Reja: Analizning fizik-kimyoviy usullari
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq11 mavzu Xromatografik usullar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Optik analiz metodlari. 3.Optik spektroskopiya asoslari. 4.Atom-emission spektroskopiya
TAYYORLOVCHI: PhD. Ziyadullayev M.E. Mavzu: Xromatografik usullar. REJA: 1.Analizning fizik-kimyoviy usullari. 2.Optik analiz metodlari. 3.Optik spektroskopiya asoslari. 4.Atom-emission spektroskopiya . I. Analizning fizik-kimyoviy usullari. Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalari jarayonida fizik xossalarining o`zgarishini aniqlashga asoslangan. Kimyoviy modda toza bo’lsa, o’ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Uning tarkibiga juda oz miqdorda bo’lsa xam begona moddalarning yoki elementning aralashgan xolda ifloslangan bo’lishi modda xususiyatini keskin o’zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun xozirgi vaqtda elementlarning tarkibiga aralashib qolgan mikro miqdordagi begona moddalarni aniqlashga to’g’ri keladi. Bu vazifani fizik-kimyoviy metodlar yordamida bajarish mumkin. Fizik-kimyoviy metodlar tez bajariladi, bu o’z vaqtida texnologik jarayonni nazorat qilish uchun katta axamiyatga ega. Fizik-kimyoviy metodlar bir necha afzalliklarga ega: 1. Analizni uzoq masofadan turib boshqarish. Masalan, rentgen- fluoressent metod bilan oydagi tuproqni analiz qilish. 2. Bu metodlarda ishlatiladigan asboblar jarayonni sistemalashtirishga imkon beradi. 3. Namunani buzmasdan turib analiz qilish. Bu kriminalistika va tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Fizik-kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko`p. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida mahsulotlarning xossalarini o`rganishda, ilmiy- tekshirish laboratoriyalarida keng foydalaniladiganlari quyidagilar: 1. Spektral va boshqa optik analiz usullari Modda bilan elektromagnit nurlarning ta `siri natijasida turli o`zgarishlarni o’lchashga asoslangan (emission spektral analiz, atom- yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik analiz va boshqalar). 2. Elektrokimyoviy analiz usullari elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o`zgaradigan elektrokimyoviy ko`rsatkichlarni o’lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar). 3. Ajratish va konsentrlash usuli Moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va hokazo). 1)Fotometrik, 2)Kinetik, 3)Emission spektralanaliz, 4)Atom- absorbsion, 5)Aktivatsion, 6)Mass-spektral analiz usullari. 1)Fluorimetrik, 2)Rentgeno–fluoressent, 3)Emission-spektral analiz metodlari. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling