Fan: Yozish va taqdimot Mavzu: So‘z tanlash Reja
Download 156.43 Kb.
|
4-mavzu.Yozish va taqdimot qilish ko\'nikmalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z tanlashda
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Fan: Yozish va taqdimot Mavzu: So‘z tanlash Reja:
1 2 So’z tovush orqali idrok qilinishi va ma’no anglatishi bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega So’z-tushunchaning tildagi ifodasi. Leksikalogiyaning obyekti SO‘Z So’z ma’nosi nima? Narsa va predmet, voqea hodisa yoki ular orasidagi munosabatning so‘zda aks etishi so’zning ma’nosi deyiladi. Boshqacha aytganda u so’zning borliqdagi narsa va hodisa (narsa – shaxs, belgi,miqdor, harakatni bildirishi, nimaningdir atamasi, nomi bo’lishidir). So’zning ma’nosi murakkab bo’lib, uning bir necha tipi mavjud. Eng avvalo ma’noning lug’aviy (leksik), grammatik va qo’shimcha ma’no turini farqlash kerak. So’zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat holatni bildirishi uning lug’aviy(leksik), atash ma’nosi deyiladi. Grammatik ma’no. So’zning biror so’z turkumiga xos belgisi, so’z birikmasi va gapdagi vazifasini ko’rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. SO‘Z MA’NOLARI 1. O’z ma’no 2. Ko‘chma ma’no So’zning predmet, voqea-hodisa haqidagi dastlabki, real, nutqdan tashqarida anglatgan ma’nosi o’z ma’no deyiladi. O‘z ma’no Bosh ma’no Denotativ ma’no Asos ma’no To‘g‘ri ma’no Genetik ma’no So’zning o’z ma’nosidan tashqari, o’xshatish, mubolag’a, kinoya kabi usul bilan boshqa ma’noda qo’llanishi natijasida ko’chma ma’no hosil bo’ladi Ko’chma ma’no gap tarkibidagi boshqa so’z yordamida anglatiladi. Masalan:U bu gaplarni o’zi to’qigan jumlasidagi to’qimoq so’zining “yo’qyerdan o’ylab chiqarmoq” ma’nosi undagi gaplarni so’zi yordamida almashiladi.Derazaning ko’zi sindi gapidagi ko’z so’zining “shisha ma’nosi deraza va sindi so’zi yordamida yuzaga chiqmoqda. Borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatning nomi ma’lum bir asosga ko’ra boshqa narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatning nomi sifatida ham qo’llanadi. Bunday vaqtda bitta so’z bir necha narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatning nomi sifatida xizmat qiladi. Masalan: burun so’zi “tirik organizmning yuz” qismida bo’rtib chiqgan nafas olish a’zosi ma’nosini ifodalash bilan birga “yerning dengiz yoki okean tomon bo’rtib chiqan qismi” ma’nosini ham ifodalaydi. Bunda narsa orsidagi o’xshashlik sirining nomini ikkinchisi o’rnida qo’llashga asos bo’lgan.
1. So’zlashuv uslubi 2. Ilmiy uslub 3. Rasmiy-idoraviy uslub 4. Ommabop (publitsistik) uslub 5. Badiiy uslub NUTQ USLUBLARI Nazorat savollari: 1.So’z nima? 2.Ma’no deganda nimani tushunasiz? 3. Umumiy ma’no haqida gapiring? 4. Qo’shimcha ma’no haqida gapiring? 5.Ma’no ko’chishi nima? 6. O’z (bosh) ma’no qandoy ma’no? 7.Ko’chma ma’no nima? E’tiboringiz uchun rahmat! Download 156.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling