Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
Download 64.86 Kb. Pdf ko'rish
|
rO8BozwZy9Je6flWvzMxbWlf4mObTLX7dvU7q7ia
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha “ MUSIQA MADANIYATI FANI MASHG‘ULOTLARIDA O‘QUVCHI IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH ” o‘quv kursining “Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini to‘g‘ri tashkil etish” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Sam.VXTXQTMOM katta o‘qituvchisi Z.T.Nazarova Toshkent 2022 1-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini to‘g‘ri tashkil etish Reja: 1. 1-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni 2. 2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni 3. 3-4 sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni 1. Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari Birinchi sinf o‘quvchilariga xos xususiyatlar quyidagilar: Ovoz to‘liq shakllanmaganlik, organizmining nozikligi; bir xil holatda turish, bir xil faoliyat bajarish jarayonida, o‘qituvchining ohangsiz nutqi, darslarning bir qolipda o‘tilishidan tez charchab qolishlari; diqqatlarining tarqoqligi; aqliy faoliyat jarayonida yo‘naltirilganlik, tizimlilik malakalarining yetishmasligi; yorqin xotira erkin diqqatlarining kulami torligi (shuning uchun dars jarayonida tez-tez faoliyatlarni o‘zgartirib turish kerak); Aniq va yorqin obrazli tasavvurga ega bo‘lishlari; o‘yinga moyillik: eng murakkab materiallar ham o‘yin orqali yengil o‘zlashtiriladi. O‘yin o‘quvchilarning tasavvurlari, diqqati, xotirasi hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishini faollashtiradi. Kuzatishlarimizga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilarining bilimdarajalari bir tekis bo‘lmaydi. Ayrim bolalar bemalol musiqani boshidan oxirigacha tinglay oladi, qo‘shiqlarni sof intonatsiyada kuylaydi, ayrim bolalar esa aksincha tignlash va to‘g‘ri kuylash haqida tasavvurga ham ega bo‘lmaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgunlariga qadar, musiqa to‘garaklariga qatnashgan va maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya olgan bo‘ladilar. Ayrim bolalar musiqiy muhitda tarbiyalangan bo‘lsalar, ba’zilari umuman musiqadan bexabar bo‘ladilar. SHu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, birinchi sinf o‘quvchilari har xil xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Shunga qaramay, biz ularning ayrim umumiy qiyofalarini sanab o‘tamiz: 1. Musiqani idrok etish borasida ular qo‘shiq, marsh va raqs janrlarini idrok eta oladilar. Birinchi sinf o‘quvchilari tinglaydigankuy va qo‘shiqlar hajmi jihatidan kichik va yorqin bo‘lmog‘i hamda tinglashdan avval o‘qituvchi uning ifodaviyligi, musiqiy obrazlari, ma’no va mazmuni haqida tushunchalar berishi kerak. 2. Kuylash borasida, birinchi sinf o‘quvchilari avvalgi ( maktabgacha bo‘lgan davrga) musiqiy tayyorgarliklariga bog‘liq. Tayyorgarligi bo‘lmagan bolalarning ovoz diapazoni 2-3 tovushdan, tayyorgarligi bor bolalarda bir oktavagacha ovoz diapazoni rivojlangan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi kuylash jarayonida bolalarning ovoz apparati to‘liq shakllanmagan, nozik, ovoz paychalari ingichka bo‘ladi. SHuning uchun kuylashda baqirmasdan yumshok ovozda kuylash kerak. Bu davrda bolalalarning (7 yoshli) ovoz diapazoni re-lya birinchi oktavagacha bo‘lgan tovushlarni qamrab boradi. Lekin dars jarayonida bu diapazon ayrim hollarda birinchi oktavaning si va ikkinchi oktavaning do va re tovushlarigacha ko‘tarilishi mumkin. Biroq o‘quvchilar birinchi oktava do tovushi va undan quyiroq tovushlarni kuylay olmaydilar. CHunki ularning ovozlari tabiatdan jarangdor va yorqindir. 3. Ijodiy yondashish borasida birinchi sinf o‘quvchilarining imkoniyatlari kengdir. Ular bemalol har xil ijodiy topshiriqlarni bajara oladilar. Ular biror so‘zga melodik va ritmik badihalar qilishlari mumkin. Ular musiqiy cholg‘u asboblarida yoki sahnaviy ko‘rinishlarda, tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni harakatlar va pantomimalar bilan ko‘rsatib bera oladilar. Download 64.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling