Fan: umumiy psixologiya ilmiy rahbar: odilova naira gulyamovna


Download 108.72 Kb.
bet8/16
Sana14.05.2023
Hajmi108.72 Kb.
#1462011
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Ergashev Ravshan Tafakkur va muloqot

Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oily matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir. Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g’oyat keng ma'no anglanishi bilan qator narsa va hodisalar to’g’risida, absuakt tafakkur yordamida mulohaza borliq to’g’risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to’g’risida, go’zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi. Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlami yoritib borish va shu bog’lanishlami nazariy jihatdan fikr yuritish yo’li bilan izohlash kabi jarayonlami nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma'lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ulaming farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi. Bundan tashqari muayyan ob'ektlaming mohiyati, mazmuni mavjud bo’iishlik sabablari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o’zgarishi, shuningdek ulaming ahamiyati va funksiya hamda vazifalari izohlab beriladi.
Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib, tadrijiy ravishda izchil o’zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi, dastawal savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo’lgan vazifa ko’pincha ifodalanishi shart bo’lgan maqsadni ham aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni topishga gumon va hayajon, shubha qislaridan xalos etishga qaratilgan maylidir.
Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhimi o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in'ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tafakkur harakatlari o’sha shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individualik yoki individualistik tafakkurdir. Masala yechimini qabul qilishga va informasion tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operasiyalar, chunonchi obrazlar manipulyasiyasi va transformasiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va "aqliy anglanish"dan namoyon bo’ladi. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalaming fazoda ratsional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog’lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Narsa va hodisalaming belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Hukmlar obyektiv voqelikning aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo‘ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan о‘zaro bog‘liq bo‘lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog‘liq ravishda ko'rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib kо‘rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Moddiy olamda haqiqatan bog‘liq bo'lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib kо‘rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga boiinishi mumkin:
1) hukmlar sifatiga ko‘ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;
2) hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukmga;
3) hukmlarning munosabatiga ko‘ra: shartli, ayiruvchi va qat’iy hukmlarga;
4) hukm taxminiy ko'rinishga ega bo‘lishi ham mumkin.
Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya. Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga о'tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni о‘rganish asosida
umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg‘on bo‘lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko‘pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir.
Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yuritishga to‘g‘ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi qayd qilinyapti. Odatda, tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Tushunchalar kо‘lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi.


Download 108.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling