Tayanch iboralar: Fizika, fizikaviy qonunlar, fizik va vektor kattaliklar, birliklar sistemasi, Xalqaro birliklar sistemasi, hosilaviy birliklar, modda, maydon, tеzlik, tеzlanish, aylanma va ilgarilanma harakat.
Bizlarni o’rab turgan borliq Yer, osmon, yulduzlar va ongimizga ta‘sir etib sezgi uyg’otadigan barcha narsalar materiya bo’lib hisoblanadi. Tabiatdagi jismlar va bu jismlar tarkibidagi moddalar moddiy borliq bo’lib, sezgilarimizga har xil ta‘sirlar ko’rsatib o’zini borligini namoyon etadi.
Materiya har doim o’zgarib turib o’z xususiyatlarini namoyon etib turadi, moddiy dunyoda yuz berayotgan materiyaning xilma-xil o’zgarishlari tabiat hodisalari deb ataladi.
Fizika grekcha “physis”– tabiat degan so’zdan olingan bo’lib, tabiat haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. U tabiat hodisalarini ya‘ni materiyaning xossalarini, o’zgarishlarini ifodalay oladigan qonun va qoidalarni o’rganadi.
Fizika fanining boshqa fanlardan farqi shuki, u tabiat qonunlarini jismlar harakatini o’rganish usuli bilan tavsiflab beradi. Fizika tabiat hodisalarini o’rganishda, moddiy olamni idrok etishda asosan matematika, ximiya, biologiya, astranomiya fanlarining qonunlaridan foydalanadi.
FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR Fizik jismlar - tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi.
M: Quyosh, yulduzlar, sayyoralar, toshlar va h.k.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |