Fan: Texnalogiya Sinf


Download 56 Kb.
Sana08.05.2020
Hajmi56 Kb.
#104121
Bog'liq
Kashtachilik


Sirdaryo viloyati Guliston shahar

12-umumta’lim maktabi

Texnalogiya fani o’qituvchisi

Tog’ayeva Mexri Murotovnaning

7-B sinf Texnalogiya fanidan

“ Kichik hajmdagi sochiq-salfetkalarni bichish va tikish texnalogiyasi ” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi.

Fan: Texnalogiya

Sinf: 7-sinf.

Mavzu: Kichik hajmdagi sochiq-salfetkalarni bichish va tikish texnalogiyasi

I. Dars maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad: Sochiq va salfetkalar haqida umumiy ma’lumot. Uning bichilishi, gul naqshi tushirilishi, hamda tikilishi bilan tanishtirish. Tayyorlanadigan salfetkalar haqida tushuncha berish.

b) Tarbiyaviy maqsad: Xalq amaliy hunarmandchiligiga qiziqishlari orqali yoshlarni o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatish. Estetik didini o`stirish. Odob axloq sifatlarini, milliy ijodiy fazilatlarini tarbiyalash ,ijtimoiy foydali mehnatdagi irodasini tarbiyalash, fantaziyasini boyitish ,milliy hunarmadchillikka oid kasblarga, hamda tadbirkorlikka yo`naltirish.

v) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. Ularning onglarini bilim malaka sistemasi bilan boyitish, o’quvchilarni kundalik turmushda qiziqish va imkoniyatlarini ularning yosh hususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish.

Tayanch kompetensiyalar :

-fan-tehnika yangiliklaridan xabardorlik kompetensiyasi;

-matematik savodxonlik kompetensiyasi;

-axborot bilan ishlash kompetensiyasi;

-umummadaniy kompetensiyasi;

-umummilliy kompetensiyasi;

-o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi;

Hususiy kompetensiyalar:


-loyihalash va modellashtirish kompetensiyasi;

-to’g’ri va ongli ravishda kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi;



Dars usuli: Ko`rgazmalilik, og`zaki,guruhlar bilan ishlash, “Aqliy hujum” , Klaster usulidagi “Tarjimon”o’yini, “Texnologik diktant” metodi, “Men sizga aytsam” o’yin usuli,

Dars turi:Yangi bilim beruvchi integrasiyalashgan noananaviy dars.

Dars shakli: Nazariy va amaliy

Dars jihozi: Kompyuter, proektor,taqdimot, gazlama,kashta iplari,igna-qaychi,santimetr lenta, turli xil ko’rgazmalar.

Darsda fanlararo bog’liqlik: Tarixchi ,rassom ,dizayner, tolashunoslar,tadbirkor,biolog, huquqshunos .


II. Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish.

Navbatchi axboroti tinglash.

Sinfning gigienik holati kuzatish.

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. Geometrik shakilli rag’bat katochkalari haqida ma’lumot beriladi.Bugungi darsimiz konferensiya tarzida o’tkaziladi.

III.O’tilgan mavzuning bayoni: O’quvchilarga uyga vazifa qilib topshirilgan Qo’ng’iroq gulli dasturxonni tikish amaliy mashg’ulotini ko’rib chiqib baholash.

Mavzu:“Qo’ng’iroq gulli dasturxonni bichish va tikish texnalogiyasi”

O’tilgan mavzu”Texnalogik diktant” metodi orqali mustahkamlanadi.



Texnologik diktant

  1. Bu dasturxon chit yoki zig’ir tolali ___________ gazlamadan tayyorlanishi mumkin.

  2. Applikatsiya-biron bir tasvirni har doim qaysi bir darajada ____________holatda emas balki shartli ravishda ifodalanishini nazarda tutadi.

  3. Bajarilgan ish insonlarda_____________________________________uyg’otishi mumkin, lekin bu ima ifodalangan ekan,degan fikr uyg’otmasligi zarur.



  1. Applikatsiya uchun tanlangan rasm-mavzu mo’ljallangan yoshdagi insonlar______________ va _______________ mos bo’lishi talab etiladi.

  2. Dasturxon gazlamadan bichib olinadi va bo’r yordamida dasturxon __________

Qo’ng’iroq gullar joylashtirish uchun belgilanadi.

  1. Qo’ng’iroq gullar andozasi_______________________- qolib qilib tayyorlab olinadi.

  2. Qo’ng’iroq gullab joylashqirib avvalo_________________, so’ngra mashinada to’g’ri chokda tikiladi.

  3. Dasturxondagi ko’klov choklar olib tashlanib, yaxshilab__________________ va astar gazlamasi ulab tikiladi.

(O’quvchilar rag’batlantiriladi)

IV.Yangi mavzu bayoni:

Xonadonlarda dasturxon va kichik hajmdagi sochiqlar,yani salfetkalar ko’p ishlatiladigan jihozlardan hisoblanadi. Bularni ishlatishda ularning to’plam bo’lishiga,ranglarning bir-biriga mos bo’lishiga e’tibor qaratish lozim. Yuqorida bizdasturxonga applikatsiya bezatish usullarini ko’rib chiqdik. Salfetkalarni ham shu tartibda yoki kashta tikib bezatish mumkin. Kashta gulini oq rangdagi zig’ir tolali polotnoga yoki ip tolali gazlamaga tikish mumkin. Salfetkaga avval o’lchamlari 50/50, 40/40 yoki hohlagan sm o’lcham bo’lishi mumkin. Kashta gulini tikishda binafsha,to’q qizil,sariq,yashil,ko’k rangdagi muline iplari va chetki qirqimlarini bukish uchun oq g’altak ip kerak bo’lad. Salfetkani gardishga tortib tikish ham mumkin yoki gardishsiz ham tikish mumkin. Kichik hajmdagi sochiqlarni tikishda sidirg’a paxmoq sochiq,zig’ir tolali polotno vafli shaklidagi ipli gazlamamalar,sm lenta,gardish,qaychi angushvona va turli xildagi mulinie kerak bo’ladi.

Matoga avval naqsh shakli tushiriladi va sanama chok orqali tikish jarayoni bajariladi.shu o’rinda asosiy ish qurol angushvona va ignama to’htalib o’tsak. Angishvona –ish tikishda barmoq uchiga kiydiriladigan metal asbob.

Angishvona qadimda charmdan ham qilingan. Angishvonaning usti yoki ignani keti qadaladigan joyi chuqurchalardan iborat bo’ladi.

Igna- tikuv quroli bo’lib, har xil hajm (uzun-kalta,ingichka-yo’g’on)da po’lat simdan suyri,o’tkir uchli,teshikli qilib yasaladi. Kashta tikish uchun cho’ziqroq ko’zli kalta 1 va 2 raqamli ignalar tanlangani maqul. Kashta tikishda ignaning ko’zi katta bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish oson bo’ladi.

Kashta- tikuvchilik buyumlarining qadimgi bezaklaridan biri bo’lib,unda quyidagi choklardan foydalanish mumkin: suv chok, iroqisimon chok,bosma chok,ilma chok,archa chok,zanjir chok,sanama chok va hakozo.

Bugungi konferensiya darsimizda turli xil kasb egalari ( biolog ,tarixchi,rassom,dizayner) qatnashib kashtachilikda ishlatiladigan xom-ashyolar haqida ma’lumot berishadi.

Klasster usulidagi “Tarjimon” o’yini.



O’zbek tili

Rus tili

Ingiliz tili

Igna

Angishvona

Bezak

Tikmoq


Naqsh

Atirgul











O’zbek tili

Rus tili

Ingiliz tili

Gazlama

Ip

Qaychi



Sochiq

Gul


Furniture







Amaliy mashg’ulot.

Amaliy mashg’ulot jarayonida XTQ,sanitariya-gigiyena talablari sanoqli maqollar, “Men sizga aytsam” usuli ,qo’shiq hirgoya qilish.



V. Yangi mavzuni mustahkamlash.

“Aqliy hujum” metodi bilan mustahkamlanadi.


VI.Uyga vazifa: : Mavzuni o’qib o’rganish,konspekt yozish,kashta tikish jarayonini tugallash.

VII. Dars yakuni: O’quvchilarni baholash, 5rag’batlantirish.
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling