Fan va Tehnalogiya Universitetining maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs 111-gurux 11talabasi Nizomova Mohira Mamadaliyevna
Download 0.69 Mb.
|
1-kurs 111-gurux talabasi Nizomova Mohira Mamadaliyevna
Fan va Tehnalogiya Universitetining maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs 111-gurux talabasi Nizomova Mohira MamadaliyevnaMavzu: Tafakkur va tilning o’zaro bog’liqligi Reja1 Tafakkur xaqida tushuncha 2 Tilning o’zaro boyligi Tafakkur- muhim psixologik jarayonlardan biri hisoblanadi. Tafakkur bilan nutq bir-biriga uzviy bog`langan . Shu xususiyatlari bilan ham inson boshqa mavjudotlardan farq qiladi. Har bir narsani inson avval tafakkur qiladi keyin idrok qiladi. Agar ko`z ko`rgan narsalar idrok orqali anglansa Ko`zga ko`rinmaydigan narsalar esa tafakkur orqali tushinilinadi. Qur`oni Karimda ham ‘’ tafakkur qilmaysizlarmi’’ degan jumla keltirilgan. Bu shubhasiz tafakkurni inson hayotidagi o`rni kattaligini bildiradi. Inson o`zini anglashi ham tafakkurdan boshlanadi.Barcha nazariyalar, ta`limotlar, qarashlar barchasi tafakkur mahsuli hisoblanadi.Insonning bilish faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi. Fikr yuritishning sinteziga aylangan yuqori darajadagi bilish jarayoni – tafakkur hamda emotsional bilish organlarining mahsuli, ya’ni sezgilar, idrok va tasavvur materiallariga asoslangan holda namoyon bo‘ladi. Binobarin, tafakkur o‘zi uchun zarur materiallarni emotsional obyektlardan oladi, shu bilan birga, u fikr yuritishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.Tafakkur sezgi, idrok, tasavvur yordamida atrof muhit bilan bevo- sita bog‘lanadi, so‘ngra voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning belgi va sifatlarini bosh miya yarim sharlarida aks ettirish imkoniyati- ga ega bo‘ladi. Mazkur aks ettirishning adekvatligi insonning amaliy faoliyatida, tabiatni o‘rganish va jamiyatni rivojlantirish jarayonida tekshirib boriladi, ong va aql-idrok yordamida uzluksiz ravishda nazorat qilib turiladi.Tafakkur atrof muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va oldindan bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir1. Insonning bilish faoliyati vo- qelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling