Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Kichik kompaniyalarning bankrotligi


Download 50.34 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi50.34 Kb.
#1638428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KICHIK BIZNES MOLIYASI

Kichik kompaniyalarning bankrotligi
Kichik kompaniyalarga nisbatan afsuslanarli dalil mazkur tarmoqdagi muvaffaqiyatsizliklar darajasi va omadsizliklardir. 2001-yilda Angliya banki kichik kompaniyalarning yashovchanlik statistikasini e’lon qildi. Bozordagi faoliyatining to‘rtinchi yili tugaganda faqatgina 42% yangi kompaniyalar yashab qolgan. Kichik kompaniyalarning bankrotlik chastotasi pasayishi, ular faoliyat davomiyligi oshishiga qaramasdan to‘rt yildan so‘ng ko‘pincha barcha kompaniyalar bankrotlik bilan to‘qnash keladilar. Bunday statistika YI ning boshqa mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Shunday tarzda bankrotlik amalda me’yoriy holat bo‘lib, u yangi kompaniyalar uchun muqarrar hodisa sanaladi. Ammo barcha yangi kompaniyalar ham kichik hisoblanmaydi. Stori (Storey 1994) tadqiqotlarida keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, kompaniyalar o‘lchami bankrotik ehtimolini belgilashda muhim omil sanaladi. Masalan, 20 tadan kam hodimga ega bo‘lgan firmalar uchun bankrotlik ehtimoli 1000 kishi ishlaydigan kompaniyalarga qaraganda ikki marta yuqori bo‘ladi. Biz buni oldingi boblarda ko‘rdik, Fam va French (Famaand French 1996) tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, kichik kompaniyalarda investitsiyalash uchun qoplama sifatida investorlar firma o‘lchamiga teskari proportsional bo‘lgan hajmda risk uchun qo‘shimcha mukofotni talab qiladilar. Mualliflar tomonidan birja listingiga ega bo‘lgan eng kichik o‘lchamdagi kompaniyalar ko‘rib chiqildi, ammo mazkur xulosa aksiyalari birjada muomalada bo‘lmaydigan kompaniyalarga nisbatan ham to‘g‘ri keladi
1. Korporativ maqsadlar
Yirik kompaniyalarga nisbatan biz shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, farovonlikni maksimallashtirish – ko‘plab kompaniyalar maqsadlari uchun mos tushuvchi tuzilmadir. Kichik kompaniyalar uchun bu tendensiya qanchalik xos?
Menejment va Aksionerlar maqsadlari
Yirik kompaniyalarda menejerlar qoidaga ko‘ra yirik aksioner bo‘lmaydilar, shu sababli mazkur ikki guruh maqsadlari o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Kichik kompaniyalardagi menejer va Aksionerlar – bir yoki o‘xshash guruh odamlar bo‘lib, ular o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Shunday tarzda agentlik muammolari va u bilan bog‘liq salohiyatli xarajatlar qoidaga ko‘ra kichik kompaniyalar rivojiga amalda ta’sir ko‘rsatmaydi. Shundan kelib chiqib, modomiki menejerlar ma’lum mulk ulushiga ega bo‘lgan Aksionerlar hisoblansa, farovonlikni maksimallashtirish maqsadiga muvofiq qarorlar qabul qiladilar.
Boshqa tomondan yirik kompaniyalar aksiyalariga ega bo‘lgan ko‘plab investorlar buni iqtisodiy mohiyatga ko‘ra amalga oshiradilar, ular kichik kompaniyalar foydasida boshqa sabablarga ko‘ra qatnashishlari mumkin. Bunday sabablardan ayrimlari – o‘z kuchi bilan kompaniyani mustahkamlashdan qanoatlanish hissini sezish, o‘ziga xos hayot tarzini yuritish istagi va ba’zi an’analarni saqlash bo‘lishi mumkin. Modomiki menejerlar kichik kompaniyalar Aksionerlar ining shaxsiy maqsadlaridan xabardor bo‘lsalar ular buni hisobga olgan holda qaror qabul qiladilar .
Kichik kompaniyalarning boshqa maqsadlari bo‘lishiga qaramasdan farovonlikni maksimallashtirish maqsadini hisobga olmasdan qarorlar qabul qilish doimo imkonsizdir. Farovonlikni pasayishiga olib keluvchi bir qator qarorlar qabul qiluvchi kompaniyalar ertami kechmi bankrotlikka duch keladilar.
Shunday xulosa qilishimiz mumkinki, boylikni maksimallashtirish maqsadi kichik kompaniyalar uchun juda muhim bo‘lib, agar bu kompaniyaning yagona maqsadi bo‘lmasa ham qarorlar qabul qilishda uni hisobga olmaslik mumkin emas. O‘z-o‘zidan sof keltirilgan qiymatga qo‘yilmalar samaradorligini baholash texnikasi (NPV) ham yirik ham kichik kompaniyalar uchun bir xilda muhimdir. 4-bobda ko‘rib chiqilgan amaliy misolga ko‘ra, sof keltirilgan qiymat kichik kompaniyalar tomonidan juda ko‘p foydalanilmaydi, ammo bu boshqa maqsadlarga erishishga kontsentratsiyaga nisbatan kompaniyalarning tajribasi yetishmasligidan dalolat beradi.

Download 50.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling