Fani bo’yicha mavzu: Buyumlar internetida xafsizlik muammolari. Bajardi: Tekshirdi: reja: Buyumlar interneti nima? 2


Download 1.75 Mb.
bet3/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1149562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sarvar 2

"Internet of Things" (IoT): Axborot jamiyati uchun global infratuzilma bo‘lib, mavjud va rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanib, bir-biriga (jismoniy va virtual) buyurmalarni ulash orqali yanada murakkab xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Buyum: Buyumlar Internetiga nisbatan, bu aniqlanishi va aloqa tarmoqlariga birlashtirilishi mumkin bo‘lgan jismoniy dunyo (jismoniy Buyurmalar) yoki axborot dunyosi (virtual Buyurmalar) degan ma’noni anglatadi. Qurilma: Buyumlar Internetiga kelsak, bu ma’lumotni o‘lchash, ishga tushirish, kiritish, saqlash va ishlov berish uchun zarur bo‘lgan aloqa qobiliyatiga va qo‘shimcha imkoniyatlarga ega uskunani anglatadi.


Aqlli Buyumlarning o‘zaro aloqasi.

Buyumlar Interneti tushunchasi mashinalararo aloqa tamoyiliga asoslanadi: inson aralashuvisiz elektron qurilmalar bir-biri bilan "aloqa qilishadi". Buyumlar Interneti buyuqori darajali avtomatlashtirishdir. "Aqlli" uylardan farqli o‘laroq, tizim bo‘g‘inlari uchun TCP / IP - protokollarni Internet global tarmog‘ining aloqalari orqali ma’lumotlar almashuvi maqsadida foydalanadi.


Buyumlar Interneti har biri o‘ziga xos muammolarni hal qilish uchun joylashtirilgan erkin ulangan va nomutanosib tarmoqlardan iborat. Masalan, zamonaviy avtoulovlarda bir vaqtning o‘zida bir nechta tarmoq ishlaydi: biri dvigatelni boshqaradi, ikkinchisi xavfsizlik tizimlarini boshqaradi, uchinchisi aloqani ta’minlaydi va hokazo. Ofis va turar-joy binolarida isitish, ventilyatsiya, konditsionerlik, telefon aloqalari, xavfsizlik, yoritishni boshqarish uchun ko‘plab tarmoqlar o‘rnatilgan. Buyumlar Internet rivojlanishi bilan bu va boshqa ko‘plab tarmoqlar bir-biriga ulanib, xavfsizlik, tahlil qilishda va faoliyatini boshqarish sohasida ko‘proq va ko‘proq imkoniyatlarni egallaydi.
Birinchi biznes modeli "meyoriy nazorat"dir. Tartibga soluvchi tashkilotlarning talablariga rioya qilish biznesni amalga oshirishning zaruriy shartidir, ammo ular sezilarli xarajatlarga qaramasdan kompaniyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy foyda keltirmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib IoT ushbu sohada xarajatlarni kamaytirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega.
Ikkinchi biznes modeli – bu "profilaktika nazorati": IoTlar favqulodda vaziyatlarning zaruriy sabablarini o‘z vaqtida aniqlash va uskunalarning ishlash samaradorligini pasaytirishga imkon beradi. IoT yordamida masofaviy monitoringni va uskunalar ishini onlayn real vaqtdakuzatish imkonini yaratadi.
Uchinchi biznes modeli bu "masofadan turib diagnostika". IoT sensorlaridan ular o‘rnatilgan qurilmalarni tashxislash va ularning holatidagi o‘zgarishlarga avtomatik javob berish uchun foydalanish mumkin. Aqlli tizimlar sanoat konveyerini kuzatib boradi, omborlarda tovarlarni hisobga oladi va odamlar o‘rniga harakatni tartibga soladi. Har qanday ob-havoda, kun bo‘- yi va haftada etti kun.
To‘rtinchi biznes modelioperatsiyalarni boshqarish”dir. IoTni sanoat va transportda qo‘llanilishi favqulotdagi holatlar kamayishi, hom ashyo va ishlatilgan resurslar hajmini yuqotishlarni qisqarishi xarajatlarni kamaytiradi. IoTdan foydalanib, texnologik operatsiyalar zanjirini boshqarishingiz, har qanday qurilmalarning harakatini boshqarishingiz va real vaqt rejimida ularning xususiyatlarini avtomatik ravishda kuzatib borishingiz mumkin. Bu o‘g‘irlik va nazoratsiz yo‘qotishlardan xalos bo‘lish, aqlli sensorlar o‘rnatilgan nazorat qilinadigan obyektlarning samaradorligini oshirish va ularning ishlashini oldindan aytib berishga imkon beradi. Energetika sohasida - elektrenergiyani ishlab chiqarish va taqsimlash samaradorligini oshiradi.
Beshinchi biznes model – bu "operatsiyalarni avtomatlashtirish". IoTning kirib kelishi tez-tez takrorlanadigan operatsiyalarni avtomatlashtirish, ish samaradorligini oshirish, bo‘sh vaqtni sifatli o‘tkazish va mijozlar ehtiyojini qondirish imkonini beradi. Bunday IoT - gadjetlarning afzalligi faqat muntazam amaliyotlarni soddalashtirish emas. Ular odatlarni avtomatlashtirish orqali sotuvlarni boshqaradilar.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling