Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


D-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar» K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»


Download 2.21 Mb.
bet90/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

D-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar» K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Aktsiyadorlar qaroriga ko‘ra ustav kapitali hajmini sotib olingan aktsiyalar nominal qiymati summasiga ularni yo‘q qilish yuli bilan kamaytirish mumkin:
D-t 8310-«Oddiy aktsiyalar» K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar».
Davlat korxonalarining ustav fondining hajmi uning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilangan mol-mulk summasiga mos keladi. Mazkur miqdor ta’sis xujjatlarida kayd qilingan miqdorga muvofiq bo‘lishi lozim.
Davlat korxonasi ustav fondini shakllantirish bo‘yicha provodka quyidagicha bo‘ladi:
D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar» D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» D-t 5010, 5110-«Pul mablag‘lari» K-t 8330-«Paylar va ulushlar».
Ma’suliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga qo‘yilmalar ustav kapitalidagi ishtirokchilarning ulushini tashkil qiladi. Misol. «Bobur» MChJni tashkil qilish paytida 500000 sum miqdorida ustav kapitali ruyxatga olingan. Karimov A. va Juraev B. MChJning muassislari hisoblanishadi. MChJning ustav kapitalida Karimov A.ning ulushi 60%ni, Juraev B.ning ulushi 40%ni tashkil qiladi.
Xujjatlar ruyxatdan o‘tkazilgan sanadan keyin bu muomala hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Karimovning qarzi»-300000 sum K-t 8330-«Paylar va ulushlar» Karimov kuyilmasi-300000 sum hamda D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Jo‘raevning qarzi»-200000 sum K-t 8330-«Paylar va ulushlar» Juraev kuyilmasi-200000 sum.
Har bir ishtirokchi (muassis) MChJga ta’sis shartnomasiga muvofiq biron-bir aktivni kiritadi. Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari yakka egalikdagi yozuvlarga aynan o‘xshash bo‘ladi, muassislar bo‘yicha hisob zarur.
Misol. Karimov o‘z kuyilmasini transport vositasi kurinishida (300000 sum) kiritdi:
D-t 0160-«Transport vositalari»-3 00000 sum K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Karimovning qarzi»-3 00000 sum.
Juraev o‘z kuyilmasini xom-ashyo ko‘rinishida (200000 sum) kiritdi: D-t 0110-«Xom-ashyo va materiallar»-200000 sum K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Juraevning qarzi»-200000 sum.
Ta’sischilarning Qaroriga muvofiq ustav kapitali miqdori oshishi mumkin. Ustav kapitalining oshirilishi ta’sischilarning qo‘shimcha kuyilmalari hiobiga yoki taqsimlangan foydadan ajratma qilish hisobiga bo‘lishi mumkin.
Ba’zi xoll ar da MChJga yangi muassis kelib kushlishi mumkin. Bu quyidagi yullar orqali yuzaga keladi:
  • ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yuli bilan;


  • qo‘shimcha sarmoya kiritish yuli bilan.


Biroq xar ikkala xolatda ham yangi muassisning kelib kushilishi jamiyatning barcha a’zolari tomonidan ma’kullanishi lozin. Birinchi xolatda sarmoya sotib olingan ulushi oldingi muassis sarmoyasi hisobvarag‘idan yangisinikiga o‘tkaziladi.


Misol. Karimov o‘zining 100000 sumlik miqdordagi ulushini Ergashevga sotdi: D-t 8330-«Ustav kapitali Karimov kuyilmasi»-100000 sum K-t 8330-«Ustav kapitali Ergashev qo‘yilmasi»-Yu0000 sum.
Ikkinchi xolatda yangi muassis mavjud sarmoyaga qo‘shimcha sifatida ustav kapitaliga o‘z ulushini qo‘shganda muassislar ulushlarining foiz nisbati o‘zgaradi.
Misol. 500000 sum miqdorida ruyxatga olingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan va muassislari ulushi: Karimovniki-60%, Juraevniki 40% bo‘lgan «Bobur» MChJ yangi a’zo Xasanov B.ni jalb etish hiosbiga o‘z ustav kapitalini 600000 so‘mgacha oshirishga qaror qildi. Mazkur xrlatda ulushlar nisbati o‘zgaradi va quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Karimov-50% (300000/600000);
Juraev-33,3% (200000/600000);
o‘asanov-16,7% (100000/600000).
MChJ ustav kapitali miqdorining ko‘payishi taksimlanmagan foyda hisobidan ham bo‘lishi mumkin. Bu xrlatda quyidagicha yozuv qilinadi: D-t 8710-«Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)» K-t 8330-«Paylar va ulushlar».
MChJda muassis jamiyat tarkibidan chiqishga hamda o‘z ulushini olishga qaror qilganda quyidagi provodkalar beriladi:

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling