A) TURKIY TILLARNING G`ARBIY XUNN TARMOG`I.
Bu tarmoq yana to`rt yirik guruhga bo`linadi:
I. BULG`OR GURUHI.
1. Qadimgi tillar: bulg`or tili, xazar tili.
2. Hozirgi til – chuvosh tili.
II. O`G`IZ TILLARI GURUHI.
1. O`g`iz-turkman shahobchasi:
1) qadimgi til – X–XI asr o`g`iz tili;
2) hozirgi tillar: turkman tili, truxmen tili.
2. O`g`iz-bulg`or shahobchasi:
1) qadimgi til: pecheneg tili, uz tili;
2) hozirgi tillar: gagauz tili, bolqon turklari tili.
3. O`g`iz-saljuq shahobchasi:
1) qadimgi tillar: saljuq, eski usmonli turk tili;
2) hozirgi tillar: ozarbayjon tili, turk tili.
III. QIPCHOQ TILLARI GURUHI.
1. Qipchoq-poloves shahobchasi:
1) qadimgi til – qipchoq tili;
2) hozirgi tillar: karaim tili, qumiq tili, qorachoy tili, bolqor tili, qrim tatar tili.
2. Qipchoq-bulg`or shahobchasi: hozirgi tatar tili, boshqird tili.
3. Qipchoq-no`g`ay shahobchasi: no`g`ay tili, qoraqalpoq tili, qozoq tili.
Do'stlaringiz bilan baham: |