RND)
RND o'lchovlari Rigaku Miniflex 600 (Yaponiya) bilan 40 kV kuchlanish, 15 mA tok kuchi va 0,02 ° qadam sharoitida o'tkazildi.
Differensiyal skanerlovchi kalorometr (DSK) va termo gravametrik tahlil (TGA) o'lchovlari
DSK va TGA tahlillari Linseis termal analizatori PT1610 tomonidan o'tkazildi. Namunalarning termik xususiyatlari bir vaqtning o'zida xona haroratidan 600ºC gacha bo'lgan diapazonda 10 ºC/min tezlikda qizdirish yo’li bilan amalga oshirildi.
Mexanik tahlillar
Shimadzu AG-X PLUS (Yaponiya) da xalqaro ASTMD 638 standartiga muvofiq cho’zish sinovlari o'tkazildi. Cho'zilish moduli (E) ni o'lchash uchun 0,3% deformatsiyaga qadar 1 mm/min tezlikda, bundan so'ng oquvchan holatga o’tish kuchlanishini (𝝈) va deformatsiyani (𝛆) o'lchash uchun 20 mm/min tezlik bilan sinovlar o’tkazildi.
Suyultmaning oqish ko’rsatkichi (SOK) o'lchovi
SOK xalqaro ASTMD 1238 bo'yicha Zwick ekstruziya plastometri (Germaniya) yordamida 230 ºC/2,16 kg da o'lchandi.



Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling