Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Download 2.21 Mb.
bet124/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

To‘liq tannarxga mahsulot butun hajmini chiqarishga umumiy chiqimlar kiradi, solishtirma tannarxga - tovarlar va xizmatlar birligini chiqishga. Solishtirma tannarx -bu xarajatlarining o‘rtacha kattalik bulib, u tula xarajatlarini mahsulotning ishlab chiqarish yillik rejasini tashkil etuvchi umumiy birliklari miqdoriga bulish bilan belgilanadi
Takrorlash uchun savollar
  • Byudjetlashtirish deganda nimani tushunasiz?


  • Operatsion byudjetning asosiy maqsadi nimada?


  • Moliyaviy byudjetda qaysi ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi?


  • Korxonaning ishlab chiqarish dasturida nimalar aks ettiriladi?




Fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulot mavzulari

1-mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari
  • amaliy mashg‘ulot


Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo‘lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. CHunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot sub’ektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarili shida muhim o‘rinni egallaydi.


Iqtisodiyotimizdagi hisob turlari asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
– iqtisodiyot tarmoqlari korxona va tashkilotlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;
– kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
– korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
–maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani buxgalteriya hisobining asosiy nazariy qismi bo‘lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati, vazifasi, predmeti, ob’ekti, tamoyillari, usullari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilsa, «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» fanlarida buxgalteriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qo‘llanishi o‘rganiladi.
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani nafaqat buxgalteriya hisobi tizimi uchun balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy manba hisoblanadi. Ayniqsa iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barcha ma’muriy- boshqaruv xodimlari va ishchi-xizmatchilari iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Bunday iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar mazmuni «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanida ko‘rib o‘tiladigan usul va tamoyillar orqali ifodalanadi.
Boshqa fanlar kabi «Buxgalteriya hisobi» fani ham o‘z tarixi, vazifalari, predmeti, ob’ekti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga ega. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining hisob tizimidagi muammolardan biri an’anaviy «Buxgalteriya hisobi» fanini amaldagi taraqqiyotga mos holda qayta ko‘rib chiqish va zamon talablariga mos holda takomillashtirishdir. Bizga ma’lumki, hozirda buxgalteriya hisobi fan sifatida bir-biriga bog‘liq «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» kabi qismlarga bo‘linadi.
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani buxgalteriya hisobining asosiy nazariy qismi bo‘lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati, vazifasi, predmeti, ob’ekti, tamoyillari, usullari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilsa, «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» fanlarida buxgalteriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qo‘llanishi o‘rganiladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling