Fani darsligi mavzulari bo‘yicha


Download 220.69 Kb.
bet11/35
Sana25.10.2023
Hajmi220.69 Kb.
#1720333
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
11-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR

«U Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar butun Movarounnahrni turklar o‘lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizro‘yindir».

    1. Siyovush B) Afrosiyob

C) Qaz D) Barman

  1. Marsiya nima?

    1. Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki nasriy asar.

    2. Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan dramatik asar.

    3. Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq.

    4. Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan hikoya yoki qissa.

  2. Quyidagi qadimgi maqollar ichidan badnafslik haqidagi maqolni toping.

    1. «Qul savi qalmas, Qag‘il bag‘i yazilmas».

    2. «Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur».

    3. «Erik erni yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘».

    4. «O‘d kechar, kishi to‘ymas, yalinguq o‘g‘li mangu qalmas».




  1. «Devon»da keltirilishicha, Qazvin so‘zining asli qanday ma’noni anglatadi?

    1. qaz o‘yini – oqqush o‘ynaydigan joy

    2. qaz o‘yini – qiz o‘ynaydigan joy

    3. qaz o‘yini – qor o‘ynaydigan joy

    4. qaz o‘yini – g‘oz o‘ynaydigan joy

  2. «Devon»dagi she’riy parchalarning qaysi vaznda yozilganligi haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.

    1. Faqat aruz vaznida yozilgan.

    2. Faqat barmoq vaznida yozilgan.

    3. Asosan, barmoq vaznida, ayrim namunalar aruzning ba’zi ko‘rinishlariga muvofiq keladi.

    4. Asosan, aruz vaznida, ayrim namunalar barmoqning ba’zi ko‘rinishlariga muvofiq keladi.

  3. Mahmud Koshg‘ariy qaysi munozaraga oid ko‘plab to‘rtliklarni keltirgan, ammo ular asarning bir joyida emas, balki uning turli qismlarida har xil so‘zlarning izohiga dalil tarzida yoyilgan?

    1. «Binafsha va Chang» B) «Bang va Chog‘ir»

C) «Boz va Bulbul» D) «Qish va Bahor»



  1. Qo‘ shiq atamasi ilk marta Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qayd etilgan bo‘lib, muallif unga qanday izohlar bergan?

    1. she’r, qasida B) maqom, ohang

C) qo‘shug‘, kuy D) she’r, to‘rtlik



  1. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi she’rda bir-birini yengishni istagan qaysi obrazlarning o‘zaro to‘qnashgani, bir-birlariga yomon ko‘z bilan qarashgani va bir-birlarini tutish uchun yaqinlashganlari tasvirlanadi?

« bila to‘qushti,
Qing‘ir ko‘zun baqishti, Tutashqali yaqishti, Utg‘alimat o‘g‘rashur».

    1. qish va yozni B) qish va bahorni

C) yovuzlik va ezgulikni D) kun va tunni



  1. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan?

    1. hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida

    2. hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni

    3. hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida

    4. hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni




  1. Hozirda qaysi davlatda Barskon nomida daryo va dovon bor?

    1. Qozog‘istonda B) Qirg‘izistonda

C) Tojikistonda D) O‘zbekistonda



  1. Nechanchi asrga kelib Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan?

    1. IX asrga kelib B) X asrga kelib

C) XI asrga kelib D) XII asrga kelib

  1. «Devon»da muallif Barsg‘an kimning o‘g‘lining nomi ekanligini aytar ekan, «Barsg‘an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu shahardan», – deb yozadi?

    1. Tamg‘ochxonning B) Bo‘riteginning

C) Bug‘raxonning D) Afrosiyobning



  1. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida turkiy so‘zlarning ma’nosini qaysi tilda izohlab bergan?

    1. fors tilida B) arab tilida

C) turk tilida D) hind tilida



  1. Mahmud Koshg‘ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ‘ibotchisi sifatida qaysi til bilan «... ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan turk tilini» ko‘klarga ko‘taradi?

    1. arab tili bilan B) so‘g‘d tili bilan

C) hind tili bilan D) fors tili bilan



  1. Adabiyotda to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlar qaysilar?

    1. ruboiy, tuyuq, to‘rtlik, fard B) to‘rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba

C) qit’a, to‘rtlik, ruboiy, tuyuq D) tuyuq, musamman, ruboiy



  1. Munozara janri haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.

  1. Munozara biror insonning vafoti munosabati bilan yoziladi;

  2. Munozara asar qahramonlarining o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladi;

  3. Munozara she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin;

  4. Munozara asar qahramonlarining ta’rif va tavsifi asosiga quriladi;

  5. Munozarada ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo‘ladi;

  6. Munozara faqat she’riy shaklda yaratiladi.

A) 2, 3, 5 B) 2, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6

  1. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtliklaridan birida ko‘z yoshlarini nimaga o‘xshatadi?

    1. dengizga B) daryoga

C) yomg‘irga D) buloqqa



  1. «Devonu lug‘ot at-turk»da qaysi buyuk tarixiy shaxsning o‘limi achchiq qismat, dahshatli fojia, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish sifatida baholanadi?

    1. Siyovushning B) Afrosiyobning

C) Qazning D) Barmanning

  1. Sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadigan «Ardam bashi – til» maqolinining to‘g‘ri izohini toping.

    1. «Odam boshiga keladigan balolarning boshi – til(da)dir».

    2. «Odob boshi, baxt boshi – til(da)dir».

    3. «Odam boshi bo‘sh bo‘lsa, til ko‘p shovqin solar».

    4. «San’at, fazilatlarning boshi til(da)dir».

  2. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlarini toping.

    1. Buxoro, Isfijob (Sayram), Xo‘tan, O‘tror, Qashqar

    2. Bolasog‘un, Qashqar, Isfijob (Sayram), Shosh, Buxoro

    3. O‘tror, Shosh, Xo‘tan, Samarqand, Bolasog‘un

    4. Isfijob (Sayram), O‘tror, Shosh, Bolasog‘un, Xo‘tan




  1. Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim kim?

    1. Ahmad Yugnakiy B) Yusuf Xos Hojib

C) Alisher Navoiy D) Mahmud Koshg‘ariy

  1. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida tarixiy mavzuda kimlar bilan bo‘lgan janglar haqidagi parchalar mavjud?

    1. qipchoqlar, tangutlar bilan

    2. yabog‘u (yobg‘u)lar, tangutlar bilan

    3. o‘g‘uzlar, yabog‘u (yobg‘u)lar bilan

    4. turklar, o‘g‘uzlar bilan




  1. «Devon»da nimalar bilan bog‘liq she’riy parchalar katta o‘rin tutadi?

    1. turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq she’riy parchalar

    2. turli insoniy kechinmalar talqini bilan bog‘liq she’riy parchalar

    3. mehnat shavqi bilan bog‘liq she’riy parchalar

    4. tabiat manzaralari go‘zalligi bilan bog‘liq she’riy parchalar




  1. «Devon»dagi qaysi to‘rtlik boshdan oxirigacha jonlashtirishga tayanadi?

    1. «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…» B) «Qish bilan Yoz»

C) «Bulnar meni ulas ko‘z» D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»



  1. «Devon»da keltirilishicha, ba’zilar turk shaharlari chegarasini qayerdan boshlanishini aytadilar?

    1. Marvash – Shohijondan B) Qum – Marvashdan

C) Qazvin – Shohijondan D) Qazvin – Qumdan



  1. Alp Er To‘nga haqidagi marsiya qanday she’riy shaklda yozilgan?

    1. g‘azal B) qasida

C) murabba D) muxammas

  1. Go‘ro‘g‘li ismining alp va bahodir ma’nosini ochib beruvchi so‘z qaysi qadimiy maqolda qo‘llanganligini toping.

    1. «Ashuch aytur tubum altun. Qamich aytur men qaydaman».

    2. «Emgak ekinda qolmas».

    3. «Sundilach ishi ermaz ortugun tepmak».

    4. «Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur».

  2. «Yir» so‘zining ma’nosini toping.

    1. yirtiq B) qasida, qo‘shiq

C) kuy, maqom D) hikmatli so‘z



  1. Mahmud Koshg‘ariy qaysi lug‘atning ilk namunasini yaratgan?

    1. turkcha – arabcha B) arabcha – hindcha

C) forscha – arabcha D) turkcha – forscha



  1. Qoraxoniylar davlati qaysi hukmdorlarning davrida ancha kuchaygan, nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan?

    1. Xorun, Bug‘raxon, Tamg‘ochxon va Ibrohim Bo‘ritegin davrlarida

    2. Xorun, Ubaydullaxon, Ispahsalar va Ibrohim Bo‘ritegin davrlarida

    3. Ispahsalar, Bo‘ritegin, Tabg‘achxon va Ibrohim Bug‘raxon davrlarida

    4. Qoraxon, Xorun, Tamg‘ochxon va Ibrohim Bug‘raxon davrlarida




  1. «...qo‘nonlarga, yaxshilarga osh-ovqat tutadigan, yovuz yovni qochiradigan, O‘g‘roq lashkarini qaytarib yuboradigan bahodirning halok bo‘lgani haqida qaysi asarda she’r keltiriladi?

    1. «Qutadg‘u bilig» B) «Devonu lug‘ot at-turk»

C) «Mahbub ul-qulub» D) «Hikmat»



  1. Nishotiy qalamiga mansub munozaralarni toping.

    1. «Binafsha va Chang», «O‘q va Yoy» «Gul va Daf»

    2. «Boz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang»

    3. «Bang va Chog‘ir», «Boz va Bulbul», «Gul va Daf»

    4. «Bang va Chog‘ir», «Binafsha va Chang», «Gul va Daf»




  1. «Devon»dagi qaysi to‘rtlikda ko‘z, mengiz (xol), yuz o‘ziga xos sifatlashlar – ulas, qara, qizil so‘zlari bilan ziynatlangan?

    1. «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…» B) «Qish bilan Yoz»

C) «Bulnar meni ulas ko‘z» D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»

  1. «Devon»da keltirilishicha, turklarga chegara hisoblangan Qum shahri nomi qaysi tilga oid hisoblanadi?

    1. arab B) fors

C) turk D) hind

  1. Sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadigan «Qut belgusi – bilig» maqolining to‘g‘ri izohini toping.

    1. «Bilim – baraka, aql belgisi» B) «Bilim – baxt belgisi»

C) «Bilim – iymon belgisi» D) «Bilim – olimlik belgisi»



  1. «Devonu lug‘ot at-turk» («Turkiy tillar lug‘atlari») asari kimga bag‘ishlangan?

    1. Muhammad al-Muqtadoga B) Ibrohim Bo‘riteginga

C) Muhammad Xo‘jabekka D) Tavg‘ach Bug‘raxonga



  1. Qoraxoniylar davlati qayerlarni o‘z ichiga olgan?

    1. Sharqiy Tiyonshon, Xuroson, Yettisuv, Chu va Farg‘ona vodiylarini

    2. Shimoliy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Farg‘ona vodiylarini

    3. Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini

    4. Janubiy Tiyonshon, Xuroson, Chu va Talas vodiylarini

  2. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi tarixiy mavzuga bag‘ishlangan marsiyani toping.

    1. «Alp Er To‘nga» B) «Oltin qon»

C) «Eltarish xoqon» D) «Qish va bahor»



  1. «Devon»dagi yetakchi mavzular qaysilar?

  1. Vatan va yurt muhabbati;

  2. xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish;

  3. tabiat manzaralari go‘zalligi;

  4. ilmsizlikdan qochish;

  5. turli insoniy kechinmalar talqini;

  6. mehnat shavqi.

A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6



  1. «Alp Er To‘nga», «Qish bilan Bahor» asarlari qanday shaklda qofiyalangan?

    1. a-a-b-a B) a-b-a-b

C) a-a-a-a D) a-a-a-b



  1. Qaysi ijodkor Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deb atashlarini yozgan?

    1. Mahmud Koshg‘ariy B) Nosiruddin Rabg‘uziy

C) Yusuf Xos Hojib D) Ahmad Yugnakiy



  1. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «esiz» so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llangan?

    1. yomon, yaramas, manfur B) aqlsiz, ovsar, dumbul

C) vaqt, zamon taqdir D) afsus, attang

  1. «Uma kelsa, qut kelar» maqolining izohini toping.

    1. «Mehmon kelsa, u bilan qut keladi».

    2. «Chaqaloq dunyoga kelsa, u bilan qut keladi».

    3. «Omad kelsa, u bilan qut keladi».

    4. «Ilm kelsa, u bilan qut keladi».

  2. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi tarixiy mavzuga bag‘ishlangan rivoyatni toping.

    1. «Alp Er To‘nga» B) «Oltin qon»

C) «Eltarish xoqon» D) «Qish va bahor»



  1. Qachon qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarni egallab oladilar?

    1. 992-yilda B) 990-yilda

C) 994-yilda D) 996-yilda



  1. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan?

    1. 1072-yilda B) 1070-yilda

C) 1012-yilda D) 1074-yilda



  1. «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini nimalar tashkil qiladi?

    1. ruboiylar B) tuyuqlar

C) to‘rtliklar D) ikkiliklar

  1. Tabiatdagi jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o‘xshatilib, unga qiyosiy holda aks ettirilgan «Yay qish bila qarishti» misrasining ma’nosini toping.

    1. «Yomg‘ir qish qori bilan qorishdi».

    2. «Yoz qish bilan qarshilashdi».

    3. «Bahor qish bilan qarshilashdi».

    4. «Yoz yomg‘iri qishda yog‘maydi».




  1. Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobni qayerda turar edi, deb ko‘rsatadi?

    1. Xo‘tanda – Qazvin shahrida

    2. Qashqarda – O‘rdukent shahrida

    3. Qashqarda – Qazvin shahrida

    4. Xo‘tanda – O‘rdukent shahrida

  2. Adabiyotning keyingi bosqichlarida qanday she’riy shakldagi marsiyalar uchraydi?

1) g‘azal; 2) qasida; 3) muxammas; 4) tuyuq;
5) qit’a; 6) tarkibband; 7) tarjiband; 8) musaddas.
A) 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 5, 7, 8 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6

  1. «Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas» qadimiy maqolinining to‘g‘ri izohini toping.

    1. «Qoraxitoy xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi».

    2. «Qazvin xoqonining ipak choponi keng, lekin o‘lchamay kesilmaydi».

    3. «Movaraunnahr xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi».

    4. «Xuroson xoqonining ipak choponi keng, lekin o‘lchamay kesilmaydi».

  2. Barskon nomli daryo va dovon qayerda joylashgan?

    1. Bolasog‘un atrofida B) Issiqko‘l atrofida

C) Sayram atrofida D) Shosh atrofida



  1. Darslikda berilgan «Devonu lug‘ot at-turk» parchalari kimning nashridan olingan?

    1. B. Nazarov B) B. To‘xliyev

C) B. Karimov D) Q. Sodiqov



  1. Quyidagilar ichidan qaysi bir asar munozara janrining eng qadimgi namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega?

    1. «Qish va Bahor» B) «Binafsha va Chang»

C) «Boz va Bulbul» D) «Bang va Chog‘ir»

  1. «Qish va Bahor» munozarasida qaysi tasvir vositasi asosiy o‘rin tutadi?

    1. qarshilantirish B) jonlantirish

C) o‘xshatish D) mubolag‘a



  1. Mahmudning qashqarlik ilk ustozlaridan birini toping.

    1. Bug‘raxon B) Bo‘ritegin

C) Xorun xalifa D) Husayn xalifa



  1. Saj’ nima?

    1. she’r turi B) qofiyali nasr

C) o‘xshatish D) xalq og‘zaki ijodi

  1. Asarda keng qo‘llangan murabba’ shakliga xos bo‘lgan qofiyadoshlikni toping.

    1. a-a-a-b B) a-b-a-b

C) a-a-a-a D) a-a-b-a



  1. «Devon»dagi «Bulnar meni ulas ko‘z...» («Xumor ko‘zli meni asir qiladi...») to‘rtligida qaysi tasvir usuli ustunlik qiladi?

    1. o‘xshatish B) sifatlash

C) jonlantirish D) qiyos

  1. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «ajun» so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llangan?

    1. yomon, yaramas, manfur B) aqlsiz, ovsar, dumbul

C) vaqt, zamon taqdir D) olam, dunyo



  1. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.

    1. Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi aruz vaznida bitilgan.

    2. Alp Er To‘nga marsiyasi barmoq vaznida bitilgan.

    3. Alp Er To‘nga marsiyasining har bir misrasi yetti bo‘g‘indan tuzilgan.

    4. Alp Er To‘nga marsiyasining har bir bandi yetti misradan iborat.




  1. Qoraxoniylar davrida qaysi shaharlarda ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to‘plangan?

    1. Bolasog‘un, Sayram, Samarqand, Hirot

    2. Shosh, Buxoro, Qarshi, Sayram, Taroz

    3. Bolasog‘un, Sayram, Shosh, Taroz

    4. Shosh, Bolasog‘un, Hirot, Mashhad

  2. Mahmudning bobosi qayerdan bo‘lgan?

    1. Koshg‘ardan B) Barsg‘andan

C) Sayramdan D) Tarozdan



  1. «Devon»da keltirilgan «yir» so‘zi yana qanday shaklda ham talaffuz qilingan?

    1. yer B) yar

C) ir D) ar



  1. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlarni, asosan, qanday nomlagan?

    1. to‘rtlik yoki maqom B) qo‘shug‘ yoki kuy

C) to‘rtlik yoki qasida D) qo‘shug‘ yoki she’r

  1. «Alp Er To‘nga» marsiyasida qaysi voqeadan keyin: «Zamon butunlay ozdi, Tuban, yomonlar ko‘paydi», – deyiladi?

    1. dushman bosqinidan keyin

    2. Afrosiyob vafotidan keyin

    3. ilmsizlarning gavg‘olaridan keyin

    4. bilim (buloqlari) ko‘z ochmay qo‘ygandan keyin

  2. «Devon»da nomlari keltirilgan Alp Er To‘nganing farzandlarini toping.

    1. Barman, Barsg‘an, Qaz B) Siyovush, Barman, Qaz

C) Qaz, Barsg‘an, Qazvin D) Barman, Barsg‘an, Qaz, Qazvin

  1. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «o‘dlak» so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llangan?

    1. yomon, yaramas, manfur B) aqlsiz, ovsar, dumbul

C) vaqt, zamon taqdir D) olam, dunyo



  1. Alp Er To‘nga marsiyasining turoqlari qanday shaklda?

    1. 3+4 shaklida B) 5+2 shaklida

C) 2+5 shaklida D) 4+3 shaklida

  1. Misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi nima deb atalgan?

    1. saj’ B) nasr

C) rajaz D) talmi’



  1. «Devon»dagi nimalarda insonning qalb kechinmalari, nozik his- tuyg‘ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi?

    1. tuyuqlarda B) lirik qo‘shiqlarda

C) saj’larda D) musaddaslarda



  1. «Devon»dagi to‘rtliklarga xos bo‘lmagan qofiyadoshlikni toping.

    1. a-a-a-b B) a-b-a-b

C) a-a-a-a D) a-a-b-a



  1. «Devon»dagi qaysi to‘rtlikda she’rning ta’sir kuchini ta’minlayotgan unsurlardan biri qofiya bo‘lib, undagi qofiyadosh so‘zlar to‘liq jarangdorligi va ohangdoshligi bilan ajralib turadi?

    1. «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…» B) «Qish bilan Yoz»

C) «Bulnar meni ulas ko‘z» D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»

  1. Yaqiniy qalamiga mansub munozarani toping.

    1. «O‘q va Yoy» B) «Boz va Bulbul»

C) «Binafsha va Chang» D) «Bang va Chog‘ir»



  1. «Devon»da Qazvin shahrini kim qurganligi aytiladi?

    1. Qaz B) Afrosiyob

C) Siyovush D) Barman



  1. Mahmud Koshg‘ariy «Devon»da Afrosiyobning bolalari qanday atalganini eslatadi?

    1. xoqon, xon B) alp, noib

C) amir, hukmdor D) hukmdor, sardor




Download 220.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling