Iqtisodiy tizim turlari


Download 98.74 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2023
Hajmi98.74 Kb.
#1467965
1   2   3
Bog'liq
diyor iqtisod

Bozor iqtisodiyotida mahsulotlar tovar shakliga ega bo'ladi, ular oldi-sotdi qilish orqali ayirboshlanadi. Tovar mahsulot va xizmat- larning umumiy shakliga aylanadi. Bu bilan bozor tizimi an’anaviy tizimdan tubdan farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti uch subyektlidir. Bular firmalar, xonadonlar va davlatdir. Ular o‘rtasidagi muno- sabatlar tovar-pul munosabatidir. Firmalar tovar ishlab chiqarsa- lar, xonadonlar uni sotib oladi, xonadon firmalarga resurs yetkazib beradi. Davlat idoralari va mahkamalari firmalar va xonadonlarga xizmat ko‘rsatadi, ulardan esa resurslar va tayyor tovarlarni sotib oladi. Bozor tizimida ayirboshlash barter shaklida emas, balki pul vositasida oldi-sotdi qilish shaklida bo'ladi. Pul iqtisodiy aloqalar- ning yagona, universal vositasiga aylanadi. Hamma narsani pul hal qiladi, degani mana shunda. Pul vositasida har qanday oldi-berdi ishlarini, ya’ni to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiy tanlov qoidasiga asoslanadi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarur, degan muammoni bozoming o‘zi hal qiladi. Bozordan keladigan signal (narx)ga qarab nima qilish aniqlanadi, shunga binoan resurslar taqsimlanadi va ishlatiladi. Faoliyat turi erkin tanlanadi, hamma ishlab topganini o‘zi oladi.


Iqtisodiy tizimning tuzilishi- (mamlakatda iqtisodiy tovarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste'mol qilishda iqtisodiy munosabatlarning shakli va mazmunini belgilaydigan printsiplar, qoidalar va qonuniy ravishda mustahkamlangan me'yorlar to'plami.)
Ishlab chiqaruvchi kuchlar
Boshqaruv tizimi
Ishlab chiqarish munosabatlari
Ishlab chiqarish kuchlari -ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omillari to'plami va ulardan foydalanishning o'zaro ta'siri va samaradorligini ta'minlaydigan ayrim shakllari.
Ishlab chiqarish munosabatlari -iqtisodiy tovarlarni ishlab chiqarishda odamlar o'rtasida rivojlanib boradigan munosabatlar majmui, shuningdek ehtiyojlarni qondirish uchun ularni qo'llash jarayonida odamlarning ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan munosabatlari.
Har qanday iqtisodiy tizim o'z faoliyatining milliy mexanizmiga ega. Bu nima boshqaruv tizimi - ma'lum bir mamlakat, mamlakatlar guruhi boshqaruv organlari va iqtisodiyotini tartibga solish majmuasi. U mulkiy munosabatlar, muvofiqlashtirish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish darajasini o'z ichiga oladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 98.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling