Fan va innovatsiya vazirligi


O’rta Osiyoda va xususan O’zbekistonda beshiktervatarlar turkumi


Download 93.67 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi93.67 Kb.
#1571880
1   2   3   4   5
Bog'liq
beshiktervatar

O’rta Osiyoda va xususan O’zbekistonda beshiktervatarlar turkumi .
Oʻrta Osiyo — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirg'oqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeanidan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 yillarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi.
Zararkunandalarda ham boshqa umurtqasiz hayvonlardagi singari ichki skelet bo’lmaydi, ularda skelet vazifasini qattiq, qalin va elastik xususiyatga ega bo’lgan teri bajaradi. Ularning terisi ichki organlarni himoya qiladi va ularga muskullar birikkan bo’ladi. Hasharotlar terisining elastiklik xususiyati uning harakatlanishiga yordam beradi. Hasharotlar tanasi uch qismdan: bosh, ko’krak va qorin qismdan iborat. Bosh qismda bir juft mo’ylov va murakkab ko’z, ba‘zilarida esa ikki-uch juft oddiy ko’z va og’iz joylashgan bo’ladi. Turli hasharotlarda og’iz tuzilishi har xil bo’lib, quyidagilarga: kemiruvchi, sanchib-so’ruvchi, so’ruvchi, yalovchi, sanchib-yalovchiga bo’linadi. Qo’ng’iz, chigirtka, chumoli va boshqa hasharotlarning og’iz tuzilishi kemiruvchi tipda bo’lib, ular qattiq tishsimon jag’lari bilan o’simlikning barg va poyalarini, yirtqich hasharotlar esa o’z o’ljalarini osongina tishlab oladilar. Gul nektari bilan oziqlanuvchi kapalaklarda og’iz tuzilishi naysimon uzun bo’lib, u oziq moddalarni so’rib olishga moslashgan. Qandala va chivinlar og’zi sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. U og’zini dastlab o’simlik to’qimasi yoki odam terisiga sanchib naysimon kanal orqali so’lak ajratadi, keyin undagi shira yoki qonni so’radi. Ba‘zi kapalaklarning, ikki qanotlilar vakillarini og’iz apparati butunlay rivojlanmagan bo’ladi va ular lichinkalik davrida yig’ilgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Zararkunandalarning oyoqlari yuguruvchi, sakrovchi, suzuvchi, tutuvchi, yopishuvchi, yig’uvchi va qazuvchi tuzilishga ega. Hasharot oyoqlarining bunday xilma-xil bo’lishi yashash sharoiti va hayot kechirishga bog’liq. Masalan, tez harakat qiluvchi hasharotlarning oyoqlari uzun va yuguruvchi tipda bo’ladi, bu esa ularga tez yurishiga yordam beradi. Chigirtkaning oyoqlari sakrovchi, uzun va yo’g’onlashgan bo’ladi. Tuproqda yashovchi turlarda esa oyoqlar qazuvchi tipda tuzilgan. Ko’pchilik hasharotlarda bir juft qanot bo’lib, o’rta va ketingi ko’krakka joylashadi. Ikki kanotlilarda esa qanot bir juft bo’lib, bular o’rta ko’krakka joylashadi. Tuban hasharotlar kenja sinfiga kiruvchi hasharotlarda esa qanot mutlaqo bo’lmaydi. Hasharotlarning qorin qismi 11-12 ta sigmentdan iborat, ko’pchilik hasharotlarda bu sigmentlar bir-biri bilan harakatchan, ba‘zi turlarda esa harakatsiz tarzda birikkan bo’lishi mumkin. Qorin ham xar xil turlarda turlicha shaklda, tuzilishiga ko’ra keng qorin, osilgan qorin, doyasimon qorin kabi xillari bo’ladi. Qorin segmentlarining yon tomonida 7 yoki 8 juft maxsus nafas teshiklari joylashgan bo’lib, undan havo maxsus kanalcha (traxeya)lar orqali hasharot tanasining, ichki qismlariga o’tadi va organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan. SO2 ni tashqariga chiqarib yuboradi.
Hamma zararkunandalarning tana tuzilishi bir xil bo’lsa ham, tashqi ko’rinishi xilma-xildir. Ammo ularning tana tuzilish va rivojlanishi chuqurroq o’rganilsa, bir-biriga o’xshashligini payqash qiyin emas. Hasharotlar tarqalgan iqlim sharoitlari xam xilma-xildir. Ularni ekinzorda, cho’l va dashtlarda, tog’li joylar, o’rmonlar, daryolar, ko’l suvlarida va boshqa joylarda uchratish mumkin. SHuningdek, hasharotlarning zarar keltirishi ham qadimdan ma‘lum. Ikki qanotli hasharotlarning ko’pgina turlari odam va hayvonlarda parazitlik qilib turli xildagi invazion va infaktsion kasalliklarni tarqatadi. Shuni eslatib o’tish lozimki, ba‘zi hasharotlarda (bitlar, burgalar va boshqalarda) yashash muhiti sharoitning o’zgarishiga ko’ra qanotlar soni qisqargan yoki butunlar reduktsiyalanib ketgan bo’ladi. Sochxo’rlar, parxo’rlar, bitlar va burgalar turkumiga kiruvchilarning deyarli hammasi parazitlik qilib hayot kechiradi. Bundan tashqari yarim qattiq qanotlilarning vakillari, qandalalarning qariyib 100 ga yaqin turi sut emizuvchilar, qushlar va odamlarning tashqi parazitlari hisoblanadi. Muskul sistemasi. Hasharotlarda asosan ko’ndalang-targ’il muskul bo’ladi. Bularning soni 200 ga yaqin. Muskullar ko’pincha teri skeletiga birikadi va hasharotlar tanasi bo’g’imlarini tashkil etishi mumkin. Bu muskullar bo’g’imlarda turli harakatlarni bajaradi. Ko’krak qismida joylashgan muskullar, ayniqsa kuchli rivojlangan. Chunki bu muskullar ko’krak qismidan chiqqan qanot va oyoqlarni harakatga keltiradi. Shuning uchun ham ba‘zi hasharot turlari uzoq-uzoq masofalarga ucha oladi. Ba‘zi yirik ninachilar 96 km.ga qadar, xasva yoki cho’l chigirtkalari esa bir necha ming km.ga qadar uchadi. Ovqat hazm qilish sistemasi. Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanib, xalqum, qizilo’ngach (ko’pchilik hasharotlarda qizilo’ngach kengayib, jig’ildonni hosil qiladi), jig’ildondan keyin muskulli oshqozon so’ngra haqiqiy, ingichka ichak, yo’g’on ichak va to’g’ri ichak keladi. To’g’ri ichak anal teshigi bilan tugaydi. O’simliklar bilan oziqlanuvchi hasharotlarning ovqat hazm qilish kanali, hayvonot maxsulotlari bilan oziqlanuvchi hasharotlarning ovqat hazm qilish kanaliga nisbatan 5-10 marta uzun bo’ladi. Og’izda so’lak bilan xo’llangan ovqat xalqum orqali qizilo’ngachga o’tadi. Kapalak, suvarak va pashshalarning qizilo’ngachi kengayib, jig’ildonga aylanadi. Ovqat jig’ildonda bir oz ushlanib, muskulli oshqozonga yoki o’rta ichakka o’tadi. Muskulli oshqozonda ovqat mexanik ta‘sirda uchraydi. O’rta ichakda esa turli fermentlar ta‘sirida oziq moddasining parchalanish protsessi yuz berib, xazm bo’lgan oziq, shu qismda so’riladi. O’rta ichak bilan yo’g’on ichak oralig’ida malpigi kanalchalari bo’lib, hazm protsessida hosil bo’lgan zaharli keraksiz moddalar shu yerda so’riladi, hazm bo’lmagan ovqat esa to’g’ri ichakka o’tib, unda ekskrement hosil bo’ladi. Ovqatning hazm bo’lishi har xil hasharotlarga turlicha bo’ladi. Kemiruvchi og’iz apparatiga ega bo’lgan hasharotlarda ovqat jag’lar yordamida maydalanib, muskulli oshqozonda so’lak bilan ho’llanadi. Sanchib-so’ruvchi og’iz apparatiga ega bo’lgan hasharotlarda ovqatning hazm bo’lishi o’simlik to’qimasida boshlanadi, chunki bunda hasharot avval so’lak fermentlarini yuboradi. Hamma hasharotlarda ham ovqatning hazm bo’lishi fermentlar ta‘sirida boradi. Lekin xar xil turlarda yoki bir tur hasharotning turli stadiyasida fermentlar bir xil bo’lmaydi. Masalan, kapalak qurtida oqsillarni parchalovchi proteolitik va yog’larni parchalovchi lipaza fermentlari bo’lsa, gullar nektari bilan oziqlanuvchi kapalaklarda faqat invertaza uchraydi. Hasharot ichaklarda turli fermentlarning bo’lishi ular ozig’ining xiliga bog’liq. Ayirish organlari. Tirik organizmda moddalar almashinuvi protsessida gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi organizm uchun zaharli hisoblangan moddalar hosil bo’ladi. Hasharot organizmida hosil bo’lgan bunday moddalar maxsus ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Gazsimon moddalar nafas olish organlari, hazm bo’lmagan oziq moddalar esa ichak yo’llari orqali chiqariladi. Hasharotlarda asosiy ayirish organi malpigi kanallari hisoblanib, u 100 dan ortiq uchi berk kanalchalardan iborat. Kanalchalarning bir uchi ichak ichak bilan tutashgan bo’lsa, ikkinchi uchi esa tana bo’shlig’ida hasharot qoni bilan yuvilib turadi. Qon tarkibidagi siydik kislota, kaltsiy, ammoniy, natriy va kaliy tuzlari kanalchalar devori orqali malpigi kanaliga o’tadi, undan ichaklar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Qon aylanish sistemasi. Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq bo’ladi. Tananing yelka tomoniga joylashgan ko’plab maxsus tomirlar qonni harakatga keltiradi. U bir qancha kameralardan iborat bo’lib, yurak vazifasini bajaradi. Bu kameralar bo’shashganda qon so’riladi, qisqarganda esa qon tomirlar bo’ylab bir qancha kameralar orqali orqadan oldinga tomon harakat qiladi va tana bo’shlig’iga qo’yiladi. Hasharotlar yuragining qisqarib bo’shashishi bir minutda 30-140 marta atrofida bo’ladi. Hasharotlar qonini gemolimfa deyilib, u tanadagi butun organ va to’qimalarni oziq moddalar, hamda kislorod bilan ta‘minlaydi, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan keraksiz moddalar ayirish organlari orqali chiqarib yuboradi. Qon maxsus organlar ishlab chiqargan garmonlarni ham butun tanaga tarqatadi. Ba‘zi tur hasharotlar biror xavf sodir bo’lganda maxsus teshikchalar orqali qonni sachratib, o’zini himoya qiladi. Nafas olish organlari. Hasharotlarda nafas olish protsessi ularning butun tanasi bo’ylab tarmoqlangan traxeya va traxeolalarida o’tadi. Traxeya naysimon tuzilishga ega bo’lib, ichki devori kutikuladan iborat. Hasharotlarning traxeyasi tana yuzasining ichki yon tomonida joylashgan tomirlardan boshlanadi. Nafas teshiklarining 2 jufti ko’krakda, 7-8 jufti esa qorin qismida bo’ladi. Nafas teshigining ichki qismida bo’ladi. Nafas teshigining ichki qismida maxsus yopgich apparati bo’lib, uning yordamida nafas teshigi yopilishi mumkin. Maxsus yopgich apparati havoning traxeyaga o’tishi va organizmdagi suvning bug’lanishini boshqaradi. Tashqaridagi havoning nafas teshigi orqali traxeyaga o’tishi va chiqindi gazlarning traxeyadan tashqariga chiqarilishi nafas harakatlari orqali amalga oshadi. Nafas harakati turli tur yoki bir turga oid hasharotlarning, har xil aktivlik davrida o’zgaruvchan bo’ladi. Masalan, karam kapalagining nafas harakatlari minutiga 4 marta, asalarilarda esa 240 martagacha bo’ladi. Tashqaridan traxeyalar orqali kirib, barcha to’qima hujayralariga borgan kislorod undagi oqsil, yog’ va uglovodorodni oksidlantiradi. Natijada karbonad angidrid va issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. Har bir organizmning tana tempraturasi organizmdagi moddalar almashinuvi protsessiga bog’liqdir. Hasharotlar tanasida temperaturani bir xil saqlovchi moslamalar bo’lmagani uchun ular tinch turganda tana tempraturasi tashqi muhit tempraturasiga mos keladi. Hasharot harakatda bo’lganda nafas olish va moddalar almashinuvi jarayonlari kuchayib, tana tempraturasi ko’tariladi. Nerv sistemasi va sezgi organlari. Hasharotlarning nerv sistemasi juda rivojlangan bo’lib, sezgi organlari orqali tashqi muhitning turli ta‘sirini yaxshi sezadi. Ularning nerv sistemasi tugunchalardan, markaziy nerv zanjirlaridan va periferik nervlardan iborat. Tugunchalardan tuzilgan markaziy nerv zanjiri hasharot tanasining ostki tomonida joylashgan. Tomoq ustki nerv tugunchasi boshda joylashgan, u og’izdagi organlarning, oldingi ichakning ishini bajaradi. Hasharotlarning xam yuqori darajada rivojlangan hayvonlarniki singari beshta sezgi organlari: ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m bilish va tuyg’u organlari bo’ladi. Bu organlar (sensillalar) orqali qabul qilingan ta‘sirlarni sezgi nerv tolalaridan markaziy nerv sistemasiga, undan esa ichki organlarga o’tkazadi. Buni refleks deb ataladi. Hasharotlarning hid bilish organi ancha murakkabdir. Uning mo’ylovlari hid bilish organi bo’lib xizmat qiladi. Ta‘sirot qabul qiluvchi sensillalarning miqdori har xil bo’ladi. Masalan, o’simlikxo’r hasharotlarda 2-5 tagacha, asalarilarda esa 1500 tagachadir. Hasharot mo’ylovida sensilla qancha ko’p bo’lsa, u hidni shuncha yaxshi sezadi. Ayniqsa, tekinxo’rlik qilib yashovchi hasharotlarda hid bilish organi juda rivojlangan. Masalan, yaydoqchilar o’z o’ljasini hatto o’simlik poyasi ichidan ham hidi orqali topa oladi. Ko’rish organi. O’simliklarda yashovchi hasharotlarning ko’rish organi yaxshi rivojlangan, yer ostida, g’orlarda yashovchi turlarda esa ko’z bo’lmasligi ham mumkin. Hasharotlarning ko’zi ikki xil bo’ladi: oddiy ko’z, murakkab ko’z. Har qaysi ko’zning ustki qismida shox parda, uning ostida esa yorug’likni sindiruvchi konussimon ko’z gavhari va yorug’lik nurini qabul qiluvchi to’r parda joylashgan. To’r parda hujayralarida esa nerv uchlari joylashgan, u yorug’lik ta‘sirini qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga yetkazadi. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, hasharotlarning ko’pgina turlari deyarli hamma ranglarni farq qilar ekan. Masalan, asalari to’q sariq rangdan tortib binafsha ranggacha farq qiladi, ammo u qizil rangni qora rangdan farqlay olmaydi. U odam ko’ra olmaydigan ultrabinafsha nurni ta‘siriga javob beradi. Eshitish organi. Zararkunandalarda eshitish organi ovoz chiqaradigan turlarda rivojlangan bo’lib, uni tempanal (nog’ora) organ deyiladi. Masalan, chigirtkalarda, tsikada va temirchak kabilarda eshitish organi mavjud bo’lib, ko’pgina hasharot turlarida esa bo’lmaydi, ular eshitmaydi deb taxmin qilinadi. Zararkunandalarning eshitish organi parda tortilgan chuqurchadan iborat bo’lib, unga eshitish nervlarining uchlari kelib tutashadi. Qora chigirtkalarning tempanal organi oldingi oyoqning boldir qismida, tsikada va chigirtkasimonlarniki esa qorinning birinchi sigmentida joylashgan. Ba‘zi zararkunandalarda o’zlaridan ultratovush chiqarishi ham ma‘lum. Masalan, gessen pashshasining lichinkasi, ombor uzunburuni va boshqalar. Tuyg’u organi. Hasharotlar terilari orqali tempraturani, mexanik bosimni, og’riqni sezadi. Tuyg’u organlari ayrim sensillalar yoki ularning gruppalari tarzida ostki jag’ va ostki lab paypaslagichlari, mo’ylovlari, qanot va oyoqlari, ba‘zan tananing boshqa qismlarida ham joylashadi. Ayniqsa, hasharotlarda tempratura o’zgarishini sezish yaxshi rivojlangan. Ta‘m bilish organi. Ko’p tur hasharotlarning og’iz apparatida maxsus sensillalar gruppasi joylashgan. Bunday tur hasharotlarda ta‘m bilish organi ancha rivojlangan bo’ladi. Kapalaklarning ba‘zi turlarida, masalan, g’o’za tunlamida ta‘m bilish organi oyoq panjasida joylashganligi ma‘lum. Zararkunandalarda yana yog’ tanasi deb qoplangan chiqarish organi bor. Bu tanada bo’sh joylarni to’ldirib turadi. Yana yog’ tanadagi tuplangan yog’dan hasharot metamorfoz rivojlanish jarayonida foydalanadi. Uni yig’uvchi buyrak deyishadi. Chunki, u dissimilyatsiya mahsulotlarini chiqarmaydigan “yig’uvchi buyrak” nomini olgan.


XULOSA:
Ushbu kurs ishim mavzusi beshiktervatar haqida.Bu kurs ishim orqali o’z bilimlarimni yanada mustahkamladim.
Beshiktervatarlar (Mantoptera, Mantodea)—hasharotlar turkumi. Tanasi yirik va choʻziq. Boshi tanasidan aniqajralib turadi, juda harakatchan. Boshining ikki yonida yirik fasetkali koʻzlari joylashgan. Ogʻiz organlari kemiruvchi tipda. Oldkoʻkrak boʻgʻimi juda uzun. Oldingi oyoqlari yirik va uzun, tutuvchi, ichki tomonida yirik tikanlari bor. Boshqa oyoqlari yuguruvchi. Qanotlari yaxshi rivojlangan, toʻrsimon. Oldingi qanotlari nisbatan ingichka va qalin boʻlib, tinch holatda keng orqa qanotlari ustida yelpigʻichsimon taxlanib turadi. Qorni choʻziq, yumshoq, 10 boʻgʻimli. Xavfxatar tugʻilganida yoki oʻlja poylayotganida oldingi oyoqlari va tanasining oldingi qismini dast koʻtarib tebranib turadi. Shu sababdan "beshiktervatar" deb atalgan. Urgʻochisi erkagiga nisbatan yirikroq, tuxumlarini kuzda oʻsimliklarning shoxlariga, toshlar yoki boshqa narsalar ustiga toʻptoʻp qilib maxsus tuxum xaltasi (ooteka)ga qoʻyadi. Bahorda tuxumdan chiqqan lichinkalar chala oʻzgarish orqali rivojlanadi, 5—8-marta tullab voyaga yetadi. Yil davomida bitta avlodi rivojlanadi. B. yirtqich, lichinkalari mayda hasharotlar (shira bitlari, qandalalar, pashshalar, jizildoqlar va boshqalar), voyaga yetgan davrida chigirtkalar, chirildoqlar, arilarni tutib yeydi. Oziq tanqisligida oʻz turi individlariga ham hujum qiladi. Ov qilayotgan B. oʻz joyini boshqalardan qoʻriqlaydi. B. juda foydali, lekin ularni har xil hasharotlar, qushlar (chugʻurchuq, chumchuqlar), oʻrgimchaksimonlar tutib yeydi. Dushmanlardan saqlanish uchun B.ning himoya vositalari: mimikriya, niqoblanish rangi yaxshi rivojlangan. 2000 ga yaqin turi maʼlum, asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va xususan Oʻzbekistonda 20 ga yaqin turi bor. B. turkumi empuzalar (Empusidae) va asl B. oilalariga boʻlinadi. Patmoʻylov empuza (Empusa pennicornis) yirik (50–60 mm) hasharot boʻlib, boshida konussimon uzun oʻsimtasi bor, erkagining moʻylovi patsimon, choʻl va togʻ oldi mintaqalarida yashil oʻtlar orasida uchraydi. Asl B. 5—6 urugʻni oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyoda 3 turi uchraydi. Oddiy B. (Mantis religiosa) yirik (50–60 mm), yashil yoki baʼzan qoʻngʻirsargʻish tusda boʻladi. Daraxt beshiktervatari (Hierodula temidentata) Oʻrta Osiyo faunasi uchun endemik, oddiy beshiktervatardan ustki qanotida oq dogʻi (koʻzcha) boʻlishi bilan farq qiladi. Daraxt, buta va tokzorlarda yakkayakka boʻlib, yashirin hayot kechiradi. Kulrang yoki kaltaqanot beshiktervatar (Bolivaria brachyptera) choʻl va quruq togʻ oldi mintaqasida keng tarqalgan. Oʻtlar va butalar orasida 2000 m gacha balandlikda uchraydi. Quruq toshloq togʻ yon bagʻirlarida Armene urugʻiga mansub eng mayda B., xususan A. pusilla uchraydi.


Download 93.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling