Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Download 2.21 Mb.
bet88/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

Qo‘shma korxona O‘zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat resurslaridan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.
2. Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi
Ustav kapitalini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
8310-«Oddiy aktsiyalar» 8320-«Imtiyozli aktsiyalar» 8330-«Pay va kuyilmalar».
Ushbu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari ustav fondining, aktsionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining shakllanishi va uning harakatini hisobga oladi. Aktsiyadorlik sarmoyasi ruyxatga olingan xajmda, biroq hali tugallanmagan emissiya sifatida hisobda aks ettirilar ekan, e’lon qilingan (chiqarilishga ruxsat etilgan), joylashtirilgan (ularga aktsiyadorlar obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga muvofiq qo‘shimcha joylashtirilgan oddiy aktsiyalarning analitik hisobini yuritish lozim.
Misol. «Bobur» AJ ustavida 1000 so‘mlik nominal qiymatga ega bo‘lgan 20000 dona oddiy aktsiyalar chiqarishga ruxsat etilgan.
E’lon kdlingan aktsiyadorlik kapitaliga quyidagicha provodka beriladi
: D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-2000000 sum
K-t 8310-«Oddiy aktsiyalar»-2000000 sum.
Keyin nominal qiymati bo‘yicha a’zolariga 10000 dona aktsiya sotadi, deb faraz qilaylik:
D-t 5110, 5010-«Pul mablag‘lari»-1000000 sum
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-1000000 sum.
Ma’lum vaqt utgach, AJ kolgan 10000 dona aktsiyani xar bir aktsiya uchun 1200 sum evaziga boshqa investorga sotadi. Aktsiyalarning sotish va nominal qiymatlari orasidagi fark-2000 so‘mni tashkil etadi va bu fark 8410-«Emission daromad» hisobvarahida aks ettiriladi:
D-t 5110, 5010-«Pul mablag‘lari»-1200000 sum

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling