Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Download 2.21 Mb.
bet131/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

Internet saytlari
1. www.economics.ru
2. www.norma.uz


2-mavzu. Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni


  • amaliy mashg‘ulot

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’lum bir davrga moliyaviy holati qay darajada ekanligini, ular mablag‘larining joylashishi, ishlatilishi qanday olib borilayotganligini va umuman korxona xo‘jalik faoliyatiga baho berish, nazorat etish, tekshirib borish zarur. Bu zaruriyat korxonaning boshqaruv xodimlariga hamda tashqi foydalanuvchilarga, bank, soliq inspeksiyasi, kreditorlar va investorlarga kerakdir. Ularning bu masala yuzasidan talabini korxonaning balansi qondiradi. Balans moliyaviy hisobotning birinchi shakli bo‘lib, korxona faoliyat turiga qarab oylik, choraklik, yarim yillik va yil oxirida bo‘lishi mumkin.


Buxgalteriya balansi korxonalarning ko‘zgusi bo‘lib, unda korxo­naning mablag‘lari va ularning kelar manbasi haqiqiy holati aks ettiriladi, ma’lum bir sanaga tuzi- ladi.
Balans so‘zi (fransuzcha balance-torozi) – «tenglik», «tarozining ikki pallasi» degan ma’nolarni bildiradi.
U doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi. Balans qandaydir voqeani ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko‘rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi, savdo balansi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari balansi va h.k.) masshtabida tuziladi.
Balans ikki qismdan iborat bo‘lib, bir tomoni aktiv, ikkinchi tomoni passiv deb yurtiladi: aktiv va passiv.
Balans ikkala qismining jami summalari teng bo‘lishi shart. Bu tenglik aktivda xo‘jalik mablag‘lari, passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi.
Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balansi kabi turlari esa uning korxona faoliyatining qay holatida tuzilayotganligini bildiradi.
Aktiv tomoni ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, I - bo‘lim «Uzoq muddatli aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: asosiy vositalar, lizingga olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik summalari.
II- bo‘lim «Joriy aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablag‘lari, debitorlik summalari va boshqalar.
Balansning passiv tomoni ham ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, I - bo‘lim «O‘z mablag‘larining manbalari» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ustav kapitali, zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari va hokazolar.
II - bo‘lim «Majburiyatlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan avanslar va kreditorlik majburiyatlari.
Dastlabki balans korxonaning tashkil topayotgan vaqtida tuziladi.
Hisobot balansi esa korxona faoliyati davomida tuziladi.
Tugatish balansi esa korxona, tashkilot, muassasaning tugatilayotgan muddatdagi xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari qay holatda ekanligi haqida ma’lumot beradi. Balansdagi ma’lumot quyidagicha yig‘ilgan bo‘ladi. Har bir jarayon ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jihatdan o‘zgarib boradi.
Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so‘ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi va schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa har bir schyotlar bo‘yicha qoldiq summalar aniqlanadi. Ba’zi schyotlar esa bekitiladi. Bu haqda kelgusi mavzularda kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Schyotlardagi oxirgi qoldiqlardagi ma’lumotlar bosh kitobga ko‘chiriladi va balansga o‘rnatilgan tartibda aks ettirib chiqiladi.
Balansning aktiv va passiv tomonlari o‘z moddalariga ega hamda ularda ho‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larining kelar manbalarining oxirgi qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Balans so‘zi (fransuzcha balance-torozi) – «tenglik», «tarozining ikki pallasi» degan ma’nolarni bildiradi.
U doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi. Balans qandaydir voqeani ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko‘rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi, savdo balansi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari balansi va h.k.) masshtabida tuziladi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro tizimlarining rivojlanishiga milliy o‘ziga xoslik ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U buxgalteriya hisobining xalqaro miqyosida yaqinlashuviga bevosita ta’sir etuvchi omil sifatida qaraladi. Masalan, Amerikalik olimlar Dust va Ligon buxgalteriya hisobi tizimlarining yaqinlashuvidan «Tashvishga tushuvchi asosiy manba bo‘lib siyosat va milliylashtirish hisoblanadi» deb hisoblaydi. Har bir mamlakat buxgalteriya hisobining tizmini ishlab chiqishda milliylikni saqlashga harakat qiladi. Masalan, AQSH va Kanadaning o‘zaro aloqalarining naqadar rivojlanishiga qaramasdan, Kanada buxgalteriya hisobi va hisobotining tuzilishiga o‘ziga xos yondashuv bo‘lish zarur deb hisoblaydi. Buxgalteriya hisobi tizimining shakllanishiga mamlakatning soliq siyosati ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. CHunki, soliq qonunchiligi buxgalteriya hisobininig uslubiy asoslariga ta’sir ko‘rsatadi. Dunyoning ayrim mamlakatlarida buxgalteriya hisobotlari soliq qonunchiligiga mos ravishda tayyorlanishi lozim. Masalan, Germaniya shunday mamlakatlar sirasiga kiradi. Boshqa mamlakatlarda buxgalteriya hisobining tizimining bir necha variantlaridan birini tanlashga ruxsat beriladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling