Fan: Zamonaviy iqtisodiyot


Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari


Download 0.89 Mb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1502978
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zamonaviy iqtisod

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari.
Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari haqidagi masalaning qo’yilishi tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot nazariyasi xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi, moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi. Shu bilan bir vaqtda, xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bo’lgan xo’jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning eng katta foydalari etarli darajada yuqori (aynan shu erlarda kuchli kompaniyalarining shtab-kvartiralari – jahon bozorlaridagi o’yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan o’sishi ko’rinishidagi risklar davlatning ijtimoiy siyosati bilan bo’lib-bo’lib kompensatsiya qilinadi.
Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning bozorlaridan xorijiy moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi o’n yillikning jahon tajribasi (1994-1995 yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro (Osiyo) inqirozi, Rossiya, Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan inqirozli o’zgarishlar) global moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg’arma bozorlarini qulatib, bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini so’ndiribgina qolmay, shuningdek, mazkur mamlakatlar xo’jaligining real tarmog’ida juda salbiy tarzda aks etadi.
Globallashtirish jarayonlari ko’p hollarda ilg’or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog’liq bo’ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, o’zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va o’qitilgan mutaxassislarning yo’qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini – uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi etakchilikning o’ziga xos kurashidan qochib qutilib bo’lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga ko’ra, “shuni to’la ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda etakchi o’rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan yoki pereferiy mamlakatlarga bo’linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integrlashib borayotganligiga qaramasdan o’zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti esa xuddi avvalgidek, notekis rivojlanmoqda”[4].
Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g’arbiy Yevropa (yoki yanada tor yondashuv bo’yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o’rtasidagi raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar – mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.
Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001 yillardagi xalqaro rivojlanish haqidagi ma'ruza ma'lumotlariga ko’ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining o’rtacha daromadlari 20 ta kambag’al mamlakatlarning o’rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag’al mamlakatlari o’rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1 tashkil qildi. Fin eksperti K. Kilyunen fikriga ham qo’shilish mumkin, uning fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog’lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag’alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIM ini oshiradi”[5]. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar o’rtasida ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bo’yicha). AQSh jahon xo’jaligida o’z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, o’z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan foydalanishga harakat qiladi.
Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o’z hududida ta'sis qilingan (1960-1970 yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. To’rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo’lgan Shimoliy va janubiy Amerika mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko’rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch okeanining Singapur, Gongkon, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.
Iqtisodiyotda globallashuv tushunchasi erkin savdo, erkin kapital oqimi, ishlab chiqarish korxonlari daromad solig‘inng pasaytirilishi, mehnat va tabiiy resurslar xarajatini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarining davlatlararo erkin ko‘chishi kabi asosiy xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olsada, quyidagi xususiyatlarni ham qamrab olgan:
Ø Rivojlangan davlatlardagi kabi rivojlanayotgan davlatlarda uzluksiz ish haqi, narx va ishlab chiqarish daromadlarining bir biriga tenglashishi[7];
Ø Ishchi kuchini kamaytirish va radikal restruktizatsiya qilish maqsadida mamlakat ichida va transmilliy doirada kompaniyalar sonining ortishi;
Ø Internet tarmog‘i orqali moliyaviy axborotlarning butun jahon bo‘yicha tez tarqalishi va ishlab chiqarish korxonalarining ochiqligi;
Ø Moliyaviy birjalarning ahamiyati ortishi;
Ø Tovarlar reklamasining ko‘payishi;
Ø Mahsulotning milliylik xususiyatlari yo‘qolib borishi;
Ø Transmilliy kompaniyalarning soni va ahamiyati ortishi.
Iqtisodiyotning globallashuvida pirovard maqsad barcha davlatlarda muttasil iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshishini ta’minlashdan iborat. Global rejalarning yuzaga kelish tamoyili sifatida esa globallashuv xalqaro iqtisodiy aloqalar borasida yangi qulaylik va imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda turli-tuman tahdid va ziddiyatlarni ham keltirib chiqarmoqda.
Birinchidan, global bog‘liqik tamoyillari kuchaygan sayin jahon xo‘jalik tizimining rivojlanishidagi nomutanosiblik tobora oshib bormoqda. Rivojlangan mamakatar va rivojlanayotgan davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovut yanada ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar eksporti jahon eksportining qariyb 60%ni tashkil etmoqda. Rivojlanayotgan davlatlar o‘z eksport tovarlarining 70%ni rivojlangan davlatlaga sotadi. Uya mamlakat, ya’ni AQSH, YAponiya va Germaniyada jahon aholisining 9% yashaydi, ular hissaiga esa dunyo daromadining yarmi, xaridorlik quvvatining 30% to‘g‘ri kelmoqda[8]. Jahondagi “katta ettilik” mamlakatlari (AQSH, Kanada, YAponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya) hissasiga yalpi eksport va importning qaryib yarmi to‘g‘ri kelmoqda.
Ikkinchidan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi intensivligi turli-tuman yo‘nalishar, mezonlar bo‘yicha xilma-xil tarzda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, iqtisodiy tizimlarning tavsiflanishida qo‘llaniladigan “milliy bozor modellari”ni olib ko‘raylik. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda Germaniya belgilagan bozor modeli YAponiya, Janubiy Korea yoki Xitoydagi bozor modellaridan tamomila farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti institutlarining barpo etishda umumiy o‘xshashliklar bo‘lsada, ularni shakllantirish yondashuvi va yo‘llari turlicha bo‘lib kemoqda.
Uchinchidan, erkin iqtisodiyotni barpo etishda xo‘jalik yuritishning jahon qoidalarini unifikatsiyalashga urinilmoqda, lekin bunda xalqaro tashkilotlarning harakatlari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda. CHunki, har bir davlat iqtisodiyotini tartibga solish, uni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda o‘ziga xos vosita va uslublarni qo‘llamoqda.
Tashqi iqtisodiy xavfsizlik—shartnomalar va institutsional tuzilishni amalga oshirish borasidagi barcha xalqaro shartlar majmuasi bo‘lib, unda xar bir jahon hamjamiyatidagi a’zo davlatning erkin saylash va o‘zining ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi, tashqi bosimga uchramasligi, boshqalarni ishiga aralashmasligi, o‘zaromanfaatli va o‘zaromuvofiqlik asosida jahondagi boshqa davlatlar bilan hamkorligi.
Globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilar taqoza etiladi:
Birinchidan, jahon xo‘jalik aloqalarida ishtirok etib, milliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy, siyosiy noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga erishish. Alohida ta’kidlash joizki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar ta’siririni butunlay yo‘q qilish, unga barham berish mumkin emas.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
1)Eksport tarkibidagi xom ashyo tovarlarining ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo‘qotilishi;
2)mamlakatning ko‘p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari iportiga qaramligi;
3)eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, bojxona chegaralarining ochiqligi;
4)raqobatga bardoshli eksportni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy va axborot infratuzilmalarning rivojlanganligi va import tarkibining ratsional emasligi;
6)eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivoj topmaganligi;
7) Ilmiy salohiyat oqimi;
8)Kapital oqimi;
9)Tashqi qarzlarning o‘sishi;
10)Tijorat va iste’mol mollari bo‘yicha import qaramlikning ortishi;
11)Iqtisodiyotning haddan tashqari ochiqligi;
12)Milliy tovarlarni ichki va tashqi bozorlardan siqib chiqarish maqsadida chet el kapitallarini jalb qilish.
Eksport tovarlariga narxlarning keskin pasayib ketishi yoki aksincha, import tovarlariga narxlarning keskin ko‘tarilib ketishi tashqi bozorga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
Bundan tashqari, bozorlarda savdo qilish yoki mahsulot etkazib beruvchi mamlakat yoki mamlakatlar guruhi tomonidan embargo kiritilishi ham iqtisodiyotning rivojiga xavf tug‘diradi. SHuningdek, bir mamlakatdan yoki mamlakatlar guruhidan ayrim turdagi mahsulotlarni keltirishda yuqori darajadagi qaramlikka, bog‘liqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. CHunki bu iqtisodiy qaramlikdan siyosiy jihatdan ta’sir ko‘rsatishdan foydalanishlari mumkin.
Milliy iqtisodiyot uchun uning eksporti tarkibida ikki-uch xil tovarning ustuvor o‘rinni egallashi, xatto eksport hajmining yarimidan ko‘pini tashkil etishi o‘ta xavfli holatlarni tug‘dirishi mumkin. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlaktlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, eksportning bunday tarkibi bunday tarkibi jahon bozori kon’yukturasi yomonlashgan sharoitda, ularga bo‘lgan talabning kamayishi oqibatida iqtisodiyot halokatiga olib kelishi mumkin.
Mamlakat eksport qilayotgan xom ashyo resurslarining jahon bozridagi narxlarning tushib ketishi oqibatida uning tashqi savdo aylanmasi pasayib ketadi. Natijada, valyuta tushumi kamayadi va bu hol mamlakat uchun zarur investitsiya loyihalarining bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hatto milliy valyuta qadrning tushib ketishiga ham olib kelishi mumkin. SHuningdek, xom ashyo ishlab chiqaruvchi milliy korxonalarning iqtisodiy-moliyaviy ahvoli yomonlashadi. Ularning ba’zilari xonavayron bo‘ladi, ko‘pchiligi esa ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga majbur bo‘ladi. Oqibatda, ish bilan band xodimlar soni qisqarib, ishsizlar soni oshadi. Davlat byudjetidan aholini ijtimoiy himoyalashga ajratilgan mablag‘ ko‘payib, ijtimoiy muammolar ham birmuncha keskinlashadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlari sekinlashadi yoki turg‘unlikka, tanglikka yuz tutadi.
Ochiq iqtisodiyotga o‘tish o‘ta darajadagi proteksionizmdan voz kechishni taqazo etadi. Ammo mamlakatni jahon xo‘jaligiga kirib borishi nuqtai nazaridan istiqbolli bo‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarisharni himoya qilish, ya’ni selektiv proteksionizm zarurdir. Bu davrda iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan vatanimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bozorlarini, import xom ashyo va sanoat mahsulotlari manbalarini diversifikatsiyalash, ko‘plab mamlaktlar bilan yomonlashgan munosabatlar o‘rniga boshqa mamlakatlar bilan bo‘ladigan iliq munosabatlar rivojlantiriladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling