Shavkatova malikaning malakaviy amaliyot davri


Download 15.3 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi15.3 Kb.
#1145569
Bog'liq
Hisobot. documentMaliak


FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
XORIJIY TIL VA ADABIYOTI YO'NALISHI: INGLIZ TILI
II BOSQICH 20.109 - GURUH TALABASI
SHAVKATOVA MALIKANING
MALAKAVIY AMALIYOT DAVRI

HISOBOTI
Men Shavkatova Malika 14.03.2022dan 09.04.2022gacha bo'lgan vaqt oralig'ida Farg’ona shahridagi 30-umumiy o'rta ta'lim maktabida bir oylik malakaviy amaliyotda bo'ldim.
Men amaliyotim davrida ingliz tili o'qituvchilaring darslarini muntazam ravishda kuzatdim. O'qituvchilarning dars o'tish jarayonlarida dars uchun kerakli bo`lgan turli o'qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishini kuzatdim. Shu bilan birga ustozlarimni, noan'anaviy o'qitish metodlarini dars jarayonida qoʻllashini va pedagoglarni o'quvchi bilan to'g'ri va samarali aloqa o'rnatishini kuzatdim. Ingliz tili o'qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va sinf jurnallariga yuritishni, darsni to'g'ri tashkillash, mavzuga mos bo'lgan materiallar va ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan tog'ri foydalanishni va eng muhimi o'quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qanday qilib qiziqtirishni o'rgandim. Bunga qo’shimcha ravishda o’qituvchilarning o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar bilan qanday ishlashlarini kuzatdim va kerakli tajriba oldim.
Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillash, vaqtni to'g'ri taqsim qilish, ochiq dars o'tish davomida nimalarga etibor qaratish lozimligini hamda qanday tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan o’rgandim. O’qituvchilar yordami bilan ish hujjatlari: jurnal, yillik ish reja tuzish va uni yuritish, to’garak hujjatlari yuritish, olimpiada va bilimlar bellashuvi uchun tayyorlanadigan hujjatlar , dars tahlili daftari bilan ishlash, ingliz tili fani bo’yicha DTS talabalari haqida o’rgandim. Amaliyot davrida ustozlardan o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalarim kelajakda yordam berishiga ishonaman.

Amaliyotchi talaba: Shavkatova.M
Amaliyot rahbari: Usmonova.S
Maktab direktori: Mahmudova.S
Download 15.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling