Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
Muqobil javobli test topshiriqlarining turlari
Download 160.89 Kb. Pdf ko'rish
|
tluEi3Qt7PybHOpHTvmLW47Qn67iTPYjsd0g1XwR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yagona to‘g‘ri javobli test topshirig‘i
Muqobil javobli test topshiriqlarining turlari
1. Yagona to‘g‘ri javobli test topshirig‘i. 2. Eng maqbul to‘g‘ri javobli test topshirig‘i. 3. Negativ test topshirig‘i. 4. Bir nechta to‘g‘ri javobli test topshirig‘i. 1. Yagona to‘g‘ri javobli test topshirig‘i Ushbu turdagi test topshirig‘ida faqat bitta to‘g‘ri javob mavjud. Qolgan muqobil javoblarning hammasi noto‘g‘ri bo‘lib, chalg‘ituvchivazifasini o‘taydi. Misol: 1. Yagona to‘g‘ri javobli test topshirig‘i Quyida berilgan asboblarning qaysi biri o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchaydi? A) Spirometr B) Tonometr C) Fonendoskop D) Termometr 2. Eng maqbul to‘g‘ri javobli test topshirig‘iUshbu turdagi test topshirig‘ida muqobil javoblar o‘zlariningto‘g‘rilik darajalariga qarab bir-birlaridan farq qiladi. Birito‘laligicha to‘g‘ri bo‘lmasligi, boshqasi to‘g‘riroq bo‘lishi mumkin. Lekinularning orasidan faqatgina bittasi eng to‘liq va eng to‘g‘ri javobbo‘ladi. Misol: Organizmda eritrotsitlarning 70 % dan ko‘proq qismi qayerda saqlanadi? A) O‘t qopida B) Jigarda C) Terida D) O‘t qopi, jigar, teri Yuqoridagi misoldagi barcha muqobil javoblar to‘g‘ri keltirilgan,lekin ular orasida faqatgina D javob eng to‘liq va eng to‘g‘ri javobhisoblanadi. Chunki A, B va C muqobil javoblar qisman to‘g‘riva ularmasalaning faqatgina bir jihatini yoritgan. A muqobil javob esaumumlashtirilgan to‘g‘ri javobni o‘zida mujassamlashtirgan.Ushbu turdagi test topshiriqlarini tuzishda test tuzuvchilar judaehtiyot bo‘lishlari kerak. Chunki bu turdagi topshiriqqa muqobiljavoblarni topish juda mushkul vazifa hisoblanadi. Shu sababliagar test tuzuvchilar aniq va ishonchli muqobil javoblarni topaolmasalar bunday topshiriqlarni tuzishga intilmaganlari ma’qul.Bundan tashqari, bunday topshiriqlar oliy ta’lim muassasalarigakirish testlari kabi muhim sinovlarda qo‘llanilmagani ma’qul. Chunki bu sinovdagi abituriyentning psixologik holati va boshqako‘plab omillar konkret savollardan foydalanishni talab qiladi. 2. Negativ test topshiriqlari Negativ turdagi test topshiriqlarida abituriyentdan muqobiljavoblar orasidan noto‘g‘risini topish talab qilinadi. Misol: Gripp epidemiyasi tarqalgan sharoitda kishi o‘zini bu kasallikdanasrashi uchun quyidagilardan qaysi birini qilmasligi lozim? A) Ovqatlanishdan oldin qo‘lni har doim sovunlab yuvish. B) Jamoat joylaridagi xonalar xavosini almashtirib turish. *C) Grippga uchragan bemor bilan bir idishdan ovqatlanish. D) Jamoat joylarida og‘izga maxsus niqob bilan yurish. Negativ turdagi test topshiriqlarini tuzishda quyidagi ikkiqoidaga qat’iy amal qilinishi shart. Birinchisi, testga negativ ma’noberuvchi so‘z (yuqoridagi misolda “qilmasligi” so‘zi) test topshirig‘io‘zagida kelishi lozim, muqobil javoblar orasida emas. Vaikkinchisi, testga negativ ma’no beruvchi so‘z tagiga chiziqcha chizish yokiboshqa usul orqali ajratib ko‘rsatilishi lozim. Aks holda o‘quvchi uniilg‘ab ololmay qolishi mumkin.Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, negativ turdagi testtopshiriqlaridan keng foydalanib kelinishiga qaramay, bu usul ko‘ptanqidga uchramoqda. Tanqidchilarning fikriga qaraganda, o‘quvchiningbilimi uning noto‘g‘ri javobni topa olish qobiliyati orqali emas,balki uning to‘g‘ri javobni topa olish qobiliyati orqali baholansayaxshiroq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchining noto‘g‘ri javobnibilishi uning to‘g‘ri javobni bilishini kafolatlay olmaydi. Shusababli hozirgi paytda negativ test topshiriqlariga talab anchapasaygan. 4. Bir nechta to‘g‘ri javobli test topshirig‘i (yokikombinasiyali test topshirig‘i)Ushbu turdagi test topshiriqlarida bir yoki undan ortiq muqobiljavoblar to‘g‘ri javob hisoblanadi. Qolgan muqobillar esachalg‘ituvchi vazifasini o‘taydi. O‘quvchidan to‘g‘ri muqobil javoblarkeltirilgan qatorni aniqlash talab qilinadi.Misol: Berilgan hasharotlarning qaysilari to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadi? 1) ninachi2) kapalak3) ari 4) chigirtka 5) pashsha 6) chivin 7) qandala 8) temirchak A) 2,3,5,6 B) 1,4,7,8 C) 1,2,3,4 D) 5,6,7,8 Tabiiy fanlarda foydalanilayotgan test topshiriqlarining mazmuni va javob berish jarayonidagi imkoniyatga ko‘ra: Ochiq va yopiq testlarga ajratish mumkin. Download 160.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling