Fan: umumiy psixologiya ilmiy rahbar: odilova naira gulyamovna


Download 108.72 Kb.
bet1/16
Sana14.05.2023
Hajmi108.72 Kb.
#1462011
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Ergashev Ravshan Tafakkur va muloqot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

ERGASHEV RAVSHAN
KURS ISHI
MAVZU: TAFAKKUR VA MULOQOT
TALIM YO’NALISHI: 52102003 PSIXOLOGIYA (AMALIY PSIXOLOGIYA)

FAN: UMUMIY PSIXOLOGIYA
ILMIY RAHBAR: ODILOVA NAIRA GULYAMOVNA

Тошкент – 2022.
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………….…………….3
I BOB Tafakkur - olamni bilish vositasi………………………………....……….7

    1. Tafakkur haqida tushuncha, operatsiyalar, turlari va mantiqiy shakllar….…..7

    2. Tafakkur borasidagi psixologik nazaryalar va nutq ………………................21

    3. Birinchi bob bo’yicha xulosa………………………………………………...27

II BOB Muloqot-shaxslar munosabat jaroyoni sifatida………………………...28
2.1 Muloqot haqida umumiy tushuncha, muloqotning yoshga xos xususiyatlari va kommunikatsiya……………………………………………………………………..28
2.2 Muloqot vositalari va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi shaxs xususiyatlari ………………………………………………………………………..……………..38
2.3 Muloqot va tafakkurni o’zaro bo’g’liqligi…………………………………..44
2.4 Ikkinchi bob bo’yicha xulosa………………………………………………..47
XULOSA ………………………………………………………………………….48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...........................................50
FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLARI………………………………....51
GLOSSARIY………………………………………………………………………52

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O`zbеkistan Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko`nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yеchimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdеk, har tomonlama barkamol, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o`zlashtirgan, mas'uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pеdagogik g`oyani ilgari suradi. Shu o’rinda O`zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti SH. Mirziyoyevning: “...Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi. Ayni oʻsha paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish zarur. Biz ustozni otadek ulug‘ deb biladigan, doimo hurmat qiladigan ma’rifatparvarlar vakillarimiz. Ustoz deganda men uchun eng aziz va eng hurmatli, aqlli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni nazarda tutaman. Chunki bu ustoz barchamizni o‘rgatgan, mehribon ota-onalarimiz qatorida voyaga yetkazgan, Bugun biz O‘zbekistonda yangi taraqqiyot davriga poydevor qo‘ymoqdamiz. Bizning eng yaqin yordamchilarimiz o‘qituvchi va pedagoglar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.Har bir oila, har bir bolaning hayoti maktab bilan bog‘liqligi, bu masala davlat va jamiyatning eng muhim vazifasi ekanligi ta’kidlandi.Barchamiz aziz farzandlarimizning hayoti, taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Ana shunday beqiyos boylik posboni, kelajak bunyodkori bo‘lmish bu muhtaram zotlarni qadrlashimiz kerak, – deb aytgan
Tafakkur – inson aqliy faoliyati, aql-zakovati, ongli xatti-harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Tafakkur tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek insonning keng ko’lamdagi faoliyatni amalga oshirish sharti hisoblanadi. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g’oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular ongda tushuncha, hukm, xulosalar shaklida ifodalanadi. Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Inson o’zining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti harakati tufayli boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. Ana shuning uchun boshqa bilish jarayonlarga nisbatan tafakkur insonning aqliy va jismoniy faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. Inson fikr yuritish davomida o’zi aks ettirgan, sezgan, idrok etgan, tasavvur qilgan narsa va hodisalarining to’griligi, aniqligi, haqiqiyligi yoki ularning voqealik mos tushishini aniqlay oladi. Bilish jarayonida xosil qilingan hukmlar, tushunchalar, farazlar, xulosalar chin yoki yolg’onligi belgilab oladi. Tafakkur sezgi, idrok, tasavvurga qaraganda voqelikni to’la, aniq va haqqoniy aks ettiruvchi yuksak bilish jaroyonidir. Ana shu boisdan inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o’rtasida eng muhim bog’lanishlar, munosabatlar anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy hodisa va voqealarni vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko’rish imkoniyatiga egadir. Ijtimoiy hayotda, ta’lim jarayonida va ishlab chiqarishda odamlar o’rtasida obyektiv tarzda yuzaga keladigan aloqa va subyektiv munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon bo’ladi. Individual tafakkur hamkorlikda aqliy va jismoniy mehnat faoliyatida shaxslarning o’zaro muloqotga kirishishi natijada to’laqonli shakllanadi. Insonning inson tomonidan idrok qilinishi ham tafakkur bilan uzviy bog’liqdir. Notanish inson bilan muloqatga kirishish jarayonida suhbatdoshning ruhiy holatini aniqlash, taxminiy faraz qilish, eng kerakli zaruriy alomat va belgilarni to’plash insoni fikrini yuritsh faoliyati bilan bevosita bo’g’liqdir. Mazkur murakkab bosqichli bilish jarayoni subyektdan irodaviy zo’r berishni va aqliy jiddiylikni talab qiladi.
Hozirgi zamon kishisining bilish va amaliy faoliyatini oqilona tashkil qilishda tafakkurni roli tabora ortib bormoqda. Hozirgi kunning asosiy talabi – jamiyatimizda o`sib kеlayotgan yosh avloddan uning mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini egallagan, erkin fikrlovchi, bukilmas pozitsiya va g`oyaga ega bo`lishni talab qiladi. Shaxsni har taraflama rivojlanishi eng kerakli shartlardan biri bu muloqotdir. Muloqot bu hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o’rnatish va uni rivojlantirish jarayonidir. Muloqot bilan bog'liq muammolar psixologiya fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini, uning atrofdagilar bilan bo'ladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib shakllanishini muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki muloqot ham insonning o'ziga xos ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va o'smirlik davrlarida muloqot yetakchi, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomida ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasida hamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi.
Muloqot - shaxslararo munosabatlarning asosiy ko'rinishi bo'lib, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar.
Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog'liq bo'lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson g'oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o'zini-o'zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.

Download 108.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling