Boshlang’ich va uzluksiz ta’lim pedagogika fanidan 1-KURS 138-GURUH TALABASI Reja: - 1. Pedagogik jaroyon va unig tuzilishi.
- 2. Pedagogik jarayon konuniyatlari.
- 3. Yagona pedagogik jarayonning etaplari.
1. Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. - Pedagoglik kasbining paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, dastlab uning doirasida differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo’lsa, key-inchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo’yila boshladi: o’qi-tuvchi o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuq-tai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi.
- Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari: - - uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;
- - undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;
- - umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi.
Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: - - pedagoglar;
- - tarbiyalanuvchilar;
- - tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |