Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)
Mustaqil ta'lim. Variant №: 8
1.
Quyidagi savollarga javob yozing:
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vositalar qanday
mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar ekanligini tushuntiring.
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan "Tovar-moddiy zaxiralar", "Sof
sotish qiymati" va Haqqoniy qiymat" atamalarini tushuntirib bering.
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan "Foyda va zararlar" ("Umumlashgan
daromad") to'g'risidagi hisobotning mazmunini tushuntirib bering.
2. Quyidagi masalani yeching:
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (5 kunlik ish haftaligida
ish rejimi) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning
lavozim maoshi 6 400 000 so'm qilib belgilangan. Fevral oyida Hakimov B. 6-7 fevral kunlari ish haqi
to'lanmaydigan ta'tilda bo'lgan. Fevral oyida Hakimov B. ga qo'shimcha 1 mln so'm mukofot
hisoblangan. Shuningdek, korxonada ushbu xodimning daromadidan 25% miqdorida har oylik aliment
undirishni so'ralgan sudning ijro varaqasi mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang: 1. Xodimga
hisoblangan jami daromad; 2. Xodimning ish haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va INPS miqdorlari;
3. Hisoblangan aliment miqdori; 4. Ish haqining xodimga to'lanadigan miqdori.
3. Quyidagi masalani yeching:
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning yanvar
oyida boshida uskuna xarid qildi va foydalanishga topshirdi. Uskunani xarid qilishga 10 000 000 sh.b.,
tashib keltirishga 3 000 000 sh.b. va o'rnatishga 2 000 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu uskunaning tugatish
qiymati nolga teng va unga yillik 10% eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda. Topshiriqlar: 1.
Uskunaning boshlang'ich qiymatini aniqlang. 2. Uskunaning birinchi oyda eskirish summasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |