Fan va innovatsiyalar vazirligi namangan viloyati hududiy boshqarmasi namangan davlat universiteti huzuridagi


XFS – Dastlab bu tizim Silicon Graphics


Download 158.02 Kb.
bet7/16
Sana26.06.2023
Hajmi158.02 Kb.
#1655332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Olimjon hisobot 2

XFSDastlab bu tizim Silicon Graphics(SGI) kompaniyasi tomonidan Irix operastion tizim uchun yaratilgan. Bu tizim ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi xisoblanadi. Jurnallarga fayl tizimining umumiy metama’lumotlari yoziladi va buzilish sodir bo’lganda jurnaldagi ma’lumotlarning fayl tizimiga nusxasi olish orqali qayta tiklashni amalga oshirish mumkin bo’ladi. Jurnal hajmi fayl tizimini xosil qilishda o’rnatiladi, xajm 32 megabaytdan kam bo’lmasligi lozim. Bu fayl tizimi ext3, ReiserFS va JFS fayl tizimlariga nisbatan tezroq ishlaydi, lekin ext4 fayl tizimidan sekinroq. XFS fayl tizimiga katta hajmdagi bloklarni(64 Kbayt gacha) o’rnatish mumkin. Shuning uchun bu fayl tizimida video fayllarni qayta ishlash kabi grafikli uzellarda ishlatish tavsiya etiladi.
JFS – dastlab bu tizim IBM kompaniyasi tomonidan AIX operastion tizim uchun ishlab chiqilgan, keyinroq esa OS/2 uchun va nihoyat Linuks operastion tizim uchun ishlatilmoqda. Bu ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi. Jurnalning hajmi taxminan umumiy fayl tizimining 40% tashkil etadi. JFS tizimi jurnal va ma’lumotlardan iborat bo’lgan bir necha segmentlardan tashkil etilishi mumkin. Bu segmentlar agregatlar deyiladi va bu agregatlarni alohida montirovka qilish mumkin.
Linux va Windowsning farqi.
Windowsning afzalliklari:

  1. Dasturlar va zaruriy drayverlarni qidirish muammosi deyarli yo’q.

  2. Windowsda dasturlar bilan ishlash oson.

  3. Windowsni o’rnatish deyarli avtomatik tarzda bajariladi.

  4. Windows OT versiyalari yurtimiz ichida keng tarqalgan ularni topish muammosi mutlaqo yo’q.

Windowsning kamchiliklari:

  1. Windows operatsion tizimi Microsoft korporatsiasi tomonidan pulga litsenziyasi bilan sotiladi bu esa uning katta noqulay tarafi xisoblanadi. Bizgacha yetib kelayotgan Windows versiyalari Internet tarmog’i yoki boshqa yo’llar bilan litsenziyasiz qo’lga kiritlgan. Windowsning minimal narxi: 200$ dan boshlanib 5000$ gacha boradi.

  2. Windows bir oynali ( LINUX operatsion tizimi ko’p oynali. Unda ish stoli juda ko’p.). Windowsda esa ish stoli faqat bittagina. Ammo bu juda katta muammo emas chunki uni dasturlar orqali ko’p oynali qilish mumkin. M: 360 Destkop dasturi.

  3. Windowsning yangi versiyalari misol uchun: Windows XP- DDR 128, Processor 0.7 GHz 3.Gb HDD talab qiladi. Bu degani Windows versiyasilariga qarab talab borligini bildiradi bu ham uning noqulay tarafidir.

  4. Windows vaqt o’tib eskirishi mumkin uni vaqti vaqti bilan yangilab turish lozim. Agar u yangilanmasa qurilmalarni ishdan chiqrish extimolidan holi emas.

  5. Windowsda “OPEN SOURCE”-“OCHIQ KOD” mavjud emas. Linuxda esa “OPEN SOURCE” mavjud. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Agar Windows ma’muriyatida (administrator) ham ushbu narsa mavjud bo’lganda Windowsda yana bir qulaylik mavjud bo’lardi.

  6. Windowsning yana bir noqulayligi uning himoyaga muxtojligidir. Windows dasturida “OPEN SOURCE” mavjud bo’lganida uni quliflash turli xil xakkerlardan viruslardan ximoya qilish imkoniyatini berardi. Windowsda xech qanday to’siqsiz kompyuterni boshqarish imkoniyati bor.

  7. Windowsga Anti-SPAM, Anti-XACCER, Anti-SHPION, Anti-VIRUS o’rnatilgandagina u ximoyalangan xisoblanadi.


Download 158.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling