Fan va texnalogiyalar universiteti
Download 69.39 Kb.
|
nutq mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ashirova Yorqinoy Shermamatovna 2023 yil Nutq tovushlarining fonetik o’zgarishi. R E J A
- Tovush
- Ekan edi emishto`liqsiz fe`llari ham ba`zan nutqimizda o`zidan oldin kelgan so`zga qo`shilib ketib, eunlisi tushib qoladi
- -ga, -gani, -guncha
FAN VA TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI ONA TILI fanidan MUSTAQIL ISHI MAVZU: NUTQ TOVUSHLARINING FONETIK O’ZGARISHI 1-KURS 138-GURUH TALABASI Ashirova Yorqinoy Shermamatovna 2023 yil Nutq tovushlarining fonetik o’zgarishi. R E J A: Tovushlarning kombinator va pozision o’zgarishlari. Singarmonizm va uning turlari. Assimiliyasiya va dissimilyasiya hodisalari. Tovush orttirilishi hodisalari. Tovush tushishi va unga bog’liq hodisalar. Fonetik hodisalarning boshqa turlari. Transkripsiya haqida ma’lumot. Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish uchun ketma-ket kelayotgan tovushlarning o`zaro ta`siri natijasida o`zgarishlarga uchrashi fonetik hodisa deyiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi. Tovush tushishi -bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan: · past, sust ulug` so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi: pasay, susay.ulg`ay · Yig`ikabiso`zlarga la fe`lyasovchiqo`shimchasiqo`shilganda i unlisitushibqoladi · ikki, olti, yettikabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, -ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov. · men, senkabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,-ning) qo`shilsa: meni, seni, mening, sening. · bag`ir, ko`ngil, shaharkabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi. · Unlibilantugovchivaunlibilanboshlanuvchiikkiso`zningqo`shilishinatijasidaunlitovushningbiritushibqoladi bora oladi-boroladi · Ekan edi emishto`liqsiz fe`llari ham ba`zan nutqimizda o`zidan oldin kelgan so`zga qo`shilib ketib, eunlisi tushib qoladi borarmish,borardi Tovush orttirilishi -bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi: · achi, isi, sasi,qot kabi so`zlarga –q,-iq so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq.qattiq · u, bu, shuko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (–ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday. Tovush almashishi (o`zgarishi)-bunda asosga qo`shimcha qo`shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi: · bo`ya, tara, sana, sayla, tanlakabi so`zlariga –q yoki –v qo`shimchalari qo`shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo`yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov. · yosh, son, ot kabi so`zlarga –a qo`shimchasi qo`shilsa: son+a =sana,ot+a=ata. · -ga, -gani, -gunchakabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar oxiri –k, q tovushlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilsa, asos yoki qo`shimcha tarkibida tovush almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha. · oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i-bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi. Fonetika va uning birligi. Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (gr.phonetikos - tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funktsional tomonini, balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada tilshunos-likning boshqa fan sohalari-adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika tovushlarga so‘z, qo‘shimcha va gaplarga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi. Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turlarini ham o‘rganadi. Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedogogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Download 69.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling