Fan va innovatsiya vazirligi
Download 93.67 Kb.
|
beshiktervatar
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Beshiktervatarlar turkumi vakillarining o’ziga xos tuzilishi, ko’payishi, asosiy turlarining tabiatdagi ahamiyati» Mavzusida tayyorlagan KURS ISHI
- 1.Beshiktervatarlar (Mantotera, Mantodea) turkumi vakillarining o’ziga xos tuzilishi…………………………………………………………………………………5 II BOB. BESHIKTERVATAR ASOSIY AHAMIYATI
- XULOSA………………………………………………………………………..…….20 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..……………..22 ILOVALAR……………………………………………………………………...…...24 KIRISH.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIMI, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA KAFEDRASI Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi II kurs 204-guruh talabasi SATIMOVA HUSNIDABONUNING ZOOLOGIYA Fanidan « Beshiktervatarlar turkumi vakillarining o’ziga xos tuzilishi, ko’payishi, asosiy turlarining tabiatdagi ahamiyati» Mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Ilmiy rahbar: Z.Isomiddinov Qo’qon – 2023 MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….………..3 I BOB. BESHIKTERVATARLAR UMUMIY TASNIFI. 1.Beshiktervatarlar (Mantotera, Mantodea) turkumi vakillarining o’ziga xos tuzilishi…………………………………………………………………………………5 II BOB. BESHIKTERVATAR ASOSIY AHAMIYATI 2 .Beshiktervatarlar ko’payishi asosiy turlari tabiatdagi ahamiyati ……………...7 3. O’rta Osiyoda va xususan O’zbekistonda beshiktervatarlar turkumi ………..14 XULOSA………………………………………………………………………..…….20 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..……………..22 ILOVALAR……………………………………………………………………...…...24 KIRISH. Mavzuni dolzarbligi: Beshiktervatarlar tarqalishi,nafas olishi ,turli muhitlarga moslashishi haqida bayon ettim. Kurs ishi maqsadi: Beshiktervatarlar (Mantoptera, Mantodea)—hasharotlar turkumi. Tanasi yirik va choʻziq. Boshi tanasidan aniqajralib turadi, juda harakatchan. Boshining ikki yonida yirik fasetkali koʻzlari joylashgan. Ogʻiz organlari kemiruvchi tipda. Oldkoʻkrak boʻgʻimi juda uzun. Oldingi oyoqlari yirik va uzun, tutuvchi, ichki tomonida yirik tikanlari bor. Boshqa oyoqlari yuguruvchi. Qanotlari yaxshi rivojlangan, toʻrsimon. Oldingi qanotlari nisbatan ingichka va qalin boʻlib, tinch holatda keng orqa qanotlari ustida yelpigʻichsimon taxlanib turadi. Qorni choʻziq, yumshoq, 10 boʻgʻimli. Xavfxatar tugʻilganida yoki oʻlja poylayotganida oldingi oyoqlari va tanasining oldingi qismini dast koʻtarib tebranib turadi. Kurs ishi obyekti: Urgʻochisi erkagiga nisbatan yirikroq, tuxumlarini kuzda oʻsimliklarning shoxlariga, toshlar yoki boshqa narsalar ustiga toʻptoʻp qilib maxsus tuxum xaltasi (ooteka)ga qoʻyadi. Bahorda tuxumdan chiqqan lichinkalar chala oʻzgarish orqali rivojlanadi, 5—8-marta tullab voyaga yetadi. Yil davomida bitta avlodi rivojlanadi. B. yirtqich, lichinkalari mayda hasharotlar (shira bitlari, qandalalar, pashshalar, jizildoqlar va boshqalar), voyaga yetgan davrida chigirtkalar, chirildoqlar, arilarni tutib yeydi. Oziq tanqisligida oʻz turi individlariga ham hujum qiladi. Ov qilayotgan B. oʻz joyini boshqalardan qoʻriqlaydi. B. juda foydali, lekin ularni har xil hasharotlar, qushlar (chugʻurchuq, chumchuqlar), oʻrgimchaksimonlar tutib yeydi. Dushmanlardan saqlanish uchun B.ning himoya vositalari: mimikriya, niqoblanish rangi yaxshi rivojlangan. 2000 ga yaqin turi maʼlum, asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va xususan Oʻzbekistonda 20 ga yaqin turi bor. B. turkumi empuzalar (Empusidae) va asl B. oilalariga boʻlinadi. Kurs ishi predmeti: Daraxt, buta va tokzorlarda yakkayakka boʻlib, yashirin hayot kechiradi. Kulrang yoki kaltaqanot beshiktervatar (Bolivaria brachyptera) choʻl va quruq togʻ oldi mintaqasida keng tarqalgan. Oʻtlar va butalar orasida 2000 m gacha balandlikda uchraydi. Quruq toshloq togʻ yon bagʻirlarida Armene urugʻiga mansub eng mayda B., xususan A. pusilla uchraydi Kurs ishi muammosi: Beshiktervatar hasharotlar olamining eng ajoyiblaridan biridir. Odamlar uni ba’zan “sohibkaromat” yoki “qotili xachir” deb atashadi. Keyingi nomi xurofiy ahamiyatga ega, go’yo uning so’lagi xachirni zaharlar emish. Beshiktervatar ingichka tanali uzun hasharot; u harakatsiz turgan paytda katta old oyoqlari ibodat qilayotgandek ko’tarilgan va bukilgan holda turadi. Afsuski beshiktervatar ayni chog’da ibodat qilmayotgan… ovga chiqqan bo’ladi. Beshiktervatar, haqiqatan ham qonxo’r hasharotlardan biri va shu bois uni zolim va qotil, deb atashgan bo’lsa kerak. Beshiktervatar boshqa hasharotlarni yeb kun ko’radi. Download 93.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling