Fan va innovatsiyalar vazirligi university of business and science nodavlat oliy ta


Dunyoning postnoklassik ilmiy manzarasi


Download 389.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi389.99 Kb.
#1345033
1   2   3
Bog'liq
Falsafa fanidan Iqtisod 22-29 Qodirov Zafar

Dunyoning postnoklassik ilmiy manzarasi. XIX asrning oxiri XX asrning 
boshlarida tabiatshunoslikdagi o„zgarishlar va nisbiylik nazariyasi yaratilishi 
dunyoning manzarasi to„g„risidagi qarash hamda tasavvurlarni tubdan qayta ko„rishga 
sabab bo„ldi. 
Dunyoni noklassik manzarasining grafik tasviri sinusoidaning taraqqiyotni aks 
ettiruvchi bosh chiqqan cheksiz yaqinlashib borishi tarzida ifodalanadi. Bunda ushbu 
sistemaning rivoji nazarda tutiladi, ammo uning har bir daqiqadasi ma‟lum holati 
muayyan vaqt doirasida aniq namoyon bo„lishi shart, deb qaralmaydi. Narsa va 


voqealar jarayoniga bunday yondashilganida, sababiyat tamoyilining yanada 
murakkab manzarasi hosil bo„ladi. 
Dunyoning postnoklassik manzarasida tizim va tuzilmalarning taxlili ochiq 
tizimlarini o„rganishni taqozo qiladi, ushbu tizimlar faoliyati turli omillar, 
o„zgarishlarga bog„liq bo„ladi. Bu boradagi eng asosiy tamoyil tizimning bir 
yo„nadishdan boshqasiga, bir holatdan boshqa holatga tez, sakrab o„ta olishi hamda 
«tizim xotirasining yo„qolishidir». 
XX asrning oxiriga kelib, tabiiy va ijtimoiy fanlardagi yutuklar natijasi o„laroq, 
dunyoning ilmiy manzarasiga, u bilan bog„liq ob‟ekt va sub‟ekt, ma‟naviylik va 
moddiylik, tadqiqotchi va tadqiqot ob‟ekti, tabiat va jamiyat, inson va tabiat, turli 
tabaqa va guruxlar o„rtasidagi munosabatlarga yangicha yondashuv shakllandi. Ana 
shunday yondashuv mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ta‟limot va ilmiy bilish 
metodi sifatida vujudga kelgan sinergetika o„z-o„zidan tashkil bulish, olamni 
yangicha izoxlashga qaratilgan, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini 
bilishga qaratilgan ilmiy yo„nalish va tafakkur uslubidir. 
Falsafa qomusiy lug„atida ta‟kidlanishicha, sinergetika ilmiy yo„nalish sifatida 
fizik, kimyoviy, biologik hodisalarning hamda iqtisodiy, texnik, ijtimoiy 
jarayonlarning o„z-o„zini tashkil etish, boshqarish, tartiblilikdan tartibsizlik(xaos)ga 
o„tish, chiziqlilik va chiziqsizlik kabi holatlarning mohiyat va qonuniyatlarini 
izoxlaydi. 
Dunyoning ilmiy manzarasini sinergetik tushunishning asoschilaridan biri G. 
Xaken fikricha, bizni qurshab turgan va biz kuzatib turgan borlikda inson, insoniyat 
jamiyatidan boshqa murakkab tizim yo„q. Shuning uchun inson va jamiyatni 


o„rganishda ilmiy tafakkur hozircha sezilarli yutuqlarni qo„lga kiritdi, deb ayta 
olmaymiz. Zero, jonsiz tabiat bilan jonli tabiat, materiya va ong (g„oya, ruh, 
ma‟naviyat), tabiat bilan jamiyat o„rtasiga ko„rinmas to„siq qo„yilgan differensiallashgan 
klassik ilmiy bilimda buning uchun zaruriy sharoitning o„zi yuq edi. Aksincha, fan o„z 
taraqqiyoti davomida sekin-asta jamiyat, tabiat va inson hayotiga tahdid soluvchi 
kuchga aylana bordi. Negaki, moddiy taraqqiyotni ya‟ni, amaliy foydani ko„zlaydigan, 
qolaversa, uzoq muddatli ma‟naviy yuksalishlar jarayonini ikkilamchi ahamiyatga ega, 
deb qaraydigan differensiallashgan ilmiy bilim boshqacha natija ham berolmas edi. 
Lekin, eng yomoni, bu fan hamda unga asoslangan dunyoqarash inson va jamiyat ruhiy 
quvvatlarining kuchsizlanib borishiga sabab bo„ldi. Chunki, klassik fan ruhiyatsiz jamiyat, 
moddiy rivojlanish g„oyasini oldinga surdi. 
Shuning uchun ham, XX asr o„rtalaridan boshlab G„arb falsafasida vujudga 
kelgan irratsionalistik tamoyillar, (hayot falsafasi, ruhiy tahlil, intuitsionalizm, 
ekzistensializm) 
shuningdek, 
fanning 
o„z ichida shakllangan noklassik 
tamoyillardagi jamiyat va inson mohiyati masalalariga yangicha qarashlar bu holga 
muayyan darajada qarshilik kursata boshladi. Kuchayib borayotgan bunday 
jarayonlarning mohiyati va ularning kelib chiqishi sabablarini chuqur o„rganish uchun 
fanda izlanishlar olib borilmoqda. 
Jamiyatni, insonni, uning hayoti va taqdiri masalalarini tahlil etish jarayonida 
sinergetika har kanday tizim rivojining asosiy sharti sifatila bu tizimning ochiq 
bo„lishi, ya‟ni atrof-muhit bilan modda yoki informatsiya almashinishi kerakligi 
haqidagi g„oyani ilgari suradi. Ushbu g„oya ayni zamonda taniqli fransuz faylasufi Anri 


Bergsonning ochiq jamiyat haqidagi goyalari bilan uyg„undir. Bergsonning «yopiq» 
jamiyat «statik» (turgun) axloq va dunyoqarashga, «ochiq» jamiyatni esa «dinamik» 
(o„zgaruvchan) axloq va dunyoqarashga asoslanishi haqidagi ta‟rifida ushbu uygunlik 
yanada yaqqol ko„rinadi. Bergsonning fikricha, birinchi tipdagi «yopiq» jamiyat 
faqatgina kishilik jamiyatiyat evolyusion tur sifatida saklanishiga xizmat qilsa, 
«ochiq» jamiyat esa insoniyatning keyingi evolyusiyasiga yo„naltiradi. Birinchi 
turdagi jamiyat boshi berk ko„chaga kirsa, ikkinchisi hayot jarayonlarining 
uzluksizligiga olib keladi. 
Sinergetika o„ziga taraqqiyotning evolyusion tamoyilini asos qilib oldi. 
Evolyusiyaga borliqning umumiy qonuni sifatida, inson bilan tabiat o„rtasidagi 
munosabatlarning ifodasi deb qaraydi, taraqkiyot jarayonida beqaror holat bilan 
barqaror holat o„rtasidagi aloqadorlikka alohida e‟tibor beradi. 
G. Xakennnng izdoshlaridan biri — 1917 yilda tug„ilgan, fizika, kimyo va 
statistik mexanika sohasida mashhur Bryussel maktabining tashkilotchisi I. 
Prigojindir. U Belgiya qirolligi Fanlar va adabiyot akademiyasining a‟zosi, 
Bryussel erkin instituti professori, Texas universiteti qoshidagi termodinamika va 
statistik fizika instituti direktori, Nobel mukofoti laureati (1977)dir. 
I. Prigojin maxsus tadqiqot ishlari olib borish bilan birga fanning falsafiy 
muammolari va tarixini chukur o„rgangan. Xozirgi zamon tabiatshunosligida vaqt 
(zamon) muammosi bilan shug„ullangan. 300 yildan buyon hukm surib kelgan vaqt 
(zamon) makon koordinatiga sifat jihatidan aloqasi bo„lmagan geometrik parametr, 
deb kelingan edi. Vaqtga bunday qarash, I. Prigojin fikricha, o„tmish, xozir va 


kelajak o„rtasida mohiyat e‟tiboran farq yo„q, deb qarash doirasida tushunchasi 
Nyutoncha dunyoning manzarasiga oiddir. 
Vaqtning qaytishi tushunchasi mumtoz tabiatshunoslik darajasining natijasi 
bo„lib, vaqtning orqaga qaytmasligining tarkibiy qismidir. Biroq vaqtning orqaga 
qaytishi xususiy hol bo„lsada, u universallashtirilgan. Prigojin bu hol nisbiylik 
nazariyasi, kvant mexanikasi vujudga kelishi bilan ham deyarli o„zgarmay qoldi, 
deb yozadi. Prigojin vaqtning orqaga qaytmasligini fizik vaqt misolida dunyoning 
yangi manzarasi asosida isbotlab berdi. XX asr fani vaqtning orqaga qaytmasligini 
qaytadan kashf etdi. Prigojin hayotda bo„layotgan o„zgarishlarni, XX asrning kashf 
etilgan fundamental yutuqlarini, ular to„g„risida qarashlarni o„zgartirish, qayta 
ko„rib chiqish, yangicha fikrlash usuli asosida tahlil qilishni ko„rsatib berdi. 
XXI asr bo„sag„asida paydo bo„lgan yangi fanlar inson bilan tabiat, inson 
bilan inson orasida ziddiyatlar asosida emas, balki ular o„rtasida muloqot, 
hamkorlikka qaratilganligini ko„rsatdi. Vaqt o„zining ichki xususiyatiga ko„ra, 
plyuralistik, ko„p imkoniyatli, demokratik xarakterda bo„lib, vaqt jihatdan uning 
tashkil topishini ham, mavjudligini ham yagona model bilan ifodalab bo„lmaydi. 
Shu bilan fan yangi sifatlarga ega bo„lib, inson yashab qolishini ta‟minlash 
vositasiga aylanmokda. 
I. Prigojin sinergetikaga murakkab tizimning tashkil topishi, butun 
tabiatshunoslikdagi global evolyusiyaning sintezi asosida paydo bo„lgan ta‟limot 
sifatida, borliqning universal jarayonini ifodalovchi, o„z-o„zini tashkil etish 
tizimi sifatida qaradi. 


I. Prigojin «Beqarorlik falsafasi” kitobida bu haqda batafsil to„xtaldi. Uning 
fikricha, shu vaqtga qadar beqarorlik tushunchasi salbiy ma‟noda ishlatib kelingan 
va uning asl mohiyatiga yetarli e‟tibor berilmagan. U beqarorlikni borliqning muhim 
jihati sifatida talqin etadi. Masalan, mayatnik harakatiga e‟tibor bersak, uning bir 
me‟yorda tebranishini kuzatish mumkin, agar mayatnikni to„xtatsak, dastlabki 
barqaror holatiga qaytadi, agar to„ntarib qo„ysak, u yo o„ng tomonga, yo chap 
tomonga og„ib turadi, bu xolat beqarorlikdir. Sinergetikada beqarorlik va tartibsizlik 
kategoriyalarining o„zaro munosabati ham o„rganiladi. Har qanday eski tizim 
yangi tizim bilan almashar ekan avvalo beqarorlik, tartibsizlik yuz beradi. 
Bunday holatning ro„y berishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb 
etishi mumkin. 
Sinergetika yangi dunyokarash kurtagi sifatida «chiziqsiz» tafakkur tarzidir. 
«Chiziqli” va «chiziqsiz” tushunchalari ilk bor matematikada ishlatilgan bo„lsa, XX 
asrning 30-yillaridan boshlab fizika fanida ham qo„llanila boshlandi. Agar dialektika 
ta‟limot sifatida ko„proq chiziqlilik; tafakkuriga asoslangan bo„lsa, sinergetika 
chiziqsizlik tamoyilini yoqlaydi. Ushbu tamoyil taraqqiyot oldindan belgilab 
qo„yilgan yo„ldan ketmay, har bir narsaning ichki xususiyati va tashqi aloqadorligi 
negizida doimo yangi va betakror yo„ldan borishini ko„rsatadi. 
Xullas, bugungi kunda dunyoning manzarasini ilmiy tushuntirishda xilma-xil 
qarashlar, yondashuvlar mavjud. Ular masalani turli tomondan yoritishga yordam 
beradi, bir-birini to„ldiradi, xilma-xil fikrlarni umumlashtirishga imkon yaratadi. Bu 
esa dunyoning ilmiy manzarasini falsafiy izohlash chegaralari kengayib, masalaning 
mazmun-mohiyatini anglash darajasi o„sib borayotganidan dalolat beradi. 



Download 389.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling