Iqtisodiy tizim turlari
Download 98.74 Kb.
|
diyor iqtisod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor iqtisodiyoti
Daromadlarning taqsimlanishi ham davlat belgilagan tartibda boradi. Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini davlat belgilaydi, ulami o‘zgartirish ham davlat ixtiyorida bo‘ladi. Rejali iqtisodiyot amalda yopiq iqtisodiyot, uning tashqi aloqalari rejalashtiriladi, ular faqat tuzumi bir xil davlatlar bilan che- garalanadi. Bozor iqtisodiyoti bor mamlakatlar bilan aloqalar onda-sonda, o‘xtin-o‘xtin yuz beradi, ular muntazam bo‘lmaydi. Rejali iqtisodiy tizimga ommaviy tovar defitsiti xos bo‘ladi. Taqchillik ham resurslarga, ham iste’mol tovarlariga xos bo‘ladi. Defitsit natijasida ommaviy chayqovchilik yuzaga keladi, chunki pulga kerakli tovarlar topish qiyinlashadi. Rejali tizimda manfaatlar iyerarxiyasida birinchi o‘rinda davlat manfaati, ikkinchi jamoa manfaati, uchinchi inson manfaati turadi. Bu yerda bir tekis taqsimlash qoidasi amal qiladi. Oz bo'lsada, hammaga bir xil daromad berishga moyillik bo‘ladi. Shu sababli muhtojlaming tengligi qaror topadi. Boy bo‘lish taqiqlanadi, ko‘p daromad to- pishga intilish tahqirlanadi. Umuman shaxsiy daromad chegaralanib bir qolipga solib qo‘yiladi. Bu iqtisodiy stimullami zaiflashtiradi, chunki individual manfaat mensilmaydi, u orqaga suriladi. Iqtisodiy stimullar sustligidan shijoat, ma’naviy-siyosiy stimullarga ustuvorlik beriladi. Iqtisodiyot davlatlashtirilganligidan milliy boylikning g‘oyat katta qismi davlat ixtiyorida bo‘ladi, aholining bu boylikdagi hissasi pastligi bilan ajralib turadi. Rejali buyruqbozlik tizimi demokratiyaga va hurriyatga zid, uning siyosiy tizimiga totalitarizm va diktatura (hokimiyat zo‘ravonligi) xos bo‘ladi. Bu tizimning mafkurasi kommunistik mafkura hisoblanadi, buning muhim belgisi dahriylik —xudosizlik bo‘lib, har qanday dinni inkor etishdir. Bu mafkuraning boshqa muhim jihatlari kommunistik g‘oyaga sodiqlik bitta partiyaga sig‘inish, ijtimoiy tenglik, milliylikni tan olmay, baynalmilallikni ulug‘lash, o‘zgacha g‘oyalami dushman g‘oyasi, deb qarash, unga qarshi shafqatsiz kurash kabilardir.Bozor iqtisodiyoti
Download 98.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling