Fani darsligi mavzulari bo‘yicha
«QUTADG‘U BILIG». «QUTADG‘U BILIG» DOSTONI HAQIDA
Download 220.69 Kb.
|
11-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR
«QUTADG‘U BILIG». «QUTADG‘U BILIG» DOSTONI HAQIDA.(Darslikda 70–99-betlar)«Qutadg‘u bilig» dostonida Yusuf Xos Hojib o‘zi tug‘ilgan joyni nima deb ko‘rsatgan? Yettisuv B) Bolosog‘un C) Quz O‘rdu D) Toqmoq Yusuf Xos Hojib qachon: «...(qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush) bo‘ldi», – deb yozadi? «Qutadg‘u bilig» dostonini yoza boshlaganida «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugallaganida Qashqardan Bolosog‘unga ko‘chganida Qashqardan Yorkentga ko‘chganida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari uchun mukofotlangani haqidagi ma’lumotlar asarning qaysi qismida keltiriladi? nasriy muqaddimasida B) she’riy muqaddimasida C) nasriy xotimasida D) she’riy xotimasida «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha kim tomonidan kimga qarata aytilgan? To‘p (koptok) (bir barqaror) o‘rinsiz dumalab yurgani kabi, Men ham uning kabi (o‘rinsiz) kezaman. Iltifot bilan boqqaningda ko‘zimni yumganim (sababi), Senga o‘zimning qandayligimni ko‘rsatmoqchi edim. Bu kunlarda men ham bir ko‘r kishi kabiman, Kim menga ilashib qolsa, unga qattiq yopishib olaman. elig tomonidan O‘gdulmishga qarata Oyto‘ldi tomonidan eligga qarata elig tomonidan Oyto‘ldiga qarata Oyto‘ldi tomonidan O‘gdulmishga qarata «Qutadg‘u bilig» asarida eligga qaysi qahramon: «Mening barcha qilmishlarim jafo, menga ishonma... Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bir yerda turmaydi», – deydi? O‘gdulmish B) Kuntug‘di C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida Oyto‘ldi eligdan nega bunday kursida o‘tirganligini so‘rasa, elig qanday javob beradi? «Barcha to‘rt oyoqli narsa siljimas bo‘ladi». «Barcha uch oyoqli narsa siljimas bo‘ladi». «Agar uch (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi». «Agar ikki (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi». «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish eligdan nechta hojatini ravo qilishini so‘raydi va ular qaysilar? 3 ta: dard-u kasalsiz hayot, nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik 4 ta: kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik, nihoyasiz ilm, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot 3 ta: nihoyasiz ilm, nuqsonsiz tiriklik, kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik 4 ta: nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot, kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi donishmand yigit eligning ovozalarini eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi va ular birgalikda mamlakatni boshqarib, budun – xalqni idora qila boshlashadi? O‘gdulmish B) Kuntug‘di C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni O‘gdulmish kim va nimaning ramzi? elig – adolat ramzi elig – davlat ramzi vazirning o‘g‘li – aql ramzi vazirning uzoq qarindoshi – qanoat (ofiyat) ramzi «Qutadg‘u bilig» asarida ramziylik uchun asos vazifasini bajargan detallarni toping.
«Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoviy ishlarning barchasi hayotiy zarurat ekanligini tinmay uqtiradi va shu maqsadda dehqon, savdogar, chorvador, hunarmand, kambag‘allar, oila, bola-chaqa, ularning tarbiyasi haqida ham gapiradi, tushuntiradi? O‘gdulmish B) Kuntug‘di C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish kimning oqilona tushuntirishlaridan so‘ng, ziyorat maqsadidagina elig huzuriga boradi? O‘gdulmishning B) Kuntug‘dining C) Oyto‘ldining D) Kulteginning Mumtoz adabiyotimizda (adabiy an’analar natijasi sifatida) qiyinchilikka duch kelgan qahramon, ma’shuqa ishqida o‘rtanayotgan oshiq qaddi ko‘pincha arab alifbosidagi qaysi harflarga qiyoslanadi? «mim» yoxud «yo» harflariga B) «dol» yoxud «alif» harflariga C) «lom» yoxud «yo» harflariga D) «yo» yoxud «dol» harflariga Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylanib ketgan bo‘lib, adib zolim amaldorlarni nimaga o‘xshatgan? arslonga B) sherga C) bo‘riga D) burgutga Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o‘rniga adibning nimani qafasda yotgan arslonga o‘xshatganini topib, qo‘ying. Download 220.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling