Iqtisodiy tizim turlari


Download 98.74 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi98.74 Kb.
#1467965
  1   2   3
Bog'liq
diyor iqtisod

IQTISODIY TIZIM TURLARI

Bajardi;Abdumalikov D

Tekshirdi;Jaloliddinov A

REJA


Totalitar-rejali iqtisodiyot
An’anaviy tizim
Bozor iqtisodiyoti
Iqtisodiy tizim turlari
An’anaviy iqtisodiyot
Totalitar-rejali iqtisodiyot
Bozor iqtisodiyoti

An’anaviy tizim

  • An’anaviy tizim. Insonning iqtisodiy faoliyati dastlab mana shu tizimda yuz bergan. Uning alomatlari sarqit sifatida uzoq saqlanib kelindi, hatto hozir ham onda-sonda uchrab turadi. An’anaviy tizim hukmron bo‘lgan davr g‘oyat uzun davrdir.
  • An’anaviy iqtisodiyot —bu o‘ta zaif ishlab chiqarish omillariga tayangan, kam unumli natural ishlab chiqarishga, an’analar shakliga kirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir.
  • An’anaviy tizim ishlab chiqarish omillarining kuchsizligi, iqti- sodiyotda tabiiy resurslarning birlamchi bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish faoliyati tabiatdan tartibsiz va hatto vaxshiyona foydalanishga asoslanadi. Iqtisodiyot g‘oyat resurstalab bo‘ladi, chunki resurslarning tejalishini ta’minlovchi texnologiya rivojlan- magan bo‘ladi. Ishlab chiqarishda qo‘l mehnati ustuvor, tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalaniladi. Tabiatda mavjud energiya manbalari ishlatiladi. Dastlab tabiatda uchraydigan mahsulotlar terib olinib iste’mol qilinadi, so‘ngra tabiatga tayanib mahsulotlar ishlab chiqariladi, mehnat unumdorligi g‘oyat past bo‘lib, bu mahsulotlami hammaga yetarli qilib ishlab chiqarish imkonini bermaydi, turmush darajasi past bo‘ladi.

An’anaviy tizim dastlab jamoat mulki, so'ngra esa individual xususiy mulkka tayanadi. Jamoat mulki bu qon-qarindoshchilik asosida birlashgan yoki yagona hududda yashovchi kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Masalan, XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi hududidagi xususiy yerlar hayot yerlari, deb qishloq jamoasiga qarashli katta yerlar paykal, deb nomlangan. Xususiy mulkning iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishi meh natga jismonan zo‘rlash, mehnatga iqtisodiy majburlash va nihoyat mustaqil ishlab chiqaruvchining erkin mehnat qilishi asosida yuz beradi. Jamoat esa birgalikda mehnat qilishga asoslanadi. An’anaviy tizimga natural ishlab chiqarish xos bo'ladi. Natural ishlab chiqarish bu mahsulotlami ishlab chiqaruvchilaming o‘z ehtiyojini qondirish uchun yaratilishi bo‘lib, bunda mahsulotlar onda-sonda sotiladi yoki barter qilinadi. Natural xo‘jalik mayda, tarqoq bir xil tipdagi xo‘jaliklaming massasidan, yakka dehqon, hunarmand, oilaviy, davlat va jamoa, yirik yer egalari xo‘jaliklaridan iborat bo‘lgan. Bu xo‘jaliklarda ishlab chiqarish xomashyoni olishdan boshlab, to tayyor mahsulot iste’moligacha bo‘lgan mehnat jarayonini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish agrar xarakterda boigan, ya’ni uning asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi, sanoat esa uning qo‘shimchasihisoblanadi.

  • Totalitar-rejali iqtisodiyot — bu davlatlashtirilgan, ijtimoiy mulkka tayangan, bir markazdan turib rejalashtirishga va boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan iqtiso­diyotdir.
  • Bu tizimga iqtisodiyotning hamma jabhalarini, ham resurslar, ham mahsulot va xizmatlarga davlatlashtirilishi xosdir. Bu yerda barcha moddiy resurslar davlat mulkiga aylantiriladi, hatto unga kirmay qolgan boshqa mulkka oid resurslar ham amalda davlat tasarrufida bo‘ladi, lekin boshqa mulklar yuzaki e’tirof etiladi. Davlat va jamoa mulkiga ijtimoiy mulk maqomi beriladi va bu xususiy mulkka qarshi qo‘yiladi. Davlat mulki monopoliyasining o‘rnatilishi iqtisodiyotni ham davlatlashtiradi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarurligini davlat rejalari belgilab beradi. Totalitar tizimning belgisi rejalashtirishning o‘zini borligi emas, balki uning markazlashgan bo‘lishi, nima qilinishini davlat yuqoridan belgilab berishi va shunga ko‘ra resurslar va yaratilgan mahsulotlaming taqsimlanishidir.
  • Reja indikativ (tavsiyaviy) emas, balki majburiy bo‘ladi. Reja qonun, degan qoida bo‘lib, bu davlat tasdiqlagan rejani hech kim buzishga haqli emas, degani bo‘ladi. Rejalashtirish korxonalarni bir qolipga solib qo‘yadi, uning oyoq-qo‘li bog‘lanib, tashabbusi bo‘g‘iladi. Uni nima ish qilishi, resursni qayerdan va kimdan olishi, mahsulotini kimga yetkazib berishini oldindan davlat rejasida belgilab qo‘yiladi. Resurslar va tayyor mahsulotlar narxini ham davlat yuqoridan belgilab beradi. Narxlar qat’iy bo‘lib, ulami hech kim o‘zgartira olmaydi.

Totalitar-rejali iqtisodiyot

Download 98.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling