Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-1100000 sum


Download 2.21 Mb.
bet97/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-1100000 sum
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-1100000 sum.
Aktsiyalar bilan to‘lash paytida
:D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-1100000 sum
K-t8310-«Oddiy aktsiyalar»-10000 0K-t 8410-«Emission daromad»-100000 sum.
Dividendlar aktsiyalar bilan tulanganidan keyin xususiy kapital quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
  • nominal qiymati 5000 sumlik 10200 dona oddiy aktsiya - 51000000 sum;


  • emission daromad - 4100000 sum;


  • taqsimlanmagan foyda - 2890000 sum;


Jami xususiy kapital - 84000000 sum.


Aktsiyalar bilan dividendlar tulanganida AJning majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari kurinishida to‘lanadigan holatdagi kabi korxona mablag‘lari taqsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aktsiyalar bilan tulanganida xususiy kapital hajmi o‘zgarmaydi, faqat uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashkari, aktsiyalar ko‘rinishida olingan dividendlar jismoniy shaxslarda soliada tortishdan ozod qilinadi. Dividendlar, shuningdek natura kurinishida ham berilishi mumkin. Misol. 200 ming sumlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so‘mga teng bo‘lgan tayyor mahsulot bilan to‘lashga qaror kilindi. Aktsiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida berilganida ham KQS hisoblanadi. QQS to‘lovchisi bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha oborotdan ham QQS hisoblashishi kerak
Dividendlar hisoblab yozildi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»*-200 ming sum
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming sum.
QQS bilan mahsulot sotilishi aks ettirilgan:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming sum
K-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming sum o‘ K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»-33,4 ming sum. Tayyor mahsulot tannarxi hisobdan chiqarildi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming sum _-. K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»-160 ming sum.
Mazkur xolatda ham 15%lik stavka bo‘yicha dividenddan soliq hisoblanadi va aktsiyadorlar bu summani korxona kassasiga to‘laydilar.
Dividendlar dan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliq to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-30 ming sum
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»-30 ming sum.
Aktsiyadorlarga natura xolida dividend berish natijasida moliyaviy natija aniqlandi:
D-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming sum –
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-166,6 ming sum
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-160 ming sum
K-t9110-«Sotilganmahsulotningtannarxi»-160mingsum.
9900-Hisobvaraqdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko‘rsatdi. Ushbu xolatda 9900-hisobvaraq bo‘yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu tadbirda olingan 6,6 ming sum summadagi foydani aks ettiradi va korxona bu summadan soliq to‘lashi lozim.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling