Фан: Техника фанлари
-rasm. PP va Cloisite15A kompozitlarining RND grafigi
Download 379.5 Kb.
|
Maqola innovatsion
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. PP va MA-p-PP aralashmalari uchun suyultmaning oquvchanlik ko’rsatkichlari
1-rasm. PP va Cloisite15A kompozitlarining RND grafigi
2-rasm. PP va Cloisite20A kompozitlarining RND grafigi SOK 3-rasmda PP va MA-p-PP aralashmalarining SOK keltirilgan. MA-p-PP ning SOK qiymati 200 g/10 min dan ortiq, PP da esa 21 g/10 min. 10 % og’irlikdagi MA-p-PP mavjud bo’lganda PP/MA-p-PP aralashmasining SOK qiymati 56 g/10 min tashkil qiladi va MA-p-PP qo'shilishi SOK ni 94 g/10 min gacha oshiradi. Bu MA-p-PP ning past molekulyar og'irligi bilan bog'liq va bir qator ishlarda [14, 15, 23, 24] ko'rsatilgandek, bu qatlamlararo bo'shliqda interkalatsiya uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlaydigan oligomerik funksional PP hisoblanadi. PP va qatlamli silikat tizimlari uchun SOK eksfoliatsiyalangan va interkalatsiyalangan tuzilmalarning shakllanishi bilanoq kamayadi. Bizning kompozitsiyalarimiz ham shunday ko'rinishga ega (4-rasm). Cloisite15A bo'lgan kompozitlar uchun kompatibilizator/to'ldiruvchining nisbati 1:1 bo'lganida, SOK 58,6 g/10 min ni tashkil qiladi va kompatibilizator miqdori ortib borishi bilan SOK 15A9 da 17,5 g/10 min gacha kamayad. Ammo, keyinchalik MA-p-PP qo'shilishi (15A12 namunada) bu qiymatning biroz o'sishiga olib keladi. SOK qiymatlaridagi dastlabki pasayish interkalatsiya natijasida to’ldiruvchi zarralari o'lchamlarini kengaytirish bilan bog'liq. MA-p-PP miqdori to'yinganlik nuqtasiga yetganda, ya'ni 9 % bo’lganda, qo'shimcha MA-p-PP SOK ning ortishiga olib keladi. Cloisite20A kompozitlariga kelsak, komatibilizatorning optimal miqdori 6% ni tashkil qiladi va interkalatsiya yoki eksfoliatsiyada ishtirok etmagan holda, qo'shimcha kompatibilizator faqat suyulma oqimining oshishiga olib keladi. Fizik bog’lar ko'rinishidagi interkalatsiyalangan markazlar (o'zaro bog'lanishga o'xshash), MA-p-PP ortishi bilan kompozitsiyaning qovushqoqligi oshishiga olib keladi. 3-rasm. PP va MA-p-PP aralashmalari uchun suyultmaning oquvchanlik ko’rsatkichlari 4-rasm. Cloisite15A va Cloisite20A asosidagi kompozitlari uchun suyultmaning oquvchanlik ko’rsatkichlari DSK va TGA o'lchovlari PP va MA-p-PP aralashmalari uchun DSK egri chiziqlari turli oksidlanish xususiyatlarini ko'rsatdi, ammo namunalarning suyulish harorati deyarli bir xil. 158,5 °C erish nuqtasini ko'rsatib, PP 220 °C gacha barqaror turadi va keyingi qizdirish intensiv oksidlanishni keltirib chiqaradi. Suyulish nuqtasi 160,6 °C bo'lgan MA-p-PP, suyultirilgandan so'ng darhol oksidlanishda faol ishtirok etadi. Ularning aralashmalari alohida komponentlarga mos keladigan termal harakaterni namoyon etadi. Aralashmalarda MA-p-PP miqdori ortishi bilan oksidlanish nisbatan pastroq haroratlarda sodir bo'ladi (5-rasm). 6-rasmda Cloisite15A asosidagi kompozitlarning DSK egri chiziqlari ko’rsatilgan bo’lib, ularda oksidlanish jarayonidagi farqlar aks etadi. 9 va 12 % bo'lgan kompozitlarda, MA-p-PP ning miqdori ortsada, oksidlanish jadalligi kamayadi. Cloisite20A bilan olingan kompozitlarning DSK egri chiziqlari suyulish nuqtasida ham, oksidlanishi ham farqlanadi (7-rasm). 20A3 interkalatsiyalangan namunada suyulish nuqtasi 159,1ºC ni qayd etgandan so’ng darhol intensiv oksidlanishda kuzatiladi. Shu bilan birga, MA-p-PP miqdori 6% ga yetganda, kompozitda 188 ºC gacha oksidlanish kuzatilmaydi. MA-p-PP molekulalarining to’ldiruvchi moddasining qatlamlararo bo'shlig'iga kirib borishi tufayli, bu eksfoliatsiyalangan kompozitsiyaning suyulish nuqtasi harorati pastroq, 157,9 ºC ko’rsatadi. Eksfoliatsiyalangan tuzulma hosil bo’lishiga qaramasdan, MA-p-PP ning keyingi qo'shilishi Cloisite20A ning og'irligi 9 va 12% bo'lgan kompozitsiyalarda yana oksidlanish jarayoni va suyulish nuqtalarining oshishiga olib keladi. Download 379.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling