Fan yutuqlari keng ko’lamda joriy etiladigan ishlab chiqarishlarni mutassil rivojlantirish va ularning ro’lini oshirish tarmoq tarkibi siyosatida juda muhim ustuvor yo’nalishdir


Download 383.14 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi383.14 Kb.
#219675
1   2   3   4
Bog'liq
2 5188542414528187561

3. GAZLAMA TANLASH VA ASOSLASH
Tanlangan buyum mоdellariga mоslab materiallar tanlanadi. Materiallarning xususiyatlari va tashqi ko’rinishlari ulardan tikiladigan buyum mоdellariga mоs bo’lishi kerak. Materiallar tanlashda namlab-isitib ishlash talablarini ham nazarda tutish kerak. Ko’p fasоnli ishlab chiqarish оqimlarida bir vaqtda tikiladigan buyum mоdellari xususiyati va rangi bo’yicha turdоsh gazlamalardan tikilishiga asоslanib tanlanadi, chunki shundagina tikish mashinalaridagi ipni va parametrlarini kamrоq o’zgartiriladi. Materiallarni tanlashda va tikish rejimlari qanday bo’lishini ham xisоbga оlinadi.

Erkaklar sport uslubidagi kalta shimini loyihalashda kiyimning detallarini vazifalariga qarab quyidagi materiallarni tanlab olishimiz mumkin. Bunda loyihalanayotgan ob’ektga qo’yolgan talablardan kelib chiqib uning detallari quyidagicha qismlarni ajratib olishimiz mumkin.



  • Asosy tana qismlari: old va ort bo’laklar, belbog’.

  • Ichki astarlik qismlari: asosiy tani qismlarining astarliklari va chontak qopchalari(haltachalari).

  • Oraliq qism detallari: belbo’g qismining shakl saqlash materiallari.

  • Biriktiruvchilar: tugmalar, taqilma, mo’lniya(surma) va tikuv iplari.

Har qanday tikuvchilik buyumlarini loyihalaganda bu kiyimni kiyilish joyi va mavsumi, unga qo’yilgan vazifa va talablardan kelib chiqib mos material tanlanadi. Asosy tana qismlari: old va ort bo’laklar, belbog’ qismlarida materialni xususiyatidan kelib chiqib tabiiy paxta tolali Reps gazlamasi tanlab oldik. Reps gazlamasi arqog’iga yo’g’on (29 teks x 2), tandasiga esa ingacha (18 teks) ip ishlatilgani uchun sirtida bikr ko’ndalang yo’llari bo’ladi. O’rilishi- Polotno. Yuza zichligi 180-220 g/m2 bo’lib, u tabiiy paxta tolali gazlama xususiyatidan kelib chichib shakl saqlashi yahshi, chang o’ziga kam oladigan gazlamalar sirasiga kiradi.

Ichki astarlik qismlari hisoblangan asosiy tani qismlarining astarliklari va chontak qopchalarida (haltachalarida) uchun sintetik gazlamalardan foydalanamiz. Bu gazlama silliq, nafis, yumshoq va egiluvchan hisoblanadi. Uning yuza zichligi kichik 70-110 g/m2 atrofida bo’ladi. Shuningdek astarlik rang mustaxkamligi yuqori va asosiy detallardan farq qilmaydigan ranlarda topish imkoniyati mavjud. Mazkur gazlama draplanish va ishqalanishga chidamli, nam ta’sirida qisqarishi o’ta past.

Tikuvchilik buyumlarining ayrim qismlarida avra va astar gazlamalari orasiga qat (oraliq) materiallar qo‘yiladi. Ularning asosiy vazifasi buyumning qismlariga qattiqlik va ma’lum shakl berish va kiyilganda buyumning ko‘p vaqt davomida shaklini saqlashdir. Shuning uchun, oraliq materiallar avvalo qattiq va qayishqoq bo‘lishi kerak. Ularning kirishishi avra va astar materiallarning kirishishiga mos kelishi shart. Asosiy oraliq materiallar jumlasiga zig‘ir tolali bortovka gazlamalari kiradi. Bortovkalardan boshqa oraliq materiallar sifatida yelimlash usulida olingan noto‘qima matolar ishlatiladi. Bunday noto‘qima matolarning ahamiyatli tomoni ularning egiluvchanligining yuqoriligi, vaznining kamligi, o‘rtacha havo o‘tkazuvchanligi, kam kirishuvchanligi, kesilgan joyidan to‘kilmasligi va hokazolar. Bularga misol qilib, flizelin va proklamilin matolarni keltirish mumkin. Flizelin paxta, viskoza tolalari bilan turli xildagi ikkilamchi xomashyo aralashmasidan olinadi. Bu matoda tolalar ma’lum yo‘nalishda joylashadi, shu tufayli bo‘ylama va eni xususiyatlari bir xilda bo‘lmaydi. Bundan tashqari sinuvchanlik xususiyatiga ega va foydalanilganda alohida qavatlarga bo‘linishi mumkin. Shu sababli flizelin kam ishlatiladi. Oraliq qism detallari hisoblangan belbo’g qismining shakl saqlash materiallari ko’plab harakatlar va ishqalanishlar uchraydigan gazlamalar bo’ladi. Shuning uchun bu detalarda foydalaniladigan matolar mexanik ta’sirlarga chidamli Proklamilin viskoza gazlamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Proklamilin viskoza va nitron tolalarning aralashmasidan (50%+50%) olinadi. Bu matoda tolalar betartib joylashgani tufayli uni xohlagan yo‘nalishda bichish mumkin. Proklamilinning ishlatilishi uning yuza zichligiga bog‘liq. shimlarda 70 g/m2 va paltolarda 100 g/m2 bo‘lgan proklamilin ishlatiladi.

Biriktiruvchi tugmalar badiy dekarativ bezak va texnologik biriktiruv vazifalarini bajarishi mumkin .



Download 383.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling