Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


III -BOB HASHORATLARNING KO’PAYISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Download 144.45 Kb.
bet13/16
Sana17.06.2023
Hajmi144.45 Kb.
#1553915
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Hashoratlarning ichki tuzilishi

III -BOB HASHORATLARNING KO’PAYISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
3.1 Hashoratlarning ko’payishi
Ko‘payishi. Hasharotlar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Suvaraklar birdaniga 16 ta tuxum qo‘yadi, ular o‘z tuxumlarini maxsus qopchiqka joylab birmuncha vaqt sudrab olib yuradi. Uy pashshasi birdaniga 150 tagacha, hayoti davomida 600 ga yaqin tuxum qo‘yadi. Asalarining malikasi bir kunda 1000 tagacha, hayoti davomida esa 10000 mln ga yaqin tuxum qo ‘yadi. Ко‘pchilik hasharotlaming tuxumhujayrasi urug ‘langandan so ‘ng rivojlana boshlaydi. Shuning bilan birga hasharotlar orasida partenogenez hodisasi ham keng tarqalgan. Jamoa bo‘lib yashaydigan hasharotlar partenogenez orqali faqat erkaklarini hosil qiladi. Asalarilaming urg'ochisi bir vaqtning o‘zida urag'langan va urug‘lanmagan tuxumlar qo'yadi. Bu hodisa tuxum qo'yiladigan kataklaming tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ishchi arilar tayyorlagan kataklaming bir qismi boshqalariga qaraganda chuqurroq va boshqacharoq tuzilgan. Malikasi tuxumini katakcha tubiga quyish uchun qorin qismini siqib, tuxum qo‘yg‘ichini cho‘zadi. Shu tufayli urug1 qabul qilgichning teshigi bekiladi va jinsiy yo'llardan chiqayotgan tuxumlar urug‘lanmasdan qoladi. Bunday kataklarga qo‘yilgan urug‘lanmagan tuxumlardan faqat erkak arilar chiqadi. Boshqacharoq tuzilgan kataklarga qo'yilgan urug‘langan tuxumlardan esa oziqning mo‘l-ko‘lligi va xiliga qarab urg'ochisi (malikasi) yoki ishchi arilar yetishib chiqadi.
Ba’zan hasharotlar geterogoniya (ikki jinslik va partenogenetik nasllarning gallanishi) yo‘li bilan ham ko‘payadi. Bu hodisa odatda urg‘ochisi qanotsiz bo‘lgan hasharotlar orasida uchraydi. Masalan, yoz davomida shira bitlarining partenogenetik yo‘l bilan tirik lichinka tug ‘adigan arg‘ochilari rivojlanadi. Bu lichinkalardan faqat urg'ochilari rivojlanadi. Partenogenetik urg‘ochi hasharotlaming oxirgi bo‘g‘inining naslidan esa urg'ochi va erkak hasharotlar rivojlanib chiqadi. Urug‘langan urg‘ochi hasharotlar qo‘ygan tuxumlar qishlab qoladi va bahorda ulardan у ana urg'ochilari chiqadi. Ayrim cho‘psimonlar, yong‘oqyasarlar va o‘simlik bitlarining erkaklari umuman noma’lum; ular faqat partenogenez usulda ko‘payadi.
Ayrim hasharotlar (asosan, ikki qanotlilar) lichinka davrida ham ko‘payish xususiyatiga ega. Bu hodisa pedagenez deyiladi. Masalan, Miastor pashshalarining lichinkalari birin-ketin pedagenez yo‘li bilan lichinkalaming bir necha yangi naslini hosil qiladi. Keyingi nasi lichinkalari rivojlanib, erkak va urg‘ochi hasharotlarga aylanadi. Urug'langan tuxumlardan yana pedagenetik lichinkalar rivojlanadi. Ba’zi hasharotlar, masalan, yaydoqchilaming ko‘payishida poliembriotiiya hodisasini kuzatish mumkin. Bu hodisa tuxum hujayrasini maydalanish davrida bir qancha mustaqil rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan guruhlarga ajralishi va har bir guruhdan alohida lichinkalar rivojlanib chiqishidan iborat. Shu usul bilan bitta tuxumdan 100 tagacha, ba’zan undan ham ko'proq embrion hosil bo'lishi mumkin. Poliembrioniyaning biologik mohiyati parazit individlari sonini keskin oshirishdan iborat.
Hasharotlaming rivojlanishi embrional va postembrional davrlarga ajratiladi.

Download 144.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling