Hasharotlar ekologiyasi 8-ma’ruza: muhit faktorlarining hasharotlarning ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishiga ta’siri reja
Download 18.6 Kb.
|
8.entomologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Hasharotlarning rivojlanishiga antropogen faktorlar ta’siri
HASHAROTLAR EKOLOGIYASI 8-MA’RUZA: MUHIT FAKTORLARINING HASHAROTLARNING KO’PAYISHI, RIVOJLANISHI VA TARQALISHIGA TA’SIRI Reja: 1. Hasharotlarning tashqi muxit bilan bog’liqligi 2. Hasharotlarning rivojlanishiga harorat, namlik va yorug’likning ta’siri 3.Hasharotlarning rivojlanishiga antropogen faktorlar ta’siri Tayanch iboralar: Biotsenoz, abiotik, antropogen omil, biotope, simbioz, kommensalizm yoki tekinxo’rlik, yirtqichlik, mimikriya, antropogen faktorlar. Hasharotlar ham tabiatning bir qismi bo’lib, u bilan o’zaro mustahkam bog’lanib turadi. Organizmning tashqi muxit bilan o’zaro bog’lanishini ekologiya fani o’rganadi («eykos» so’zi grekchasiga muhit, «logos» fan demakdir). Hashorotlar biotsenoz tarkibiga, ya’ni biror chegaralangan maydonda yashovchi tirik o’simlik va hayvon organizmlari majmuasiga kiradi. Biotsenozdagi organizmlar o’zaro mustahkam bog’langan holda, bir-biriga katta ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, hasharotlar jonsiz (abiotik) tabiat ta’sirida bo’ladi. Hashorotlar hayotiga odam ham ta’sir qiladi (antropogen omil). Biotsenoz o’simlik va hayvonlar majmuasi yashaydigan bir xil tuproq va iqlim sharoitiga ega bo’lgan maydonning har qaysi biotopi uchun xosdir. Ekin ekilgan dala, bedapoya, olmazor, o’tloq va xokazolar biotop xisoblanadi. Boshka fanlar singari entomologiyada xam statsiya termini ishlatiladi. Statsiya deyilganda muayyan hasharot turining mavsumda uchraydigan barcha joylari tushuniladi. Bu joylar ontogenezning turli davrlarida yoki xar xil generatsiyalarda turli xil biotoplarga o’tishi mumkin. Masalan, kuzgi tunlamning baxorgi populyatsiyasi g’o’zaningshonalash davrigacha davom etadi. Bu zararkunandaiing boshqa bug’inlari bo’lak ekinlarda va begona o’tlarda o’tadi, ya’ni generatsiyalar bo’yicha statsiyalar almashib turadi. Turli shiralar, kandalalar va boshqa ba’zi zararkunandalarda xam xuddi shunday manzara ko’zga tashlanadi. Hasharotlarga harorat, namlik va yorug’lik jiddiy ta’sir etadi. Hasharotlarning tana harorati tevarak muxit haroratiga qarab doim o’zgarib turadi. Ko’pchilik hasharotlar harorat 10° dan 40° gacha bo’lganda faollashadi, harorat 20-30° ga yetganda ularning hayot faoliyati juda kuchayadi. Harorat pasayganda hasharotlarning faolligi va hayotiy jarayonlari susayadi. Har kaysi tur uchun haroratning cheklangan pastki va yuqorigi ko’rsatkichlari bo’lib, undan tashqarida hasharotlar rivojlanmaydi. Har bir hasharot turi normal rivojlanish uchun muayyan samarali harorat yig’indisini to’plashi zarur, u o’rtacha bir kecha- kunduzlik haroratdan pastki cheklanishni chegaralash yuli bilan topiladi. Mazkur ko’rsatkich g’o’zaning asosiy zararkunandalari uchun hisoblab chiqilgan. G’o’za tunlamida har qaysi bug’inning rivojlanishi uchun zarur samarali harorat yig’indisi 550° ga (pastki cheklanishi 11°) teng. Masalan, havoning o’rtacha bir kecha-kunduzlik harorati 27° ga teng bo’lsa, undan 11° ni olib tashlab samarali harorat yig’indisini aniklash mumish (27-11=16°). Hasharotlarning rivojlanish tezligi harorat sharoitlariga bog’liq va u ontogenezning hamma fazalariga taalluqlidir. Eng maqbul harorat qanchalik yuqori bo’lsa, hasharotlarning rivojlanishi uchun shuncha kam miqdorda kun talab qilinadi va aksincha. Masalan, g’o’za tunlamining rivojlanishi harorat 22° ga yetganda besh-olti kunda, 29° da esa uch-to’rt kunda tugallanadi. Harorat sharoitlari ko’pincha hasharotning yil davomida necha marta bo’g’in berishini belgilaydi. Masalan, g’o’za tunlami O’zbekistonning janubida to’rt-besh bo’g’in beradi, shimoliy mintaqada uch-to’rt marta, Rossiyaning qora tuproqli mintaqalarida esa ikki marta urchiydi xolos. Hasharotlarning past haroratga bardosh berish darajasi xujayra protoplazmasining suv bilan to’yinganligiga bog’liq. Binobarin, protoplazma soviganida suvni yo’qotsa va tirik modda kolloidlarida qaytmas o’zgarishlar yuz bersa, organizm halok bo’ladi. Sovuqqa bardosh berish organizmning holatiga hamda havoning qanchalik tez sovushiga bog’liq. Zahira yog’ning mavjudligi va erkin suvning kam bo’lishi hasharotning sovuqqa bardoshliligini oshiradi. Masalan, yog’i ko’p va suv miqdori oz bo’lgan kuzgi tunlam kurti -8-10° sovuqda halok bo’ladi. Yog’i sust rivojlangan,erkin suv esa ko’proq bo’lganida -5-6° da o’ladi. Havo harorati tez emas, balki asta-sekin pasayganda rivojlangan hasharot sovuqqa juda yaxshi bardosh beradi. Qishda qor qoplami tuproqning qattiq sovib ketishidan va haroratning keskin o’zgarishidan saqlaydi, shu boisdan tuproq ichida va uning betida yashaydigan hasharotlar qishni yaxshi o’tkazadi. Harorat keskin o’zgarib turadigan qorsiz qish esa, aksincha salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yashash muxitining namligi ham hasharotning rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Namsevar, qurg’oqchilikka chidamli va namlikni o’rtacha talab qiladigan hasharotlar bor. Namsevar hasharotlar, ko’pincha tuproqda va suvda, qurg’oqchilikka chidamlilari (masalan, qora qo’ng’izlarning ba’zi turlari) cho’llarda va hatto barcha o’simlik qurib kettan yarim cho’llarda ham yashayveradi. Yorug’ kunning uzunligi va qo’yosh radiatsiyasi hasharotlarga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Ko’pgina hasharotlarning hayoti ma’lum darajada tuproq bilan bog’liq bo’lganligi sababli ular tuproq turiga, uning fizik-kimyoviy tarkibiga, namligi va organik moddalar miqdoriga talabchan bo’ladi. Kuzgi tunlam yengil tuproqni yoqtirib, og’ir soz tuproqdan qochadi; chigirtkalar esa aksincha, tuxumlarini haydalgan yerlardan uzoqroqdagi tashlandiq adirlarga qo’yadi. Zararkunandalarning rivojlanishiga qarshi qator agrotexnik tadbirlar amalga oshirilganda shularga jiddiy e’tibor beriladi. Hasharotlarning o’simliklar bilan o’zaro bog’lanishi ularga zarar yetkazishi bilangina cheklanmaydi, ko’pincha hasharotlar o’simliklar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Urug’lik bedaning dukkaklari hosil bo’lishini gullarni changlovchi hasharotlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Hasharotlarning o’zaro va boshqa biotsenoz hayvonlari bilan xilma-xil munosabatda bo’lishini qo’yidagi asosiy guruhlar bilan ifodalash mumkin. Download 18.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling