Fan va innovatsiyalar vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti


rasm. Tenziometrlar yordamida tuproqning namligini aniqlab, qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish muddatlarini belgilash


Download 286.31 Kb.
bet7/13
Sana01.05.2023
Hajmi286.31 Kb.
#1418667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
TUPROQ SUVO’TLARI EKOLOGIYASI

1.2 rasm. Tenziometrlar yordamida tuproqning namligini aniqlab, qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish muddatlarini belgilash.



1.3 rasm. Qishloq xo‘jalik ekinlarini, bog‘ va uzumzorlarini sug‘orish uchun takomillashtirilgan suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi va texnikasi.

Tenziometrlarni qo‘llaganda sug‘orish suvining 5-15 % iqtisod qilinadi va qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligi 8-10 % ko‘payadi.


Tuproq namligi so‘rish bosimining maqbul oralig‘i. Tuproqning so‘rish bosimi oralig‘i tuproq namligi chegaraviy dala nam sig‘imining (ChDNS) pastki chegarasidan yuqori chegarasiga qarab harakatlanadi.
Bunda, qumoq tuproqlar uchun tuproq namligi so‘rish bosimi birligi ChDNS ga nisbatan 5 santibar (0,5 metr suv hajmida), og‘ir qumoqli tuproqlarda esa 10 santibarni (1 metr suv hajmida) tashkil etadi. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining pastki namlik chegarasi ko‘rsatkichlari 2.6.1-jadvalda keltirilgan.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari, tuproqlarning mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi va ekinlarning o‘suv davriga qarab, quyidagi jadvaldan foydalanib aniqlanadi (G.A.Bezborodov).
Egatlarga suv taralgandan so‘ng, irrometr o‘rnatilgan yerga borish va undagi ko‘rsatkichlarni olish ancha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida, irrometrlar o‘rnatilgan egatlarga qo‘shni bo‘lgan egatlardan biriga suv qo‘yilmaydi. Natijada, irrometr o‘rnatilgan yerga bemalol borib-qaytish imkoniyati yaratiladi.
Sug‘orish muddati va me’yorini aniqlash.Ekinlarning sug‘orish muddatlari va me’yorlarini aniqlash uchun, tenziometr ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish sharoitida tenziometrlar ko‘proq 30 sm tuproq qatlamiga o‘rnatiladi, bunda tenziometrlarning ishlashi vaqtincha to‘xtab qolish holatlari ro‘y beradi. Chunki, tuproqning yuqori haydov qatlami pastki qatlamlarga nisbatan tez qurib qoladi, natijada ishchi aralashma qurilmaning uchki keramik qismi orqali tuproqqa so‘riladi va tenziometrda razgermitizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday xo‘jalik ichidagi sabablar natijasida ekinlarni sug‘orish kechiktiriladi. Ushbu holatda tenziometr ishchi aralashmasini darhol almashtirish befoyda hisoblanadi negaki, bunda tuproq so‘rish bosimi kuchli bo‘ladi va qurilmaning ishlab ketishi qiyinlashadi. Ishchi aralashmani almashtirish, faqat sug‘orishdan keyingina amalga oshiriladi.


4 jadval

Download 286.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling