Fan: Texnologiya


Download 0.88 Mb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi0.88 Mb.
#244766
1   2   3
Bog'liq
Dars ishlanma

Darsimiz shiori:

Bilim olish istagi

Biz uchun farzdir

Shiorimiz bizning

Dars muqaddasdir.

Maqsadimiz:

Doimo a’lo o’qish

Yurtga munosib bo’lish.

Darsning borishi.


T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I. Tashkiliy qism:

- O’quvchilar bilan salomlashiladi.

- Navbatchi axboroti tinglanadi.

- O’quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.

- Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan videolavha namoyish etiladi.

- Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ham o’quvchilar tomonida ma’lumotlar beriladi.

- Navoiy va Bobur g’azallari, ruboiylari o’quvchilar tomonidan ijro etiladi.

-Navoiy va Bobur hayoti va ijodiga oid rasmlar namoyish etiladi.





II. O’tgan mavzuni takrorlash va baholash.

O’tgan darsda “Pape-mashe” usulida payola yasab, bezatish topshirig’i berilgan edi. O’quvchilarning bajargan ishlari baholanadi. O’tgan mavzu yuzasidan savol-javob, o’tkaziladi. Pape-mashe usulida piyola yasash bosqichlari eslatib o’tiladi:



Piyola sirtiga vazelin yoki moy surtiladi.

Qog’oz olib uni mayda bo’laklarga bo’lamiz.

Qog’oz bo’laklarini suvga botirib payola ustiga tekis qilib suv bilan yopishtiriladi

  • Ikkinchi qavatiga un va suv bilan tayyorlangan suyuq yelim yordamida qog’oz bo’laklari yopishtirib chiqiladi.

Qog’oz bo’laklari esa ikkinchi qavatga uzunasiga yelimlanadi. Bu esa qog’oz qavatlarini yanglishib ketishidan saqlaydi. Bu holat 6-7 marotaba takrorlanadi.

Piyola 3 kun mobaynida quritishga qo’yiladi.

  • So’ng payola sirtiga rangli qog’ozdan bezak beriladi.








1- Mulohaza testi (o’tgan mavzu yuzasidan):

X “Pape-mashe” so’zi arab tilidan olingan bo’lib “g’ijimlangan qog’oz” degan

ma’noni anglatadi.


  • “Pape-mashe” qog’ozni maydalab, ularni yelim bilan ustma-ust yopishtirish yo’li orqali o’yinchoq yasash usulidir.

  • “Pape-mashe”da yelim o’rniga kraxmal yoki undan foydalanish ham mumkin.

  • “Pape-mashe” usulida payola yasashda piyolaning birinchi qavatiga yog’ yoki vazelin surtiladi.

X Qog’oz bo’laklari piyolaga yelimlangach darhol piyoladan ajratib olinib quritiladi.

2- Mulohaza testi (umumiy takrorlash):

  • Applikatsiya lotincha so’zdan olingan bo’lib ”yopishtirish” degan ma’noni anglatadi.

X Applikatsiyaning 4ta turi mavjud.

  • Pape-mashe usulida faqat piyola emas, turli ro’zg’or buyumlari, qo’g’irchoqlar va mevalarni yasash mumkin.

  • Applikatsiya yasashda turli urug’lar, gazlama bo’laklari, tugmachalar, paxta va rangli qog’ozlardan foydalanish mumkin.

X Applikatsiyaning alohida predmetli va dekorativ gulli turlari bor.

To’g’ri bajargan o’quvchilar rag’batlantiriladi, xatolikka yo’l qo’ygan o’quvchilarning xatolari ustida guruh bo’lib ishlanadi.



III. Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu “Sovg’a uchun suvenir yasash”. Mavzuga oid ko’rgazmalar, tayyorlangan slayd namoyish etiladi. Suvenir haqida ma’lumot berilib, yangi mavzu tushuntiriladi:



Sovg’aning suvenir, taqdim va tuhfa kabi turlari mavjuddir:

  • Suvenir so’zi aslida turkcha so’z bo’lib, kishini sevintirish uchun tortiq qilinadigan narsalarni bildiradi. Suvenir sifatida avtoruchka, to’g’nog’ich va o’yinchoqlar beriladi.

  • Tuhfa esa to’yga, yangi uyga, tavallud kuniga qarindoshlar, do’stlar va hamkasblarga sovg’a qilinadi. Tuhfa qilib soat, uy jihozlari, televizor, fotoapparat kabilar beriladi.

  • Taqdim esa ziyofat, mehmondorchilik, tug’ilgan kun munosabati bilan beriladi. Ayniqsa, ayol-qizlarga gul, atir kabilar taqdim etiladi.

Bugungi darsimizda biser(nozmunchoq)lardan suvenir yasashni o’rganamiz bolajonlar. Nozmunchoqlar shisha va plasmassadan tayyorlanadi. Ko’pburchak, aylana, slindr va boshqa shakllardagi nozmunchoqlardan turli xil suvenirlarni yasash mumkin.

Biz bugungi darsimizda nozmunchoqdan gul yasashni o’rganamiz:





Yasash uchun kerakli ish qurollari:

  • biser 3 xil rangli: qizil, sariq va yashil;

  • biser to’qish simi;

  • qaychi;

  • yashil ip;

  • biser solish uchun quticha.

O’quvchilarga qaychi bilan ishlash qoidalari eslatib o’tiladi:

QAYCHIDAN FOYDALANISH QOIDALARI

1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.

2. Qaychining uchini yuqoriga qaratib ushlamang.

3. Qaychini ishlatib bo‘lgandan so‘ng ochiq holda qoldirmang.



. Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.

5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingizga uzating.



6. Qaychini ishlatayotganda qirqish chizig‘i yo‘nalishini hamda materialni ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib turing.



7. Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchingizga topshiring.



Videolavha orqali yasash jarayoni namoyish etiladi.

O’qituvchi rahbarligida o’quvchilar gul yasaydilar. Yasash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:



Pantomima” o’yini tarzida dam olish daqiqasi o’tkaziladi.

Bir nechta o’quvchi doskada qo’l harakatlari orqali

- qaychi - tugma

- igna - paxta

- ip - chizg’ich

- yelim - plastilin

- qog’oz - karton

kabilarni o’z harakatlari yordamida ko’rsatib beradilar, qolgan o’quvchilar esa buni topadilar. Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Ishni bajarish davom ettiriladi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yasash jarayonida ham savol-javoblar o’yin tarzida o’tkaziladi.

“Bilimlar xazinasi lototroni”dagi savollarga javob beriladi:


  1. Texnologiya so’zining ma’nosi nima?

  2. Texnologiya darslarida qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur?

  3. Qaychidan foydalanganda nimalarga e’tibor berish kerak?

  4. Igna bilan ishlash qoidalarini ayting?

  5. Applikatsiya so’zining ma’nosi nima?

  6. Applikatsiyaning qanday turlari mavjud?

  7. Pape-mashe usulida piyola yasash bosqichlarini ayting.

  8. Kompozitsiya so’zining ma’nosi nima?

  9. Topishmoqning javobini toping: Qozonda emas qaynaydi, qishin yozin tinmaydi.

  10. Tez aytishni ayting: Sharif shartta sharfini bog’ladi.

  11. Mehnat haqida maqol ayting.

  12. Vatan haqida she’r ayting.

  13. Suvenir so’zining ma’nosi.

  14. Suvenir sifatida nimalarni sovg’a qilish mumkin?

To’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

O’quvchilarning dars davomida bajargan ishlari nazorat qilinadi. Xato va kamchiliklar tuzatiladi.

O’qituvchi tomonidan yasash ishi tugatilib o’quvchilarga ko’rsatib beriladi. To’g’ri bajargan o’quvchilar baholanadi.

V. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O’quvchilarning dars davomida bajargan ishlari baholanadi, savollarga bergan javoblari, faolliklariga munosib rag’batlantiriladi.



Uyga vazifa: Ishni yakunlab kelish, mustaqil ish namunalaridan bajarish.

Mustaqil ish namunalari:






Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling