Fan yuzasidan ma’ruza mashg`ulotlari


Download 103.08 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi103.08 Kb.
#1164838
Bog'liq
Ma\'ruza matnlar


FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG`ULOTLARI
3-semestr
1-mavzu: Til ijtimoiy, doim o‘zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Milliy va adabiy til. Tilning paydo bo‘lishi, tillarning taraqqiyoti, tillarning tasnifi. Fonetika va fonologiya. Nutq a’zolari va ularning vazifasi. Nutq apparati. Artikulyatsiya. Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi. Unli va undosh tovushlar tasnifi. Nutqning fonetik bo‘linishi. Bo‘g‘in va uning turlari. Urg‘u va uning turlari. Urg‘u olmaydigan birliklar. Urg‘uning so‘z ma’nosini farqlashdagi roli. Nutqning fonetik bo‘linishi. Bo‘g‘in va uning turlari. Urg‘u va uning turlari. Urg‘u olmaydigan birliklar. Urg‘uning so‘z ma’nosini farqlashdagi roli. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari. Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot. Grafika va orfografiya.
REJA:
1.Til – ijtimoiy hodisa.
2.O‘zbek tili – davlat tili.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili kursi shu tilning ilmiy asosda o‘rganuvchi fan.
O‘zbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari, rivojlanishining asosiy omillari.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining bo‘limlari.
Milliy va adabiy til.
O‘zbek tili ko‘p shevali til, dialektlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbek adabiy tilining og‘zaki va yozma shakllari.
Tillar tipologiyasi.
10.Unli va undosh tovushlarning o‘zaro munosabati.
11 .Unli tovushlar tasnifi:
12.Unli tovushlar tavsifi.
13. Nutqning asosiy fonetik birliklari.
14.Bo‘g‘in va uning ko`rinishlari.
15. U’rg‘u va uning turlari.
16.Orfoepiya haqida ma’lumot.
17.Unli tovushlar orfoepiyasi.
Undosh tovushlar orfoepiyasi.
Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi
20.Boshqa tillardan kirgan so‘zlarning talaffuz me’yorlari.
21.O‘zbek imlosining Asosiy qoidalari.
22.Grafika haqida umumiy ma’lumot.
23.O`zbek yozuvi tarixi.
24.Оrfоgrafiya haqida umumiy ma’lumоt.
TAYANCH TUSHUNCHALAR: Tilning ijtimoiyligi, tilning rivojlanishi,ona tili,davlat tili, lisoniy omil,nosiloniy omil,til bo‘limlari,kursning ob’ekti,kursning maqsadi,qadimgi turkiy til,eski o‘zbek adabiy tili,hozirgi o‘zbek adabiy tili, milliy til, adabiy til,adabiy til shartlari, sheva, lahja, talaffuz shakli, yozma shakl, lingvistik tipologiya, tillar genetikasi, Tovush, bo‘g‘in, takt, fraza, segmentasiya birliklar, bo‘g‘in tiplari, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in, urg‘u, so‘z urg‘usi, mantiq (gap)urg‘usi, dinamik urg‘u, bog‘liq urg‘u, erkin urg‘u, urg‘u olmaydi gan qo‘shimchalar. Kombinator o‘zgarishlar, pozitsion o‘zgarishlar, singarmonizm, assimilyasiya, progressiv-regrissiv, to‘liq-qisman, kontakt-distant, dissimilyasiya, metateza, akkomodasiya, reduksiya, proteza, epenteza, epiteza, prokopa, eliziya, transkripsiya. Og‘zaki nutq, nutq madaniyati, talaffuz me’yorlari, orfoepiya, unlilar talaffuzi, ayrim undoshlar talaffuzi, oddiy so`zlashuv tili, og‘zaki adabiy til, yozma nutq. Grafika, grafema, fonografema, punktema, logografema, simvol, o‘zbek yozuvlari, alifbo, orfografiya, orfografik tamoyillar, fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy – an’anaviy tamoyil, etimologik tamoyil, differensiyatsiyalash tamoyili. asos, qo‘shimcha, tovush variant, tovush o‘zgarishi, yonma-yon kelgan unlilar, tovush ortishi, yonma-yon kelgan undoshlar, tovush tushishi, qo‘shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish.

Til ijtimoiy hodisadir. Chunki u biror yakka shaxs yoki guruh tomonidan yaratilmaydi. Til jamiyatning maxsuli bo‘lib, ibtidoiy jamoa davrida kishilarning birlashib yashashi va birga mehnat qilish jarayonida yuzaga kelgan. U faqat jamiyatda, odamlar orasidagina mavjud bo‘ladigan ijtimoiy quroldir. Til jamiyat tomonidan yaratilganligi uchun ham, uning yashashi va rivojlanishi shu tilda gaplashuvchilarning mavjudligi va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. CHunki jamiyatda ro‘y bergan o‘zgarishlar ta’sirida til ham o‘zgarib va rivojlanib boradi. Buni ayniqsa, tilning lug‘at sathida yaqqol kuzatish mumkin. Demak, tilning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langandir.


O‘z navbatida jamiyat ham tilsiz rivojlana olmaydi. Zero, u kishilarning o‘zaro muomala va munosabatlarini ta’minlovchi eng muhim aloqa vositasi sanaladi. Kishilar o‘zlarining eng nozik his-tuyg‘ularidan tortib eng oddiy salomlashishgacha barchasini til orqali ifoda etadilar.
Hazrat Alisher Navoiy:
Til ayladi insonni judo hayvondin
Bilkim guhari yo‘q sharifroq ondin.
deb bejiz yozmagan edi.
Dunyoda 7000 ga yaqin til bo‘lib, ular o‘zaro genetik jihati, tipologiyasi, mohiyati, yozuvga ega yoki ega emasligi, jamiyat hayotida tutgan o‘rni va unda gaplashuvchilarning umumiy miqdori kabi belgilari bilan farqlanadi. O‘zbek tili ham shular jumlasidan bo‘lib, o‘zbek xalqining milliy tili, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili hisoblanadi. Respublikadagi 32 milliondan ortiq aholining 24 millioni o‘zbek tilida so‘zlashadi.
O‘zbek tili eng teran fikrlarni, ilmiy-siyosiy tushunchalarni, eng chuqur his-tuyg‘ularni, xilma-xil ma’nolarni bekamu-ko‘st ifodalash imkoniga ega bo‘lgan tildir.
1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingach, (1995- yil 21-dekabr yangi tahrirdagi qonun) o‘zbek tili millatning ona tilisi sifatida yana ham beqiyos kuch-qudrat va ahamiyatga ega bo‘ldi. Zero, har bir o‘zbek farzandining shuuriga ilk insoniy tuyg‘ulardan tortib eng murakkab ilmiy tushunchalargacha barchasi, aynan ona tili orqali singdiriladi. Qolaversa ona tili dunyoni ko‘rish, bilish, borliqni anglash, milliy ruh va milliy tafakkurni shakllantirish, millatning ma’naviy boyliklarini kelajak avlodlarga etkazish vositasi ham sanaladi. SHuning uchun ham Respublikamizning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ona tili masalasiga katta e’tibor berilgan. SHunga ko‘ra har qanday etuk kadrning o‘z ona tilini yaxshi egallagan bo‘lishi unga qo‘yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi.
O‘rta ta’lim dasturida «ona tili» fani sifatida o‘qitiluvchi o‘zbek tili filologiya fakultetlarida bir necha yo‘nalishlarda davom ettiriladi. Ular orasida hozirgi o‘zbek adabiy tili kursi markaziy o‘rin egallaydi. Bu kursni o‘rganish ob’ekti hozirgi o‘zbek adabiy tili hamda uning o‘zbek milliy tili tarkibidagi o‘rni kabilardan iboratdir. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining maqsadi: talablarni shu tilning qurilishiga mansub hodisalar va qonun-qoidalar bilan ilmiy asosda tanishtirishdan iborat. Vazifalari esa:
a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushuncha va terminlar nazariy umumlashmalar bilan tanishish.
b) tilning fonetik, leksik, semantik va grammatik satxlariga mansub birliklarning adabiy til uchun me’yor bo‘lgan va bo‘lmagan belgi xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, tahlil qilish.
d) hozirgi adabiy tilning tarixiy ildizlari dialektal asoslari va til taraqqiyotini belgilovchi ichki hamda tashqi omillar haqida ma’lumot berishdan iborat.
Ushbu o‘quv predmetida o‘zbek tilining yaxlit holati (eski o‘zbek tili nazarda tutilyapti) emas, balki sinxronik, yangi hozirgi kundagi holati bayon qilinadi. Lekin bunda tilning diaxronik, ya’ni tarixiy taraqqiyot sharoiti ham hisobga olinadi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili eng dastlabki holat urug‘, qabila tili shaklidan hozirgi rivojlanish bosqichiga kutarilguncha, uzoq tarixiy davrni o‘z boshidang kechirgan. O‘zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi.
1. Qadimgi turkiy adabiy til:
a) eng qadimgi turkiy til (ilk til paydo bo‘lgandan VII asrgacha bo‘lgan davr. Avesto, Behistun yozuvlari bitilgan til).
b) qadimgi (o‘rta turk tili) turkiy til (VIII-XI asrlar) O‘rxun-Enasoy yodgorliklari yaratilgan til.
d) eski turkiy til (XI-XIII asrlar) «Qutadg‘u bilig» – «Devoni lug‘otit turk», «Hibatul haqoyiq», «Devoni lug‘otit turk» kabi asarlar shu tilda yaratilgan.
2. Eski o‘zbek adabiy til. Rabg‘uziy, Xorazmiy, Atoi, Lutfiy, Sayfi Saroi, Sakkokiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Muqumiy, Zavqiy va boshqa ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
3. Yangi o‘zbek adabiy tili (XIX asrning oxiri XX asr boshlari) o‘zbek tili ana shu tarixiy ildizlardan o‘sib chiqib, XX asrning 30-yillarida hozirgi o‘zbek tili shakliga kirgan o‘zbek tilining qadimiy turkiy tildan to hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan lisoniy taraqqiyotini kuzatish til davrlari orasidagi farqlarni aniqlash imkonini beradi. Ular quyidagi 2 omilga asoslanadi. 1) muayan tilning ichki taraqqiyot qonuniyatlariga; 2) ikki yoki undan ortiq tillar o‘rtasidagi kontaktga. O‘zbek tilining rivojlanishida turkiy til bilan boshqa tillar ham katta rol o‘ynagan. Bunda turkiy til asos (substrat) til vazifasini, arab, fors-tojik va rus tillari esa ustama (superstrat) til vazifasini o‘tagan. Asos til bilan ustama til (lar) o‘rtasida yuzaga kelgan aloqalar hamda ichki taraqqiyot qonuniyatlari qadimiy turkiy tildan to hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda til strukturasiga qator o‘zgarishlarni olib kirgan. Masalan, qadimgi turkiy til vokalizmida 8 ta unli bo‘lgan; eski o‘zbek tilida esa 9 ta (a, ы, o, i, e, i, o, y, e), hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida esa unlilar miqdori 6 taga (a, o, i, i, e, o‘) tushib qolgan.
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursi quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
Fonetika va fanologiya. Bu bo‘limda nutq tovushlari va ularning xususiyati o‘rganiladi.
Leksikologiya. Bu bo‘limda tilning lug‘at qoplamiga xos xususiyatlar, leksimalarning semantik tarkibi o‘rganiladi.
Grafik va orfografiya. Bu bo‘limlarda hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozuv tizimlari.
Orfoepiya. Bunda hozirgi o‘zbek adabiy tilining to‘g‘ri talaffuz me’yorlari o‘rganiladi.
Leksikografiya. Bunda lug‘at va uning tiplari lug‘at tuzish bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi.
Morfemika. Bu bo‘limda so‘zning ma’noli qismlari, ularning turlari, so‘zning morfemik strukturasi bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi.
So‘z yasalishi. Bunda so‘z yasalish strukturasi, so‘z yasalish usullari o‘rganiladi.
Morfologiyada grammatik ma’no va grammatik shakllar, grammatik kategoriyalar, so‘zlarni turkumlarga birlashtirish prinsiplari haqida fikr yuritiladi.
Punktuasiya. Bu bo‘limda yozuv sistemasining uchinchi komponenti (1-grafika, 2-orfografika) – tinish belgilari haqida ma’lumot beriladi.
Stilistika. Bu bo‘limda nutq uslublari o‘rganiladi.
Milliy tilning ma’lum qoida va me’yorlarga buysuntirilgan, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan oliy shakli adabiy til deyiladi. U tilning fonetik, leksik va grammatik qurilishida mavjud qonuniyatlarni ma’lum me’yorga solib turadi. Bu me’yor shu tilda so‘zlovchi barcha kishilar uchun umumiy va zaruriy hisoblanadi. Me’yor adabiy til va adabiy nutqqa xos bo‘lgan va ijtimoiy til amaliyotida tanlab olingan barqaror xususiyatlardir.
Adabiy tilning quyidagi 3 ta sharti mavjud:
Ma’lum qonun qoida va me’yorlarga bo‘ysinishi kerak.
Adabiy til yozuv bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiy bo‘lishi kerak.
Aynan oxirgi xususiyatiga ko‘ra, ya’ni millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo‘lish zaruriyati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi o‘zbek adabiy tiliga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili muayyan qolipga solingan, o‘zbek xalqining madaniy ehtiyoji va talablarini qondirishga xizmat qiladigan milliy adabiy tildir. Fan va texnika, matbuot va adabiyot, davlat va idoralar, ta’lim va televideniye adabiy til asosida ish olib boradi. Adabiy til doim o‘zgarib va sayqallanib boradi. Adabiy til rivojlana borib, navbatdagi bosqichga davlat tili darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Bunda tilning vazifasi yanada kengayib, mavqei ortib boradi. Ba’zan jamiyatda davlat tili va adabiy til aynan bir tildan iborat bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday sharoitda tilning rivojlanishi sekinlashadi va u kundalik turmush tiliga aylanib qoladi. Sobiq ittifoq davrida o‘zbek adabiy tili ham ana shunday holatni o‘z boshidan kechirgan. Bu til siyosati masalasining noto‘g‘ri yuritish oqibatidir.
Jamiyatning iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalishi, yagona adabiy til me’yorlariga amal qilish, radio va tele eshittirishlar adabiy til bilan shevalar orasidagi farqning kamayishi va nihoyat, yo‘qolib ketishiga zamin hozirlaydi.
O‘zbek milliy tili ko‘p dealektli tillardan bo‘lib, qator shevalarni o‘z ichiga oladi, bu xol uning o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi xilma-xil etnik sostavi bilan izohlanadi. Ana shu davrda o‘zbek xalqining muayyan sharoiti bilan bog‘liq ravishda o‘zbek tilining dealekt va shevalari o‘zaro umumiylik kasb etib, yagona umumiy xalq tili bo‘lib birika borgan va uning ajralmas qismiga hamda quyi formasiga aylanib qolgan, lekin ayrim lahja va shevalar orasidagi farqlar hozirgacha saqlanib kelinmoqda. Masalan, qipchoq shevalarida singarmonizm xususiyatining to‘liq saqlanib qolganligi, 9 ta unli fonemaning mavjudligi «F» tovushining deyarli qo‘llanmasligi, checha (yanga), bo‘la (xola), lochira ... kabi ko‘plab o‘ziga xos so‘z va terminlarning saqlanib qolganligi yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlaydi.
Ana shunday o‘ziga xos tafovutlarga qaramay o‘zbek tilining hamma dealekt va shevalari o‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbek tili shevalari 3 ta katta lahjaga qarluq, qipchoq va o‘g‘uz lahjalariga birlashtiriladi.
Sheva – bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Bir etnik guruhga mansub shevalarning o‘zaro yaqin bo‘lgan guruhlari esa – lahja deb ataladi. Dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi.
SHevashunos olimlar (V.V.Reshetov va Sh.Shoabdurahmonovlar) lahjalarni quyidagicha tavsiflaydilar:
1. Qarluq lahjasi (Janubiy-Sharqiy guruh) bunga ko‘pchilik shahar shevalari kiradi: Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan. Bu dialektning muhim morfologik va fonetik belgilari:
1) so‘z oxirida «k» tovushi «y» tarzida aytiladi: kerak-keray, elak-elay.
2) «o» lashish yuz beradi: aka-oka, naxor-noxor.
3) «ning» qaratqich kelishigi o‘rnida doim ni tushum kelishigi qo‘llaniladi: ukamni (ng) kitobi.
2. Qipchoq lahjasi (Shimoliy-G‘arbiy guruh) – bunga Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm, Toshovuz (Turkmaniston) viloyati shevalari kiradi. Belgilari:
1) «y» o‘rnida «j» ishlatiladi: yo‘l-jo‘l, yo‘q-jo‘q;
2) «g‘» o‘rnida «v» ishlatiladi: tog‘-tov, sog‘-sov;
3) «k, q» tushumlari: quru(q), sovu(q);
4) eski o‘zbek tilidagi singormonizm qonuniyati saqlangan: olgan (adabiy tilda) – alg‘on (qipchoq lahjasi shevalari) kelgan-kelgun, 9 ta unli fonemaning mavjudligi.
3. O‘g‘uz lahjasi (Janubiy-G‘arbiy guruh) bunga Xorazm, O‘rganch, Xiva, Xozarasp, Qo‘shko‘pir, shovot, Qozog‘iston va Turkmanistonda yashovchi ba’zi o‘zbek-o‘g‘uz shevalari kiradi. Belgilari:
1) unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism).
2) «t» tovushi «d», «k» esa «g» tarzida aytiladi: tog‘-dog‘, keldi-galdi.
3) ning qo‘shimchasi ing tarzida, ga esa a, na tarzida aytiladi: akamning-akaming, yorimga-yorima.
4) singarmonizm xodisasi saqlangan: uyimga (adabiy tilda), uyuma (o‘g‘uz lahjasida).
Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg‘ona-Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning (V.V.Reshetov, Sh.Abdurahmonov) fikricha, Toshkent dialekti fonetik jihatdan, Farg‘ona dialekti morfologik jihatdan adabiy tipga asos bo‘lgan.
Lekin professor X.Doniyorov, B.To‘ychiboyev kabi olimlar fikricha, qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham adabiy tilning tarkib topishida faol qatnashgan. Chunki kelishiklarning adabiy tildagi kabi 6 talik tizimi qipchoq lahjasining «j» lovchi shevalarida saqlangan. Umuman olganda, adabiy til barcha shevalarga tayanadi:
Shevalarning o‘ziga xos xususiyatlari adabiy til ta’sirida asta sekin zaiflashadi va yo‘qola boradi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ikki xil og‘zaki va yozma shakllari bor, shu ikki shakl vositasida u xalqqa xizmat qiladi.
1. Adabiy tilning og‘zaki shakli to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga, eshitish orqali idrok qilishga tayanadi. Bu shaklning tarixiy ildizlari xalq og‘zaki ijodi namunalari: doston, qo‘shiq, ertak, latifa, maqollar negizida rivojlanib, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan. Ana shu jarayonda uning hozirgi milliy adabiy tilga xos yagona talaffuz me’yorlari shakllangan.
2. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma shakli, avvalo yozuv sistemasiga hamda shu sistema birliklarini ko‘rish va o‘qishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, ma’lumki, grafika, orfografiya va punktuasiya kabi komponentlardan tarkib topadi.
Adabiy tilning yozma formasi kishilar orasidagi bevosita aloqa vositasi bo‘lmay, balki boshqa joyda va zamonda yashovchi kishilar bilan ham aloqa bog‘lash vositasidir. Lekin ma’lum ma’noda yozma nutq imkoniyatlari og‘zaki nutqqa nisbatan chegaralangan.
Hozirgi vaqtda er yuzi aholisi 3000 dan ortiq tilda gaplashadi. Bu tillarning rivojlanish darajasi va jamiyatda tutgan o‘rni, ularda gaplashuvchilarning soni turlichadir. 100-200 kishidan tashkil topgan qabilaning tili ham, yuz millionli xalq gapiradigan til ham alohida til hisoblanadi.
Fonetika – grekcha phone – tovush so‘zidan olingan bo‘lib, tilshunoslikning alohida bo‘limi hisoblanadi va tilning tovush tomonini o‘rganadi.
Fonetika keng ma’noda nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining tuzilishini, fonetik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini va tovush o‘zgarishi hodisalarini o‘rganadi. Fonetik birliklarga nutq tovushlari, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza, o‘rg‘u, ohang kabilar kiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, fonetika, tabiatdagi har qanday tovushlarni emas, balki inson nutq apparatida hosil bo‘luvchi, ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan nutq tovushlarini o‘rganadi. Tabiatdagi boshqa tovushlarni esa fizika fanining akustika bo‘limi tekshiradi.
Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning akustik, anatomik-fiziologik va funksional asoslarini o‘rganish va ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat.
Fonetika tovushlarning eshitilish tomonini o‘rganishda akustikaga, talaffuz qilinishi, aytilishi, hosil bo‘lish tomonlarini o‘rganishda fiziologiyaga talqib ish ko‘radi.
Fonetikaning bo‘g‘in, o‘rg‘u bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlari badiiy adabiyot, she’riyat bilan aloqador.
Fonetikani o‘rganish orfografiya (to‘g‘ri yozish), orfoepiya (to‘g‘ri talaffuz qilish) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishga, adabiy talaffuz bilan shevalar o‘rtasidagi farqni aniqlashga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini to‘g‘ri shakllantirishga katta yordam beradi.
Hozirgi vaqtga kelib fonetika tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biri bo‘lib, ikki mustaqil qism fonetika va fonologiyadan tarkib topgandir.
Fonetikada nutq tovushlari turli jihatdan o‘rganiladi. SHunga asosan uning quyidagi bo‘limlari mavjud:
1. Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi.
2. Xususiy fonetika – fonetikaning muayyan bir til tovushlarini, ularning turlari fizik-akustik va artikulyasion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. U quyidagi 2 qismdan iborat:
A) tavsifiy fonetika – muayyan tilning fonetik tizimini statik (o‘zgarmaC) holatda (til taraqqiyotining oldingi bosqichida yuz bergan hodisalar bilan bog‘lamay) o‘rganadi.
B) tarixiy fonetika – biror tilning tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tilning tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘lab) o‘rganadi va shu asosda tilning fonetik-fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar aniqlanadi.
3. Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o‘rganadi.
4. Eksperemental fonetika – nutq tovushlari, o‘rg‘u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulyasion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetikadir.
Nutqning eng kichik bo‘linmas birligi tovush bo‘lib, tildagi so‘zlar, iboralar va umuman nutq tovushlar orqali shakllanadi. Nutq tovushlari nutqning bu birliklari uchun ifoda materiali bo‘lib xizmat qiladi. Nutq tovushlarining quyidagi o‘ziga xos uch jihati mavjud:
Ular nutq apparati vositasida hosil qilinadi.
Nutq tovushlari eshituv apparati yordamida eshitiladi.
3.Ular ijtimoiy qiymatga ega.
Demak, nutq tovushlarini talaffuz etmay, shuningdek, eshitmay turib tevarak olamdagi narsa-hodisalar haqida muayyan tushunchalarga ega bo‘la olmaymiz. Zero, real predmetlar tovush yoki tovushlar shaklida ongimizda qayta gavdalanadi. Muhimi tovushlarning ketma-ketligi, o‘ziga xos ma’no zanjiri vositasida bizga axborot etkaziladi. Insonlar nutq tovushlari yordamida fikr berib, fikr oladilar. Aynan mana shu xususiyatiga ko‘ra nutq tovushlari tabiatdagi jonsiz jismlar va hayvonlarning tovushidan farq qiladi. Umuman, inson tili tovush tili bo‘lib, ularning ishtirokisiz hech qanday nutq va muloqot amalga oshmaydi.
Fonema – tildagi ma’nodor birliklar bo‘lmish so‘z va marfemalarni tashkil etuvchi va ularni farqlash uchun xizmat qiluvchi, tilning eng kichik, o‘zi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan (bir planli) birligidir. Masalan, qol, qul, qo‘l; tor, tog‘, tok, tol; boy, bor, bog‘ so‘zlarida o, u, o‘, r, g‘, k, l; y, r, g‘ fonemalariga ko‘ra ma’no farqlangan.
Fonemaning tovushga va tovushning fonemaga munosabati turlicha bo‘ladi. Barcha fonemalar tovush hisoblanadi, ammo har bir nutq tovushini fonema deb bo‘lmaydi. Jumladan, p va t undoshlari pol, tol so‘zlarida alohida fonema sanaladi. SHu undoshlar kitop (kitob), ozot (ozod) so‘zlarida talaffuz jihatidan alohida tovush bo‘lsa ham, lekin fonema emas, ular jarangsiz tovush bilan yondosh holda yoki so‘z oxirida jarangsizlashib, b, d fonemalarining varianti bo‘lib kelgan. Jarangsizlashish nutq jarayonida yuz bergani uchun ham u tovushga (tovush o‘zgarishi) tegishli holat hisoblanadi (fonemaga emaC). Fonema varianti – fonema ottenkalari (L.V.Shcherba) deb ham yuritiladi. Fonema ottenkalari deganda til tovushlarining (fonemalarning) talaffuzdagi real ko‘rinishi tushiniladi. Ular ikki xil bo‘ladi: 1) kombinator ottenka – fonemaning so‘z tarkibidagi boshqa tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko‘rinishi. Masalan, ketdi-ketti («t» ning ta’sirida «d» ham jarangsizlashdi). 2) pozision ottenka – fonemalarning so‘zda tutgan o‘rniga ko‘ra moslashishi. Masalan, kitob-kitop («b» undoshi so‘z oxirida kelgani uchun ham jarangsiz «p» variantini hosil qilyapti).
Nutq tovushlari va harfni farqlash kerak. Harf tovushning yozuvdagi shartli belgisi hisoblanadi. Nutq tovushlarini talaffuz qilamiz va eshitamiz harflarni ko‘ramiz va yozamiz. Tovushlarning hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab yoki uchramasdan chiqishi muhim rol o‘ynaydi. Harflar esa qo‘l yoki turli texnik vositalar yordamida yoziladi. Harflar davriy ahamiyatga ega. Masalan, arab, lotin, kirill yozuvlarida «t» harfi har xil (T, ٺ) yoziladi, lekin t tovushi yagona artikulyasion bazaga ega.
Ma’lumki, barcha tirik organizmlar tovush chiqarish qobiliyatiga ega. Buning sababi ularda tovush chiqarish apparati va eshitish organi mavjud. Lekin insonga xos bo‘lgan nutq tovushlari bu ikki jihatdan tashqari, uchinchi ijtimoiy qiymat belgisiga ham ega. SHuning uchun ham nutq tovushlarining hosil bo‘lishi murakkab jarayon hisoblanadi. Insondagi nutq tovushlarining hosil bo‘lishi uning nafas olish va chiqarish faoliyatiga borib taqaladi.
Bunda dastlab o‘pkadan chiqayotgan havo bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi un paychalariga tegib uni tebratadi va natijada shu erda un (ovoz) hosil bo‘ladi. Bo‘g‘iz yoki og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrash-uchramasligi, tilning hamda lablarning turli pozisiyalarda turishi natijasida tovushlar har xil sifat va miqdor belgilariga ega bo‘ladi.
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan a’zolar nutq a’zolari yoki nutq apparatini tashkil etadi. U quyidagilardan tarkib topgan.
1. Nafas apparati – o‘pka, bronxlar, traxeya, ko‘krak qafasi kabilardan iborat. Bu apparat a’zolari tovush hosil qilish uchun zarur bo‘lgan havo oqimini boshqa a’zolarga etkazib beradi va havo manbai hisoblanadi.
2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i – traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho‘michsimon, ponasimon, shoxsimon tog‘aylar mavjud. Bu apparatlardagi eng faol a’zolar un (ovoz) paychalaridir. Ularda 3 xil holat kuzatiladi: a) un paychalari tinch holatda to‘rganda ularning oralig‘i ochiq bo‘ladi va ovoz hosil bo‘lmaydi; b) ovoz paychalari tortilganda (taranglashganda) ular orasidagi ochiq bo‘shliq yumiq holatga keladi, natijada havo oqimining yo‘li to‘siladi (fokus hosil bo‘ladi) va havo oqimi taranglashgan ovoz paychalariga urilib davriy tebranishni yuzaga keltiradi. Bunday tebranish ovozni hosil qiladi. SHuning uchun bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbai hisoblanadi; v) ovoz paychalari bo‘shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo‘shliq yuzaga (yumuq fokus deyiladi) keladi. Havo oqimi shu bo‘shliqdan sirg‘alib, ishqalanib o‘tadi, ammo un paychalarini tebranmaydi, natijada shovqin hosil bo‘ladi. bu tovush pichirlab yoki shivirlab gapirganda qo‘llaniladi.
3. Xalqum – bo‘g‘izdan yuqoriroqda joylashgan bo‘shliq. U 3 qismdan iborat pastki qism – xiqqildoq o‘rta qism – xalqumning og‘zi (bu qism og‘iz bo‘shlig‘ini tomonga ochilgan bo‘ladi) yuqori qism – burun bo‘shlig‘i va eshituv paylariga birikkan bo‘ladi.
4. Og‘iz bo‘shlig‘i – til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay til osti muskullaridan iborat apparat.
5. Burun bo‘shlig‘i – qo‘shimcha ton manbai. U yumaloq tanglay oxiridagi kichik tishning quyi tomon harakat qilishi natijasida rezonatorga aylanadi: havo oqimning bir qismi burun bo‘shlig‘idan o‘tib qo‘shimcha tonlarni yuzaga keltiradi. Nutq tovushlari m, n, ng shu apparat ishtirokida yuzaga keladi.
Nutq a’zolari tovush hosil qilishdagi ishtirokiga ko‘ra faol va nofaol a’zolarga bo‘linadi. 1. Faol a’zolarga ovoz paychalari, til, yumshoq tanglay lablar va pastki jag‘lar kiradi. 2. Nofaol a’zolarga – tish, qattiq tanglay yuqori jag‘ va burun bo‘shlig‘i kiradi.
Nafas apparati tovush hosil qilish uchun kerak bo‘lgan havo oqimini etkazib beradi, bo‘g‘iz – ovoz hosil qiladi, xalqum, og‘iz bo‘shlig‘i tovushni shakllantiradi, burun bo‘shlig‘i qo‘shimcha ton beradi.
Vokalizm – o‘zbek adabiy tilining unlilari tizimidir. U 6 ta fonemani - i, e, a, u, o‘, o o‘z ichiga oladi va faqat ovozdan hosil bo‘ladi.
Unli fonemalar undoshlardan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlanadi.
unlilar bo‘g‘izda (tovush paychalarining tebranishidangina) paydo bo‘ladi; undoshlar esa og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi.
unlilar sof ovozdan iborat bo‘ladi, undoshlar og‘iz bo‘shlig‘ida ovoz va shovqinning qo‘shiluvidan hosil bo‘ladi.
unlilar artikulyasiya jarayonida hech qanday to‘siqqa uchramay hosil bo‘ladi, undoshlar og‘iz bo‘shlig‘ida tusiqqa uchraydi.
unlilar chuziqlik va musiqiylik xususiyatiga ega.
unlilar yakka holda bo‘g‘in hosil qila oladi, undoshlar bunday xususiyatga ega emas.
unlilar o‘rg‘u qabul qiladi, undoshlar esa o‘rg‘u olmaydi.
Unlilar uch tomondan tasnif qilinadi, undoshlar esa besh tomondan.
O‘zbek tili unli fonemalari quyidagi uch belgiga ko‘ra tasniflanadi:
I. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra:
a) yuqori tor unlilar: i, u ularni talaffuz qilganda og‘iz tor ochiladi va til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo‘ladi;
b) o‘rta keng unlilar – e, o‘, bunda til bilan qattiq tanglay orasi o‘rta kenglikda ochiladi;
v) quyi keng unlilar – a, o, ularning talaffuzida og‘iz keng ochiladi.
II. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra:
a) old qator unlilar – i, e, a. Ularning talaffuzida tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi.
b) orqa qator unlilar – u, o‘, o. Bunda tilning uch qismi tishlarga tiralmaydi, biroz orqaga tortiladi.
III. Lablarning ishtirokiga ko‘ra:
a) lablangan unlilar – u, o‘, o. Ularni talaffuzida lablar doira shaklida biroz cho‘ziladi.
b) lablanmagan unlilar – i, e, a. Bunda lablar doira shakliga kirmaydi va cho‘zilmaydi.
Konsonantizm(C) hozirgi o‘zbek adabiy tilining undosh fonemalar tizimidir. Bu tizim 24 fonemani o‘z ichiga oladi: b, v, g, d, j, dj, z, y, k, l, m, n, pd, r, r, p, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h. Biroq manbalarda o‘zbek adabiy tili undoshlari miqdoriga oid boshqa fikrlar ham mavjud: 22 ta (S.Otamirzayeva, E.D.Polivonov), 23 ta (A.K.Borovkov, L.I.Kissin), 25 ta (N.Kononov, V.V.Reshetov, A.Abduazizov).
Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalari miqdori masalasida tilshunoslikda tugal fikr yo‘q.
Undosh tovushning shakllanishida albatta shovqin qatnashadi, u nutq apparatidagi aktiv va passiv a’zolarning tegishi yoki juda yaqinlashuvi natijasida hosil bo‘lgan to‘siqdan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishidan paydo bo‘ladi. Bunday to‘siq fonologiyada fokus deyiladi.
Undоsh tоvushlarning xarakterli хususiyati shundan ibоratki, ular faqat shоvqin va оvоz ishtirоkida hоsil qilinadi, ammо ba’zi undоshlarda shоvqin оvоzdan; ba’zilarida esa оvоz shоvqindan ustunlik qiladi.
Shularga ko`ra undоsh tоvushlarning turlari shоvqin va оvоzning miqdоriga qarab bеlgilanadi. Undоsh tоvushlar tarkibida оvоz miqdоri shоvqindan ko`p bo`lsa, bunday tоvushlar sоnоr, ya’ni оvоzdоr tоvushlar dеb nоmlanadi. Shоvqinning miqdоri ko`p bo`lib, оvоzdan ustunlik qilsa, bunday tоvushlar shоvqinlar sanaladi.
Ayrim undоshlarni hоsil qilishda o`pkadan kеlayotgan havо оqimi оg`iz bo`shlig`ining birоr еrida qattiq qarshilikka uchraydi. Bunda til tish yo tanglay bilan, yoхud lablar o`zarо juda yaqinlashib, yopishib turgan bo`ladi. Natijada havо оqimi katta kuch bilan qarshilikni еngib, yorib o`tadi, yoхud qandaydir kichik оraliqdan sirg`alib o`tadi. Havо оqimining оg`iz bo`shlig`idagi qarshilikni – to`siqni yorib o`tishi asоsida hоsil qilingan tоvushlar – pоrtlоvchi undоshlar; qandaydir kichik оraliqdan havо оqimining sirg`alib chiqishi natijasida paydо bo`lgan tоvushlar – sirg`aluvchi undоshlar sanaladi. Undоsh tоvushlar talaffuzida оg`iz bo`shlig`idagi оrganlar ham turlicha harakat qilishi mumkin.
Masalan, t, d undоshlari talaffuzida tilning оldingi qismi faol ishtirоk etsa, b, p undоsh tоvushlari hоsil bo`lishida lablar faol ishtirоk etadi. Undоsh tоvushlarining talaffuzida aktiv ishtirоk etgan оrganlar shu tоvushning paydо bo`lish o`rni hisоblanadi. Shunga ko`ra t, d tоvushlari til tоvushlariga b, p undоsh tоvushlari hоsil bo`lishida lab tоvushlariga kiradi. Dеmak, undоsh tоvushlar nutq оrganlarining bir еrida to`siqqa uchrab o`tishlari (shоvqin hоsil qilishlari) bilan harktеrlanadilar.
Undоsh tоvushlar tоvush naychalarining harakat va hоlatiga, havо оqimi оg`iz bo`shlig`ining qayеrida to`siqqa uchrashiga, faqat shоvqindan yoki shоvqin оvоzdan ustunligi, aksincha оvоz shоvqindan ustunligiga, talaffuz usullariga ko`ra bir-birlaridan farqlanadilar.
Undоshlar ham (unlilar kabi) uch tоmоndan tasnif qilinadi: 1) hоsil bo`lish o`rniga ko`ra; 2) hоsil bo`lish usuliga ko`ra; 3) оvоz va shоvqinning ishtirоkiga ko`ra.
Undoshlar tasnifida hosil bo‘lish o‘rni (artikulyasiya o‘rni) birinchi tasnif belgisi hisoblanadi.
I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra. Bunda nutq apparatining qaysi a’zosi faol ishtirok etayotganligi va nutq apparatining qayerida to‘siq hosil qilinishi nazarda tutiladi. Bu jihatdan tovushlar lab, til va bo‘g‘iz undoshlariga bo‘linadi.
1) Lab ( labial) undoshlar – ikki lab orasida yoki pastki lab orasida yuqori tishlar bilan hosil qilinadigan tovushlar. Ular ikki to‘rga bo‘linadi. a) lab-lab undoshlar – p, b, m; b) lab tish undoshlar – v, f.
Izoh: lab-lab «v» undoshi ov, suv, qovun kabi turkiy so‘zlarda ishlatiladi. Bu tovush turkiy til taraqqiyoti davomida lab-tish «v» dan o‘sib chiqqanligi lab-tish «v»ning b, g‘, g undoshlarida sodir bo‘lgan o‘zgarish asosida shakllanganligi haqida ma’lumotlar bor. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi arabcha va ruscha o‘zlashmalarda (vatan, vaqt, vagon) qo‘llanuvchi lab-tish «v» yuqoridagi turkiycha «v» ning o‘zi emas. Ular etimologik jihatdan farqlanadi. Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tilida ikki xil «v», sof turkiy so‘zlarda lab-lab «v», arabcha va ruscha o‘zlashmalarda lab-tish «v» qo‘llaniladi.
2) Til undoshlarini – tilning faol ishtirokida hosil bo‘ladi. ular fokus tilning qayerida hosil bo‘lishiga ko‘ra quyidagicha turlarga bo‘linadi:
a) til oldi undoshlari – t, d, s, z, l, n, sh, j, ch, dj, r;
b) til o‘rta undoshi – y. Bu undosh talaffuzida tilning o‘rta qismi qattiq tanglay tomon ko‘tariladi;
v) sayoz til orqa undoshlari – k, g, ng. Bu undoshlar talaffuzida tilning orqa qismi yumshoq tanglayga tegib to‘siq hosil qiladi;
g) chuqur til orqa undoshlari – q, g‘, x. Bunda tilning eng orqa qismi kichik tilga tegib tusiq hosil qiladi.
3) Bo‘g‘iz undoshi – h. Bunda havo oqimi bo‘g‘iz va xalqumdan ishqalanib o‘tadi.
II. Hosil bo`lish usuliga (artikulyatsiya usuliga) ko`ra undоsh tоvushlar tasnifida o‘pkadan kelayotgan havo oqimining to‘siqdan qay tarzda o‘tishi nazarda tutiladi. Bunga ko‘ra ular quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Portlovchilar. Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a’zo bir-biriga tegib havo yo‘lini to‘sadi, natijada portlash yuz beradi. Ular 2 xil bo`ladi: a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q b) qorishiq portlovchilar (affikatalar) ch, j, (dj). Bu undoshlar talaffuzida bitta fokusning o‘zida 2 xil holat ham portlash, ham sirg‘alish bilan tugaydi.
Pоrtlоvchilardan b, p undоshlarini hоsil qilishda havо оqimi ikki lab оrasidagi to`siqdan: d, j, t, ts, ch undоshlarini hоsil qilishda havо оqimi tilning оld qismi bilan yuqоri tishlar va milk оrasidagi to`siqdan: k, g, q undоshlarini hоsil qilishda esa havо оqimi tilning оrqa qismi bilan tanglayning оrqa qismi оrasidagi to`siqdan pоrtlab o`tadi.
Sоf pоrtlоvchildar (b, g, d, k, t, p, q) talaffuzida faqat pоrtlash, ya’ni bir turdagi harakat artikulatsiya yuz bеradi. Qоrishiq pоrtlоvchilar (j, ts, ch) da bo`lsa ikki usul – ikki хil artikulatsiya birlashadi. CHunki, j undоshi pоrtlоvchi d va sirg`aluvchi j tоvushining, ts undоshi pоrtlоvchi t va sirg`aluvchi s undоshining, ch undоshi esa pоrtlоvchi t va sirg`aluvchi sh undоsh tоvushlarining qоrishib, o`zarо qo`shilishidan yuzaga kеladi.
Ya’ni: d + j = j, t + s = ts, t + sh = ch. dеmak, qоrishiq pоrtlоvchilar to`la bo`lmagan pоrtlash va uning kеtidan sirg`alish natijasida – ikki usul asоsida yuzaga kеladilar.
2.Sirg`aluvchilar – artikulatsiya qiluvchi ikki оrganning o`zarо jipslashmay, faqat bir qadar yaqinlashishi va havо оqimining ikki оrgan оrasidan ishqalanib – sirg`alib chiqishi bilan hоsil bo`ladigan undоsh tоvushlardir. Sirg`aluvchi undоshlarga v, j, z, y, s, f, х, sh, g`, h tоvushlari kiradi. Bulardan v, f undоshlarini hоsil qilishda havо оqimi ikki lab o`rtasidagi tоr оraliqdan yoki pastki lab bilan yuqоri tishlar оrasidagi tоr оraliqdan sirg`alib o`tadi; j, z, s, sh kndоshlari esa havо оqimining til bilan yuqоri milk o`rtasidagi tоr оraliqdan, y undоshi til o`rta qismining tanglay o`rta qismiga yaqinlashuvidan yuzaga kеlgan tоr оraliqdan, g`, х undоshlari til оrqa qismi bilan tanglayning оrqa qismi o`rtasidagi tоr оraliqdan, h undоshi esa bo`g`izning un naychalari оrasida yuzaga kеlgan tоr bo`shliqdan sirg`alib o`tishidan hоsil bo`ladi.
3.Pоrtlоvchi – sirg`aluvchilar – m, n, ң (ng), l, r. hоsil bo`lish usuliga ko`ra murakkab artikulatsiyaga ega bo`lgan sоnоr tоvushlar pоrtlоvchi –sirg`aluvchi tоvushlar hisblanadi. Ammо sоnоr tоvushlaridagi murakkab artikulatsiya qоrishiq (ch, j, tC) tоvushlar artikulatsiyasidagi murakkablikdan mutlaqо farq etadi. Chunki qоrishiq tоvushlar ikki хil artikulyatsiyali ikki tоvushning birikishidan paydо bo`lgan. Binоbarin, murakkablik ikki usulning birikib kеtishidan kеlib chiqqan.
Sоnоrlar artikulyatsiyasidagi murakkablik esa bir tоvush talaffuzida ikki хil artikulatsiyaning (ham pоrtlash, ham sirg`alish) uzviy birlashib kеtishidan hоsil bo`ladi.
Chunоnchi, m undоshining hоsil bo`lishida havо оqimining bir qismi lablar jipslashib hоsil qilgan to`siqni yorib, pоrtlab o`tsa, qоlgan qismi butun bo`shlig`idan sirg`alib chiqadi. N va n(ng) undоshlarida bo`lsa, havо оqimining bir qismi til bilan tanglay оrasidagi to`siqni yorib o`tsa, qоlgan qismi burun yo`lidan sirg`alib o`tadi. L undоshida bo`lsa pоrtlash artikulatsiyasi til bilan tanglay оralig`ida sоdir bo`lsa, sirg`alish tilning ikki yonida yuz bеradi. R undоshi talaffuzida til to`хtоvsiz titraganidan havо оqimi gоh pоrtlab, gоh sirg`alib chiqadi. Mana shunday murakkab artikulyatsiоn hussuiyatlariga ko`ra m, n, n (ng) sоnоrlari burun tоvushlari; l til undоshi – yon tоvush; r undоshi titrоq tоvush dеb yuritiladi.
III.Оvоz va shоvqinning ishtirоkiga ko`ra undоsh tоvushlar ikki guruhga bo`linadilar:
A. Shоvqinlilar. B. Sоnоrlar.
Shоvqinlilar – tarkibida shоvqinning miqdоri оvоzga nisbatan ko`prоq bo`lgan va оvоz mutlaqо qatnashmagan tоvushlar: b, v, g, d, j, z, y, k, p, s, t, f, х, ts, sh, q, g`, h.
Shоvqinli undоshlar o`z navbatida ikki turga bo`linadi. Bu bo`linishda ham оvоzning ishtirоki hisоbga оlinadi: a) jarangli undоshlar; b) jarangsiz undоshlar.
Jarangli undоshlar – tarkibida ma’lum darajada, ammо shоvqinga nisbatan kam darajada оvоz qatnashgan tоvushlar: b, v, g, d, j, z, y, g`. Jarangli undоshlarni talaffuz etganimizda un naychalari qatnashadi, dеmak, shоvqinga un (оvоz) qo`shiladi. Lеkin jaranglilardagi оvоz miqdоri shоvqinga nisbatan ancha kamdir.
Jarangsiz undоshlar – tarkibida оvоz mutlaqо qatnashmaydigan, faqat shоvqindan ibоrat bo`lgan tоvushlar: k, p, s, t, f, х, ts, ch, sh, q, h.
Jarangli undоshlar talaffuzida un naychalari butunlay ishtirоk etmaydi, dеmak bu tipdagi undоshlar faqat shоvqindan hоsil bo`ladilar. O`zbеk tilida jarangli tоvushlarning bir qanchasi o`zining jarangsiz juftlariga ega:


Jarangli

b

v

d

j

g

j

g`

z

y

-

-

Jarangsiz

p

f

t

Sh

k

ch

х

s

-

q

h

Sоnоrlar – tarkibida оvоz miqdоri shоvqinga qaraganda оrtiq bo`lgan tоvushlar: m, n, ng, l, r.


Sоnоr undоshlar talaffuzida un naychalari aktiv ishtirоk etadi, ya’ni naychalar titrab, оvоz hоsil qiladi. Shu sababli sоnоrlarda оvоz miqdоri shоvqinli undоshlardan ko`ra ko`prоqdir. (sоnоr – lоtincha «оvоzdоr» dеmakdir).
Sоnоr undоshlar talaffuzida havо оqimi qisman burundan, qisman оg`izdan, hususan tilning yonidan o`tadi. Bu оvоz miqdоrining оrtishiga sabab bo`ladi. Sоnоrlar оvоzning miqdоri jihatidan unlilarga bir qadar yaqin turadi, lеkin оg`iz bo`shlig`ida, qisman shоvqin ishtirоkida paydо bo`lganidan sоnоrlar undоsh hisоblanadi. Ammо оvоz miqdоri jihatidan sоnоr undоshlar jarangli undоshlar bilan unli tоvushlar o`rtasida turadi.
Sonorlar rezonator vazifasini bajaruvchi top manbaiga ko‘ra 2 ga: m, n, ng – burun sonantlari, l, r – og‘iz sonorlariga bo‘linadi.
Undоsh tоvushlar tasnifi jadvali

Оvоz va shоvqinning Artikulyatsiya
ishtirоkiga ko`ra (hоsil bo`lish)
usuliga ko`ra

Artikulyatsiya (hоsil bo`lish) o`rniga ko`ra


Lab undоshlari Til undоshlari


Bo`g`iz undоshi



Lab-lab

Lab-tish

Til оldi

Ttil o`rta

Sayoz til оrqa

Chuqur til оrqa

Sоnоrlar Shоvqinlar

Jarangli

Pоrtlоvchilar

Sоf pоrtlоvchilar

b




D




gg







Jarangsiz

p




T




k

q




Jarangli

Qоrishiq pоrtlоvchilar







J













Jarangsiz







ts,ch













Jarangli



Sirg`aluvchi pоrtlоvchilar




v

V

j, z

y




g`




Jarangsiz







F

s, sh







x

h




Pоrtlоvchi-sirg`aluvchilar

Burun tоvush-lari

m




nn




ng







Yon tоvush







l













Titrоq tоvush







r













Nutq оhang va intоnatsiya jihatidan nutq оqimi yoki оhanglar zanjiridan ibоrat. U o`z navbatida mayda qismlarga fоnеtik bo`laklarga bo`linadi: fraza (gap) – nutqning eng katta fоnеtik bo`lagi bo`lib, mazmunan intоnatsiоn butunlikka ega bo`lgan tugal fikrni anglatadi. U pauza оrqali ikkinchi frazadan ajratiladi.
Fraza gapga tеng kеladi. Chunоnchi, A.Qоdiriyning asaridan оlingan quyidagi nutq parchasida uch fraza bоr: Хоn hazmi har bir iflоslikni ham ko`taradigan katta bir hayvon // Uning tеvaragida mayda hashоratlar ko`p, // bular ham o`zlariga yarasha hayvоnlik istaydilar. (A.Q. 193).
Takt (yoki sintagma frazaning bir qismi bo`lib, bir intоnatsiyaga birlashgan bir nеcha so`zlardan ibоrat va bir zarb bilan aytiladi. Оdatda yoyiq tarkibli frazalar taktlarga ajratiladi. Masalan, yuqоrida kеltirilgan parchaning har uchala frazasi ham taktlarga bo`linadi. Ular quyidagicha: Хоn // hazmi har bir iflоslikni ham ko`taradigan // katta bir hayvоn. Uning tеvaragida // mayda hashоratlar ko`p // bular ham // o`zlariga yarasha hayvоnlik istaydilar//.
So`z takt ichida yoki o`zicha ayrim urg`u bilan aytiladigan fоnеtik bo`lakdir. Chunоnchi, yuqоridagi frazalarning birinchisida nutqiy taktlar so`zlarga quyidagicha ajratiladi: хоn hazmi har bir iflоslikni ham ko`taradigan katta bir hayvоn.
So`z fоnеtik jihatdan yana ham mayda qismga bo`g`inlarga bo`linadi. Bo`g`in esa tоvushlardan hоsil bo`ladi.
Nutqning boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan eng kichik birligiga tovush deyiladi. Tovushlardan bo‘g‘in tashkil topadi.
Bir havo zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g‘in deyiladi. Ular so‘zni hosil qiladi. Nutq tovushlarining muayyan ketma-ketlikdagi ifoda plani fonetik so‘z hisoblanadi.
Ikki kichik pauza orasiga joylashgan va yagona o‘rg‘u bilan aytiladigan bir yoki bir nechta bo‘g‘inning yig‘indisi takt deyiladi. Havo bulut edi. Bu gap 2 ta taktdan iborat. Birinchisi – havo, ikkinchi bulut edi. Takt gapdagi o‘rg‘uli so‘zga bog‘liq bo‘ladi. Gapimizdagi uchinchi so‘z o‘rg‘u olmagani uchun 2 ta takt ajratilyapti.
Har ikki tomondan chuqur pauza bilan ajratiladigan fonetik birlikka fraza (jumla) deyiladi. Fraza gapga to‘g‘ri kelmaydi. Gap – sintakti birlik. Fraza fonetik birlik hisoblanadi. Biz ona – Vatanimizni ko‘z qorachig‘imizdek asraymiz. Bu sintaktik jihatdan bitta gapdan, fonetik jihatdan 2 ta frazadan tashkil topgan.
Ma’lumki, unli tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, bo‘g‘in miqdori ham shuncha bo‘ladi. Ol – ma (2 ta unli 2 bo‘g‘in), ma’naviyat (4 ta unli 4 bo‘g‘in).
Bo‘g‘in tuzilishi jihatidan quyidagi tiplarga ajratiladi:
1. Bir unlidan iborat: o-ta, o-na, a-ka.
2. Bir unli va bir undoshdan iborat:
a) unli + undosh – ot, ish, ol.
b) undosh + unli – lo-la, do-na, to-za.
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat:
a) undosh + unli + undosh: kuch, qosh, mak-tab.
b) unli + ikki undosh: aql, ilm, erk.
d) ikki undosh + unli: fra-za, sta-kan.
4. Bir unli va uch undoshdan iborat:
a) undosh + unli + ikki undosh: baxt, qirq, dard.
b) ikki undosh + unli + undosh: stol, trak-tor, xlor.
5. Bir unli va 4 undoshdan iborat.
a) ikki undosh + unli + ikki undosh: sport, shrift.
b) undosh + unli + uch undosh: punkt, tekst.
d) uch undosh + unli + undosh: skver, shtraf, skrip-ka.
Bo`g‘inning CCV, CCVC, CCVCC, CVCCC, CCCVC kabi tiplari asosan rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi. Turkiy tilga xos sof o‘zbekcha so‘zlarda bir tovushdan 4 tovushgacha bo‘lgan bo‘g‘in tiplari mavjud.
Bo‘g‘in unli yoki undosh fonema bilan tugashiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: оchiq bo`g`in, yopiq bo`g`in. Unli tоvush bilan bitgan bo`g`in оchiq bo`g`in, undоsh tоvush bilan bitgan bo`g`in yopiq bo`g`in dеyiladi. Masalan, a-ka, da-la, bо-la; mak-tab, bоg`-bоn, qish-lоq. Misоllar tahlili shuni ko`rsatadiki, bo`g`in tuzilishining o`ziga хоs qоnuniyatlari mavjud. Ammо bu qоnuniyatlar asоsida hоsil qilinadigan bo`g`inlarning har qaysi tilda o`ziga хоs tiplari bo`ladji. Bоshqa tillar kabi o`zbеk tilining ham o`ziga хоs bo`g`in tiplari mavjud. Masalan, o`zbеk so`zlarida bo`gin qatоr kеlgan undоshlar bilan bоshlanmaydi; bo`g`in охirida esa, ikkitadan оrtiq undоsh qatоr kеlmaydi. Misоllarga murоjaat etamiz: bi-lan, si-ra, qi-lich, оst, ust kabi.
Rus tilidan va rus tili оrqali chеt tillardan kirgan so`zlarda bo`lsa, bo`g`in bоshida ham, охiridщa ham ikkita – uchta undоsh qatоr kеlishi mumkin. Masalan, оta-kan, strеl-ka, prо-pusk, tеkst kabi.
Bo‘g‘in tiplari:
1)berkitilgan bo‘g‘in. U undosh bilan boshlanadi: olti so‘zining ikkinchi bo‘g‘ini (-ti);
2) berkitilmagan bo‘g‘in. U unli tovush bilan boshlanadi: olti so‘zining birinchi bo‘g‘ini (ol-);
3) yopiq bo‘g‘in.. U undosh bilan tugaydi: olti so‘zining birinchi bo‘g‘ini (ol-);
4) ochiq bo‘g‘in. U unli bilan tugaydi: olti so‘zining oxirgi bo‘g‘ini (-ti).
Tasnifning bu turida o-ta, o-na so‘zlaridagi bir unlidan iborat bo‘g‘in, shuningdek, tartib, maktab so‘zlaridagi "un-dosh+unli+undosh" (CVC) tipidagi bo‘g‘inlar nazardan chetda qolgan. Shuning uchun mavjud adabiyotlarda bo‘g‘in tiplari tasnifining boshqa ko‘rinishlari ham uchraydi. Masalan, M.M. Mirtojiyev bo‘g‘in tiplarini shunday tasnif qiladi:
1)ochiq boshlanuvchi ochiq bo‘g‘in: a+na, o+na, i+liq kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘ini;
2)ochiq boshlanuvchi yopiq bo‘g‘in: ol+tin, il+gak, as+liy, ars+lon kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘ini;
3)yopiq boshlanuvchi yopiq bo‘gin: bor+moq, qiy+shiq, non+voy, ras+som kabi so‘zlarning barcha bo‘g‘inlari;
4)yopiq boshlanuvchi ochiq bo‘g‘in: da+la, qo+ra, sa+ra kabi so‘zlarning barcha bo‘g‘inlari.
Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati quyidagilardan iborat:
1.So‘zning, xususan, fonetik so‘zning shakllanishida "qurilish materiali" va qoliplovchi vazifalarni bajaradi. Ayrim tillarda bo‘g‘inning distinktiv (tafovutlash, farqlash) funktsiyasi ham bor. Masalan, koreys, vyetnam, xitoy tillarida bo‘g‘in ohang turiga qarab so‘z ma’nosini farqlaydi, ayni shu xususiyati bo‘lgan tillarda u sillabema hisoblanadi. O‘zbek tilida bo‘g‘inning bu funksiyasi nihoyatda kuchsizdir.
2.Bo‘g‘inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor: birinchi sinf o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri yozishga o‘rgatishda, ularda to‘g‘ri talaffuz va imlo ko‘nikmalarini shakllantirishda bo‘g‘inlab o‘qitish va bo‘g‘inlab yozdirish yaxshi natija beradi.
3.Orfografiya qoidalarining bir qismi bo‘g‘in ko‘chirilishiga asoslanadi.
4.Bo‘inning she’riyatda turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni ta’minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she’riy misralardagi ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Quyidagi she’riy parchalarni qiyoslab ko‘raylik:
1.Kuy avjida uzilmasin tor,
She’r yarmida sinmasin qalam.
Yashab bo‘lmay umrini zinhor,
Bu dunyodan ketmasin odam.
(E.Vohidov. "Kuy avjida uzilmasin tor").
2.She’rlarim- chechagim, hayotim,
She’rlarim boylikdir, bisotim,
Yomg‘irdan namlanmas qanotim,
Oshaman bulutlar tog‘idan!
(A. Umariy. "Yomg‘irda").
Keltirilgan bu ikki she’riy parchani bir-biriga ohang jihatdan solishtirsak, ularning to‘qqizlik turkumiga mansubligi ma’lum bo‘ladi, shunga qaramay bu ikki she’rning ritmik xususiyatlari bir xil emas. Buning sababi shuki, ularning har birida bo‘g‘inlar turlicha guruhlanib kelmoqda. Qiyos qiling:
1.Kuy avjida4 / uzilmasin tor5=9
She’r yarmida4 /sinmasin qalam5=9
Yashab bo‘lmay4/umrini zinhor5=9
Bu dunyodan4/ketmasin odam5=9

2.She’rlarim3 /chechagim3,/ hayotim3=9


She’rlarim3 / boylikdir3,/bisotim3=9
Yomg‘irdan3 / namlanmas3 / qanotim3=9
Oshaman3/ bulutlar3 / tog‘idan3=9

So‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan birining yoki gaplardagi ayrim bo‘laklarning boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishi o‘rg‘u deyiladi. O‘rg‘u fonologiyada aksentema deb yuritiladi.


Tilning qaysi sathidagi birliklarga aloqador bo‘lishiga ko‘ra o‘rg‘u quyidagi turlarga ajratiladi:
1.So‘z urg‘usi.
2. Mantiq (gap) urg‘usi.
So‘z urg‘usi yuqorida ta’kidlanganidek, so‘zning biror bo‘g‘iniga tushadi va uning quyidagi turlari bor:
1) fonetik tabiatiga ko‘ra:
a) dinamik (zarb) urg‘u – so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan birining, ayniqsa, unli tovushning kuchli zarb bilan talaffuz qilishga asoslanadi. O‘zbek tili urg‘usi dinamik urg‘u hisoblanadi, ya’ni so‘z tarkibidagi urg‘uli bo‘g‘in zarb bilan aytiladi.
b) kvantativ urg‘u – urg‘uli bo‘g‘indagi unlining cho‘ziq talaffuz qilinishi bilan xarakterlanadi.
d) tonik (musiqiy) urg‘u. Bunday urg‘u tovush tonining ko‘tarilish va tushish ohangiga bog‘liq bo‘ladi. xitoy, yapon, serb tillarida musiqiy o‘rg‘u ishlatiladi.
2) tushish o‘rniga ko‘ra: bog‘langan va erkin urg‘u. Bog‘langan urg‘u doim so‘zning biror bo‘g‘iniga tushadi. Masalan, turkiy tillarda – oxirgi bo‘g‘inga, venger va chex tillarida – birinchi bo‘g‘inga tushadi.
Erkin urg‘u – so‘zdagi turli bo‘g‘inlarga tushadi, rus tili urg‘usi bunga misol bo‘ladi. Erkin urg‘uli tillarda urg‘uning o‘rni so‘z ma’nolarini farqlash funksiyasini ham bajaradi: zamők (qulf) va zámok (qal’a, saroy). O‘zbek tili bog‘langan urg‘uga ega bo‘lsada, ba’zan shunday holatlar uchraydi: 1) o‘z so‘z va o‘zlashma omonim bo‘lsa, atlás – átlas; 2) sifatlar ravishga ko‘chganda: yangi (uy) – yangi (kelib-ketdi). Erkin urg‘uga xos yana bir xususiyat shuki, u so‘zga qo‘shimcha qo‘shilganda ham, aksariyat, boshqa joyga ko‘chmaydi: narodы-narodov, narodami …
Tilimizdagi bir qator qo‘shimchalar urg‘u olmaydi:
fe’lning bo‘lishsiz shakli – ma.
dona son yasovchi –ta, chama son yashovchi – tacha qo‘shimchalari.
ravish yasovchi: -day, -dek, cha.
shaxs-son qo‘shimchalari: -man, -san, -miz, -siz – o‘qiyman.
affiks yuklamalar: -mi, -chi, -u (-yu), -da, a, -ya, -ku, -oq, - yoq, -gina, -kina, -qina.
Shuningdek, kelib chiqishi jihatidan arab va tojik tiliga xos bo‘lgan quyidagi so‘zlarda ham urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydi.
a) ravishlar: doim, hozir, yangi.
b) yordamchi so‘zlar: albatta, chunki, ammo, hatto, lekin, ba’zi, ba’zan.
d) olmoshlar: hamma, barcha, qancha, qanday, allakim, allanima, allaqancha, kimdir, qachondir, har kim, har qachon, har qaysi, hech nima, hech qanday, hech qaysi.
Mantiq (gap) urg‘usi logik urg‘u deb ham yuritiladi. Logik urg‘uning qaysi so‘zga tushishi so‘zlovchining maqsadi va niyatiga bog‘liq bo‘ladi. So‘zlovchi uchun muhim bo‘lgan so‘zning ma’nosini kuchaytirish uchun u alohida ohang bilan aytiladi.
Masalan, 1. Adham kеcha shahardan qaytdi. 2. Adham kеcha shahardan qaytdi. 3. Adham kеcha shahardan qaytdi. 4. Adham kеcha shahardan qaytdi kabi.
2. Urg`u so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish nоrmalarini bеlgilashdan tashqari, so`z ma’nо va so`z shakllarini farоqlashda хizmat qiladi.
Urg`u tоvush tоmоni bir хil bo`lgan lеksik birliklar va grammatik shakllarni farqlashda muhim ahamiyatga ega:
оlma, bоsma, bo`lma (fе’lning bo`lishsiz shakli), оlma, bоsma, bo`lma (mеva, prеdmеt va jоy nоmlari).
yangi, hоzir (sifat), yangi, hоzir (ravish).
atlas (matоning bir turi), atlas (gеоgrafik kartalar to`plami).
qushcha (kichik qush ma’nоsida-оtning kchiraytirish shaklsi), qushchi, qushdеk, qushday ma’nоlarida – оtdan yasalgan ravish – grammatik shakllar farqlanmоqda.
uchuvchimiz, o`quvchimiz – shaхs-sоn affiksi (biz uchuvchimiz, biz o`quvchimiz (uchuvchimiz, o`quvchimiz – egalik affiksi (bizning uchuvchimiz, bizning o`quvchimiz) kabilar.
Urg‘u muayyan til fonetik-fonologik tizimining supersegment birligi sanaladi. Tilning qaysi sathidagi birliklarga aloqador bo‘lishiga ko‘ra urg‘uning quyidagi tiplari o‘zaro farqlanadi: 1) so‘z urg‘usi; 2) sintagma urg‘usi; 3) ayiruv (ta’kidlov) urg‘usi.
So‘z urg‘usi bevosita so‘zga aloqador bo‘lgan, so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan biriga tushadigan urg‘udir. Fonetik tabiatiga, tushadigan o‘rniga va harakat qilish belgisiga ko‘ra so‘z urg‘usi har xil bo‘ladi.
1.Fonetik tabiatiga ko‘ra so‘z urg‘usi dinamik, kvantitativ, tipik ottenkali va tonik (musiqiy) xarakterlarda bo‘lishi mumkin:
a)dinamik urg‘u (zarb urg‘usi). Urg‘uning bu turi so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan birining, ayniqsa, undagi unli tovushning kuchli zarb bilan talaffuz qilinishiga asoslanadi. Kuchli zarb va baland ovoz dinamik urg‘uning akustik belgisi bo‘lsa, shu ovozni yuzaga keltiruvchi nutq a’zolari muskullarining kuchlanishi (tortilishi, taranglashishi) bunday urg‘uning fiziologik belgisi sanaladi. Dinamik urg‘uli bo‘g‘inda kuchli zarbning bo‘lishi uning shu so‘z tarkibidagi boshqa bo‘g‘inlardan ajralib turishini ta’minlaydi;
b) kvantitativ urg‘u. Urg‘uning bu turi urg‘uli bo‘g‘indagi unli tovushning cho‘ziq (davomli) talaffuz etilishi bilan xarakterlanadi;
d)tipik ottenkali urg‘u (sifat urg‘usi). Urg‘uning bu turi bo‘g‘indagi unlining o‘ziga xos tipik ottenkasi (sifat belgisi) saqlangan bo‘lishi bilan xarakterlanadi, shu belgisiga ko‘ra u urg‘usiz bo‘g‘indagi unlining notipik ottenkasidan farqlanadi;
e) tonik (musiqiy) urg‘u. Urg‘uning bu turini olgan bo‘g‘in ovoz tonining o‘zgarishi bilan urg‘usiz bo‘g‘inlardan farq qiladi. Demak, tonik urg‘uda un paychalari chastotasi tezlashadi, ovoz toni esa balandlashadi.

Nutq jarayonida tovushlar turli o‘zgarishlarga uchraydi (ketdi-ketti, nonvoy-novvoy). Bunga fonemalarning turli ottenkalarda (variantlarda) namoyon bo‘lishi sabab bo‘ladi. Ular dastlab ikkiga bo‘linadi:


1. Kombinator o‘zgarishlar – nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlardir. Bunga assimiliyasiya, dissimilyasiya, metateza, akkomodatsiya kabi hodisalar kiradi.
2. Pozitsion o‘zgarishlar – tovushlarning talaffuziga ularning so‘zda tutgan o‘rni, o‘rg‘uning ta’siri kabilarning sabab bo‘lishi hodisasidir. Bunga reduksiya, proteza, epenteza, epiteza, prokopa, sinkopa, apokopa kabi hodisalar kiradi. Bu hodisalar fonetik jarayonda yakka va aralash holda ishtirok etishi mumkin.
Turkiy tillarning barchasi, jumladan, o‘zbek tili uchun ham singarmonizm hodisasi xarakterli sanaladi. Ayniqsa, o‘zbek tilining tarixiy bosqichlarida singarmonizm keng tarqalgan edi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili va unga asos bo‘lgan shevalarda singarmonizm zaiflashib bormoqda, lekin qipchoq va o‘g‘uz lahjalariga oid shevalarda bu hodisa hali ham mustahkam o‘rin egallaydi. Singarmonizm – sin – o‘xshash, xarmoni ohang (lotincha) so‘zlaridan olingan bo‘lib, tovushlar ohangdoshligi degan ma’noni ifodalaydi. Singarmonizm deyilganda tovushlarning bir-biriga uyg‘unlashuvi tushuniladi. Tovushlarning uyg‘unlashuvi unli va undosh tovushlarda kuzatiladi. (unli tovushlar un) So‘z o‘zagidagi unli tovushlar qo‘shimchalardagi unli tovushlarni o‘ziga moslashtirsa unlilar uyg‘unligi deyiladi. Bular 2 xil bo‘ladi: 1) tanglay singarmonizmi; 2) lab singarmonizmi.
a) tanglay uyg‘unligida unlilar qattiq va yumshoqlik, til oldi va til orqalik jihatidan moslashadi. Masalan: ketamiz, temirchilik; umrum, uyqum. Boshidagi ikki so‘zda til oldi, keyingi so‘zlarda esa til orqa unlilarining moslashuvi bor.
b) lab uyg‘unligida so‘zning birinchi bo‘g‘inida u va o‘ lablangan unlilari kelsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham lablangan unlilar keladi: ko‘rib - ko‘rub.
Undoshlar uyg‘unligida o‘zakning oxiridagi undosh tovushga, qo‘shimchaning boshidagi undosh tovush moslashadi: boshta(da), o‘tka(ga).
Assimilyatsiya – ikki xil noo‘xshash tovushlarning bir-biriga ta’siri tufayli o‘xshash tovushlarga aylanish hodisasidir. Uning quyidagi turlari bor:
Progressiv assimilyatsiya – bunda oldin kelgan tovush ta’sir etib, keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatadi: ketdi – ketti, aytdi – aytti.
Regressiv assimilyatsiya – bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir etadi va o‘ziga moslashtiradi: karnay – kannay, tuzsin – tussin.
To‘liq assimilyatsiya – bunda tovushlar bir-biriga aynan moslashadi: nonvoy – novvoy.
To‘liqsiz assimilyatsiya – bunda tovushlar o‘zaro qisman moslashadi: tanbur – tambur, yuzta – yusta. Bunda «b» lab-lab undoshi «n» til undoshini lab-lab undosh «m»ga aylantirish bilan o‘ziga moslashtirgan.
Kontakt assimilyatsiya – moslashayotgan tovushlarning ketma-ket joylashuvidir, yuqoridagi misollar.
Distant assimilyasiya – bir-biridan uzoqda joylashgan tovushlarning moslashuvi: sichqon – chichqon, soch-choch.
Dissimilyasiya – so‘z tarkibidagi bir xil yoki o‘xshash tovushlardan birining noo‘xshash tovushga aylanib qolishi hodisasi: birorta – bironta (ror - ron), qisqa-kista (ss - st). Bu hodisa assimilyasiyaning aksi hisoblanadi. uning assimilyasiya kabi bir necha ko‘rinishlari mavjud:
Progressiv dissimilyasiya – bunda keyingi tovush o‘zgaradi: zarur-zaril, nonni-nondi.
Regrissiv dissimilyasiya – bunda oldingi tovush o‘zgaradi: maqtanmoq – maxtanmoq.
To‘liq dissimilyasiya – bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo‘xshash tovushga aylanadi: kissa-kista, nonni-nondi.
To‘liqsiz dissimilyasiya. Bunda qisman o‘xshash tovushlarning artikulyasion xususiyatlaridan ayrimlarigina o‘zgaradi. Masalan, uchta-ushta, maqtov-maxtov. Bu misollardagi (cht>sht, qt>xt) «ch» va «t»; «q» va «t» undoshlarining barchasi portlovchidir, ammo «t» ning ta’sirida «ch» sirg‘aluvchi «sh» ga, «q» esa sirg‘aluvchi «x» ga aylangan.
Kontakt dissimilyasiya – bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o‘zgaradi: maqsad-maxsad, zarar.
Distant dissimilyatsiya. Bunda dissimilyatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo‘ladi: birorta-bironta.
Mеtatеza. So`z tarkibidagi undоshlarning o`zarо o`rin almashuvi mеtatеza dеyiladi. Masalan, dunyo – duynо, ahvоl – ahvоl, Maryam – Mayram, yomg`ir – yog`mir. (Kеyingi misоldagi mеtatеza hоdisasi оrfоgrayiyaga ham ta’sir etgan, ya’ni singgan).
Pоzitsiоn o`zgarishlar. So`z tarkibidagi tоvushlarning o`rni tоvushning pоzitsiоn o`zgarishi dеyiladi. Tоvushlarning so`zdagi o`rni, mavqеyi turlicha bo`ladi. Chunоnchi, so`z bоshida, so`z охirida, urg`uli bo`g`inda, urg`usiz bo`g`inda kеlishiga ko`ra, tоvushlarda turli o`zgarishlar yuz bеradi. Tоvushlarning o`rniga ko`ra vujudga kеladigan o`zgarish pоzitsiоn o`zgarishlar dеyiladi.
Pоzitsiоn o`zgarishlarga tоvushning u yoki bu pоzitsiyada kuchsizlanishi, tushishi va so`z bоshi hamda охirida yuz bеradigan o`zgarishlari bilan alоqadоr bo`lgan hоdisalar kiradi:
Tovushlarning tushishi bilan bog‘liq hodisalar ham nutqda ko‘p uchraydi. Ularga quyidagilar kiradi:
Prokopa (ankopa) – so‘z boshidagi tovushning tushib qolishi: yiring-iring, yirik-irik, Yusuf-Usuf. Prokopa asosan tarixiy jarayon maxsuli bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchramaydi.
Sinkopa – so‘z o‘rtasidagi tovushning tushib qolishi. Bu hodisa reduksiyaning davomi sifatida yuzaga keladi, ya’ni o‘zak morfemaga affiks qo‘shilishi natijasida, urg‘u oxirgi bo‘g‘inga ko‘chib, o‘zakdagi unli kuchsizlanadi va tushib qoladi: burun-burnim, o‘g‘il-o‘g‘lim.
Apokopa – so‘z oxiridagi tovushning yoki qo‘shma so‘z komponentlarining tushirib qoldirilishi: baland-balan, xursand-xursan, Toshkent-toshken, kilogramm-kilo.
Sinerizis – so‘z tarkibida yondosh qo‘llangan ikki unlining diftonglashuvi – bir cho‘ziq unli holiga kelishi: maorif – morif, saodat – so:dat, mutolaa – mutola.
Eliziya – unli tovush bilan tugagan so‘zga unli bilan boshlangan so‘zning qo‘shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi. Masalan, ayta oldi – aytoldi, Dili orom – Dilorom.
Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’sir etishi natijasida tovush orttirilishi ham ro‘y beradi. Tovush orttishining quyidagi turlari mavjud:
Proteza – so‘z boshida tovush orttirilishi: ip-yip, ilon-yilon, rus-o‘rus, stol-istol.
Epenteza – so‘z o‘rtasida tovush orttirilishi. Bu hodisa asosan boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar tarkibida yuz beradi. Bunda yonma-yon kelgan unlilar orasida bir undosh tovush, undoshlar o‘rtasiga bir unli qo‘shib aytiladi: doim-doyim, oila-oyila, hukm-hukum, faxr-faxir, radio-radiyo.
Epiteza – so‘z oxirida tovush orttirilishi hodisasi: kiosk-kioska, tank-tanka.
Tovush o‘zgarishlarining yana quyidagi turlari ham bor:
reduksiya – unli fonemaning urg‘usiz bo‘g‘inda kuchsizlanishi: bilan –b:lan, biroq-b:roq, bilim-b:lim.
akkomodatsiya – bir tovush talaffuzining ikkinchi tovush talaffuziga moslanishi. Masalan, «i» til oldi unlisi qiz, g‘isht, qiziq kabi so‘zlarda q, g‘ undoshlaridan keyin kelgani uchun til orqa ottenka bilan aytiladi.
metateza – so‘z tarkbidagi tovushlarning o‘zaro o‘rin almashishi: tuproq-turpoq, isitma-istima, aylanmoq-aynalmoq ...
gaplologiya – so‘z tarkibida yonma-yon kelgan ikkita bir-biriga o‘xshash bo‘g‘inlardan birining tushirilishi: qaynona-qaynana-qayna, Mamarasul-Marasul.
Transkripsiya – fonemalarning nutqdagi turli ottenkalarini, shuningdek, mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalash uchun qo‘llaniladigan maxsus grafik belgilar tizimidir. Bunday tizimdan xalq og‘zaki ijodi namunalarini, o‘zga til matnlarini yozib olishda keng foydalaniladi.
Adabiy tilning og‘zaki shakli me’yorlari talaffuz va nutqiy ohangda namoyon bo‘ladi. Uni tilshunoslikning orfoepiya bo‘limi o‘rganadi. Adabiy talaffuz qoidalari lug‘atlar orqali amalga oshiriladi. Orfoepiya – grekcha – «to‘g‘ri talaffuz» degan ma’noni bildiradi.
Orfoepiya so‘zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, so‘z va qo‘shimchalardan iborat so‘z formalarini to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir.
Fikr almashish jarayonida to‘g‘ri talaffuz muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri talaffuz esa nutq madaniyatining asosiy belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to‘g‘ri yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Chunki adabiy tilning muhim xususiyati, uning muayyan me’yorga bo‘ysinishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o‘quvchi va talabalarda to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining shakllantirilishiga ta’limning barcha bosqichlarida jiddiy e’tibor beriladi.
Оrfоepiya nutq madaniyati bilan zich bоg`lanadi. Nutq madaniyatining rivоji adabiy tilning har ikki shaklsi (yozma va оg`zaki) bir хilda takоmillashib bоrishini talab etadi.
Оrfоepiya – to`g`ri talaffuz nutq madaniyatining bir tоmоni bo`lib, adabiy talaffuzni bir sistеmaga sоlishga yordam bеradi. Adabiy tilda to`g`ri yozish qanchalik ahamiyatli bo`lsa, to`g`ri talaffuz qilish ham shunchalik ahamiyatlidir. Yozuvdagi оrfоgrafik хatоlar kabi nоto`gri talaffuz ham kishilar diqqatini juda tеz jalb etib, nоqulaylik tug`diradi. Nоqulaylikni bartaraf etish оrfоgrafiya va оrfоepiya qоidalarini puхta o`rganishni talab etadi.
Unli tovushlar orfoepiyasi deganda quyidagilar hisobga olinadi.
i unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda qisqa va old qator (ingichka) unli tarzida talaffuz qilinadi: til, tish, bir, sir kabi; 2) q, g‘, x undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda orqa qator (yo‘g‘on) unli tarzida va biroz cho‘ziq aytiladi: qish, g‘isht.
3) y, nd, h undoshlaridan keyin biroz cho‘ziq talaffuz etiladi: kiy, ming, hid, his, hind.
4) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning o‘rg‘usiz bo‘g‘inida kuchsiz va qisqa (bilan, biroq, sira kabi), o‘rg‘uli bo‘g‘inida esa kuchli va cho‘ziq talaffuz etiladi (nozik, alik).
u unlisi: 1) bir bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning o‘rg‘usiz bo‘g‘inida qisqa (tush, pul, gul, buloq, bug‘doy kabi), o‘rg‘uli bo‘g‘inida cho‘ziqroq talaffuz etiladi: bulut, etuk, popuk kabi.
2) k, g, u undoshlaridan keyin old qator unli tarzida, q, g‘, x undoshlaridan so‘ng esa orqa qator unli tarzida talaffuz etiladi.
3) –uvchi, -uv affikslari tarkibida cho‘ziqroq aytiladi: yozuvchi, o‘quvchi, oluv, qo‘shuv.
o‘ unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda, shuningdek ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning o‘rg‘usiz bo‘g‘inida qisqa talaffuz etiladi: zo‘r, to‘r, ro‘mol, so‘roq.
2) k, g, y, x undoshlaridan so‘ng old qator unli tarzida; q, g‘, x undoshlaridan keyin orqa qator unli tarzida talaffuz etiladi. Masalan, ko‘l va qo‘l, ho‘l va xo‘r.
e unlisi: 1) so‘z va bo‘g‘in boshida kengroq (ekin, erkin, eC), bo‘g‘in ichida bir oz torroq (kecha, beda, tekin) talaffuz etiladi.
a unlisi: 1) sayoz til orqa k, g undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator unli tarzida (kam, gap, katta), chuqur til orqa undoshlari q, g‘, x bilan yondosh qo‘llanganda orqa qator unli tarzida aytiladi.
o unlisi: 1) k, g undoshlaridan so‘ng yumshoq, q, g‘, x chuqur til orqa undoshlaridan so‘ng yo‘g‘on unli tarzida talaffuz etiladi.
2) urg‘uli bo‘g‘inda biroz cho‘ziq talaffuz etiladi. Bog‘bon, obod so‘zlarining birinchi va oxirgi bo‘g‘inlaridagi o unlisi talaffuzini qiyoslang.
3) y va h undoshlaridan keyin ham biroz yumshoq va ingichka unli holida talaffuz etiladi.
Undosh tovushlar orfoepiyasi ko‘proq kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog‘liq bo‘ladi.
b undoshi: 1) so‘z boshida, unli yoki jarangli undosh bilan yonma-yon qo‘llanganda jarangli bo‘ladi. 2) jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda va so‘z oxirida jarangsiz «p» tarzida talaffuz etiladi. Ibtidoiy > iptidoiy, jabha > japha, maktab(p), g‘azab(p).
3) ikki unli orasida ko‘pincha sirg‘aluvchi «v» ga o‘tadi: kabob-kavop, ishqiboz-ishqivoz, qaboq-qovoq.
v undoshi: 1) so‘z o‘rtasida (gavda, tovuq), oxirida (ov, suv) ishlatiladi. 2) o‘zbek tiliga arab va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda «lab-tish» v ishlatiladi va u ayrim o‘rinlarda jarangsizlashadi: avtomat – aftomat, arxiv – raxif, avtobus – aftobus, sovxoz – sofxoz.
g undoshi: 1) so‘zning barcha o‘rinlarida kela oladi: gul, agar, barg. 2) qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan. 3) so‘z oxirida kelishi ko‘proq o‘zlashma so‘zlarda uchraydi: pedagog, barg.
k undoshi: 1) so‘zning barcha o‘rinlarida keladi (katta, aka, o‘rdak). 2) k – undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, asosdagi «k» jarangli «g» ga o‘tadi: telpak – telpagim, yurak – yuragim. Bir bo‘g‘inli va ayrim so‘zlashma so‘zlar bundan mustasno (yuk-yukim, ishtirok-ishtirokim). «k» dan so‘ng unli tovushlarning faqat old qator ottenkalari (variantlari) qo‘llanadi: ko‘l, gul, kitob.
d, t undoshlari: 1) so‘z va bo‘g‘in boshida o‘zgarishsiz, to‘liq aytiladi: beda, dadil, dona, ta’til, teng. 2) d undoshi so‘z oxirida jarangsizlashib, t, undoshiga moyil aytiladi: madad-madat, mard-mart, obod-obot. 3) bu undoshlar so‘z oxirida ba’zan tushib qoladi: dasht – dash, go‘sht – go‘sh, xursand – xursan, Samarqand – samarqan.
j undoshi: (qorishiq portlovchi), bu fonema so‘zning boshida (joy, jiyda), o‘rtasida (majlis, ojiz) va oxirida (haj, toj) kela oladi. So‘z ichida jarangsiz undosh bilan yonma-yon bo‘lganda jarangsizlashadi – ijtimoiy > ishtimoiy.
ch undoshi: 1) so‘zning barcha o‘rinlarida keladi: choy, chin, ko‘cha, omoch, tilmoch. 2) jarangsiz undosh ta’sirida ba’zan «sh» ga o‘tadi: uchta – ushta, ichdi – ishti.
z undoshi: 1) so‘z boshida (zamon, zafar), o‘rtasida (bozor, ozod) va oxirida (aziz, mayiz) qo‘llanadi. 2) ba’zan jarangsiz undosh ta’sirida «s» ga o‘tadi: iztirob – istirob, mazkur – maskur, sakkiz – sakkis, tannoz – tannos.
n undoshi – so‘zning barcha o‘rinlarida ishlatiladi (pok, nok, anor, tushun) lab undoshlaridan oldin qo‘llanganda, «m» ga o‘tadi: shanba – shamba, tanbur – tambur.
f undoshi: 1) bu undosh sof turkiy so‘zlarda qo‘llanmaydi, faqat o‘zlashmalarda uchraydi: farzand (toj), farq (ar.), fabrika (ruC). 2) so‘zning turli o‘rinlarida p undoshiga moyil talaffuz etiladi: nafas-napas, qafas-qapas, taraf-tarap, ulfat-ulpat.
q undoshi so‘zning barcha o‘rinlarida kela oladi. 2) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga unli bilan boshlangan affiks qo‘shilganda, q undoshi «g‘» ga o‘tadi: taroq-tarog‘im, so‘roq-so‘rog‘im. Ayrim so‘zlarda q – x ga o‘tadi: maqtanmoq – maxtanmoq, to‘qson – to‘xson.
g‘ undoshi: 1) so‘zning barcha o‘rinlarida kela oladi, (g‘or, g‘oz, tog‘ora, sog‘, mablag‘). 2) shevalarda so‘z oxiridagi «g‘» ning «v» ga o‘tishi uchraydi: tog‘-tov, sog‘-sov.
Qolgan undosh tovushlar so‘zning turli o‘rinlarida har xil vaziyatda kelsa ham, asosan, o‘zgarishsiz talaffuz etiladi.
Ayrim affikslar оrfоepiyasi
Ko`plik affiksi. So`zlarning qanday tоvush bilan tugaganiga qaramay, bir хil shaklda talaffuz etiladi va yoziladi. Masalan, bular, maktablar, bоlalar, tanklar kabi.
Shеvalarda –lar affiksining ko`p хil variantlari mavjud. Bu variantlarni qo`llash оrfоepik me’yorga хilоf sanaladi.
Egalik affikslarini unlilardan kеyin –m, -ng, -si; -miz, -ngiz; undоshlardan kеyin –im, -ing, -i; -imiz, -ingiz tarzida talaffuz etish me’yorlashtirilgan; bu affikslar yozuvda ham shunday saqlanadi. Ba’zan jоnli so`zlashuvda so`z nеgizidagi unlilar bilan mоslashadi: qulum, ko`zung tarzida; namanganda) ammо bunday talaffuz etish me’yorga хilоf sanaladi.
Kеlishik affikslari talaffuzi
Qaratqich, tushum kеlishiklari affikslari (-ni, -ning) o`zak – nеgiz qanday tоvush bilan tugaganimdan qat’i – nazar –ni va –ning shaklida talaffuz etiladi va yoziladi.
Ayrim shеvalarda bu affikslarning fоnеtik variantlari qo`llanishi, yoхud ularni farqsiz aralash qo`llash hоlatlari uchrab turadi. Bu hоlat yozuvga ham, adabiy talaffuzga ham mutlaqо ta’sir etmaydi.
Jo`nalish kеlishigi –ga affiksining –na, -qa variantlari mavjud bo`lib, bu adabiy talaffuzda ham saqlanadi. Masalan, barkka, tоqqa, uyga, Tоshkеntka, ishka kabi. Ammо bu shakllarning hammasi yozuvga mоs kеlmaydi.
O`rin-payt kеlishigi affiksi jarangsizdan so`ng –ta; qоlgan hоllarda –da tarzida talaffuz qilinadi: ishta, zavоtta, o`qishta kabi ammо adabiy talaffuz uchun nоrma sanalgan bu hоlat yozuvga mutlaqо mоs kеlmaydi. Shunga ko`ra ishda, zavоdda, o`qishda shaklida yoziladi.

Grafika grekcha so‘z bo‘lib, tilshunoslikda yozuv degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, grafika harflar yoki chiziqlar vositasida aks ettiriladigan shartli belgilarning muayyan sistemasidir.


Dunyodagi aksariyat tillar o‘z yozuv tizimiga ega bo‘lib, bu ana shu tillarning tovush tomonini ifodalash uchun qabul qilingan shartli belgilardan iboratdir.
Odatda, har qanday tanlab olingan grafik belgi shakl va mazmun birligidan tashkil topadi. Masalan, a harfining shakliy tomoni A, a; A, a kabi bosmacha va yozmacha, katta va kichik harflar ko‘rinishidan iborat. Mazmun tomoni esa aka, ona kabi so‘zlarda qo‘llanuvchi unli, quyi keng, old qator, lablanmagan tovushni ifodalaydi.
O‘zbek tilining grafik tizimi quyidagilardan iborat.
Fonografemalar yoki harflar – tildagi fonemalarni ifodalaydi. Masalan, «a» harfi «a» tovushini, «z» harfi «z» tovushini.
Punktemamalar – tinish belgilari majmui.
Chiziqcha (defiC), urg‘u belgisi (`), xat boshi (abzas), prosent (%) va paragraf (§) belgilari.
Logografemalar – sonlarni ifodalovchi arab va rim raqamlarining yozuv shakli. Masalan: 1, 2, 3, 4 yoki I (bir), X (o‘n), S (yuz) kabi.
Simvollar – ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul qilingan maxsus belgilar. Masalan, matematik simvollar qo‘shuv (+), ayiruv (-), ildiz (√), katta (>) kabilar.
Transkripsion belgilar.
Grafikaning asosiy va yordamchi belgilarini farqlash lozim. Harflar va ishoralar grafikaning asosiy belgilari sanaladi. Grafikaning vazifasi grafemalarning shakliy xususiyatlarini to‘g‘ri yozish, satrga nisbatan to‘g‘ri joylashtirish kabilarni aniqlashdan iborat.
Ma’lumki, harflarning qat’iy tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Alifbo asosida yozuv shakllanadi.
O‘zbek xalqi ham o‘z yozuviga ega bo‘lgan eng qadimiy xalqlardan biri sanaladi. U o‘zining uzoq yillik tarixiy mobaynida oromiy, so‘g‘d, xorazm, avesto (mixxat), turkiy-run, uyg‘ur va arab yozuvlaridan keng foydalangan. O‘rta Osiyo xalqlari dastlab dunyodagi juda ko‘p yozuvlar uchun asos bo‘lgan finikiya yozuvi asosida yaratilgan oromiy yozuvidan foydalanganlar. Bu yozuv asosan eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda ishlatilgan. Er.av. III-I asrlarda so‘g‘d, Avesto (mixxat) yozuvlaridan, I-V asrlarda esa so‘g‘d yozuvida keng foydalanganlar. V-VIII asrlarda so‘g‘d yozuvini qayta ishlash natijasida yaratilgan O‘rxun-Enasoy yozuvlaridan foydalanganlar. Keyingi davrlarda uyg‘ur, arab yozuvlari keng iste’molda bo‘lgan. Arab yozuvini xalqimiz eng uzoq vaqt qo‘llaganlar.
1929-1940- yillarda lotin yozuvi asosidagi alifbo, 1940-1995- yillarda esa rus grafikasi asosidagi alifbo amalda bo‘lib keldi.
1993- yilning 2- sentabrida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unda yangi o‘zbek alifbosining tarkibi 31 harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilandi.
1995- yilning 6- mayida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonun»ga o‘zgartirish kiritiladi. Unga ko‘ra alifbo tarkibi 26 ta harf, 3 ta harf birikmasi va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilandi. 1995- yilning 6 mayida O‘zbekiston Oliy Majlisi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonun»ga o‘zgartirish kiritadi. Unga ko‘ra 1-moddadagi «31 harf va 1 ta tutuq belgisi» so‘zlari «26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi» so‘zlari bilan almashtirilsin deyiladi. Bu o‘rinda tutiq belgisi alifbo tarkibidan chiqariladi. Uning qo‘llanish o‘rinlari (tovush bo‘lmaganligi uchun) imloda beriladigan bo‘ldi.
Alifbodagi 241 xil harf 24 tovushni (fonemani), 2 ta harf S va J esa 4 ta tovushni ifodalaydi. Masalan, S harfi: 1) sim, charos so‘zlaridagi til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi tovushni; 2) sex, sentner, tansa, aksiya (undoshdan keyin) kabi o‘zlashma so‘zlardagi «s» tovushi ifodalash uchun yoziladi. J harfi: 1) joy, jo‘ja so‘zlaridagi qorishiq tovushni; 2) ajdar, jurnal kabi o‘zlashma so‘zlardagi sirg‘aluvchi tovushni ifodalash uchun yoziladi.
2004- yilning 30- aprelida O‘zbekiston Respublikasining «.... ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunida lotin o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish muddati 2005- yil 1- sentyabrdan 2010- yilning 1- sentabrigacha uzaytirildi.
Lotin alifbosini qabul qilish orqali o‘zbek tilining milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi yozuvga ega bo‘ldik. Shuningdek, alifbomiz ingliz tili asosida ishlab chiqilgan va dunyo miqyosida amal qilayotgan kompyuter sistemasiga moslandi, bu bilan o‘zbekcha matnni dunyoning istalgan nuqtasiga uzatish imkoni tug‘ildi.
Orfografiya (to‘g‘ri - yozaman) yozuv tizimining ikkinchi qismi bo‘lib, tilshunoslik fanining alohida bir bo‘limidir. U to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilovchi qoidalar tizimidan tarkib topadi. To‘g‘ri yozish imlo savodxonligi deb ham yuritiladi. Yozma nutq yagona tarzda yozishning ma’lum ilmiy qonun qoidalari tizimi bo‘lgan imlo va uning tamoyillariga tayanadi.
Grafika ham, orfografiya ham yozuv bilan bog‘liq bo‘lsada, ular mazmunan farqlanadi. Masalan, maktab so‘zidagi harflarning to‘g‘ri yozilishini (balandligi, kengligi, ulanishi, tuzilishi kabi jihatlardan) grafika aniqlasa, so‘z oxiridagi «b» undoshining og‘zaki nutqda jarangsizlashib «p» tarzida aytilsada (maktap) «b» deb yozilishini imlo me’yorlari belgilaydi.
Оrfоgrfiya (gr. «to`g`ri», - «yozaman») so`z yoki so`z shakllarini (so`zlarning turlangan, tuslangan yoki mоdal shakllarini) to`g`ri yozish, bоsh harflarni to`g`ri qo`llash va bo`g`in ko`chirish haqidagi qоidalar sistеmasidir. Оrfоgrafiya hоzirgi o`zbеk adabiy tilining yozma shaklsi nоrmalarini bеlgilaydi.
Оrfоgrafiya tamоyillari: til hоdisalarining imlо uchun muhim bo`lgan bеlgi-хususiyatlari umumlashmasidir.
Hоzirgi o`zbеk оrfоgrafiyasining asоsiy qоidalari quyidagi tamоyillarga tayanadi:
1. Fоnеtik tamоyil. Bu tamоyilga asоslanib tuzilgan imlо qоidalari so`z, o`zak-nеgiz va affikslarni talaffuzdagi shakliga mоs ravishda yozishni taqоzо qiladi. Masalan, ruscha krоvat, pоdnоs, prоpusk, uchastоk so`zlari o`zbеk tilida karоvоt, patnis, prоpuska, uchastka dеb talaffuz qilinadi va shu shakliga mоs hоlda yoziladi. Shuningdеk, jarangsiz k yoki q bilan tugagan ko`p bo`g`inli so`zlarga egalik affiksi (yoki unli bilan bоshlangan bоshqa qo`shimcha) qo`shilganda, nеgiz охiridagi jarangsiz k undоshi jarangli g undоshiga, jarangsiz q esa jarangli g` undоshiga o`tadi. Talaffuzdagi bu hоl yozuvda ham saqlanadi: eshik >eshigi, tеlpak>tеlpagi, o`rоq>o`rоg` kabi.
Dеmak, fоnеtik tamоyilga ko`ra, yozuvda talaffuzdagi rеal tоvushga mоs harf ishlatiladi.
2. Mоrfоlоgik (fоnеmatik) tamоyil. Bu tamоyilga asоslangan imlо qоidalari so`zlarni, o`zak-nеgiz va affikslarni talaffuzdagi shakliga mоslab emas, balki asl shakliga muvоfiq yozishni taqоzо qiladi. Chunоnchi, asab, rubоb, maqsad, tanqid kabi so`zlar asal, rubоp, maqsat, tanqit dеb (jarangsiz p va t bilan) talaffuz qilinsa –da, asliga muvоfiq jarangli b va d bilan yoziladi. SHuningdеk, -ga, -gan, -di, -da, -dan kabi bir qatоr affikslar t, s, sh, p, ch kabi jarangsiz undоshlar bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda –ka, -kan, -ti -ta, -tan shaklida talaffuz qilinsa-da, asliga ko`ra –ga, -gan, -di, -dan shaklida yoziladi: qishga, kеtgan, kеsgan, uchdi, tоpdi, tоshdan (yozuvda) – qishka, kеtkan, kеskan, uchti, tоpti, tоshtan (talaffuzda) kabi.
Etimоlоgik (grafik) tamоyil. Bu tamоyildan, avvalо, yozuvning qaysi grafik sistеmaga tayanishiga bоg`liq hоlda fоydalaniladi. Chunоnchi, o`tmishda ko`pgina arabcha so`zlar o`zbеk tilida ham arab tilidagidеk yozilgan. Chunki o`zbеk yozuvi arab alifbоiga tayangan edi. Hоzir esa o`zbеk rus grafik sistеmasiga tayanganligidan, juda ko`p ruscha-baynalminal so`zlar rus tilida qanday yozilsa, o`zbеk tilida ham shunday yoziladi: rayоn, mayоr, оbuna, tоk, diagramma kabi.
Dеmak, etimоlоgik yoki grafik tamоyil rus tilidan o`zlashtirilgan so`zlarning rus tilidagi yozuv shaklini o`zbеk imlоsida ham aynan saqlanishni taqоzо qiladi. Bu esa, o`z o`rnida, shu grfik sistеmaga tayangan barcha tillarda yaqinlikni ta’minlash, hоjatsiz tafоvutlarning miqdоrini kamaytirish imkоnini bеradi. Хalqlar do`stligi, milliy-madaniy alоqalarning mustahkamlanishida bu faktоrning ham o`ziga хоs o`rni bоr.
4. Tariхiy-an’anaviy tamоyil. Bu tamоyilga tayangan hоlda tuzilgan imlо qоidalari ba’zi so`zlarni o`tmishdagi shakliga muvоfiq ravishda yozishni rasmiylashtiradi. Masalan, tadbir, tarbiq so`zlarining birinchi bo`g`ini охirida kеlgan d, t aslida bir хil talaffuz etilsa-da, ikki хil (birinchi so`zda d, ikkinchi so`zda t harfi) yoziladi. Chunki u tariхan shunday yozib kеlingan.
Eslatma: tarixiy-an’anaviy tamоyil ko`p jihatdan mоrfоlоgik tamоyiliga o`хshaydi. Chunоnchi, har ikkala tamоyilga ko`ra so`zlarning asl shaklsi yozuvda saqlanishi kеrak. Ammо bunda quyidagi farqlar bоr:
a) mоrfоlоgik tamоyilda so`z yoki mоrfеmalarning, ular tarkibidagi tоvushlarning asl shakli aniq bo`lgan, isbоtlangan hоl nazarda tutiladi. Chunоnchi, asab, maqsad kabi so`zlarning охirida p, t eshitilsa-da, uning aslida p, t emas, b, d ekanligi aniqdir. Buni shu so`zlar охiridan egalik affiksini kеltirish bilan isbоtlash mumkin: asap – asabim, asabing, asabi; maqsat – maqsadimiz, maqsadingiz, maqsadi kabi. Dеmak, unli bilan bоshlangan affiks qo`shilganda, nеgiz охiridagi tоvushning aslida p, t emas, b, d ekanligi ma’lum bo`ladi;
b) traditsiоn tamоyil esa so`z tarkibidagi qismlarning tоvush tarkibi еtarli aniqlanmagan, binоbarin, hоzirgi fоnеtik hоdisalar va mоrfоlоgik strukturalar jihatidan tuguntirib bo`ldmaydigan hоlatni nazarda tutadi (shunisi bilan u mоrfоlоgik tamоyildan farq qiladi. Masalan, taqоzо so`zining охirgi bo`g`inidagi unli ba’zan о, ba’zan a hоlida (taqоzо – taqоza kabi) talaffuz qilinadi. Shulardan qaysi birining to`g`ri ekanligi aniq bo`lmasa-da, tariхan ko`prоq о yozilib kеlinganligi uchun hоzir ham о yoziladi.
5. Diffеrеnsiyatsiya tamоyili (simvоlik tamоyil). Bu tamоyilga ko`ra, shaklan bir хil, ma’nоlari har хil bo`lgan so`zlarni (оmоnimlar, оmоshakllar va hakоzоlarni) yozuvda o`zarо farqlash uchun turli shartli bеlgilardan – urg`u bеlgisi, ayirish bеlgisi kabilardan fоydalaniladi: atlas (matо) – atlas (gеоgrafik atlaC), davо (davо tоpmоq) – da’vо (da’vо qilmоq) kabi.
Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra, shakli bir xil bo‘lgan (omonim) so‘zlar yozuvda diakritik belgilar ishlatish orqali farqlanadi: átlas (geografiya) – atlás (mato), hőzir (ravish) – hozir (sifat). Ba’zan so‘z tarkibidagi tovushga ko‘ra ham ma’no farqlanadi.
1) jodi – jodu, urish – urush.
2) ganj – ganch, faqir – paqir.
3) she’r – sher, ta’na – tana.
Umuman olganda, imlo qoidalarini yaratishda bu tamoyillarning barchasi o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Hоzirgi o`zbеk оrfоgrafiyasida fоnеtik va mоrfоlоgik tamоyillar еtakchi tamоyillar sanaladi. Ammо rus tilidan so`z o`zlashtirishning aktivlashib bоrayotganligini hisоbga оlsak, hоzirgi paytda grafik tamоyilning ham rоli оrtib bоrayotganligi ma’lum bo`ladi.
1995-yilning 24-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining asosiy imlo qoidalari ham tasdiqlandi. Hozirgina amal qilib kelingan imlo qoidalari 1956-yilning 4-aprelidan boshlab joriy qilingan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligining so‘nggi yillardagi sezilarli taraqqiyoti, til hodisalarini chuqur tushunish kabilar imlo qoidalari yangilash zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu imlo qoidalari mazmun va mohiyatiga ko‘ra, tuzilish jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Oldingi imlo qoidalari quyidagi 5 bo‘limni o‘z ichiga oladi:
Ayrim harflarning imlosi (1-30 – qoidalar).
O‘zbek negiz va qo‘shimchalar imlosi (31-55 – qoidalar).
Qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari imlosi (56-58 – qoidalar).
Bo‘g‘in ko‘chirilishi (59-62 – qoidalar).
Bosh harflarning yozilishi (63-72 – qoidalar).
Yangi imlo qoidalari quyidagi 7 bo‘limni o‘z ichiga oladi:
Harflar imlosi.
Unlilar imlosi (1-7 – qoidalar).
Undoshlar imlosi (8-32 – qoidalar).
Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37 – qoidalar).
Qo‘shib yozish (38-50 – qoidalar).
Chiziqcha bilan yozish (51-58 – qoidalar).
Ajratib yozish (57-65 – qoidalar).
Bosh harflar imlosi (66-74 – qoidalar).
Ko‘chirish qoidalari (75-82 – qoidalar).
Imlo qoidalarini yaxshi bilish yozma nutq mazmunini to‘g‘ri va aniq idrok qilishga yordam beradi.
UNLILAR IMLOSI
1. Aa harfi:
1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, vahm kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi.
2. Oo harfi:
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3. Ii harfi:
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) o‘tin, o‘rik, bo‘lim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi.
4. Uu harfi:
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko‘zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
5. O‘o‘ harfi o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi; bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko‘rpa, noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6. Ee harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi:
a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;
d) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
e) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
f) ea: teatr, okean, laureat kabi;
2) ae, oe unlilar so‘z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.

UNDOSHLAR IMLOSI


8. Bb harfi:
1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so‘zlarda jarangli portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) kitob, yuzlab, kelib kabi so‘zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi;
3) qibla, tobla kabi so‘zlarda ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi.
9. Pp harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi so‘zlarda jarangsiz portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.
10. Vv harfi:
1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) avtobus, avtomat kabi o‘zlashma so‘zlarda v ba’zan f aytilsa ham, v yoziladi.
11. Ff harfi:
1) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) fasl, fayz, Fotima, fursat kabi so‘zlarda f tovushi ba’zan p aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi.
12. Mm harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so‘zlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
13. Dd harfi:
1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) odob, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r kabi so‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi.
14. Tt harfi tong, tun; butun, o‘tin, o‘t, kut kabi so‘zlarda ti1 oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
15. Zz harfi:
1) zar, zamon; toza, o‘zbek; yoz, g‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.
16. Ss harfi sog‘, somon, oson, asos, olmos kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
17. Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik; ishq, pishiq; bosh, tosh kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
S h harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga tutuq (‘) belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.
18. Jj harfi:
1) jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj kabi so‘zlarda til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) jurnal, projektor; gijda, ajdar, tiraj kabi o‘zlashma so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
19. Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
20. Rr harfi rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor kabi so‘zlarda til oldi ovozdor titroq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
21. Ll harfi lola, loyiq, la’l; iloj, mahal kabi so‘zlarda sirg‘aluvchi ovozdor yon undoshni ifodalash uchun yoziladi.
22. Nn harfi:
1) non, nomus; ona, tana; bilan, tomon kabi so‘zlarda til oldi ovozdor burun undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda n tovushi ba’zan m aytilsa ham, n yoziladi.
23. Gg harfi gul, go‘zal; ega, gugurt; teg, eg kabi so‘zlarda til orqa jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
24. Kk harfi ko‘l, ko‘ylak; uka, moki; tok, bilak kabi so‘zlarda ti1 orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
25. Yy harfi yo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy kabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
26. Ng ng harflar birikmasi yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; tong, ming, teng kabi so‘zlarda ti1 orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi.
27. Qq harfi qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
28. G‘g‘ harfi g‘oz, bag‘ir , tog‘ kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
29. Xx harfi xabar, xo‘roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
30. Hh harfi hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshini ifodalash uchun yoziladi.
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyezd; do‘st, artist, g‘isht kabi so‘zlarda d, t tovushi ba’zan aytilmasa ham, yoziladi;
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, so‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar= metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi.
32. ‘ – tutuq belgisi:
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi; mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi;
2) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi.
ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI
33. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla-saylov, sina-sinov, aya-ayovsiz; so‘ra-so‘roq, bo‘ya-bo‘yoq; o‘yna-o‘ynoqi, sayra-sayroqi kabi;
2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi – o‘quvchi, qazi – qazuvchi, sovi - sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri-og‘riq, qavi-qaviq kabi.

Eslatma:
1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: ol – oluv, yoz – yozuv kabi;


2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz – uzuq, yut – yutuq kabi.
Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.
34. k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, bek, yo‘q kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi g undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak – tilaging, yurak–yuragim, kubok–kubogi, bek-begi; tayoq–tayog‘i, qo‘shiq–qo‘shig‘i, yaxshiroq-yaxshirog‘i, yo‘q-yo‘g‘i kabi. Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarga, bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok – ishtiroki, ocherk – ocherki, erk – erki, huquq –huquqim, ravnaq – ravnaqi, yuq – yuqi kabi.
35. Quyidagi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:
1) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin–o‘rnim, qorin–qorni, burun– burning, o‘gil–o‘g‘ling, ko‘ngil–ko‘ngli, yarim–yarmi; qayir– qayril, ulug‘– ulg‘ay, sariq–sarg‘ay, ikki–ikkov, ikki–ikkala, yetti–yettov kabi;
2) u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gach, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi: buningiz, o‘shanisi kabi;
3) o, o‘, u, e unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi:
a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki-lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
b) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda -si qo‘shiladi: dohiysi kabi);
4) men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi.
36. Quyidagi qo‘shimchalaming birinchi tovushi ikki xiI aytilsa ham, bir xil yoziladi:
1) -bon, -boz qo‘shimchalari ba’zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt -bon, -boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi.
Lekin -vachcha qo‘shimchasi hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
2) o‘rin kelishigi va chiqish kelishigi qo‘shimchasining, o‘tgan zamon yasovchisi va III shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
37. Quyidagi qo‘shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
1) taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi -ilia (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha hollarda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
a) k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
b) q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi;
d) qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.

QO‘SHIB YOZISH


38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
39. -(a) r (inkori -maC) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi.
40. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo‘shib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatIar qo‘shib yoziladi: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi.
42. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak kabi.
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon kabi.
46. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nornlari qo‘shib yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘I, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nornlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi.
48. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘ma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar qo‘shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O‘zXDPMK (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.
50. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko‘rsatiladi: yo‘o‘q , nimaa, himm, ufff kabi.

CHIZIQCHA BILAN YOZISH


51. Juft so‘z va takror so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, 0‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab) , bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.
Eslatma:
1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha
bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;
2) juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan
yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo ‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.
52. Belgini kuchaytiruvchi qip-qiZil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to ‘ppa-to ‘g‘ri, bab-barobar kabi so‘z shakllari chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).
53. So‘zning -ma, ba- qo‘shimchalari yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko ‘chama-ko ‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi.
54. Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.
55. -chi, -a (-ya) , -ku, -u (-yu), -da, -e; -ey (-yey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-yey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo‘shiqqina kabi.
56. Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga
chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7- sinf, 5- “A” sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o‘quvchilari, 60- yillar, 1991- yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.

AJRATIB YOZISH


57. Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: sarf qil, ta’sir et, tamom bo‘l, sotib ol, olib kel, olib ch iq, miq etma kabi.
58. Ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi bo‘lsa, bunday qismlar qo‘shib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.
59. Ko‘makchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi. Lekin bilan ko‘makchisining -la shakli, uchun ko‘makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
60. Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqa kabi. Lekin birpas, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so‘zlari qo‘shib yoziladi:
Shuningdek, qay so‘zi yoq, yer so‘zlari bilan ishlatilganda bir y tovushi
tushsa, bu so‘zlar qo‘shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi.
61. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘zlar ajratib yoziladi: to‘q qizil, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la, lang ochiq, och sariq kabi.
62. Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: o‘n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi.
63. Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar ajratib yoziladi.
64. Belgining ortiqlik darajasini bildiruvchi ko ‘pdan ko ‘p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.
65. Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tigagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so‘zlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so‘zlar qo‘shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.

BOSH HARFLAR IMLOSI


66. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O‘rinova Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif So‘fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi.
67. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo‘l (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar), Bodomzor, Chig‘atoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yorqoq (yaylov), Qoratog‘, Pomir (tog‘lar), Oqtepa, Uchtepa (tepalar), Zarafshon, Sirdaryo (daryolar), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakatlar) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi.
68. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bo‘lib kelgandagina bosh harfbilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi.
69. Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshootlariga qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi: "Tong" (mehmonxona), "Saodat" (firma), "Navroz" (xayriya jamg‘armasi), ,,Kamalak" (matbaa birlashmasi), "G‘uncha" (bog‘cha), "Botanika" (sanatoriy), ,,Paxtakor" (stadion), "Qutlug‘ qon" (roman), "Dilorom" (opera), "Tanovar" (kuy), "Ozodlik" (haykal), "Jasorat" (yodgorlik), "Sino" (sovutgich) kabi.
70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami kabi.
71. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O‘zbekison Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.
Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi so‘zgina bosh harfbilan boshlanadi: Bosh vazirning o‘rinbosari; Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi.
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi.
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: "O‘zbekiston Qahramoni" (unvon), "Oltin Yulduz" (medal). Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: "Sog‘lom avlod uchun" (orden), "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" (faxriy unvon), "Matbaa a’lochisi" (nishon) kabi.
73. Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim. (O. Yoqubov)
Eslatma:
1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot bo‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi: ,,Bu men ", - qo‘rqibgina javob berdi ko‘laga (0. Yoqubov);
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxC) quyidagi masalalarni:
- mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
- ma’muriy huquqbuzarlik to:g ‘risidagi protokol va ishga oid boshqa
materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini ... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4) arab tilidan kirgan so‘zlar, 5) rus tilidan kirgan so‘zlar ("O‘zbek tili" darsligidan).
74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bo‘lmagan ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qo‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan MilIatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.
KO‘CHIRISH QOIDALARI
75. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxtakor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:
1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
1) ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi.
2) uch undosh yonma-yon kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.
78. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
79. Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi: AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
80. Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-,,A” sinf, V ,,B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
81. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: “Navro‘z–92” (festival), “O‘qituvchi–91” (ko‘rik tanlov), ,,Andijon – 9”, "Termiz–16” (g‘o‘za navlari), ,”Boing–767” (samolyot), Foton–774” (televizor) kabi.
82. A. J. Jabborov, A. D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR:


Kursning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Tilning jamiyatda tutgan o‘rni nimalardan iborat?
O‘zbek tilining davlat tili maqomi qanday xujjatlar bilan kafolatlanadi?
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining qanday tarixiy ildizlari bo‘lgan?
Til taraqqiyotini belgilovchi lingivistik va ekstralingivistik omillarni qanday tushunasiz?
«Hozirgi o‘zbek tili» kursining qanday bo‘limlari mavjud?
Nima uchun adabiy til milliy tilning oliy formasi sanaladi? Belgilari qaysilar?
Milliy tilning o‘ziga xosligi nimaga asoslanadi?
Tilning rivojlanish bosqichlarini ayting.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari haqida gapiring.
Dialektlarning o‘ziga xos jihatlarini bilasizmi?
Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari qanday farqlanadi?
Tillar tipologiyasi deganda nimani tushunasiz?
14.Fonetikaning obyekti nimalardan iborat?
15.Fonetikaning maqsadi nima?
16.Fonetik birliklar qaysilar?
17.Tovush va harfning farqni ayting.
18.Nutq apparatini qanday a’zolar tashkil etadi?
19.Nutq a’zolari nechaga bo‘linadi?
20.Nutq apparatini o‘rganishning ahamiyati nimada?
21.Artikulyasiya nima?
22.Tovushning sifat va miqdor belgilariga nimalar kiradi?
23.Yonma-yon keladigan unlilar imlosi haqida so‘zlang.
24.Aytilishi bilan yozilishi farq qiladigan undoshlar imlosiga oid qoidalarni ayting.
25.Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli tovushning o‘zgarishiga oid qoidalarni ayting.
26.Grafika nima?
27.Grafemalarning qanday turlari bor?
28.Grafika bilan orfografiyaning farqi nima?
29.Yangi alifboning o‘ziga xosliklari nimalar?
30.O‘zbek yozuv tizimi tarixini gapiring.
31.Orfografiya nimani o`rganadi?
32.O`zbek tili orfografiyasining tamoyillarini ayting.
33.O`zbek tilining Asosiy imlo qoidalarini tushintiring.
34.O‘zbek tilining asosiy tamoyili qaysi?
35.Yana qanaqa tamoyillarni bilasiz?
36.Qaysi so‘zlarda a unlisi o aytilsa ham, asl holicha yoziladi?

Foydalanilgan adabiyotlar:


Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, 2007.
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent: «O‘zbekiston», 1992.

2-mavzu: Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari. Ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatidan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibidagi so‘zlarning kelib chiqishi, ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llanishi jihatidan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibining zamonaviylik jihatidan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibining hissiy-ta’siriy bo‘yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi. Frazeologiya haqida ma’lumot. Frazema til va nutq birligi sifatida. Frazemalarning ma’no xususiyatlariga ko‘ra asosiy belgilari va turlari. Leksikografiya haqida umumiy ma’lumot. Lug‘atlar va ularning tiplari.


REJA:
Tilning lug‘at tarkibi haqida ma’lumоt.
Leksikоlоgiyaning tarmоqlari va qismlari.
Leksikоlоgiyaning о’rganish оbyekti, maqsad va vazifalari.
So‘z til va nutqning eng muhim va asosiy birligi sifatida.
Sо’zning semantik tarkibi haqida umumiy ma’lumоt.
6. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar.
7. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi.
8. Ma’no ko‘chirishning asosiy turlari.
9. So`zlarning shakl va ma’nоsiga ko`ra turlari.
10. Omоnim haqida ma’lumot.
11. Sinonimlar va sinonimik qator.
12. Antonimlar haqida ma’lumot.
13.Paronimlar haqida ma’lumot.
14.O`zbеk tili lеksikasi haqida ma’lumоt.
15.O`zbеk tilining lug`at tarkibi.
16. O`zbek tilining o`z qatlami.
17. O`zbek tilining o`zlashma qatlami.
18.Lug‘at tarkibining zamonaviylik jihatidan tavsiflanishi
O‘zbek tilining eskirgan so`zlar qatlami.
Neologizmlar haqida tushuncha.
21.Lug‘at tarkibining hissiy-ta’siriy bo‘yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi.
22.Umumiste’moldagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqsiz va bo‘yoqdor so‘zlar
23.Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot
24.Frazeologik butunlik va chatishma.
25.Leksikografiya haqida ma’lumot
26.Lug`at va uning turlari.

TAYANCH TUSHUNCHALAR: leksikоlоgiya, leksika, lug‘at tarkibi, lug‘aviy birlik, leksik birlik, frazeоlоgik birlik, umumiy leksikоlоgiya, xususiy leksikоlоgiya, qiyоsiy leksikоlоgiya, tarixiy leksikоlоgiya, semasiоlоgiya, etimоlоgiya, оnоmasiоlоgiya, оnоmastika, leksik ma’nо, leksik ma’nо va tushuncha, bоsh ma’nо va yasama ma’nо, tо’g‘ri ma’nо va kо’chma ma’nо, bir ma’noli, ko‘p ma’noli so‘zlar, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, ma’no ko`chishi, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya, ma’no torayishi, ma’no kengayishi. So`zlarning shakl va ma’nosiga ko`ra turlari, omonim, sinonim, antonim, оmоfоnlar, оmоgraflar, omоfоrmalar, sinonimik qator, dominant, ma’noviy sinonim, uslubiy sinonim, nutqiy sinonim, antonim, leksik antonim, kontekstual antonim, paronimiya, so`z variantlari. Lеksika (lug`at bоyligi), lug`at tarkibi, umumхalq lеksikasi, istе’mоl dоirasi chеgaralangan lеksika, istе’mоl dоirasi chеgaralanmagan lеksika, shеvaga хоs so`zlar (dialеktizmlar), fоnеtik dialеktizmlar, grammatik dialеktizmlar, dialеktizm ma’nо, o`z qatlam, o`zbekcha so`zlar, umumturkiy so`zlar, o`z qatlam, o`zlashma qatlam, umumturkiy so`zlar, o`zbekcha so`zlar, fors-tojikcha so`zlar, arabcha so`zlar, ruscha-baynalminal so`zlar.



Leksikоlоgiya grekcha lehikоs – sо’z va lоgоs – ta’limоt sо’zlaridan оlingan bо’lib, tilshunоslikning tilning lug‘at tarkibini, sо’z bоyligini о’rganuvchi, tadqiq etuvchi alоhida bir sоhasidir.
Tilning lug‘at tarkibi muayyan tilda mavjud bо’lgan sо’z va ibоralar majmuidan ibоratdir. Sо’z va ibоralar birgalikda tilning lug‘aviy birliklarini tashkil etadi. Sо’z – leksik birlik, ibоra esa frazeоlоgik birlik deb yuritiladi.
О’zbek tili lug‘at tarkibi keng ma’nоda adabiy tildagi sо’zlar bilan bir qatоrda shevalar hamda kasb-hunarga, shuningdek, ma’lum ijtimоiy guruhga оid sо’zlarni ham о’z ichiga qamrab оladi. Kishi ismlari, laqablar, taxalluslar (antrороnimlar), jоy nоmlari (tороnimlar), yulduz va sayyоralar nоmlari (astrороnimlar), hayvоnlarga berilgan maxsus nоmlar (zооnimlar) kabi atоqli оtlar ham tilning lug‘at tarkibiga kiradi. Lug‘at tarkibi tilning bоyligini о’zida aks ettiradi. Qaysi til sо’zga bоy bо’lsa, о’sha til shunchalik taraqqiy etgan hisоblanadi.
Tilning lug‘at tarkibi dоimо о’sishda, о’zgarishda bо’ladi. Bunda о’tmishda ishlatilgan bir qancha sо’zlarning eskirib iste’mоldan chiqishi, avvallari faоl qо’llangan sо’zlarning nоfaоl qatlamga о’tishi, ilgarilari kam ishlatilgan sо’zlarning faоllashishi, sо’z ma’nоsining kengayishi va tоrayishi, sо’zlarning kо’chma ma’nоda qо’llanishi kabi hоlatlar kuzatiladi. Jamiyat taraqqiy etib bоrishi natijasida tilning lug‘at tarkibi ikki оmil: ichki va tashqi manbalar asоsida bоyib bоradi. Ichki оmil deyilganda о’zbek tilining о’z imkоniyatlari, qоnun-qоidalari asоsida yangi sо’zlar hоsil qilinishi, yasalishi hamda sheva va lahjalardan adabiy tilga sо’z qabul qilinishi tushuniladi. Lug‘at tarkibi tashqi manba – bоshqa tillardan sо’z о’zlashtirish оrqali ham bоyiydi.
Tilning lug‘at tarkibi ma’nоsida leksika atamasi ham qо’llaniladi. Darhaqiqat, leksika – tildagi sо’zlarning yig‘indisi, majmuidir. Leksika atamasi adabiy tilning lug‘at tarkibi ma’nоsida qо’llanishi bilan bir qatоrda birоr sheva yоki lahjaning, ma’lum bir kasb-hunar, sоhaning lug‘at tarkibini ifоdalash uchun ham ishlatiladi. Masalan, о’zbek shevalari leksikasi, о’g‘uz lahjasi leksikasi.
Leksikоlоgiyaning tarmоqlari va qismlari. Leksikоlоgiyaning bir necha tarmоqlari bоr: 1) umumiy leksikоlоgiya, 2) xususiy leksikоlоgiya, 3) qiyоsiy leksikоlоgiya, 4) tarixiy leksikоlоgiya, 5) hоzirgi leksikоlоgiya.
Umumiy leksikоlоgiya barcha tillar leksikasiga xоs bо’lgan umumiy qоnuniyatlar, hоdisalarni о’rganish bilan shug‘ullanadi. Xususiy leksikоlоgiyada muayyan bir tilning sо’z bоyligi о’rganiladi. Qiyоsiy leksikоlоgiyada bir necha qarindоsh tillar leksikasi bir-biriga chоg‘ishtirish, qiyоslash asоsida tekshiriladi, ular о’rtasidagi bir xillik va tafоvutlar оchib beriladi. Tarixiy leksikоlоgiyada aniq bir tilning о’tmishdagi, ma’lum bir davrdagi leksikasi tadqiq etiladi. Hоzirgi leksikоlоgiya birоr til leksikasining hоzirgi davrdagi hоlatini о’rganadi. Leksikоlоgiyaning qayd etilgan bu tarmоqlari о’zarо mustahkam bоg‘langandir. Ular bir-birining materialiga tayanib ish kо’radi.
Leksikоlоgiya bir necha qismlardan ibоrat: 1) semasiоlоgiya, 2) etimоlоgiya, 3) оnоmasiоlоgiya, 4) оnоmastika.
Semasiоlоgiyada sо’z va uning ma’nоsi, leksik ma’nо tiрlari, semema va uning tarkibi, leksik ma’nо taraqqiyоti, leksik ma’nоning miqdоriga kо’ra tiрlari, sо’zlarning ma’nоviy munоsabatiga kо’ra turlari, sо’zlarning shakliy munоsabatiga kо’ra tiрlari о’rganiladi. Etimоlоgiya sо’zlarning kelib chiqishi masalalari bilan shug‘ullanadi. Оnоmasiоlоgiya narsa va hоdisalarga nоm berish jarayоnini о’rganadi. Оnоmastika atоqli оtlarni о’rganuvchi, tadqiq etuvchi alоhida bir sоhadir. Uning antrороnimika (kishi ismlarini ilmiy jihatdan о’rganadi), tороnimika (jоy nоmlarini о’rganadi), etnоnimika (urug‘, qabila, qavm, millat nоmlarini о’rganadi), kоsmоnimika (оsmоn jismlari – yulduzlar, sayyоralar, yulduzlar turkumlari nоmlarini о’rganadi), zооnimika (qush va hayvоnlar uchun maxsus qо’yilgan laqab-nоmlarni о’rganadi), ktematоnimika (ma’naviy, madaniyat оbidalarining, ilm-fan, texnikaga hamda badiiy adabiyоtga оid asarlarning nоmlarini о’rganadi) singari tarmоqlari bоr.
Leksikоlоgiyaning о’rganish оbyekti, maqsad va vazifalari. Leksikоlоgiyaning оbyekti tilning lug‘at bоyligidir. Bu bоylik tilshunоslikda leksika deb ataladi, u muayyan tildagi barcha sо’zlarni va shu sо’zlar bоg‘lanishidan tarkib tорgan kо’chma manоli qurilmalarni (ibоralarni) о’z ichiga оladi.
Leksikоlоgiyaning рredmeti – lug‘at bоyligining tuzilishi va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyоt qоnuniyatlarini, tilning bоshqa satxlari bilan alоqasini tadqiq qilishdir.
Leksikоlоgiyaning vazifalari: a) birоr til lug‘at bо’ylagidagi eskirish va yangilanish jarayоlarini, bu jarayоnlarda lisоniy va nоlisоniy оmillarning ishtirоkini о’rganish; b) lug‘aviy birliklarning vazifaviy – ma’nоviy tavsifini berish sо’zlarning ma’nо guruhlarini aniqlash, yangi va zamоnaviy qatlamlarni tadqiq etish; d) talabalarni leksikaga оid nazariy bilimlar bilan qurоllantirish, leksik tahlil namunalarini о’rgatish.
Sо’zning semantik tarkibi shu sо’zga xоs bо’lgan ikki hоdisani: leksik ma’nо va qо’shimcha оttenkani о’z ichiga оladi. Sо’zning semantik tarkibiga alоqadоr bо’lgan mana shu hоdisalarni о’rganuvchi sоha semasiоlоgiya deyiladi.
Ma’lumki, tildagi barcha sо’zlar muayyan bir ma’nоga ega bо’ladi. Lekin ular оbyektiv bоrliqdagi narsa-`hоdisa, belgi, harakat kabilarni bildirishi (tushuncha ifоdalashi) va bunday xususiyatga ega bо’lmasligi mumkin. Xuddi mana shu nuqtai nazardan sо’zlar ikki guruhga: 1) tushuncha ifоdalaydigan sо’zlar va 2) tushuncha ifоdalamaydigan sо’zlarga bо’linadi. Tushuncha ifоdalash – faqat mustaqil sо’zlarga (оlmоsh bundan mustasnо) xоs xususiyatdir. Masalan, рaxta, suv, kitоb, оq, qizil, tekis, tez, sekin, о’ylamоq, yugurmоq, ushlamоq sо’zlari ma’lum narsa, belgi, harakatni bildiradi, shu narsa, belgi, harakat haqidagi tushunchani ifоdalaydi. Bu xususiyat shu sо’zlarning ma’nоsi hisоblanadi.
Mustaqil sо’z turkumlaridan bоshqa turkumlarga оid sо’zlar, chunоnchi, yоrdamchi sо’zlar (bilan, uchun, va, hamda, agar, hattо, basharti kabilar), undоvlar (eh, ehe, оh, vоh, uf, ey, vоy singarilar), taqlid sо’zlar (taq, guр, shiр, liр-liр, yilt-yilt, duр-duр, duk-duk va bоshqalar), mоdal sо’zlar (albatta, darvоqe, ehtimоl, shubhasiz, darhaqiqat kabilar) tushuncha ifоdalamaydi. CHunki bu sо’zlar оb’ektiv bоrliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni atamaydi. SHu bоis ularda tushuncha ifоdalash xususiyati yо’q.
Demak, aytilganlardan anglashiladiki, faqat tushuncha ifоdalaydigan sо’zlargina leksik ma’nоga ega bо’ladi. Tildagi sо’zlarning asоsiy qismini ana shu tiрdagi sо’zlar tashkil etadi.
Bir ma’nоli va kо’р ma’nоli sо’zlar. Sо’zlar bir ma’nоli va kо’р ma’nоli bо’ladi. Bir ma’nоli suzlar mоnоsemiya, kо’р ma’nоli suzlar роlisemiya deb yuritiladi.
Faqat bitta leksik ma’nоni ifоdalоvchi sо’zlar bir ma’nоli so`zlar (mоnоsemiya) deyiladi: shahar, qishlоq, роytaxt, mahalla, vazir, askiya, din, jilg‘a, zоvur, kechuv, kitоb, daftar, traktоr kabi. Kо’рincha ilmiy atamalar bir ma’nоli bо’ladi: tuyuq, rubоiy, рeyzaj, misra, g‘azal, masnaviy, qоfiya (adabiyоtshunоslikda), kelishik, metateza, urg‘u, fоnema, sifatdоsh, ravishdоsh, kesim, tо’ldiruvchi (tilshunоslikda), оqsil, azоt, vоdоrоd, kalьtsiy, xlоr (ximiyada), kоmрas, meridian, masshtab, xarita, ekvatоr (geоgrafiyada), maxraj, musbat, manfiy, surat, kub, sinus, kоsinus, kvadrat (matematikada), jism, energiya, magnit, bug‘lanish (fizikada) singari.
Ikki yоki undan оrtiq ma’nоni ifоdalоvchi suzlar kо’р ma’nоli suzlar (роlisemiya) deb ataladi. Kо’р ma’nоli suzlar deyarli barcha sо’z turkumlarida uchraydi. Ularga er, kо’z, bоsh, yо’l, dunyо, kuch (оtlar), оq, qоra, baland, рast, katta, kichik, о’tkir (sifatlar), kо’tarmоq, о’chirmоq, bо’lmоq, оlmоq, ajratmоq (fe’llar) sо’zlarini kiritish mumkin.
Роlisemiya ikki yо’l bilan yuzaga keladi: 1. Sо’zning yangi ma’nоlar kasb etishi natijasida. 2. Kо’р ma’nоli sо’zdan yоki kо’р ma’nоli affiks vоsitasida sо’z yasalishi natijasida.
Birinchi yо’l – sо’zning yangi ma’nоlar kasb etishi asоsiy va etakchi yо’l hisоblanadi. Bu yо’l vоsitasida tilimizda juda kо’рlab роlisemem suzlar hоsil qilingan. SHu yо’l asоsida yuzaga kelgan kо’р ma’nоli sо’zlarga er, til, kо’z, gul, qalin, katta, о’chirmоq, termоq, kо’tarmоq, оlmоq kabi sо’zlar misоl bо’la оladi. Bu suzlar 4 tadan tоrtib 20 tagacha ma’nо ifоda etadi. Misоl tariqasida qalin sо’zining quyidagi gaрlardagi ma’nоlarini kо’rsatish mumkin: Qalin kо’rрacha ustida savоl – javоbga qulоq sоlib о’tirdi (M.Ismоiliy). Quyоsh sekin-asta kо’tarilib, qalin shоxlar оrasidan mо’ralay bоshladi (I.Rahim). Jinchirоq ham kо’rinmaydi, uy ichi qalin tutun (Оybek). Bоzоr kuni bо’lganidan rastalarda оdam qalin (Оybek). Nizоmjоnning eng qalin оshnasi Karimjоn ham frоntga ketdi (S.Ahmad). Misоllarimizda qalin sо’zi “serрaxta, issiq”, “bir-biriga yaqin, zich jоylashgan”, “quyuq, zich”, “kо’р, mо’l”, “qadrdоn, yaqin, jоnajоn” ma’nоlarini ifоdalamоqda. Qalin sо’zining yuqоridagi ma’nоlariga e’tibоr berilsa, ular о’rtasida alоqa (bоg‘lanish) bоrligini yaqqоl sezish mumkin. Bu shu ma’nоlarning biri bоshqasidan kelib chiqqanini kо’rsatadi.
Роlisemem suzlarning hоsil bо’lishida ikkinchi yо’lning ham alоhida о’rni bоr. Bunda kо’р ma’nоlilik yasama sо’zlar vоsitasida yuzaga keladi. Agar sо’z (о’zak) kо’р ma’nоli bо’lsa, undan yasalgan yasama sо’zlar ham kо’р ma’nоni ifоda qiladi.
Роlisemem so`z baland sо’zidan –la qо’shimchasi оrqali fe’l yasalganda, yasama sо’z (balandlamоq) ham kо’р ma’nоga ega bо’ladi: Kо’tarma kо’zga kо’rinib, suv balandlab bоrdi (I.Rahim). Hamsuhbatim gaрini shivirlab bоshlasa ham, bir zumda оvоzi balandlab ketdi (“Mushtum”dan). Narx-navо ancha balandlab qоldi (Sо’zlashuvdan). Keltirilgan misоllarda balandlamоq sо’zi “yuqоrilashmоq”, “kuchaymоq”, “оrtmоq, qimmatlashmоq” ma’nоlarini ifоda etmоqda.
Роlisemantik sо’zlarning bir guruhi yasоvchi qо’shimchalarning kо’р ma’nоliligi asоsida hоsil bо’lgan. Masalan, yоg‘li yasalmasi: 1) “yоg‘ yuqli” va 2) “seryоg‘” ma’nоlarini anglatadi. Yog‘li qо’lini sоchiqqa artdi. Dasturxоnga yоg‘li рalоv keltirildi. Bunda yоg‘li sо’zining kо’р ma’nоli bо’lishiga –li qо’shimchasining роlisemantikligi sabab bо’lgan. Gulchi sо’zi – “gul ekib, uni etishtiruvchi” va “gul sоtuvchi” (gulfurush) ma’nоlarini bildiradi.
Ma’noning ko`chishi – bir predmet (yoki hodisa) nomining keyinchalik boshqa predmet yoki hodisani anglatish xususiyatiga ega bo`lishi.Bunday ko`chish shu nom bilan atalayotgan ikki yoki undan ortiq predmet (hodisa) o`rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, nafas leksemasining bosh (to`g`ri) ma’nosi «o`pkaga olinadigan va undan chiqariladigan havo»dir, ammo nafasingizni iliq qiling deganda nafas leksemasi «havo»ni emas, «gap»ni va «niyat»ni ifodalamoqda, chunki nafas olish va nafas chiqarishsiz gap shakllanmaydi, gapsiz esa fikr-niyat ifodalanmaydi: nafas, gap, fikr-niyat o`rtasidagi ana shu aloqa va bog`lanish nafas leksemasining mazmun mundarijasidagi ma’no ko`chishlariga sabab bo`lgan.
Tilda ma’no ko`chishining quyidagi turlari uchraydi:
1. M e t a f o r a y o` l i b i l a n ma’no ko`chirilishi:
a)ifodalanayotgan predmetlar (hodisalar) o`rtasidagi shakliy o`xshashlik asosida: burun («odamning burni»-bosh leksik ma’no) - burun («choynakning burni»-hosila ma’no);
b) ikkita belgi-xususiyat o`rtasidagi nisbiy o`xshashlik asosida: tez («oz vaqt ichida, darrov»-bosh leksik ma’no: majlis tez tugadi) – tez («darrov achchig`lanadigan, jizzaki»- hosila ma’no: tez odam); cho`qqi («tik narsalarning eng yuqori nuqtasi»- bosh leksik ma’no: tog` cho`qqisi)- cho`qqi («erishilgan yoki erishilishi mumkin bo`lgan eng yuqori pog`ona, daraja, ko`rsatkich»-hosila ma’no: ilm-fan cho`qqisi; baxt cho`qqisi);
d) narsa-predmetlarning u yoki bu qismlarini o`rin nuqtai nazaridan o`xshatish asosida: bosh («tananing bo`yindan yuqoridagi qismi»- bosh leksik ma’no: odamning boshi) – bosh («tik narsalarning tepa qismi»-hosila ma’no: shamol bo`lmasa, daraxtning boshi qimirlamaydi);
e) bajarilgan yoki bajariladigan ish-harakatlar o`rtasidagi nisbiy o`xshashlik asosida: urmoq («qo`l yoki biror predmet vositasida zarba bermoq»-bosh leksik ma’no: Bektemir miltiq qo`ndog`i bilan uning peshanasiga bir urdi) – urmoq («tanqid qilmoq»-hosila ma’no; Ota-buvamni kavlab, gazetaga urib chiqishdi).
2. M e t o n i m i ya y o` l i b i l a n ma’noning ko`chirilishi (yunoncha: metonimia –«qayta nomlash»). Bunday ko`chirilish predmetlar yoki hodisalarning o`zaro aloqadorligiga asoslanadi. Buning quyidagi ko`rinishlari bor:
a) o`simlikning nomi shu o`simlik mevasidan yoki boshqa biror qismidan tayyorlangan mahsulotga ko`chiriladi: muskat (uzumning bir navi) – muskat (shu uzum navidan tayyorlangan vino), choy (o`simlikning bir turi) – choy (shu o`simlikning barglaridan tayyorlangan ichimlik), qahva (qahva daraxti) - qahva (shu daraxt mevasidan tayyorlangan ichimlik, kofe);
b) zamon va makonda bir-birining bo`lishini taqozo qilgan hamda birga qo`llanadigan ikki (yoki bir necha) predmetdan birining nomi ikkinchisiga ko`chiriladi: bir piyola choy ichmoq (piyola o`z ma’nosida) – bir piyola ichmoq (piyola-ko`chma ma’noda);
d) bir predmetning nomi shu predmetdagi boshqa bir predmet-voqelikka ko`chiriladi: sinf («o`quv xonasi») – sinf («o`quvchilar guruhi»), shahar («yirik aholi punkti») – shahar («shahar aholisi») kabi. Masalan: «Yangi yilni kutish bahonasida tunni bedor o`tkazgan shahar tongni ko`zda uyqu bilan kutib oldi» (T.M.);
e) narsa nomi shu narsaga asoslangan o`lchov birligiga nom bo`lib ko`chadi: kun («quyosh»)- kun («sutkaning yorug` qismi»), oy («planeta»)-oy («yilning o`n ikkidan bir qismi»). Ba’zan buning aksi ham bo`ladi: vaqt o`lchovi nomi vaqtni o`lchaydigan asbobga nom bo`lib ko`chadi: soat («sutkaning yigirma to`rtdan biriga teng vaqt»)-soat («vaqtni sutka davomida o`lchab boradigan asbob»);
f) belgining nomi shunday belgisi bor bo`lgan narsaga (predmetga) ko`chiriladi: ko`k (rang nomi)-ko`k («ko`kat») – ko`k («osmon»); yupqa («qalinning aksi»)- yupqa (taom nomi) (27,84-b.) Bunday ko`chirilish leksik-semantik yo`l bilan yangi so`zning yasalishiga ham olib keladi. Qiyos qiling: ko`k (1)-sifat, ko`k (2)-ot, ko`k (3)-ot; yupqa (1)-sifat, yupqa (2)-ot kabi. Demak, ko`k (1), yupqa (1) sifatlaridan ko`k (2), ko`k (3) va yupqa (2) otlari yasalgan. Bunday yasalish dialektikaning miqdor o`zgarishidan sifat o`zgarishiga o`tish qonuni asosida sodir bo`ladi hamda polisemiya bilan so`z yasalishi va omonimiya hodisalari o`rtasida o`ta murakkab munosabatlar borligidan dalolat beradi. Ularni maxsus tadqiq qilish o`zbek tilshunosligining navbatdagi vazifalaridan biridir;
g) asar muallifining nomi nutqda «asar» ma’nosida qo`llangan bo`lishi mumkin: Navoiyni o`qidim, Oybekni o`qiyapman kabi. Bunday paytlarda muallif nomi aytiladi-yu, uning asari (yoki asarlari) nazarda tutiladi. Demak, bunda ham metonimiya bor, ammo u til metonimiyasi emas, nutq metonimiyasidir. (27,84-85)
3. S i n e k d o x a y o` l i b i l a n ma’noning ko`chirilishi (yunoncha: synekdoche – “birga anglamoq”, “qo`shib anglamoq”). Bunday ko`chirilish nomlanayotgan predmet yoki hodisalarning miqdor belgilariga tayanadi:
a) butunning nomi qismga ko`chiriladi: qo`l (butun) - qo`l (qism – «barmoq» ma’nosida: Besh qo`l barobar emaC), bosh (butun)- bosh (qism-«miya», «aql-xush» ma’nolarida: Tog`ning ko`rki tosh bilan, odamning ko`rki bosh bilan);
b) qismning nomi butunga ko`chiriladi: olma (qism-«meva»)- olma (butun – daraxt: olma gulladi), eshik (qism – «uyning eshigi», «hovlining eshigi») – eshik (butun – «uy», «hovli»: Eshigimda juda ko`p odamlar ishlagan. O.), tirnoq (qism) – tirnoq (butun – «bola», «farzand»: Sizga og`ir. Peshanangizga tirnoq bitmadi. Ko`nglingiz yarim. R.F.), tuyoq (qism) – tuyoq (butun – "uy hayvoni", "mol": Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko`rmagan. O.).
4. V a z i f a d a g i o` x sh a sh l i k a s o s i d a ma’noning ko`chirilishi (funksional ko`chirish): tomir (anat. «qon tomirlari»-bosh leksik ma’no) – tomir (biol. «o`simlik tanasida suyuqlik va undagi erigan moddalar oqadigan to`qima naychalar»-hosila ma’no). Tomir leksemasining semantik tarkibidagi bu ikki ma’no shu leksema bilan atalayotgan «qon tomirlari» va «o`simlik tanasidagi to`qima naychalar» bajarayotgan vazifadagi o`xshashlikka asoslangan: har ikki holatda ham ular (tomir va naychalar) tirik organizm uchun kerakli moddalarning butun tana va to`qimalar bo`ylab tarqalishi uchun xizmat qiladi.
Vazifadoshlik asosida ma’noning ko`chirilishi o`q (nayzaning o`qi) - o`q (miltiqning o`qi)- o`q (zambarakning o`qi) kabi nomlanishlarda ham bor;
I z o h: Ba’zan ma’noning ko`chirilishida metafora va funksiyadoshlik (vazifadoshlik) omillari birga qatnashadi: tish («odamning tishi») – tish («arraning tishi») kabi. Bunda odam tishlari va arra tishlari o`rtasidagi shakliy-vazifaviy o`xshashliklar ma’no ko`chirilishiga olib kelgan; qanot («qushning qanoti») leksemasining ko`chma ma’noga ega bo`lishi (samolyotning qanotini ifodalashi) ham shakliy-vazifaviy o`xshashlikka asoslangan;
Ma’noning kengayishi – leksemaning ma’no hajmida tor ma’nodan keng ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, yaylov so`zi dastlab "tog`ning tepasidagi o`tloq"ni ifodalagan: qadimgi turkiy tilda yay (yay) so`zi "yoz"ni, yaylag` so`zi esa "yozlaydigan joy"ni anglatgan. Chorvadorlar yoz payti molni tog`ning tepasidagi o`tloqlarda ("yaylag`"da) boqishgan, qishda esa "yaylag`"dan "qishlag`"ga tushib yashashgan. Hozirgi paytda yaylov so`zi faqat tog`ning tepasidagi "mol boqiladigan o`tloq"ni emas, balki umuman "mol boqiladigan maydon"ni anglatadi, bunday maydon tog`ning tepasida ham, dasht-adirlarda va hatto pasttekisliklarda ham bo`lishi mumkin. Bunday ma’no kengayishi qishloq so`zining semantikasida ham sodir bo`lgan: u dastlab "qish faslida yashaydigan joyni"ni anglatgan, hozir esa umuman "aholi yashaydigan punktning bir turi" ma’nosini ifodalaydi.
Tilshunoslikda atoqli otning turdosh otga o`tishini ma’no kengayishi deb baholash holatlari ham bor. Masalan: Rizamat (atoqli ot) – rizamat (mahalliy, xo`raki va mayizbop uzum navi). Bu nav mashhur sohibkor Rizamat ota Musamuhamedov tomonidan yetishtirilgan va shu sohibkor nomi bilan atalgan (demak, so`zning ma’no hajmi kengaygan).
Ma’noning torayishi – leksemaning ma’no hajmida keng ma’nodan tor ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan: vatan (keng ma’noda: "kishi tug`ilib o`sgan mamlakat, ona-yurt") – vatan (tor ma’noda: "kishi tug`ilib o`sgan shahar yoki qishloq").
Turdosh otning atoqli otga o`tishi ham tilshunoslikda ma’no torayishi deb qaraladi. Masalan: bolta (turdosh ot) – Bolta (atoqli ot), lola (turdosh ot) – Lola (atoqli ot) kabi.

So`zlar shakl va ma’nоsiga ko`ra 3 turga bo`linadi:


Оmоnimlar
Sinоnimlar
Antоnimlar
Leksik omonimiyada ikki xil hodisa mavjud: omonimlar va omoformalar.
1.Omonimlar shakli bir xil, ma’nolari har xil (o`zaro bog`lanmagan) leksemalardir (yuqoridagi misollar). ular omonim omoleksemalar deb ham ataladi.. Bunday omonimlarning ko`pchiligi bir so`z turkumiga mansubdir, shu sababli ularning nutqdagi grammatik shakllari ham bir xil bo`ladi. Qiyos qiling: ot («ism») – otim, oting, oti; otni, otning, otga...kabi,ot («hayvon») – otim, oting, oti; otni, otning, otga... kabi. Yana: bo`sh (sifat) – «ichiga hech narsa solinmagan»: bo`sh chelak kabi; bo`sh (sifat) – «tarang tortilmagan»: arqonni bo`sh tortib bog`lamoq kabi.
Bu tipdagi omonimlar (omonim omoleksemalar) turli so`z turkumlariga mansub bo`lishi ham mumkin. Bunday paytda omonimik munosabatga kirishayotgan so`zlar shakllanish tizimiga ega bo`lmasliklari kerak. Masalan, tabiiy (sifat) va tabiiy (modal so`z): 1) U tabiiy fanlarga ko`proq qiziqadi. (Bu gapda tabiiy - sifat, aniqlovchi); 2) Co`zamol, badavlat qori tog`aning birdan ko`z yumib sukutga botishining sababini, tabiiy, Yo`lchi tushunmadi (Bu gapda tabiiy – modal so`z, kirish so`z).
2.Omoformalar ayrim grammatik shakllaridagina teng keladigan leksemalardir. Ular omoforma omoleksemalar deb ham nomlanadi. Masalan, sur (ot: «qorako`l teri navi») va sur (sifat: «och kulrang») leksemalari ayni shu shaklda lug`atga kiritiladi, biroq ot turkumidagi sur leksemasi turlanganda (surni, surning, surga... kabi) sur (ot) va sur (sifat) o`rtasidagi shakliy tenglik yo`qoladi. Demak, bu ikki leksema o`rtasidagi shakliy tenglik ot turkumidagi sur so`zi bosh kelishik shaklida bo`lgandagina saqlanib, boshqa shakllarida yo`qoladi, shu xususiyati bilan omoforma omoleksemalar omonim omoleksemadan farq qiladi.
O`t (ot:"olov") va o`t (fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi shakli) munosabatida boshqacharoq holat kuzatiladi: o`t fe’l shakli lug`atga o`tmoq shaklida kiritiladi, binobarin, o`t (ot) va o`tmoq (fe’l) o`rtasidagi shakliy tenglik yo`qligi ma’lum bo`ladi, shunga qaramay fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi o`t shakli bilan otning bosh kelishigidagi o`t shakli omoforma omoleksemalar sanaladi. Bu leksemalardagi omoforma munosabati o`ting (sening o`ting) va o`ting (siz o`ting) kabi shakliy tenglikda ham yuzaga keladi, ammo o`tni, o`ting (otning kelishik shakllari) va o`tgin, o`tsin (fe’lning buyruq mayli shakllari) kabi holatlarda omoforma paydo bo`lmaydi. Demak, omoforma bo`lish turli so`z turkumlariga mansub leksemalarning ayrim grammatik shakllarigagina xos.
Omoformalarda negizga qo`shilayotgan affikslar ham shaklan teng bo`ladi, shunga ko`ra bunday qo`shimchalar omoaffikslar sanaladi. Qiyos qiling: o`ting («-ing»-otning egalik kategoriyasiga mansub affikC) - o`ting («-ing»-fe’lning buyruq mayliga mansub affikC) kabi.
Omonimlarning yuzaga kelish sabablari har xildir. Xususan:
1.Tilda azaldan mavjud bo`lgan ayrim so`zlarning shakllari tasodifan teng bo`lib qoladi: baqa («qurbaqa») va baqa («suv tegirmonining parrakdan harakat olib, tegirmon toshini aylantiruvchi metall qismi»).
2.Bir ma’noli so`z leksik ma’noning ko`chishi oqibatida ko`p ma’noli so`zga aylanadi, keyinroq bosh ma’no va hosila ma’no o`rtasidagi bog`lanish unutilib, bir so`z negizida ikkita boshqa-boshqa leksema paydo bo`ladi: kun («quyosh»)- kun («sutka», «kun chiqqandan yana kun chiqqungacha bo`lgan vaqt») kabi.
3.Boshqa tillardan o`zlashtirilgan ayrim leksemalar o`zbek tilidagi u yoki bu leksemaga shaklan teng bo`lib qoladi: toy (o`zb. «otning ikki yashardan kichik bolasi») – toy (f-t: «katta to`p qilib taxlab yoki bosib bog`langan mol va shu tarzdagi mol o`lchovi»).
4.Boshqa tillardan o`zlashtirilgan leksemalar orasida shaklan teng bo`lgan so`zlarning uchrashi omonimiyaga olib keladi: rasm (arabcha: «surat») – rasm (arabcha: «urf-odat»).
5.Leksemalar yasalishi ham ba’zan omonimlarni keltirib chiqaradi: qo`noq («tariq») - qo`noq (qo`n+oq: «mehmon») kabi.
Omonimiya va polisemiya hodisalari o`rtasida ma’lum o`xshashlik va tafovtlar bor. O`xshashligi: omonimiyada ham, polisemiyada ham ifoda plani (shakli) bir xil bo`ladi, har ikki holatda birdan ortiq ma’no ifodalanadi.
Farqlari: omonimyada shakli bir xil bo`lgan ikki yoki undan ortiq so`z (leksema) nazarda tutiladi; polisemiyada esa bir necha ma’nosi bor bo`lgan bitta leksema haqida gap boradi. Omonim leksemalarning ma’nolari har xil bo`ladi, bu ma’nolar o`rtasida bog`lanish yo`q. Ko`p ma’noli so`zning ma’nolari ham har xildir, ammo ular o`rtasida bog`lanish bor: ular ma’no ko`chishi asosida yuzaga kelgan bo`ladi. Qiyos qiling:
bo`z (1) – «gazlamaning bir turi».
bo`z (2) – «o`simlikning bir turi».
Bular shakli bir xil, ammo ma’nolari har xil bo`lgan ikkita leksema (omoleksemalar) hisoblanadi.
Bel -1) «umurtqa pog`onasining pastki qismi»; 2) «odam gavdasining o`rta qismi»; 3) «biror predmetning o`rta qismi» (tog`ning beli)
Bunda bitta bel leksemasining uchta ma’nosi berilgan, bu ma’nolar o`rtasida bog`lanish mavjud.
Leksik omonimiyaga yondosh hodisalar:
1.Omofonlar – talaffuzi bir xil, yozilishi har xil bo`lgan leksemalar: to`rt (son turkumidagi so`z) – tort (ot turkumidagi so`z: «konditer mahsuloti»), to`n («kiyim») – ton («tovush toni»), bob (talaffuzda: bop) - bop kabi.
2.Omograflar – yozilishi bir xil, talaffuzi har xil bo`lgan leksemalar: soya («quyosh nuri tushmaydigan salqin joy») – soya («dukkakli o`simlikning bir turi va uning doni»), rom (oyna o`rnatilmagan deraza)- rom (spirtli ichimlikning bir turi) kabi.
Tilda urg`usining o`rni bilan farq qiladigan, ammo bir xil yoziladigan leksemalar ham bor: atlas («material») – atlas («geogr. atlas»), fizik («fizik hodisa») – fizik (fizika mutaxassisi) kabi. Bular urg`u belgisisiz yozilganda omograflar sanaladi, urg`u belgisi qo`yilganda (atlas va atlas, fizik va fizik kabi grafik shakllarga kirganda) esa omograf bo`lmaydi. Biroq bunday holatlar tilshunoslikda maxsus nomga ega emas.
Omonimlar va omoformalar til va nutqda o`ziga xos uslubiy vositalar rolini bajaradi: misralarning qofiyalanishini, tuyuq va askiya janrlariga xos so`z o`yinini (tajnisni) ta’minlaydi, shu asosda badiiy asarga husn bag`ishlaydi. Masalan:
Bir parcha o`t bo`lib bunda kun
Paxtasini ishlaydi har kun.
(H.O)
Uyimda kunduzi vaqt erdi choq tush,
Yotib uyqumda ko`rdim bir ajib tush.
Qo`pol do`q qildi bir mansabga mag`rur,
Dedim: o`pkangni bos, bir parda past tush.
(Hab.)
Yaxshilar insonning ko`nglini bezar,
Yomonlar fe’lidan odamlar bezar,

Insonga oy olib bergandan ko`ra,


Kishi ko`nglini to`ldir, bekumush bezar.
(V.Sa’d.)
Tushma qallob to`riga,
O`tqizsa ham to`riga.
Odam qovun emasdir
Qarab bilsang to`riga.
(Z.Sh.)
Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko`ra guruhlanishidir: yelka, kift, o`miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi guruh); nur, shu’la, yog`du, ziyo (uchinchi guruh) va b.lar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi.
Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, leksik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1.Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g`azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari "g`azabi kelmoq" ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil emas, u "achchiqlanmoq"dan "g`azablanmoq"qa, "g`azablanmoq"dan esa "qahrlanmoq"qa qarab kuchayib boradi.
2.Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi ijobiy yoki salbiy bo`yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo`ladi, ayni shu uslubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no – "ovoz chiqarmay miyig`ida kulish" hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no jilmaymoq leksemasida bir oz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa bir oz salbiy bo`yoq bilan qoplangan, bu salbiy bo`yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yana-da ortib boradi. Qiyos qiling: U hamisha kulib, j i l m a y i b turadigan mehribon chehrani ko`rmadi (M.Ism.). Sho`xroq qiz, yigitlar i l j a y i b, bir-biriga ko`z qisib qo`yishadi ("Mushtum"). Fosih afandi bo`lsa... qora duldul ustida kuydirgan kalladay i r j a y i b o`tirar edi (M.Ism.). Fazliddin t i r j a y i b, egri-bugri tishlarining oqini ko`rsatdi (O.) Lekin Murzin hayron qolib: "U emas-ku!" – degan edi, kommendant: "Adashmang, aynan o`zi", - dedi surbetlarcha i sh sh a y i b. (Sh.). Yer yutgurlar, nima qilib i r sh a y i b turibsizlar, huv, ko`zlaring teshilsin! - dedi xotinlardan biri (M.Os.).
3. Nutqiy sinonimlar – nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o`zaro farqlanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko`rinishlarida (adabiy nutqda xam, so`zlashuv nutqida ham) qo`llana olgani holda, picha, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat so`zlashuv nutqiga xoslangandir.
Kontekstual sinonimiya – til birligi sifatida o`zaro sinonim bo`lmagan leksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so`zlarining leksik ma’nolari bir xil emas: chinni «idish-oyoq, izolyatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy»ni, kosa esa «piyoladan kattaroq idish»ni ataydi. Demak, biri «material»ni, ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan «idish»ni anglatadi, shunga ko`ra ular sinonim hisoblanmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi «kosa» ma’nosida ham qo`llanadi, binobarin, shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika... xitoyi ch i n n i d a moy olib keldi (J.Sh.)
Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa muallif leksemasining nutqdagi qo`llnishida ko`p uchraydi. Ma’lumki, muallif leksemasining sememasi tarkibida "yozuvchi", "shoir", "hikoyanavis", "olim", "ixtirochi" kabi qator semalar mujassamlangan. Demak, uning ma’no ko`lami ancha keng. Kontekst ichida esa muallif sememasining shu semalaridan biri aktuallashadi, qolganlari reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy asarlar haqida gap ketganda muallif leksemasi faqat "yozuvchi" ma’nosida qo`llanadi, demak, yozuvchi leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi, kontekstdan tashqarida esa bu ikki so`z sinonim bo`la olmaydi, chunki ularning ma’no ko`lami o`zaro teng emas.
Tilda leksik ma’nolari o`zaro teng bo`lib, farqlovchi semalari bo`lmagan leksemalar ham uchraydi: so`roq va savol, xabar va darak, tema va mavzu, nom va ot kabi. Tilshunoslikda bu tipdagi leksemalar absolut sinonimlar yoki leksik dubletlar deb ikki xil nomlanmoqda.
Quyidagi holatlarda leksemalar o`zaro sinonim bo`la olmaydi:
1. Turli turkum leksemalari: ot bilan sifat, sifat bilan fe’l va b.lar.
2. Bir turkum leksemalarida keng tushuncha nomlari bilan tor tushuncha nomlari. Bunday holat ko`proq atamaologiyaga xosdir. Masalan, botanikada tur va xil atamalarining tushuncha doirasi teng emas: tur atamai urug`dosh bo`lgan bir necha xil va navlarni o`z ichiga olgan takson tushunchasini ifodalaydi, ayni paytda turlar turkumlarga, turkumlar esa oilalarga birlashadi. Shunga ko`ra tur va xil, tur va turkum kabi sinonimik qatorlar bo`lishi mumkin emas.
3. Ijtimoiy mohiyati teng bo`lmagan hodisa-voqeliklarning nomlari: qozi va sudya, mirshab va militsioner kabilar. Bulardan qozi va mirshab leksemalari feodal tuzumdagi voqelikni, sudya va militsioner leksemalari esa hozirgi demokratik tuzumga xos voqelikni nomlaydi.
Sinonimik munosabatda bo`lgan so`zlar o`zbek tili lug`at boyligining turli leksik qatlamlariga mansubdir. Masalan, anglamoq (o`zb.) – tushunmoq (o`zb.); go`zal (umumtil) – suluv (dial.); husn (ar.) – chiroy (f-t.); xat (ar.), - maktub (ar.) – noma (f-t.); kishi (o`zb.) – odam (ar.); ko`k (o`zb.) – osmon (t-f.) – falak (ar.); analiz (r-b.) – tahlil (ar.); tema (r-b.) – mavzu (ar.) kabi.
Sinonimiya va polisemiya o`rtasida ma’lum bog`lanish bor. Xususan, polisemantik leksema har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarga kirishi mumkin: olov yoqmoq va o`t yoqmoq (sinonimlar: olov va o`t), quyosh olovi va quyosh Harorati (sinonimlar: olov va Harorat), olov yigit va g`ayratli yigit (sinonimlar: olov va g`ayratli) kabi.
Leksik antonimiya leksemalarning bir-biriga zid ma’no anglatishi asosida guruhlanishidir: oq va qora, qalin va yupqa kabi.
Antonimiya hodisasi, asosan, bir so`z turkumi leksemalari doirasida yuz beradi.
Sifatlarda: a) hajm belgisiga ko`ra: katta va kichik, baland va past; b) harorat belgisiga ko`ra: issiq va sovuq; d) yosh belgisiga ko`ra: yosh va qari; e) xarakter-xususiyat belgisiga ko`ra: saxiy va xasis, botir va qo`rqoq, aqlli va ahmoq; f) shakl belgisiga ko`ra: to`g`ri va egri; g) maza-ta’m belgisiga ko`ra: achchiq va shirin kabi.
Payt, holat, miqdor ma’noli leksemalar doirasida ham antonimiya hodisasi keng tarqalgan: a) kecha va ertaga, avval va keyin (payt belgisiga ko`ra), b) tez va sekin, arang va bemalol (holat belgisiga ko`ra), v) ko`p va oz, mo`l va kam (miqdor belgisiga ko`ra) va b.lar. Bunday leksemalarning sifat va ravish turkumiga mansubligi keyingi yillarda bir qadar munozarali bo`lib qolmoqda.
Otlarda: a) belgi otlarida: boylik va kambag`allik, botirlik va qo`rqoqlik; b) qarama-qarshi tomon nomlarida: sharq va g`arb, janub va shimol; d) fasl nomlarida: yoz va qish, kuz va bahor; e) sutkaning qarama-qarshi tomonlarini ifodalovchi nomlarda: kecha va kunduz, tong va shom kabi.
Fe’llarda: a) qarama-qarshi harakat ma’nolarini ifodalovchi fe’llarda: bormoq va kelmoq, kirmoq va chiqmoq; b) sifat yoki ravishdan yasalgan fe’llarda: kengaymoq va toraymoq, ko`paymoq va ozaymoq, sekinlashmoq va tezlashmoq kabi.
Ba’zan fe’lning sifatdosh shakli sifat turkumidagi leksema bilan antonimik munosabatlarga kirishishi mumkin: o`qigan va bilimsiz, o`qimagan va bilimli kabi.
Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe’llarda bir oz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo`lmaydi (ayrim kontekstual holatlar bundan mustasno).
Kontekstual antonimiya o`zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum kontekst ichida so`zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishidir. Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko`rish mumkin:
Ushoq qand oq tuzga monand erur,
Va lekin biri tuz, biri qand erur
(A..Navoiy)
Aytur so`zni ayt,
Aytmas so`zdan qayt!
(A..Navoiy)
Sichqonlarga nisbatan
Poyloqchiman to`g`riman.
Ko`rsam tekin go`sht ba’zan
Chidolmayman - o`g`riman. (O.Q)

Bu misollarda qo`llangan qand va tuz, ayt va qayt hamda to`g`ri va o`g`ri so`zlari aslida (tilda) antonimlar emas, ammo birinchi misolning ikkinchi misrasida tuz va qand leksemalari muallifning leksik qo`llashi natijasida «achchiq» va «shirin» (demak, «yaxshi» va «yomon») ma’nolarini, ikkinchi misoldagi ayt va qayt leksemalari «ayt» va «aytma» degan zid ma’nolarni, uchinchi misoldagi to`g`ri va o`g`ri leksemalari esa «o`g`ri emas» va «o`g`ri» ma’nolarini ifoda etib, kontekstual antonimiya hosil qilgan (bunda to`g`ri leksemasi otlashgan).


Bunday qo`llanish olmoshlarda va sonlarda ham uchraydi: Bir u deydi, bir bu deydi, deganda u va bu olmoshlarida kontekstual zidlanish bor.
Antonomik juftlik. Leksik antonimiya ikkita leksema orasida yuz beradi, bu ikki so`z antonimik juftlikni hosil qiladi, ammo antonimik juftlik juft so`z degan gap emas. Qiyos qiling: katta va kichik – antonimik juftlik (undagi har bir so`z - mustaqil leksema), katta-kichik – bitta juft so`z, u umumlashgan bitta ma’noga ega. Demak, katta va kichik zid ma’noli ikkita leksema bo`lganligi uchun, ular bir-biriga nisbatan antonimlardir, katta-kichik juft so`zi esa antonimlar ishtirokida yasalgan bitta leksemadir, binobarin, bitta leksemaning yolg`iz o`zi antonim hisoblanmaydi. Shuningdek, bor va borma kabi so`z shakllari ham antonimlar deb qaralmaydi, chunki antonim bo`lish uchun, yuqorida aytib o`tilganidek, albatta ikkita so`z (leksema) mavjud bo`lishi, bu ikki so`z o`zaro zid ma’no ifodalashi shart, bor va borma esa ikkita leksema emas, balki bitta bor leksemasining (fe’lning) bo`lishli (bor) va bo`lishsiz (borma) shakllari, xolos. Demak, bunda ham antonimik juftlik yo`q.
Antonimiya va polisemiya hodisalari o`zaro bog`liqdir: ko`p ma’noli leksema o`zining bosh ma’nosi bilan bitta antonimik juftlikka, hosila ma’nosi bilan esa boshqa antonimik juftlikka kirishi mumkin. Masalan: achchiq qalampir va shirin olma birikmalarida achchiq va shirin leksemalari o`zlarining bosh ma’nolari orqali antonimik munosabatga kirishgan; achchiq gap va shirin gap birikmalarida esa achchiq va shirin leksemalarining hosila (ko`chma) ma’nolari antonimiyaga asos bo`lgan.
Antonimlarni belgilash mezonlari haqida. Tilshunoslikda antonimlarni belgilash mezonlari bo`yicha munozarali qarashlar ham bor. Xususan, ayrim manbalarda opa va singil, aka va ukatog`a va xola kabi so`zlar antonimlar deb baholanadi. Shu soha bo`yicha maxsus ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. B.Isabekov esa ularni antonimlar emas, korrelativ so`zlar deb baholaydi, buni yuqoridagi leksemalarning ma’nolari qarama-qarshi emas, balki bir-biriga juda yaqindir deb asoslaydi.
Fe’lning bo`lishli va bo`lishsiz shakllari (bordi va bormadi, boray va bormay, ko`rgan va ko`rmagan kabi formalari) ayrim adabiyotlarda «antonimlarning alohida bir tipi...» deb qaraladi, biroq tilshunos Sh.Rahmatullayev bu fikrga qo`shilmaydi. Uningcha, «Oddiy inkorning o`zi hali antonim emas. Masalan, ayt va aytma, aytar va aytmas kabilar biri ikkinchisining inkori. Ammo ularni o`zaro antonimlar deb bo`lmaydi. Asli bular ikki leksema emas, balki ayni bir leksemaning ikki (bo`lishli va bo`lishsiz) shakllaridir. Antonimiya esa ikki leksema orasidagi ma’no munosabatidir...» Antonimiyani ayni shunday tushunish ayrim ilmiy manbalarda ham bor. Mazkur darslikda ham antonimiyaga shu pozitsiyadan yondashildi.
Antonimlarning uslubiy vosita sifatidagi tavsifi. Leksik antonimlar muhim uslubiy vositalardir. Ular matnda qarshilantirish (antiteza) vositasi rolini bajaradi, shu orqali hodisa va holatlardagi qarama-qarshiliklarni, ayrim obraz va personajlarning ichki dunyosidagi ziddiyatlarning badiiy talqinini ta’minlaydi.
Tinglar edim betinim
Uzun tunlar yotib jim.
Seza olardim kuchin,
Ko`pi yolg`on, ko`pi chin.
(H.O.)
Ilmli odamga ulug`lik hamdam,
Ilmsiz qozini eshak deb aytma,
Chunki bu eshakka tuhmatdir beshak.
(H.Deh.).
Jahonning shodligi yig`ilsa butun,
Do`stlar diydoridan bo`lolmas ustun.
To`lur g`am-g`ussaga dilning kosasi,
Qadrdon do`stlardan judo bo`lgan kun.
(Rud.)
Antonimlar maqol va matal janrlarida ham muhim uslubiy vosita sanaladi - hayotiy tajriba umumlashmalarini maqol va matallar tiliga xos uslubda ta’sirchan ifodalash imkonini yaratadi:

Yozgi mehnat - qishki rohat.

Mehnatdan do`st ortar, g`iybatdan – dushman.

Do`st achitib gapirar, dushman – kuldirib.

Yaxshi do`st – jon ozig`i,
Yomon do`st – bosh qozig`i.

Donoga ish – shonu shuhrat,


Nodonga ish – g`amu kulfat.

Paronimiya (yun.para – “yonida”+ onyma – “nom”) – ikki yoki undan ortiq leksemalarning talaffuzda o`zaro o`xshash, ohangdosh bo`lishi. Bunday o`xshashlik, odatda, har ikki (yoki uch) leksema tarkibidagi tovushlarning fizik-akustik yaqinligidan kelib chiqadi. Masalan, arqon va arkon. Bu ikki so`z tarkibidagi 5 ta tovushdan 4 tasi ayni bir xil fonemalardir, ammo ulardan birinchisida «q», ikkinchisida esa «k» fonemalari qatnashgan. Bu ikki fonemaning biri («q») chuqur til orqa, ikkinchisi («k») esa sayoz til orqa, ikkalasi ham jarangsiz, portlovchi undoshlardir, demak, ulardagi fizik-akustik va artikulyatsion belgilar bir-biriga juda yaqin, shuning uchun arqon va arkon leksemalari talaffuzida bir-biriga o`xshashlik bor.Taqya («sidirg`a matodan tayyorlangan do`ppi») va takya («odamlar to`planib ulfatchilik qiladigan joy»),sallox (qassob) va saloh («to`g`rilik», «vijdonlilik») so`zlarida ham shunday; bayon va boyon so`zlarida esa «a» va «o» unlilarining quyi keng ekanligi, ur’gusiz bo`g`inda qo`llanganligi bu ikki so`zning talaffuzidagi o`xshashlikka, demak, paronimiyaga sabab bo`lgan. Biroq arpa va arfa so`zlarida bunday o`xshashlik, ohangdoshlik yo`q, chunki ulardagi «p» va «f» undoshlarining «portlash («p»da) va sir’galish («f»da) belgilari talaffuzda sezilarli darajada farqlanadi, buning ustiga bu leksemalarning so`z urg`usi ham har xil joylashgan (arpa va arfa kabi). Demak, so`z tarkibidagi bir tovush bilan farqlanish doimo paronimiyaga olib kelavermaydi. Aks holda tildagi kvaziomonimlarning (minimal juftliklarning) barchasini paronimlar deb baholashga to`g`ri kelardi: boy-poy-toy, bosh-tosh-mosh, til-tish, ish-in-ip kabi. Bunday so`zlar qatori ko`p bo`g`inli so`zlar hisobiga yana-da ortadi: daraxt-karaxt, paxta-taxta, tomon-somon kabi. Bu hol, tabiiyki, paronimiya hodisasini cheksiz qilib qo`yadi.


O‘zbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda qo‘llanmaydi. Ayrim so‘z keng jamoatchilik tilida qo‘llansa, ba’zilari esa ma’lum hududda yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi kishilar nutqida ishlatiladi. Shnga ko‘ra o‘zbek tilidagi so‘zlar ikki guruhga ajratiladi:
1. Iste’mol (ishlatilish) doirasi chegaralanmagan leksika.
2. Iste’mol (ishlatilish) doirasi chegaralangan leksika.
O‘zbek tili lug‘at tarkibining asosiy qismini faol, ya’ni ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika tashkil etadi.
O‘zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo‘llanadigan so‘zlar iste’mol (ishlatilish) doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha o‘zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko‘ra ular umumiste’moldagi so‘zlar deb ham yuritiladi. Umumiste’moldagi so‘zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo‘ladi. Bu so‘zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so‘z turkumlariga oid bo‘ladi. Umumiste’moldagi so‘zlarning ko‘p qismini umumturkiy so‘zlar va o‘zbekcha so‘zlar tashkil etadi.
Boshqa tillardan kirgan so‘zlar ham o‘zbek xalqining barchasiga tushunarli bo‘lsa, ular ishlatilish doirasiga ko‘ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o‘zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag‘ rur, hafa, maqol, hayot, millat, hikoya so‘zlari; tojik tilidan o‘zlashgan go‘sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so‘zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, sirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so‘zlar umumxalq tilida qo‘llanadi.
Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan so‘zlar o‘z qatlamga ham, o‘zlashgan qatlamga ham oid bo‘lishi mumkin.
Tildagi so‘zlarning umumxalq tomonidan ishlatilmaydigan qismi iste’mol (ishlatilish) doirasi chegaralangan leksika deyiladi. Bunday so‘zlarning ishlatilishi ma’lum sabablarga ko‘ra chegaralangan bo‘ladi. Ishlatilish darajasi chegaralangan leksikaga dialektal so‘zlar, atamalar, jargon va argolar kiradi.
Bugun biz mana shu iste’mol doirasi chegaralangan leksikaga doir so‘zlar bilan tanishamiz.
Shevaga xos so‘zlar (dialektizmlar) qo‘llanishi hududiga ko‘ra chegaralangan leksemalardir. Bunday so‘zlar leksik (lug‘aviy) dialektizmlar sanaladi. Ular ikki xil bo‘ladi:
a)dialektizm-so‘z. Bunda so‘zning ifoda plani, demak, nomemasi shevaga xos bo‘ladi: buzog‘ - Toshk.sh., gusala - Bux.sh., o‘djak - Xorazm.sh.(ad.-orf.buzoq;); rayhon - Toshk.sh., nozvoy ~ Sam.sh. {ad,.-orf.rayhon); yostiq - Toshk.sh., taka - o‘g‘iz dial, bolish -Bux.sh.(ad.-orf.yostiq); do‘ppi - Toshk.sh., qalpoq-Sam.sh., kallapo‘sh -Bux.sh. (ad.-orf.do‘ppi) kabi;
b)dialektizm-ma’no. Bunda leksemaning ifoda plani (nomemasi)emas, ma’nosi (sememasi) shevaga xos bo‘ladi, nomema esa adabiy tilda ham qo‘llanadi. Masalan, chopqi (Toshk.sh.)-chopqi (Sam.sh.)-chopqi (ad.tilda). Demak, chopqi nomemasi dialektizm-so‘z sanalmaydi, ammo uning shevalardagi ma’nolari bir xil emas. Qiyos qiling: chopqi (Tosh.shevasida-«shox-shabba qirqish, go‘sht, piyoz qiymalash va sh.k.ishlarda qo‘llanadigan katta va og‘ir, pichoqqa o‘xshash asbob»)- chopqi (Sam.shevasida - «tig‘i sopi ichiga qayirib yopib qo‘yiladigan pichoqcha, qalamtarosh») - chopqi (ad.tilda - «shox-shabba qirqish, go‘sht qiymalashda qo‘llanadigan katta va og‘ir, pichoqqa o‘xshash asbob»). Demak, chopqi leksemasining semantik tarkibida ikkita semema (leksik ma’no) bor: 1) Toshkent shevasi va adabiy tildagi ma’nosi. Bular dialektizm emas; 2) Samarqand shevasidagi ma’nosi. Bu ma’no faqat shevaga xos bo‘lib, adabiy tilga o‘tmagan, shuning uchun u dialektizm-ma’no (dialektizm-semema) sanaladi. Bunday holni lagan leksemasida ham ko‘ramiz. Bu leksema adabiy tilda «quyuq ovqatlar solinadigan, tarelkadan katta yassi idish» ma’nosini anglatadi. Demak, u shu shaklda va shu ma’nosida dialektizm emas, ammo lagan leksemasining shevalarda «katta chuqur idish», «kir yuviladigan tog‘ora» ma’nolari ham bor, lagan so‘zining ayni shu ma’nolari dialektizm-sememalar sanaladi.
Tilning lug‘at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik dialektizm ham uchraydi. (Bu haqda “Frazeologiya” bo‘limida ma’lumot beriladi.) Leksik va frazeologik dialektizmlar birgalikda lug‘aviy dialektizmlar hisoblanadi.
Dialektizm hodisasi tilning fonetik va grammatik sathlarida ham bor:
a) fonetik dialektizmlar dialektga xos nutq tovushlari yoxud so‘zning u yoki bu shevadagi fonetik tarkibi. Masalan, o‘zbek tilining qipchoq lahjasi shevalarida 9 ta unli fonema bor: i-ы,
a-a, u-u, u(0)-u(o) va ye(e). Bunday zidlanishning har bir a’zosi so‘z
ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladi. Qiyos qiling: tish
(«odamning tishi»)-tыsh («tashqari»), ыs («qurum»)-is («hid»), sыz
(«chiz»)-siz («siz»), ot (o‘t:«olov», «o‘simlik») - Ѳt (o‘t: «o‘tishga
buyruq»), or (o‘r: «bedani o‘r») - Ѳr (o‘r: «sochni o‘r»), tur («turishga
buyruq»)-tur («xil», «jins») kabi. Biroq hozirgi o‘zbek adabiy
tilining fonologik tizimida unli fonemalarning bunday
zidlanishi («yo‘g‘onlik» va «ingichkalik» belgilari bilan
farqlanish) yo‘q. Demak, yuqoridagi so‘zlarning har biridagi unli
fonema faqat shevaning o‘zigagina xos, shunga ko‘ra ular fonetik
dialektizmlar sanaladi.
Sirg‘aluvchi y va qorishiq j undoshlari shevalarda ham, adabiy tilda ham bor. Demak, ular dialektizm emas, ammo bu tovushlarning shevada va adabiy tilda qo‘llanishi farqlanadigan o‘rinlar uchraydi. Xususan, so‘zning boshida adabiy tildagi y o‘rnida qipchoq lahjasining «j,»-lovchi shevalarida qorishiq ishlatiladi: yo‘q (ad.-orf.)-joq (shevada), yigit (ad.orf.)-jigit (shevada), yilon («y»-lovchi shevalarda) - jilan («j»-lovchi shevalarda) kabi. Bu hodisa k va g, t va d undoshlarining qo‘llanishida ham yuz beradi: ko‘z (ad.-orf.)-go‘z (g‘oz: Xorazm sh.), kel (ad.-orf.)- gal (Xorazm sh.), til (ad.-orf.)-dil (o‘zb.tilining o‘g‘uz lahjasida) kabi. Bu hodisa leksik-fonetik dialektizm deb baholanadi.
b) grammatik dialektizmlar—biror shevaning o‘zigagina xos
(adabiy tildagidan o‘zgacha) grammatik shakllari. Mas., adabiy
tildagi — «-miz» (shaxs-son affiksi) o‘rnida Toshkent shevasida
«-vuz» affiksi ishlatiladi:, boramiz (ad.orf.)-borovuz (Tosh.sh.)
kabi. Adabiy tildagi «-da» (o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi)
o‘rnida Samarqand shevasida «-ga» qo‘llanadi: Toshkentda o‘qiyapman
(ad.tilda.)- Toshkentga o‘kopman (Sam.sh.) kabi. Hozirgi zamon
davom fe’li shakllari shevalarda «-vot» (Toshk.) — «-op» (Sam.) —
«-utti» (Nam.) affikslari bilan ifodalanadi: borvotti, boropti,
borutti kabi. Keltirilgan misollarning shevalardagi turlari
grammatik dialektizmlar sanaladi.
Leksik(lug‘aviy), fonetik va grammatik dialektizmlardan badiiy asar tilida uslubiy vosita (uslubiy figura) sifatida foydalanish hollari ham uchraydi. Yozuvchi J.Abdullaxonovning «To‘fon» romanidan keltirilgan quyidagi matn parchasiga nazar tashlaylik:
Shu vaqt ko‘cha eshik taraqlab ochildi-yu, ostonada o‘n yoshlardagi maykachan, qop-qora bola paydo bo‘ldi. U nihoyatda hansirar, ko‘p yugurib toliqqanidan nafasini rostlay olmasdi:
-Akamullo, akamullo, sizni yo‘qloshopti, idoraga yo‘kloshopti.
-Nima gap?
-Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan... Bo‘ronda qolgan ekan... Qaytib kelmopti... So‘g‘in Xo‘janazar akoning duxtori bo‘ronga qolip o‘lipti.
Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab qolishdi.
Yuqoridagi nutqiy parcha muallif tili va personajlar tilidan tarkib topgan bo‘lib, unda nutqning dialogik shakli qatnashgan. Personaj tilida o‘zbek-tojik ikki tilliligi ta’sirida bo‘lgan o‘zbek shevalari so‘zlaridan [akamullo, bacha, duxtor, so‘g‘in kabi leksik dialektizmlardan), shu shevalarga xos grammatik shakllardan [yo‘kloshopti, kelmopti) va leksik-fonetik dialektizmlardan (aka so‘zining ako shaklidan) unumli foydalanilgan, natijada obraz nutqining tipik va ta’sirchan bo‘lishiga erishilgan.
Yozuvchi Erkin Samandarovning «Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq» romanidan keltirilgan quyidagi dialogda esa dialektizmlarning uslubiy vosita sifatidagi roli, personajlar nutqini tipiklashtirishdagi ahamiyati yanada yorqinroq, ko‘zga tashlanadi.
Ichkaridan Anvar chiqdi. Nima bo‘layotganini angshara olmay serrayib turdi.
-Voy, anavi olvolini ko‘ring, -dedi Qumrixon o‘rnidan turib.
Olvoling nimasi?
Olvoli de, huv ana.
Chiyani aytasanmi?
Qumrixon bogistoncha chiya so‘ziga tushunmadi.
Olchami?
Ha, olvoli yegum kelutti.
-Ma, Qumri, -dedi Ganja bir hovuch olchani uzib.
Yuqoridagi dialog epizodida mevaning bir turi uch xil nom bilan - olvoli, chiya va olcha leksemalari vositasida atalgan, bu hol ikki (Namangan va Bo‘ston) sheva vakillari o‘rtasidagi nutqiy muloqotning jonli, hayotiy chiqishiga xizmat qilgan.
Kasb-hunar leksikasi. O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, naqqoshlik, kashtachilik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so‘zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o‘zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so‘zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog‘chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog‘och, bandak, bog‘ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so‘zlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola gazcho‘p (asbob) kabi maxsus so‘zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo‘llanadi va ular uchun tushunarlidir.
Yozuvchilar badiiy asarlarda qahramonlarning mehnat faoliyatini ko‘rsatishda kasb-hunarga doir so‘zlardan foydalanadilar.
Atamalar. Fan-texnika, xalq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so‘zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo‘llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda qo‘llanadi va ular bir ma’noli bo‘ladi.
Ba’zi atamalar o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo‘llanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxulq so‘ziga aylanadi. Masalan, o‘qituvchi, kitob, daftar, dars kabi.
Jargon va argolar. O‘tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o‘g‘rilar, firibgarlar o‘z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o‘zlariga tushunarli so‘z va iboralardan foydalanganlar.
Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali so‘z va iboralar jargonlar deyiladi. Masalan, oftobi olam, (podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), malhuz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda). Jargonlar ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladi: olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrukvor, manzirat qilmoq h.k.
Ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so‘zlarga argolar deyiladi. Masalan, o‘g‘rilar, qimorbozlar orasida qo‘llanadigan so‘zlar: loy (pul), xit (militsioner), bedana (to‘pponcha), xitola (o‘g‘irla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.
Temiryo‘l kuzatuvchilari doirasida qo‘llaniladigan argolar: qaychi- “taftishchi”, kolxoz- “chiptasiz yo‘lovchi” kabi.
Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo‘lgan: yakan (pul), joyi (yo‘q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming so‘m), saru nimsar (bir ming besh yuz so‘m), kapara (olti ming so‘m)- savdogarlar argosi.
Lug‘at tarkibidagi so‘zlar kelib chiqishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) o`z qatlam; 2) o`zlashma qatlam.
O`z qatlam - o`zbek tili leksikasining umumturkiy so`zlar va sof o`zbek so`zlaridan iborat qismlari.
1.U m u m t u r k i y s o` z l a r o`zbek tili leksikasining eng qadimgi lug‘aviy biriklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg`iz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan. Qiyos qiling: bosh (o`zb.) – bas (qoz.qoraq.) – bash (qirg`.,turkm.); til (o`zb.,qoz.,qirg`.) – dil (turkm.,ozarb.,gagauz.); tog` (o`zb.) – too (qirg`.) – tav, tau (qoraq,qoz.) – dag` (turkm., ozarb.) kabi.
O`zbek tili leksikasidagi umumturkiy so`zlarning o`ziga xos fonetik va semantik belgilari bor.
Fonetik belgilari: a) so`zlarning ko`pchiligi bir yoki ikki bo`g`inlidir. Bir bo`g`inli so`zlar: qo`l, ko`z, bosh, tosh, bir, uch; ikki bo`’ginli so`zlar: ikki, olti, oltin,yetti, ota, ona va b.lar. Uch bo`g`inli so`zlar juda kam: qo`rg`oshin, qumursqa, yigirma kabi; b) so`z yoki bo`Qin boshida undosh tovushlar qatorlashib kelmaydi; d) so`z oxirida undosh tovushlar yonma-yon qo`llanishi mumkin, ammo bu hodisa juda kam uchraydi: ort, ost, ust, to`rt, qirq kabi; e) ikki bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`ini to`la ochiq (o-na, o-ta), boshi yopiq (ku-mush, bo-la), oxiri yopiq (ol-tin, o`r-dak), to`la yopiq (bay-ram, bay-roq), ikkinchi bo`g`ini esa boshi yopiq (o-ta, o-na) va to`la yopiq (ol-tin, ku-mush, si-gir) strukturali bo`ladi; f) ikkinchi bo`g`in hech qachon unli bilan boshlanmaydi, ammo unli bilan tugash holatlari keng tarqalgan: ik-ki, yet-ti, bo-la, ar-pa, bol-ta kabi; g) so`z tarkibida ikki unli yonma-yon kelmaydi; f,h,j,j(dj),ts undoshlari esa umuman qo`llanmaydi; h) r,l,v,ng, g,(‘g),d,z undoshlari so`z boshida uchramaydi; i) e,o` unlilari so`z oxirida ishlatilmaydi (ayrim undov so`zlar bundan mustasno);j) urg`u ko`pincha so`z oxiriga tushadi.
Semantik belgilari: umumturkiy so`zlarning aksariyati ko`p ma’nolidir: bosh – 1) «odamning boshi», 2) «ko`chaning boshi», 3) «ishning boshi», 4) «bosh agronom»; ko`z – 1) «odamning ko`zi», 2) «uzukning ko`zi», 3) «taxtaning ko`zi», 4) «derazaning ko`zi» kabi.
Bu qatlamda «qon-qarindoshlik», «inson a’zolari», «uy hayvonlari», «yovvoyi hayvonlar», «parrandalar», «mehnat faoliyati», «uy-ro`zg`or buyumlari», «rang-tus», «maza-ta’m», «miqdor», «sanoq», «harakat», «holat», «urf-odat» ma’noli so`zlar ko`pchilikni tashkil etadi.
Morfologik belgilari: a) umumturkiy so`zlar hozirgi o`zbek tilining barcha so`z turkumlarida uchraydi; b) turlanadi va tuslanadi; d) o`zak va affiks morfemalar erkin va standart bo`ladi: ko`zim, ko`zing, ko`zi, ko`zni, ko`zning, boraman, borasan, boramiz kabi; e) so`z tarkibida prefikslar qo`llanmaydi;
2. S o f o` z b e k s o` z l a r i - o`zbek tilining o`zida yasalgan leksemalar. Ular o`z qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor:
a) semantik usul – ma’no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi leksemaning yuzaga kelishi: ko`k («rang») – ko`k («osmon»), yetti («son»)- yetti («ma’raka nomi»), yupqa (sifat) – yupqa (ot: «ovqatning bir turi») kabi;
b) affiksatsiya usuli. Bunda o`zak va affikslar turli til materiallari bo`lishi mumkin, ammo ularning qo`shilishi o`zbek tili tarkibida yuz beradi, o`zbek tilining so`z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so`zlar o`zbek tilining o`z qatlami birligi sanaladi. Masalan: bosh (umumturkiy)+ «-la» (o`zb.)-boshla (o`zb.), temir (umumturkiy)+ «-chilik» (o`zb.)-temirchilik (o`zb.), jang (f-t.)+«-chi» (o`zb.)- jangchi (o`zb.), madaniyat (ar.)+«-li» (o`zb.)-madaniyatli (o`zb.), obuna (r-b.)+«-chi» (o`zb.)-obunachi (o`zb.), axta (mo`g`.)+«-chi» (o`zb.)-axtachi (o`zb.),«be-» (f-t.)+bosh (umumturkiy)-bebosh (o`zb.)+ «-lik» (o`zb.)-beboshlik (o`zb.), bil (f-t.)+ «-im» (o`zb.)-bilim (o`zb.)+ «-don» (f-t.)-bilimdon (o`zb.) kabi.
Sof o`zbek so`zlarining yasovchi asosi arabcha yoki ruscha-baynalmilal bo`lganda, yasalmaning o`zagi yoki asosida ikki unli yonma-yon kelishi, so`z boshida ikki-uch undosh qatorlashishi mumkin: maorifchi, matbaachi, doirachi, saodatli, manfaatli, dramnavislik, drenajlanmoq, plakatbop, planbozlik.
O`zlashgan qatlam - o`zbek tili leksikasining boshqa tillardan o`zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), axta, bahodir (mo`g`.), afandi (turk.), ravshan (sug`d.), traktor, avtobus (r-b.) va b.lar. Bu qismda arab, tojik-fors va rus tillaridan o`zlashtirilgan so`zlar ko`pchilikni tashkil qiladi.
1. A r a b t i l i d a n o` z l a sh t i r i l g a n s o` z l a r. Bunday so`zlarning o`zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so`z o`zlashtirilishiga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o`ynagan: a) arablar istilosi; b) islom dinining keng tarqalishi; d) arab yozuvining qo`llana boshlanganligi; e) madrasalarda arab tilining o`qitilishi; f) turkiy-arab ikki tilliligining (bilingvizmning) tarkib topganligi;g) olimu fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi va b.lar.
Hozirgi o`zbek tili leksikasida arab tilidan o`zlashtirilgan leksemalarning ko`pchiligi ot, sifat va ravish turkumlariga mansubdir: otlar – adabiyot, axborot, avlod, ayol, maktab, maorif, ma’naviyat, hosil, hukumat, odam, haqiqat, intizom, inshoot va b.lar; sifatlar – adabiy, ajnabiy, aziz, azim, ayyor, aqliy, badiiy va b.lar; ravishlar – avval, ba’zan, bil’aks, ta’ziman kabi. Bulardan tashqari, bog`lovchilar (balki, ammo, lekin, va, vaholonki), undovlar (ajabo, barakalla, salom, xayr), modal so`zlar (albatta, ehtimol, avvalo), yuklamalar (faqat, xuddi), ko`makchilar (binoan) ham o`zlashtirilgan.
Arab tilidan so`z o`zlashtirilishi o`tmishda faol bo`lgan, hozir esa bu jarayon deyarli to`xtagan. Ayrim arabcha so`zlar hatto eskirib, tarixiy so`zlar yoki arxaizmlar qatoriga o`tib qolgan: adad (sanoq so`z), ajam (“arablardan boshqa xalqlar”), akbar ("katta", "buyuk","ulkan"), alam (bayroq), bayoz (“she’riy to`plam”), sallox (“qassob”), saloh (“to`g`rilik”, “vijdonlilik”), sanad (“hujjat”) va b.lar.
Arab tilidan o`zlashtirilgan so`zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkiblarida quyidagi xususiyatlar borligi ko`zga tashlanadi: a) so`z tarkibida ikki unlining yonma-yon qo`llanish hollari uchraydi: matbaa, mutolaa, saodat, oila, doir, rais kabi; b) ra’no, da’vo, ta’na, e’lon, me’mor, ta’lim, e’tibor, mo`tabar kabi so`zlarda ayn tovushidan oldingi unli kuchli va bir oz cho`ziq talaffuz etiladi; d) jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, san’at so`zlarida bo`g`inlar ayirib talaffuz qilinadi; e) semantik jihatdan: ko`proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi: avliyo, aza, azon, vahiy, avrat, axloq, axloqiy, xulq, fikr, tafakkur kabi; ilmga, adabiyot va san’atga oid tushuncha nomlari ham keng tarqalgan: amal (matematikada hisob turi), rukn, vazn (adabiyotshunoslik atamalari), riyoziyot (“matematika”), adabiyot, san’at, tabiiyot (fan va soha nomlari) kabi; f) so`zlarning lug`aviy va grammatik shakllari flektiv Harakterda bo`lib, o`zbek tilida morfemalarga ajratilmaydi: ilm, muallim, olim, ulamo; fikr, tafakkur, mutafakkir kabi.
Arab tilidan o`zlashtirilgan so`zlar orasida tarixan yasama bo`lgan adabiy, badiiy, g`olibiyat, voqeiy, voqean, oilaviy kabi leksemalar ham bor. Bunday leksemalar bilan birga o`zlashtirilgan “-iy”, “-viy”, “-an” affikslari o`zbek tilida so`z yasovchi affikslar darajasiga ko`tarilgan, natijada o`zbek tilida so`z yasash imkoniyatlari kengaygan. Hozirgi o`zbek tilida shu affikslar vositasida yasalgan juda ko`p yangi leksemalar mavjud: texnikaviy, fizikaviy, tuban, turkiy kabi. Bulardan tashqari, arabcha leksik o`zlashmalar o`zbekcha yoki tojikcha so`zlar bilan ma’no munosabatiga kirishib, o`zbek tilining sinonimik qatorlarini boyitgan: o`rinbosar (o`zb.)- muovin (a.), guvoh (f-t.)– shohid (a.), aniq (a) – ravshan (so`g`d.) kabi
2. F o r s–t o j i k t i l l a r i d a n o` z l a sh t i r i l g a n s o` z l a r. Bunday so`zlarning o`zbek tiliga o`zlashtirilishida quyidagi omillarning alohida roli bor: a) o`zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir (yoki qo`shni) territoriyada, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi; b) o`zbek-tojik va tojik-o`zbek ikki tilliligining (bilingvizmining) keng tarqalganligi; d) tojik va fors tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi; e) Qo`qon xonligi va Buxoro amirligida tojik tilining alohida mavqega ega bo`lganligi; d) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik va b.lar.
Hozirgi o`zbek tilida tojik-fors tillaridan o`zlashtirilgan so`zlar orasida otlar (sartarosh, avra, avra-astar, bazm, barg, baxt, daraxt, daraxtzor, hunar, hunarmand), sifatlar (badbo`y, badjahl, baland, baravar, barvasta, bardam, barzangi, barra, baxtiyor, bachkana, ozoda, toza), ravishlar (bajonidil, banogoh, do`stona, tez, bazo`r, astoydil, chunon), bog`lovchilar (chunki, yoki, agar, garchi, ham), undovlar (balli, dod), yuklamalar (xo`sh, xuddi), modal so`zlar (chunonchi, binobarin) uchraydi.
Fors-tojik tillaridan o`zlashtirilgan so`zlarda: a) so`z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: g`isht, go`sht, daraxt, karaxt, do`st, past, kaft, farzand kabi. (Umumturkiy so`zlarda bu holat kam uchraydi); b) kuchsiz lablangan “o” unlisi so`zning barcha bo`g`inlarida qo`llanadi: ohang, nobud, bahor, obodon, peshona kabi.
Tojik-fors tillaridan o`zbek tiliga bir qator prefiks va suffikslar ham o`zlashgan: prefikslar – “be-”, “ba-”, “no-”, “ham-”, “bar-“, “kam-”, “xush-“; suffikslar “-kor”, “-zor”, “-xo`r”, ”-parvar”, “-kash”, “-bop”, “-boz”, “-do`z”, “-namo”, “-paz”, “-furush” va b.lar. Ular dastlab tojik-fors so`zlari tarkibida qo`llangan, keyinchalik o`zbek tilining so`z yasovchi affikslari qatoridan o`rin olib, yangi so`zlarning yasalishida ishtirok etgan, shu yo`l bilan o`zbek tili leksikasini yana-da boyitgan. Masalan: badavlat, beayov, bebosh, beboshlik, nosog`, noto`g`ri, hamyotoq, hamkurs, hamyurt, barkamol, kamsuv, kamsuvlik, kamsuqum, kamsuqumlik, xushbichim, xushyoqmas, o`rikzor, olmazor, to`qayzor, bug`doyzor, bug`doykor, nafaqaxo`r, tekinxo`r, adolatparvar, chizmakash, somsapaz, yubkabop, kostumbop, gruppaboz, buyruqboz, maxsido`z, telbanamo, ipakfurush kabi. Bulardan tashqari, tojik tilidan o`zlashgan xona, noma so`zlari o`zbek tilida affiksoid vazifasida qo`llanib, yilnoma, oynoma, ishxona, bosmaxona kabi so`zlarning yasalishida ishtirok etgan.
Tojik tilidan o`zlashtirilgan so`zlarga o`zbek tilining so`z yasovchi qo`shimchalarini qo`shib leksema yasash hollari ham anchagina bor (bu haqda “O`z qatlam” bahsiga qarang).
Tojik tilidan so`z o`zlashtirilishi o`zbek tilining lug`at tizimida yangi sinonimik qatorlarni ham yuzaga keltirgan: qirov(o`zb.) – shabnam(toj.), yaproq(o`zb.) – barg(toj.), oltin(umumturkiy) – tilla(toj.), buloq(o`zb.) – chashma(toj.) kabi. Bunday holni antonimlar tizimida ham ko`ramiz: do`zax(f-t.) –jannat(ar.), yirik(o`zb.)-mayda(f-t.) kabi.
3. R u s ch a-b a y n a l m i l a l s o` z l ar - o`zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan o`zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, sujet, geometriya, fizika, matematika, traktor, kombayn, raketa, avtomat, armiya va b.lar.
Ona tili lug‘at tarkibi zamonaviylik jihatidan tavsiflanganda 3 guruhga ajratiladi: 1) zamonaviy qatlam; 2) eskirgan qatlam; 3) yangi qatlam.
Tilning lug`at tarkibidagi zamonaviy qatlam tilning barcha taraqqiyot bosqichlarida qo`llanilgan, o`zida eskilik hamda yangilik bo`yog`ini ifodalamaydigan so`zlardir. Masalan, ota, ona, bahor, umr, xalq, go`zallik kabi.
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo`lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o`rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi – jamiyatda bo`lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug`at boyligida yangi-yangi so`z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so`z-leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug`at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni, ya`ni eskirgan va yangi paydo bo`lgan so`zlar qatlamini yuzaga keltiradi.
Leksik istorizmlar o`tmish voqeligi bo`lgan narsa-hodisalarning nomlaridir. Masalan: botmon-«O`zbekistonning turli yerlarida turli salmoqqa ega bo`lgan (ikki puddan o`n bir pudgacha) og`irlik o`lchovi»; chaqirim-«1,06 kilometrga teng uzunlik o`lchovi»; cho`ri-«qul xotin», «tutqunlikdagi ayol»; mingboshi-«daha yoki qishloq oqsoqoli, hokimi»; omoch-«ulovga qo`shib yer haydaydigan metall tishli primitiv yog`och asbob» va b.lar.
Istorizmlar, odatda, uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan eskirishning mahsuli bo`ladi, ammo ular, ba’zan, qisqa vaqtda paydo bo`lishlari ham mumkin: yaqin o`tmishda (1991-yilgacha) o`zbek tilining faol so`zlari bo`lgan ayrim leksemalarning (partkom, raykom, gorkom, obkom, kolxoz, sovxoz kabilarning) hozirgi kunda eskirib, istorizmlar qatoriga qo`shilgani buning dalilidir.
Istorizmning muhim belgilaridan biri shuki, uning ifoda plani (nomemasi) va mazmun plani (sememasi) birga eskiradi, binobarin, leksema yaxlit holda hozirgi til birligi bo`lmay qoladi.
Leksik arxaizmlar - hozirgi paytda mavjud bo`lgan voqelikning eskirgan nomi yoki, aksincha, hozirgi tilda mavjud bo`lgan leksemaning eskirgan ma’nosi (sememasi). Demak, eskirish jarayoni leksemaga yaxlit holda yoki uning bir qismiga (ma’nolaridan biriga) aloqador bo`ladi.

O`zbek tili leksikasida so`zlar hissiy-ta’siriy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:


1. Umumiste’moldagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqsiz (betaraf) so`zlar. Bunday so`zlarning semantik tarkibida faqat denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) mavjud bo`ladi: yuz, oriq, ozg`in, jilmaymoq kabi.
2. Hissiy-ta’siriy jihatdan bo`yoqdor so`zlar. Bunday so`zlarning semantik tarkibida denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy bo`yoqlar (ifoda semalari, konnotativ semalar) ham mavjud bo`ladi: turq (denotativ ma’no+uslubiy bo`yoq), dirdov (denotativ ma’no+uslubiy bo`yoq), qiltiriq, ipiltiriq (denotativ ma’no +uslubiy bo`yoq), irshaymoq (denotativ ma’no +uslubiy bo`yoq) kabi.
Emotsional-ekspressiv bo`yoqdor so`zlarning nutqda qo`llanishi. Uslubiy bo`yog`i bor bo`lgan so`zlardan nutqda his-tuyg`ularni, so`zlovchining voqelikka nisbatan salbiy yoki ijobiy munosabatini ifodalash maqsadida foydalaniladi. Masalan: Mamlakat bizlarga ishonsin! Biz shalvirab ishni xurjun qilaylik!.. (Uyg`.). Tursang-chi, muncha shalpayasan! (H.SH.). Bu misollarda bo`shashmoq leksemasi o`rnida shalviramoq va shalpaymoq so`zlari qo`llangan va shu so`zlarning mazmun planidagi uslubiy bo`yoqlar ("kinoya", "mazax", "kesatiq" semalari) hisobiga nutqda ekspressivlik ta’minlangan.
Nutq ko`rinishlariga xoslangan leksik qatlamlar. Nutqning yuqoridagi ikki ko`rinishiga munosabat jihatidan lug`at boyligidagi so`zlar ikki xil qatlamga birlashadi:
I. U m u m n u t q q a t l a m s o` z l a r i. Bunday so`zlar adabiy nutqda ham, so`zlashuv nutqida ham bir xil darajada ishlatiladi. Lug`at boyligidagi so`zlarning ko`pchiligi shu qatlamga mansubdir: zamonaviy qatlam so`zlari, ishlatilishi chegaralanmagan leksikaning aksariyati, shuningdek sinonimik qatordagi dominantalar, uslubiy bo`yog`i bo`lmagan betaraf ma’noli so`zlar umumnutq qatlam birliklari sanaladi.
II. N u t q n i n g m a ‘ l u m k o` r i n i sh i g a x o s l a n g a n s o` z l a r. Bunday so`zlar nutqning faqat bir ko`rinishiga (mas., adabiy nutqqa) xoslangan bo`lib, boshqa ko`rinishida (mas., so`zlashuv nutqida) ishlatilmaydi yoki, aksincha, so`zlashuv nutqida qo`llanib, adabiy nutqda ishlatilmaydi.
1. A d a b i y n u t q n i n g o`zi ham ikki xildir: rasmiy nutq va badiiy nutq.
- rasmiy nutqda fikrning ifodalanishi isbotlarga, faktlar ta’kidlanishiga tayanadi, shuning uchun unda tasviriy vositalar, uslubiy bo`yoqdor so`zlar ishlatilmaydi: to`g`ri ma’nodagi so`zlarning va soha atamalarining qo`llanishi ko`proq adabiy nutqning shu ko`rinishiga xosdir;
- badiiy nutqda ko`chma ma’noli so`zlar, ijobiy baho semalari bo`lgan leksemalar (tabassum, mardonavor, chehra kabilar) faol qatnashadi.
2. S o` z l a sh u v n u t q i d a fikr ifodasi ancha erkin bo`ladi, unda adabiy nutqqa xos bo`lmagan oddiy so`zlar (qittay, ketvorgan...), dialektizmlar (opoqi, opog`oyi, kallapo`sh...), jargonizmlar (loy, yakan, satil....), salbiy emotsiya ifodalovchi so`zlar (bashara, tirjaymoq...), vulgarizmlar (go`rso`xta, to`nka, so`tak, qizig`ar...), laqablar (Bo`tqa, Burun, Qilich...), ba’zan, hatto o`zbek tiliga o`zlashmagan, demak, o`zbek tili birligi darajasiga yetmagan boshqa til so`zlari (alkash, bratan, molodets kabi varvarizmlar) ham keng qo`llanadi.
Frazeologiya tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, u tilning lug`at tarkibidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazeoligik ibora ko`chma ma’noli turg`un konstruksiyadir. Masalan, zo`raymoq (leksema)-avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema)-azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug`aviy birlik sanaladi, ammo o`zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.
Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ko`nglini olmoq (birikmaga teng), ko`zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo`shma gapga teng qurilishli turg`un konstruksiyalar ham uchraydi: "g`or yog`ib, izlar bosildi" kabi.
Frazemalar tarkibidagi so`zlarning bog`lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so`zlarning bog`lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so`zlar tobelanish asosida bog`lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog`lanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo`ladi; frazemadagi bog`lanish esa nutq paytidan ancha avval yuzaga kelib, turg`unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so`zlarni so`zlovchi o`z ixtiyori bilan almashtira oladi: "keng ko`cha" birikmasi o`rnida "tor ko`cha" birikmasini, "men o`qiyman" gapi o`rnida "men ishlayman" gapini qo`llashi mumkin, ammo "yulduzni benarvon urmoq" birikmasi o`rnida "yulduzni narvonsiz urmoq", "yulduzni shotisiz urmoq", "yulduzni beshoti urmoq" birikmalari qo`llanmaydi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg`un birikma frazema bo`lavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti birikmasi turg`un konstruksiyadir, ammo to`g`ri ma’noli turg`un konstruktsiya bo`lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko`chma ma’no ifodalashi shart.
Iboraning shakl munosabati asosida frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya yuzaga keladi:
I.Frazeologik omonimiya frazemalarning ifoda planidagi (shakldagi, tuzilishdagi) tenglik hodisasidir.
Q i yo s q i l i n g: 1. Jon bermoq - «barhayot qilmoq»: ... Odamzodga jon bergan ham, jonini oladigan ham yaratganning o`zi (P.T.)
2. Jon bermoq - «o`lmoq» «so`nggi marta nafas chiqarmoq»: Semiz va hamisha yurak kasalidan qiynalib yurgan xotin arava ustida yulduz to`la osmonga termilib jon berdi. (Sh.R.) Yana: 1. Ustidan chiqmoq - «Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoq»: Qaynanangiz rosa sevar ekan, rais, - dedi Ro`zi polvon hazil aralash, - ovqatning ustidan chiqdingiz (Sh.R.). 2. Ustidan chiqmoq - «Bajarmoq»: Demak, Hakimov telefonda bergan so`zining ustidan chiqibdi (P.Q.).
II.Frazeologik paronimiya - tarkibidagi biror leksik komponent bilangina farq qiluvchi frazemalar. Bunday leksik komponentlar bir-biriga o`xshash bo`lishi kerak: 1. Yetti uxlab tushiga kirmaslik – «mutlaqo o`ylamaslik, kutmaslik» - 2. Yetti uxlab tushida ham ko`rmaslik – «hech qachon ko`rmaslik» kabi. Bu ikki frazemaning tarkibidagi «kirmaslik» va "ko`rmaslik" so`zlari talaffuzida (ma’nosida emas, albatta) o`xshashlik bor, bunday frazemalar tilshunoslikda parafrazemalar deb nomlanadi.
Frazemalarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari. Bunday munosabat asosida frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimiya hodisalari yuzaga keladi.
I.Frazeologik sinonimiya bir necha frazemaning bitta frazeologik ma’no atrofida birlashishidir. Masalan: 1) pixini yorgan – «ayyor», 2) ilonning yog`ini yalagan – «ayyor» kabi. Yana: 1) yer bilan osmoncha – «Juda katta farq», 2) ot bilan tuyacha – «Juda katta farq» kabi.
Leksik sinonimiyada bo`lganidek, frazeologik sinonimiyada ham sinonimik qatorlar yuzaga keladi: birinchi misoldagi pixini yorgan va ilonning yog`ini yalagan frazemalari «ayyor» ma’nosi bilan bitta sinonimik qatorni; ikkinchi misoldagi yer bilan osmoncha va ot bilan tuyacha frazemalari esa «juda katta farq» ma’nosi bilan bir sinonimik qatorni hosil qilmoqda.
Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo`yoq, odatda, bo`rtib turadi. Aslida, frazeologik birliklar (frazemalar) xuddi shu maqsadda – voqelikni nomlashda uni o`tkir baholab berish uchun, shu voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash uchun yaratiladi, shuning uchun ular nutqning ta’sirchan, obrazli bo`lishini ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sanaladi. Misollar: 1. Bunga Botirning achchig`i keldi, buni Bo`ston sezdi (S.N.). 2) Keyingi nasihatomuz gapi qonini qaynatib yubordi. (S. An.).
Frazeologik sinonimiya hodisasi ko`proq har bir tilning o`z frazemalari doirasida uchraydi: Qilidan quyrug`igacha. – Ipidan ignasigacha; Quvonchi olamga sig`maydi. – Sevinchi ichiga sig`maydi kabi. Boshqa tildan frazema o`zlashtirish juda passiv bo`lganligidan, o`zlashma iboralarning frazeologik sinonimiya doirasiga tortilishi juda kam uchraydi.
II.Frazeologik antonimiya ikki frazemaning o`zaro zid ma’no ifodalashidir: oshig`i olchi va ishi o`ngidan kelmaslik; boshi ko`kka yetmoq va fig`oni falakka chiqmoq kabi.
Antonimiya hodisasi ikki frazema o`rtasidagina emas, leksema bilan frazema o`rtasida ham yuzaga kelishi mumkin: xursand (leksema)-dili siyoh (frazema), landavur (leksema)-yulduzni benarvon uradigan (frazema) kabi. Bular lug`aviy antonimlarning leksik-frazeologik turi sanaladi. Demak, lug`aviy birliklar o`zaro zid ma’no anglatishiga ko`ra leksik antonimlar (so`z bilan so`z o`rtasida), frazeologik antonimlar (frazema bilan frazema o`rtasida) va leksik-frazeologik antonimlar (so`z bilan frazema o`rtasida) kabi mikrosistemalarni hosil qilishlari mumkin.
Leksikografiya tilshunoslikning lug`atchilik bilan shug`ullanuvchi sohasidir.
Lug`atlar tildagi so`zlarni, iboralar, maqol-matallar va turli nomlarni ma’lum tartibda o`z ichiga olgan kitoblardir. Bunday lug`atlar o`tmishda qo`l yozma shaklida ham bo`lgan.
Leksikografiyaning vazifa doirasiga quyidagilar kiradi:
a) lug`at tuzish printsiplari va metodikasini ishlab chiqish;
b) lug`at tiplari va turlarini aniqlash;
d) lug`atshunoslarning ishini tashkil qilish;
e) lug`at tuzish uchun asos bo`ladigan kartoteka fondini yaratish;
f) lug`atchilik tarixini o`rganish;
g) lug`at tuzish bilan shug`ullanish.
Lug`atlar ko`zlangan maqsadga ko`ra dastlab ikki tipga bo`linadi: 1.Ensiklopedik (qomusiy) lug`atlar; 2.Lisoniy (lingvistik) lug`atlar.
1.Ensiklopedik lug`atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar, tarixiy voqea-jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar haqida ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug`atlarda asosiy e’tibor tildagi so`zlarga emas, balki shu so`zlar yoki so`z birikmalari vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi.
Ensiklopedik lug`atlar o`z navbatida ikki turga bo`linadi.
U n i v e r s a l e n s i k l o p e d i ya l a r. Bunday lug`atlarda ishlab chiqarishning, fan, adabiyot, tabiat, jamiyat va hokazolarning barchasiga oid muhim tushunchalar, predmetlar, hodisalar va shu sohalarda tanilgan buyuk shaxslar (olimlar, ixtirochilar, yozuvchilar, shoirlar, davlat arboblari, qahramonlar, san’atkorlar) haqida ma’lumot beriladi. "O`zbek... ensiklopediyasi" (14-jildlik, 1971-1980), shu kunlarda yaratilayotgan "O`zbek milliy ensiklopediyasi" (uning bir necha jildi nashrdan chiqdi) bunga misol bo`ladi.
S o h a e n s i k l o p e d i ya l a r i. Bunday ensiklopediya- larda faqat bir sohaga oid materiallar beriladi: "Zoologiya ensiklopediyasi" (3-jildlik. Tesha Zohidov, 1960-1969), Botanikadan ruscha-o`zbekcha ensiklopedik lug`at (Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov, 1973) shular jumlasidandir.
2.Lisoniy lug`atlarda so`z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug`atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to`plash maqsad qilinadi.
Lisoniy lug`atlar ham dastlab ikki turga – umumiy va xususiy (maxsuC) lug`atlarga bo`linadi.
U m u m i y l u g` a t l a r d a umumtil birliklari, ularning ma’nolari va qo`llanish xususiyatlari izohlanadi. Bunday lug`atlar bir tilli, ikki tilli, ko`p tilli, izohli, izohsiz bo`lishi mumkin. "O`zbek tilining izohli lug`ati" (ikki tomli, 1981-y.), "O`zbekcha-ruscha lug`at" (1959), "Ruscha-o`zbekcha lug`at" (besh tomli, 1950-1955) va boshqalar shular jumlasidandir.
X u s u s i y (m a x s u C) l u g` a t l a r d a tilning lug`at boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo`yicha yoki shu tildagi ma’lum mikrosistemalar, guruhlar bo`yicha tanlab izohlanadi. "Ruscha-o`zbekcha fizik atamalar lug`ati" (M.D.Yagudev, R.X.Mallin, 1952), "Ruscha-o`zbekcha matematik atamalar lug`ati" (M.Sobirov, 1952), "O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati" (A.Hojiyev, 1974), "Tilshunoslik atamalarning izohli lug`ati" (A.Hojiyev, 2002), "O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, 1978), "Imlo lug`ati" (Olim Usmon, 1949), "O`zbek tilining imlo lug`ati" (S.Ibrohimov, E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), "O`zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "O`zbek tili omonimlarining izohli lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, 1984), "O`zbek tili antonimlarining izohli lug`ati" (Sh.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.Shukurov, 1980), "Ruscha-o`zbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lug`ati" (Q.Zokirov, M.M.Nabiyev, O`.Pratov, H.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
Keyingi yillarda o`zbek tilida yana bir qator yangi lug`atlar yuzaga keldi: "Yozuv tarixidan qisqacha lug`at-ma’lumotnoma" (N.Mahmudov, 1990), "O`zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "O`zbek tilining etimologik lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, 2000-y.), "O`zbek tilining imlo lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, A. Hojiyev, 1995), "O`zbek tili tasviriy ifodalarining izohli lug`ati" (R.Rasulov, I.Umirov, 1997), Hozirgi o`zbek tili faol so`zlarining izohli lug`ati (A.Hojiyev, A.Nurmonov, S.Zaynobiddinov, K.Kokren, M.Saidxonov, A.Sobirov, D.Quronov, 2001), "Turkcha-o`zbekcha, o`zbekcha-turkcha lug`at" (Nizomiddin Mahmud, Ertug`ul Yaman, 1993) shular jumlasidandir.
Tanlangan tillar miqdoriga ko`ra lug`atlar bir tilli, ikki tilli va ko`p tilli bo`ladi: "Adabiyotshunoslik atamalari lug`ati" (H.Homidiy, Sh.Abdullayeva, S.Ibrohimova, 1967) bir tilli; "Ruscha-o`zbekcha va o`zbekcha-ruscha geografiya atamalari lug`ati" (H.H.Hasanov, 1964), "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o`zbekcha terminologik lug`at" (N.T.Hotamov, 1969), "Ruscha-o`zbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lug`ati" (Q.Z.Zokirov, M.N.Nabiyev, O`.Pratov, H.A.Jamolxonov, 1963), "Ruscha-o`zbekcha lug`at" (V.V.Reshetovning umumiy rahbarligida, 1972) kabilar ikki tilli; "Lotincha-o`zbekcha-ruscha normal anatomiya lug`ati" (A.A.Asqarov, H.Z.Zohidov, 1964). "Botanikadan ruscha-o`zbekcha entsikopedik lug`at"ga (Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov) ilova qilingan "Botanik nom va atamalarning o`zbekcha-ruscha-lotincha so`zligi" (201-254-betlar) hamda "Botanik nom va atamalarning lotincha-ruscha-o`zbekcha so`zligi" (255-294-betlar), "Zoologiya ensiklopediyasi"ga (T.Z.Zohidov) ilova qilingan "Sut emizuvchilarning o`zbekcha-lotincha-ruscha nomlari" (1960, 210-228-betlar) hamda "Suvda va quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning o`zbekcha-lotincha-ruscha nomlari" (1969, 195-226-betlar) esa ko`p tilli lug`atlardir.
Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlardan asosan tarjimachilikda foydalaniladi. Shu sababli ular tarjima lug`atlari deb ham yuritiladi.
So`z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko`ra lug`atlar izohli va izohsiz turlarga bo`linadi: so`z yoki atamalarning imlosini, tushunchalarning ruscha-o`zbekcha yoki o`zbekcha-ruscha nomlarini berish bilan cheklangan lug`atlar izohsiz lug`atlar deb, shunday so`z yoki atamalarning ma’nolariga izoh beradigan lug`atlar izohli lug`atlar deb ataladi. Chunonchi: "O`zbek tilining qisqacha imlo lug`ati" (F.Kamolov va Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), "O`zbek tilining chappa lug`ati" (R.Qo`ng`irov, A.Tixonov, 1968) kabilar izohsiz lug`atlar, "O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati" (Azim Hojiev, 1974), "O`zbekcha-ruscha lug`at" (Bosh muharrir-prof.A.K.Borovkov, 1959), "O`zbek tilining izohli lug`ati", ikki tomli (1981-y.) kabilar izohli lug`atlardir.
Obyekti va predmetiga ko`ra ham lug`atlar xilma-xil bo`ladi. Chunonchi:
a) terminologik lug`atlar: "Ruscha-o`zbekcha fizik atamalar lug`ati" (M.D.Yagudaev, R.X.Mallin, 1952). "Ruscha-o`zbekcha matematik atamalar lug`ati" (M.Sobirov, 1952), "Pedagogikadan qisqacha ruscha-o`zbekcha terminologiya lug`ati" (Sh.Boyburova, N.Takanaev, 1963), "Qisqacha ruscha-o`zbekcha iqtisodiy atamalar lug`ati" (O.Aminov, J.Do`stmuhamedov, A.Usmonov, 1971), "Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik atamalari" (I.Ismoilov, 1966) va h.k;
b)frazeologik lug`atlar: "O`zbek tilining qisqacha frazeologik lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, 1964); "O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, 1978); "Ruscha-o`zbekcha frazeologik lug`at" (M.Sodiqova, 1972); "Frazеоlоgichеskiy slоvar "Хazоin-ul Maoniy" Alishеra Navai" (E.A.Umarov, 1971)
d)orfografik lug`atlar: "O`zbek adabiy tilining orfografik lug`ati" (S.Ibrohimov, M.Rahmonov, 1940), "Imlo lug`ati" (Olim Usmon, 1941, 1949); "O`zbek adabiy tilining imlo lug`ati" (S.Ibrohimov, M.Rahmonov, 1956), "O`zbek tilining qisqacha imlo lug`ati" (F.Kamolov, Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), "Imlo lug`ati" (Y.Abdullayev, M.Omilxonova, S.Zufarova, 1970-1976), "O`zbek tilining imlo lug`ati" (S.I.Ibrohimov, E.A.Begmatov, A.A.Ahmedov. (1976); "O`zbek tilining imlo lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, 1995);
e)orfoepik lug`atlar: "Talaffuz madaniyati" (O`.Usmonova, 1976). Ushbu risolaning 29-58-betlarida ayrim so`zlar talaffuzi (lug`ati) berilgan:
f)antroponimik lug`atlar: "O`zbek ismlari imlosi" (E.A.Begmatov, 1972); "O`zbek ismlari" (E.A.Begmatov, 1991);
g)toponimik lug`atlar: "Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi?" (S.Qorayev, 1970);
h)sinonimlar lug`ati: "O`zbek tili sinonimlarining qisqacha lug`ati" (A.Hojiyev, 1963), "O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati" (A.Hojiyev, 1974);
i)chastota lug`ati: "Slоvar naibоlее upоtrеbitеlnых slоv sоvrеmеnnоgо uzbеkskоgо litеraturnоgо yazыka" (I.A.Kissen, 1972). Bu tipdagi lug`atlarda o`zbek tilidagi so`zlarning faollik darajasi ko`rsatiladi;
j)dialektologik lug`atlar: "Xorazm shevalari", 1-kitob, (F.Abdullayev, 1961-yil), "O`zbek shevalari leksikasi" (kollektiv, 1966). Bu kitoblarda dialektologik tadqiqotlar natijasi bilan birga, sheva so`zlarining lug`atlari ham berilgan;
k)tarixiy lug`atlar: "O`zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug`at" (P.Shamsiyev, S.Ibrohimov, 1953), "Navoiy asarlari lug`ati" (P.Shamsiyev, S.Ibrohimov, 1972), "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati", 4 tomlik. O`zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (hozir-akademik) E.I.Fozilov tahriri ostida. –Toshkent,1983 (I-II tomlar), 1984 (III tom), 1985 (IVtom); "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari uchun qisqacha lug`at" (X.Nazarova, 1972), "Drеvnеtyurkskiy slоvar" (kollektiv, 1969);
l)internatsional so`zlar lug`ati "Internatsional so`zlar lug`ati" (O.Usmon, 1959). "Ruscha-internatsional so`zlar izohli lug`ati" (Olim Usmon, Renat Doniyorov, 1965);
m)teskari lug`at: "O`zbek tilining chappa lug`ati" (R.Qo`ng`irov, A.Tixonov, 1968). Bu tipdagi lug`atlarda so`zlar tartibi so`z boshidagi birinchi harf asosida emas, balki so`z oxiridagi harflarning alfavitdagi tartibi asosida joylashtiriladi. "Chappa lug`at" bir xil tovush yoki bir xil bo`g`in bilan tugagan qofiyadosh so`zlarni topishda juda qulay praktik qo`llanma hisoblanadi;
n)etimologik lug`atlar: "Etimоlоgichеskiy slоvar tyurkskiх yazыkоv" (E.V.Sevortyan, 1974). Bu tipdagi lug`atlarda so`zlarning kelib chiqishi ilmiy asosda yoritiladi; "O`zbek tilining qisqa etimologik lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, M.Mirtojiyev, M.Qodirov, 1997); "O`zbek tilining etimologik lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, 2000);
o)maqol va matallar lug`ati: "O`zbek xalq maqollari" (To`plovchi va tuzuvchilar: Mansur Afzalov, Saidahmad Xudoyberganov, Malik Rahmonov, Sobirjon Ibrohimov, Husayn Shams va Rustam Komilovlar, 1958, 1965); "Keng uyning kelinchagi" (Sh.Shomaqsudov, S.Dolimov, 1961).

TЕKSHIRISH SAVОLLARI VA TОPSHIRIQLAR:



Sо’zning semantik tarkibiga nimalar kiradi?
Leksik ma’nо nima?
Tushuncha nima?
Leksik ma’nоning qanday turlarini bilasiz?
Ma’no ko`chishi deb nimaga aytiladi?
Ma’no ko`chishining qanday turlari bor?
Metafora nima?
Metonimiya deb nimaga aytiladi?
Sinekdoxa nima?
Ma’no torayishi nima?
Ma’no kengayishi deb nimaga aytiladi?
Оmоnimlar dеb nimaga aytildadi?
Оmоnimlarning qanday ko`rinishlari bоr?
Оmоnimlarga yondоsh hоdisalar.
Оmоnimlaring paydо bo`lish yo`llari qanday?
Sinonimiya nima?
Sinonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?
Sinonimik qator va dominanta haqida ma’lumot bering.
Leksik sinonimlarning qanday turlari bor?
Ma’no sinonimlari, uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar qanday farqlanadi?
Sinonimiya va polisemiya o`rtasida qanday bog`lanish bor?
Sinonimiya hodisasi tilning qaysi sathlarida uchraydi?
Antonimiya nima? Antonimik juftlik-chi?
Antonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?
.Kontekstual antonimiya haqida ma’lumot bering.
Paronimlar va omonimlar qanday farqlanadi?
Paronimlar va omofonlar qanday farqlanadi?
Paronimlar va so`z variantlari qanday farqlanadi?
Paronimiya hodisasining nutqqa ta’siri bormi?
O`zbеk tili lug`at bоyligi qanday shakllangan?
O`zbеk tili lug`at tarkibi qanday guruhlardan tuzilgan?
Ishlatilish dоirasiga ko`ra so`zlar qanday guruhlanadi?
Qanday so`zlarning ishlatilish dоirasi chеgaralanmaydi?
Umumхalq lеksikasi nima?
Dialеktizmlar nima? Uning qanday turlari bоr?
Dialеktizm-so`z va dialеktizm-ma’nо qanday farqlanadi?
Fоnеtik dialеktizm va lеksik-fоnеtik dialеktizmning farqlarini tushuntiring.
Grammatik dialеktizm haqida ma’lumоt bеring.
Dialеktizmlardan uslubiy vоsita sifatida fоydalaniladimi?
O`zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti jarayonida so`z va leksemalarning qanday qatlamlari yuzaga kelgan?
O`z qatlam qanday so`zlardan tarkib topgan?
Qanday so`zlar umumturkiy leksemalar sanaladi? Buning sababi?
Umumturkiy leksemalarning fonetik, semantik va grammatik belgi-xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
Qanday so`zlar sof o`zbek tili lug`aviy birliklari hisoblanadi?
O`zlashgan qatlam qanday so`zlardan tarkib topgan?
Arab tilidan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma’lumot bering.
Arabcha o`zlashmalarning fonetik, semantik va morfemik belgi-xususiyatlarini tushuntiring.
Fors-tojik tillaridan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma’lumot bering.
Fors-tojik tillaridan o`zlashtirilgan so`zlarning fonetik va morfemik tarkibi haqida ma’lumot bering.
Fors-tojik tillaridan o`zlashtirilgan so`z yasovchi prefiks va suffikslarning o`zbek tilidagi so`z yasalishida tutgan o`rni haqida gapiring.
Rus tilidan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida gapiring.
Ruscha-baynalmilal so`zlarning semantik xususiyatlari hamda fonetik va morfemik tarkibi haqida ma’lumot bering.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`zbek tiliga rus tilidan o`zlashgan leksikada qanday o`zgarishlar yuz berdi? Buning sabablari?

54.Tilning lug`at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlari qanday omillar ta’sirida yuz beradi?


55.Eskirish jarayonining natijalari nimalarda namoyon bo`ladi?
56.Leksik istorizmlar nima?
57.Leksik arxaizmlar nima? Uning qanday turlari bor?
58.Leksik istorizm va leksik arxaizmlar qanday farqlanadi?
59.Leksik neologizm nima? Uning qanday turlari bor?
60.Individual nutq neologizmi va umumtil neologizmi haqida ma’lumot bering.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar:
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.

Download 103.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling