Fan: Yozish va taqdimot Mavzu: So‘z tanlash Reja


Download 156.43 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi156.43 Kb.
#1681174
Bog'liq
4-mavzu.Yozish va taqdimot qilish ko\'nikmalari


Fan: Yozish va taqdimot
Mavzu: So‘z tanlash
Reja:
  • So‘z ma’nolari bilan ishlash.
  • So‘z tanlash va qo‘llay olish.
  • Nutq uslublari.
  • Matn yaratish va uni ustida ishlash


1
2
So’z tovush orqali idrok qilinishi va ma’no anglatishi bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega
So’z-tushunchaning tildagi ifodasi. Leksikalogiyaning obyekti
SO‘Z
So’z ma’nosi nima?
Narsa va predmet, voqea hodisa yoki ular orasidagi munosabatning so‘zda aks etishi so’zning ma’nosi deyiladi. Boshqacha aytganda u so’zning borliqdagi narsa va hodisa (narsa – shaxs, belgi,miqdor, harakatni bildirishi, nimaningdir atamasi, nomi bo’lishidir).
So’zning ma’nosi murakkab bo’lib, uning bir necha tipi mavjud. Eng avvalo ma’noning lug’aviy (leksik), grammatik va qo’shimcha ma’no turini farqlash kerak.
So’zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat holatni bildirishi uning lug’aviy(leksik), atash ma’nosi deyiladi.
Grammatik ma’no. So’zning biror so’z turkumiga xos belgisi, so’z birikmasi va gapdagi vazifasini ko’rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi.
SO‘Z MA’NOLARI
1. O’z ma’no
2. Ko‘chma ma’no
So’zning predmet, voqea-hodisa haqidagi dastlabki, real, nutqdan tashqarida anglatgan ma’nosi o’z ma’no deyiladi.
O‘z ma’no
Bosh ma’no
Denotativ ma’no
Asos ma’no
To‘g‘ri ma’no
Genetik ma’no
So’zning o’z ma’nosidan tashqari, o’xshatish, mubolag’a, kinoya kabi usul bilan boshqa ma’noda qo’llanishi natijasida ko’chma ma’no hosil bo’ladi
Ko’chma ma’no gap tarkibidagi boshqa so’z yordamida anglatiladi. Masalan:U bu gaplarni o’zi to’qigan jumlasidagi to’qimoq so’zining “yo’qyerdan o’ylab chiqarmoq” ma’nosi undagi gaplarni so’zi yordamida almashiladi.Derazaning ko’zi sindi gapidagi ko’z so’zining “shisha ma’nosi deraza va sindi so’zi yordamida yuzaga chiqmoqda.
Borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatning nomi ma’lum bir asosga ko’ra boshqa narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatning nomi sifatida ham qo’llanadi. Bunday vaqtda bitta so’z bir necha narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatning nomi sifatida xizmat qiladi. Masalan: burun so’zi “tirik organizmning yuz” qismida bo’rtib chiqgan nafas olish a’zosi ma’nosini ifodalash bilan birga “yerning dengiz yoki okean tomon bo’rtib chiqan qismi” ma’nosini ham ifodalaydi. Bunda narsa orsidagi o’xshashlik sirining nomini ikkinchisi o’rnida qo’llashga asos bo’lgan.
  • So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi: — so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash; — tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish; — so‘zning suhbatdoshlarga tushunarli bo‘lishini hisobga olish; — so‘zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash; — so‘zni matn mazmuniga mos tarzda tanlash; — baynalmilal atamani adabiy tilning leksik me’yo- riga muvofiq holda tanlash; — so‘z, atamani matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash.

1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
NUTQ USLUBLARI
Nazorat savollari:
1.So’z nima?
2.Ma’no deganda nimani tushunasiz?
3. Umumiy ma’no haqida gapiring?
4. Qo’shimcha ma’no haqida gapiring?
5.Ma’no ko’chishi nima?
6. O’z (bosh) ma’no qandoy ma’no?
7.Ko’chma ma’no nima?
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 156.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling