Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr) Mustaqil ta'lim. Variant №: 1


Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)


Download 305.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana19.06.2023
Hajmi305.62 Kb.
#1613486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim variantlari (Xalqaro moliyaviy hisobot)

Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr) 
Mustaqil ta'lim. Variant №: 2 
 
1.

Quyidagi savollarga javob yozing: 
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vositalarni 
korxona hisobidan chiqarish haqida tushuntirib bering. 
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan tovar-moddiy zaxiralarni 
hisobga olishning FIFO va AVECO usullari mazmunini tushuntirib bering. 
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan moliyaviy hisobotlar va ularning 
turlari haqida yozing. 
2. Quyidagi masalani yeching: 
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq 
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (6 kunlik ish haftaligida 
ish rejimi) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning 
lavozim maoshi 4 600 000 so'm qilib belgilangan. Fevral oyida Hakimov B. 6-7 fevral kunlari ish haqi 
to'lanmaydigan ta'tilda bo'lgan. Fevral oyida Hakimov B. ga qo'shimcha 1 mln so'm mukofot 
hisoblangan. Shuningdek, korxonada ushbu xodimning daromadidan 20% miqdorida har oylik aliment 
undirishni so'ralgan sudning ijro varaqasi mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang: 1. Xodimga 
hisoblangan jami daromad; 2. Xodimning ish haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va INPS miqdorlari
3. Hisoblangan aliment miqdori; 4. Ish haqining xodimga to'lanadigan miqdori. 
3. Quyidagi masalani yeching: 
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning yanvar 
oyida boshida ofis mebeli xarid qildi va foydalanishga topshirdi. Mebelni xarid qilishga 4 000 000 sh.b. 
va tashib keltirishga 600 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu mebelning tugatish qiymati nolga teng va unga 
yillik 20% eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda. Topshiriqlar: 1. Mebelning boshlang'ich qiymatini 
aniqlang. 2. Mebelning birinchi oyda eskirish summasini aniqlang. 



Download 305.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling