Reja: Analizning fizik-kimyoviy usullari
III. OPTIK SPEKTROSKOPIYA ASOSLARI
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq11 mavzu Xromatografik usullar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ∆EqE*-E0=hν=h*s/λ
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
III. OPTIK SPEKTROSKOPIYA ASOSLARI.
Optik analiz usullarida aniqlanayotgan moddani fizik yoki fizik–kimyoviy xossalari (matematik yoki grafik bog`liqligi) o`rganiladi. Elektromagnit nurlarning yutilishi molekulalarning umumiy xossasi hisoblanadi, ammo yutilish hodisasi tanlash xususiyatiga egadir, ya`ni ma`lum to`lqin uzunligidagi nurlar molekula tomonidan kuchli yutilishi mumkin, boshqa to`lqin uzunligidagi nurlar esa kuchsiz yoki butunlay yutilmasligi mumkin. OPTIK ANALIZ METODLARINING SEZGIRLIGI Elektromagnit nurlarning asosiy tavsifi bu to`lqin uzunligi λ yoki tebranmasi ν (ko`pincha tebranmani o`rniga to`lqin soni ν ishlatiladi). Elektromagnit spektr bu – elektromagnit nurlanishning har xil to`lqin uzunligidir. Spektrofotometriyada ultrabinafsha (UB), ko`rinadigan va infraqizil (IQ) elektromagnit spektrlarning soxalari ishlatiladi. • IQ nurni yutilishi molekulani tebranma va aylanma energiyasini o`zgarishiga olib keladi. UB va ko`rinadigan spektrlarning yutilishi elektronlar energiyasining o`zgarishiga ham olib keladi, natijada valent elektronlari asosiy holatdan qo`zg`algan holatga, ya`ni yuqori energetik pog`onaga o`tadi. Molekulalar ma`lum bir nurlarni yutgandan keyin ularning energiyasi ortadi va pastki energetik pog`onadan (Ye 0 ) yuqori energetik pog`onaga (E*) o`tadi . Molekulaning eng pastki Ye0 elektron holati –asosiy holat, Ye*- esa qo`zg`algan holat deyiladi. ∆EqE*-E0=hν=h*s/λ Ye*>E0-yutilish Ye* λ-to`lqin uzunligi, nm. Bunda : νqs/λ-chastota, bir sekundda sodir bo`ladigan tebranishlar soni, sek¯¹; Ν=1/λ-to`lqin soni ,1sm masofaga to`g`ri keladigan uzunliklar soni, sm¯ˡ h-Plank doimiysi s-yorug`likning bo`shliqdagi tezligi (3*10¹ºsm/sek) 4. Atom-emission spektroskopiya usuli Bu usul 1860-yilda Kirxgoff va Bunzen tomonidan tavsiya qilingan. Atom-emission analiz usuli alanga, elektr yoyi yoki uchqunida bug’latilgan va qo`zg`atilgan atomlarning chiqarish spektrlarini o`rganishga asoslangan. Qo`zg`atilgan atom yoki ionlar o`z-o`zidan asosiy energetik holatga o`tadi,bu vaqtda zarracha chastotasi bo`lgan nur chiqaradi. Bu nur spektrografda spektrga ajratiladi. Hosil bo`lgan spektrdagi «analitik chiziqlar» deb ataladigan chiziqlarning o`rni bo`yicha sifatiy va uning intensivligi bo`yicha miqdoriy emission analiz amalga oshiriladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ! Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling