Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Download 2.21 Mb.
bet133/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

Internet saytlari
1. www.economics.ru
2. www.norma.uz
3. www.ziyonet.uz
3-mavzu. Schyotlar tizimi va ikki yoklama yozuv
1-amaliy mashg‘ulot
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo‘jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jihatdan o‘zgarib boradigan xo‘jalik mablag‘lari haqida har doimo ma’lumotga ega bo‘lib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarni hisobda guruhlab borish va tezkor nazorat o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Buning uchun bux­galteriya hisobi elementlaridan biri schyotlar tizimidan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgilangan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qaysi tarmoqqa qarashliligidan va unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki va undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularning tashkil topish manbalari ishtirok etadi. SHuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schyotlarda aks ettirishda ikki yoki undan ortiq schyotlardan foydalaniladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari tufayli mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari bir-biri bilan bog‘lanadi va natijada ular uchun mo‘ljallangan buxgalteriya hisobi schyotlari ham bir-biri bilan bog‘lanadi (bu bog‘lanish «Schyotlar korrespondensiyasi» deyiladi). Schyotlar bog‘lanishining buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirilishiga «Ikkiyoqlama yozuv» (buxgalteriya provodkasi) deb aytiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan jarayonlarga tegishli summalar buxgalteriya hisobi yozuvlarida eng kamida ikkita schyotga yoziladi, albatta bir schyotning debetiga, ikkinchi schyotning kreditiga.
Buxgalteriya hisobi schyotlari quyidagi xususiyatiga ko‘ra turkumlanadi:
- schyotlarning tuzilishiga ko‘ra;
- ko‘rsatkichlarning aks ettirilishiga ko‘ra;
- balansda aks ettirilishiga ko‘ra;
- vazifasi, tayinlanishiga ko‘ra.
Schyot tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
- aktiv schyot;
- passiv schyot.
Vazifasiga (tayinlanishi) ko‘ra schyotlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Asosiy schyotlar.
2. Tartibga soluvchi schyotlar.
3. Taqsimlovchi schyotlar.
4. Kalkulatsiya schyotlari.
5. Taqqoslovchi schyotlar.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling