Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari


Download 160.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi160.89 Kb.
#1465876
1   2   3   4
Bog'liq
tluEi3Qt7PybHOpHTvmLW47Qn67iTPYjsd0g1XwR

Test topshirig‘i – bu testning tarkibiga kirgan har qandaytopshiriq 
turi.Muqobil javobli test topshirig‘i – savol va unga berilganbir nechta muqobil 
javoblardan iborat bo‘lgan topshiriq turi.Test topshiruvchidan mana shu muqobillar 
orasidan to‘g‘risinitopish talab qilinadi. 
MUQOBIL JAVOBLI TEST TOPSHIRIGʻININGTARKIBI VA TURLARI 
Standart muqobil javobli test topshirig‘i ikki asosiy qismdaniborat bo‘ladi: 
muammo (o‘zak) va taklif etilgan javoblar (muqobiljavoblar). Muqobil javobli test 
topshirig‘i o‘zagi savol yokitugallanmagan gap shaklida bo‘lishi mumkin. Muqobil 
javoblar esabitta to‘g‘ri javob va bir necha noto‘g‘ri, ya’ni chalg‘ituvchi 
javoblardantashkil topadi.
Masalan:Zamburug‘larni qaysi fan o‘rganadi?
A) Algologiya
B) Genetika
C) Mikologiya
D) Sistematika
Zamburug‘larni qaysi fan o‘rganadi?o‘zak 
chalg‘ituvchi -- A) Algologiya
muqobil chalg‘ituvchi -- B) Genetika
to‘g‘ri javob -- C) Mikologiya
muqobilchalg‘ituvchi -- D) Sistematika
Chalg‘ituvchi javoblarning maqsadi test o‘tkazilayotgan fan bo‘yichayetarli 
bilimga ega bo‘lmagan abituriyentlar uchun o‘ziga xos “qopqon”vazifasini 
o‘tashdir, ya’ni bu javoblar test topshirig‘ida berilgansavolga aniq javobni bilmagan 
abituriyent uchun to‘g‘ri javobdektuyulishi kerak. Aksincha, mazkur fan bo‘yicha 
yetarli bilimga egabo‘lgan abituriyentlar uchun esa noto‘g‘ri javob sifatida yaqqol 
ko‘zgatashlanishi lozim. Muqobil javoblarning nechta bo‘lishi ko‘plab 
munozaralarga sababbo‘lishi mumkin. Aslida bu testning maqsadiga bog‘liq 
bo‘ladi.Masalan, ba’zi psixologik testlar faqat 3 ta muqobil javobnitalab qiladi. 
Ba’zilari esa savolning xususiyatidan kelib chiqqanholda, 6 ta va undan ko‘p 
muqobil javoblarni ham talab qilishimumkin. Xorijiy davlatlar tajribalariga nazar 
soladigan 
bo‘lsak, 
ta’lim 
sohasida 
ishlatiladigan 
testlarda 
muqobil 
javoblarningodatda 4 ta yoki 5 ta bo‘lishini kuzatishimiz mumkin. 

Download 160.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling