Fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1501396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Usmonova B. Texnologik ta\'lim Amaliy topshiriq



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, 
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
 
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS 
TALABASI 
USMANOVA BARNONING 
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA ELEKTRON 
TA’LIM RESURSLARI BILAN ISHLASH 
FANIDAN 
 
 
 
 
 
Mavzu: 

Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish. 
Paint grafik redaktori bilan ishlashni o‘rgatish
” 
 
 
 
 
 
Jizzax 2023 
AMALIY 
TOPSHIRIQ
 


Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish. Paint grafik 
redaktori bilan ishlashni o‘rgatish 
REJA: 
1. Mashq qildiruvchi dasturlar 
2. Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlash 
3. Paint grafik redaktori bilan ishlash 


1. Mashq qildiruvchi dasturlar 
Ma`lumki, fan-texnika taraqqiyot jarayoni o`qituvchidan ta`lim-tarbiya 
ishida katta kuch va ulkan iste`dod talab qiladi. Darhaqiqat, zamonaviy 
informatsion texnologiya juda ko`p imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Jumladan, 
komp’yuter mul’tiplikatsiya, mul’timediya imkoniyatlari o`z navbatida 
harakatlantiruvchi o`quv tizimini va elektron darsliklarni yaratishga qulay imkon 
bermoqda. 
Mazkur dasturiy ta`minot Microsoft Excel dasturini o`rganuvchilar uchun 
mo`ljallangan. Dasturiy ta`minot Microsoft Excelni o`rganish uchun topshiriqlar 
bazasi, qisqa nazariy material, matn shaklida topshiriqni bajarish tartibi, 
topshiriqlarni bajarish tartibini namoyish qiluvchi video rolik, topshiriqlarni 
bajarish uchun virtual laboratoriyalar majmuasidan iborat. Foydalanuvchining 
(o`quvchi) o`zlashtirgani dasturiy ta`minotda test asosida va bajarilgan 
laboratoriyalarni o`qituvchi baholashi bilan belgilanadi.
Dastur uch qismdan iborat:
1. Dasturiy ta`minot.
2. Baza dasturiy ta`minot.
3. Trenajor.
Dasturiy ta`minot o`quvchilar uchun mo`ljallangan bo’lib, ular amaliy va 
laboratoriya 
mashg’ulotlarini 
bosqichma-bosqich 
bajarib 
borishadi. 
O`quvchilarning o`zlashtirish natijalari dasturning ma`lumotlar omboriga yozib 
boriladi. Dasturiy ta`minot har bir amaliy darsda o`quvchilarga 6-10 ta topshiriqni 
beradi. Baza dasturiy ta`minot o`qituvchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, 
o`quvchilarning 
o`zlashtirishi, 
laboratoriya 
ishlarini 
tekshirib 
borish, 
qaydnomalarni chop qilish, Dtning ba`zi xususiyatlarini o`zgartirish imkoniyatini 
beradi. Trenajor hamma uchun mo`ljallangan bo`lib, Microsoft Excelda 500 ta 
buyruqni bajarishni foydalanuvchiga mashq qildiradi va bajarish tartibini o`rgatadi. 
Kompyuter yordamida biror matn (xat, referat, ...) hosil qilish uchun biz, 
albatta, klaviaturadan foydalanamiz. Matnni tez va bexato terish uchun 


klaviaturadan klavishlarning joylashishini yaxshi bilib olish kerak bo'ladi. Har 
qanday hunarni egallash uchun tinimsiz mashq qilish lozim. Klaviaturadan unumli 
foydalanish uchun ham juda ko'p mashq qilish zarur. Buning uchun maxsus 
dasturlardan foydalaniladi. Ular yordamida biz klaviaturadan foydalanishni mashq 
qilamiz. Bunday dasturlar klaviatura trenajorlari deyiladi.
Kompyuterlar uchun o'nlab klaviatura trenajorlari ishlab chiqilgan. Quyida 
biz ularning bittasini ko'rib chiqamiz. «KLAVTREN» - klaviatura trenajori
Trenajorni ishga tushiruvchi «klavtren» faylining yorlig’I o'ziga xos ko'rinishga 
ega. U ishga tushirilgach ekranga dasturning zarvarag'i chiqadi. Undan sichqoncha 
yordamida «sekin» (toshbaqa rasmli tugma), «tez» (o'rdak rasmli tugma) va 
«matn» (tuyaqush rasmli tugma) bosqichlaridan biri tanlanadi. Dasturdan chiqish 
uchun zarvaraqning o'ng pastki burchagidagi «EXIT» tugmasi tanlanadi. 
«Sekin» va «tez» bosqichlardan biri tanlansa, ekranga trenajorning ish maydoni 
chiqadi. Sizning vazifangiz ekranning yuqori qismidan tushayotgan belgiga mos 
klavishni bosishdan iborat. Har bir noto'g'ri bosgan klavish uchun 1 ball jarima 
beriladi. Trenajor ish maydonining pastki qismda klaviatura rasmi bo'lib, unda 
tushayotgan belgiga mos klavish yonib-o'chib turadi. Mashq qilish uchun 1 minut 
beriladi. Shu vaqt ichida tushgan belgilar soni, siz to'plagan ball va jarima hisoblab 
boriladi. Vaqt tugashi bilan erishgan tezligingiz, ish samarangiz va bahoingiz 
ekranga chiqadi. 
Avvalgi darsda klaviatura trenajorida ishlashni o'rgandingiz. Unda siz 
berilgan harfga mos klavishni klaviaturadan qisqa vaqt ichida topish ko'nikmasiga 
ega bo'ldingiz. Bu darsda turli matnlarni terishni mashq qilasiz.
Avvalgi darsda klaviatura trenajorining «toshbaqa» va «o'rdak» 
bosqichlarida mashq qildingiz. Endi trenajor yordamida matn terishni mashq 


qilamiz. Buning uchun trenajorni ishga tushirib «matn terish» bosqichini tanlang. 
Ekranga quyidagi mashq oynasi chiqadi. U ikkita darchadan iborat. Birinchi 
darchada mashq uchun matn berilgan. Ikkinchi darchaga shu matn kiritiladi. Matn 
kiritish vaqti hisoblab boriladi. Har bir noto'g'ri kiritilgan belgi uchun jarima 
beriladi. Berilgan matnni to'liq kiritib bo'lsangiz ekranga olgan bahoingiz chiqadi. 
Baho qo'yishda matn kiritish tezligingiz va jarimalar hisobga olinadi. 
Hozirgi kungacha vatanimiz qaysi bir sohani olmaylik yuqori natijalarga 
yerishib rivojlanishning o‘zbek modelini dunyo hamjamiyatiga ko‘rsatib 
qo‘ymoqda. Bu borada ekologik ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor berib 
kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ekologik ta’limni rivojlantirish borasida 
qilinayotgan ishlarning barchasi yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol 
bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.
Qayd etilganlar esa, o‘z navbatida, axborot texnologiyasidan ekologiya fanini 
o‘qitish jarayonida foydalanishning quyidagi pedagogik maqsadlarini aniqlash 
imkonini beradi:
 
Talabaning ijodiy salmog‘ini rivojlantirish;
 
munosabat xatti-harakatlarga qobiliyatlilikni rivojlantirish;
 
tajriba-sinov - tadqiqot faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish;
 
o‘quv-biluv faoliyat ekologik madaniyatini rivojlantirish;
 
o‘quv-tarbiya jarayoni barcha pog’onalarini sifat va samaradorligini 
oshirish;



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling