Fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura bo
Download 15.35 Kb.
|
Amaliyot Hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Space exploration/ reading"
- Navoiy davlat pedagogika instituti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedra mudiri Kodirova D.SH. Amaliyot rahbari Nurmatova G. H
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAGISTRATURA BO‘LIMI Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 2- kurs 21M 1-guruh magistranti Xudoyberdiyeva Sitora Jobir qizining 2022-2023 o‘quv yili davomida pedagogik amaliyot ishlarini bajarganligi to‘g‘risida HISOBOTI NAVOIY 2023 2- kurs 21M 1-guruh magistranti Xudoyberdiyeva Sitora Jobir qizining 2022-2023 o‘quv yili davomida pedagogik amaliyot ishlarini bajarganligi to‘g‘risida Hisoboti Malakaviy pedagogik amaliyot 01.02.2023 sanasida boshlandi. Dastavval bizga magistratura bo’limi boshlig‘i Murodova Nodira Qulliyevna tomonidan amaliyot bo’yicha barcha ma’lumotlar tushuntirilib, hujjatlar hamda ped-amaliyot rahbarlari taqsimoti to’g’risida yetarli ma’lumotlar berildi. Majlisda bizga amaliyot rahbarlari tayinlandi va men amaliyot uchun Profi universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o`qituvchisi Nurmatova Goʻzal Hakimovnaga biriktirildim. 2023-yil 1-fevraldan o‘z pedagogik amaliyotimni Profi universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasida o‘tashni boshladim. Amaliyot jarayoni 5 hafta oralig‘ida o‘tkazildi. O‘quv amaliyotining passiv jarayonida institutdagi tajribali katta o‘qituvchilarning nazariy va amaliy darslarini kuzatdim va kelajakdagi o‘z pedagogik faoliyatim uchun kerakli maslahat va tajribaga ega bo‘ldim. Fanlar bo‘yicha darslarni kuzatib tahlil qildim. Professor -o‘qituvchilar yordamida ma’ruza ishlanmalarini tayyorladim, seminar ishlanmalarini va ularni o‘tkazish, UMK, taqvim reja tuzish malakalariga ega bo’ldim. Hafta mobaynida kafedraning professor o`qituvchilari va mutaxassislikdagi magistrant talabalarning ma’ruza, seminar va amaliy darslarni tahlil qildim. Ma’ruza, seminar va amaliy darslar hisobidan tahlil qilingan fanlar quyidagilarni tashkil etadi: - O`rganilayotgan til nazariy aspektlari - Tili o`rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti - Chet til o`qitishning integrallashgan ko`nikmalari - Research writing Amaliyotning dastlabki haftalarida kafedra o`qituvchilaridan G. H. Nurmatova, Sh. Sh. Shavkatov, I. F. Sabirov, M. Sh. Qobilova, S. Q. Hasanovalarning ma`ruza va seminar darslarini kuzatib, tahlil qildik hamda yangi metodlar o`rgandik. Amaliyotning keying haftalarida mutaxassislikdagi magistr talabalardan M. Rahmonova, M. Teshayeva, Sh. Shavkatova, F. Sharipova, Y. Akramova, E. Shafikovalarning olib borgan dars mashg`ulotlarini kuzatib, tahlil qildik va o`zaro tajriba almashdik. Pedagogik amaliyotning aktiv qismida menga biriktirilgan o’qituvchi yordamida dars mashg`ulotlarini o‘tdim. Menga biriktirilgan fanlar: Madaniyatlararo muloqot Oʻquv va yozuv amaliyoti Yuqoridagi fanlardan mart oyining boshlaridan o`rtalarigacha ingliz tili amaliy kursi bosqichi talabalariga darslar o`tdim. Ushbu guruhlar talabalari juda bilimli, faol hamda o‘z ustida ishlaydigan va har tomonlama darsga tayyor ekanliklari bilan darslarimni mazmunli va tushunarli bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, har bir pedagogik amaliyot haftasining belgilangan kunlarida pedagogik amaliyot rahbarim Nurmatova Goʻzal Hakimovna bilan hamkorlikda faoliyat olib borib, kerakli maslahat va tavsiyalarni oldim. 2023- yilning 14- mart sanasida Ingliz tili amaliy kursi 02/22 guruh talabalari bilan “Space exploration/ reading" mavzusida ochiq dars o’tdim. Ushbu darsga kafedra o`qituvchilari va amaliyot rahbarim G. H. Nurmatova tashrif buyurishdi. Ochiq darsni interfaol-ya’ni, talaba va o’qituvchi, talaba va talaba o’rtasida muloqot tarzida o’tib, guruhlar o’rtasida qiziqarli o’yinlar tashkil etgan holda innovatsion texnologiyalar va zamonaviy metodlar foydalanib olib bordim. Natijada talabalar uslubiy vositalar, ularning qo`llanishi va amaliy ahamiyati bo`yicha nazariy hamda amaliy jihatdan to’liq ma’lumotga ega bo’lishdi, bilim va ko`nikmalarni egallashdi. Dars yakunida faol ishtirok etgan talabalar noodatiy usulda baholandi. Navoiy davlat pedagogika instituti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedra mudiri Kodirova D.SH. Amaliyot rahbari Nurmatova G. H Amaliyotchi talaba Xudoyberdiyeva S. J Download 15.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling