Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)
Mustaqil ta'lim. Variant №: 28
1.
Quyidagi savollarga javob yozing:
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vosita korxonaga
qanday usullarda kirim qilinishi mumkin? Ular sotib olish orqali kirim qilinganda asosiy vositaning
tannarxiga qanday xarajatlar qo'shilishini yozing.
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan moliyaviy hisobotlarda tovar-
moddiyga oid qanday ma'lumotlar ochib berilishi zarurligini yozing.
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan "Moliyaviy holat" to'g'risidagi
hisobotning mazmunini tushuntirib bering.
2. Quyidagi masalani yeching:
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (6 kunlik ish haftaligida
ish rejimi) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning
lavozim maoshi 4 600 000 so'm qilib belgilangan. Fevral oyida Hakimov B. 6-7 fevral kunlari ish haqi
to'lanmaydigan ta'tilda bo'lgan. Fevral oyida Hakimov B. ga qo'shimcha 1 mln so'm mukofot
hisoblangan. Shuningdek, korxonada ushbu xodimning daromadidan 20% miqdorida har oylik aliment
undirishni so'ralgan sudning ijro varaqasi mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang: 1. Xodimga
hisoblangan jami daromad; 2. Xodimning ish haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va INPS miqdorlari;
3. Hisoblangan aliment miqdori; 4. Ish haqining xodimga to'lanadigan miqdori.
3. Quyidagi masalani yeching:
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning yanvar
oyida boshida ishlab chiqarish binosini xarid qildi va foydalanishga topshirdi. Binoni xarid qilishga 120
000 000 sh.b., xarid qilish bo'yicha konsalting xizmatlariga 3 000 000 sh.b. va davlat ro'yxatidan
o'tkazishga 5 000 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu binoning tugatish qiymati nolga teng va unga yillik 5%
eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda. Topshiriqlar: 1. Binoning boshlang'ich qiymatini aniqlang. 2.
Binoning birinchi oyda eskirish summasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |