Mavzusida o’tkazilgan ma’naviyat o’quvi bayonnomasi g’ijduvon tumani


Download 355.6 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi355.6 Kb.
#1469285
Bog'liq
oʻquv


“ Tasdiqlayman”


1-DMTT direktori:
M.Rahimova

G’ijduvon tumani 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
"Vatan hissi,Vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrliroqdir”


mavzusida o’tkazilgan ma’naviyat o’quvi


BAYONNOMASI
G’ijduvon tumani 05.09. 2022-yil
Yig’ilish raisi : M.Rahimova
Kotiba: D.Avezova
"Vatan hissi,Vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrliroqdir”

mavzusida o’tkazilgan ma’naviyat o’quvi










Eshitildi:
Bugungi mavzu yuzasidan DMTT direktori: M.Rahimova so’zga chiqib, O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.O'zbekistonimizning qaysi mintaqada joylashganini bilasizmi? Mintaqa arabcha so'z bo'lib, yo'nalish, chegara, hudud degan ma’nolarni anglatadi. Bu so'zni keng va tor ma'nolarda ishlatish mumkin. U keng ma'noda bir necha mamlakatni qamrab oladigan hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so'zning keng ma'nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha davlatlarni o'z ichiga oladi. Tor ma'noda esa bu so'z ma'lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlarni anglatadi, mamlakatimizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlarni tushunamiz? Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so'rab qolgudek bo'lsa, dastlab mana bu ma'lumotlarni tilga olishimiz zarur.O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'oniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog', adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari Amudaryo va Sirdaryo oqib o'tadi. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon Sherobod, Chirchiq Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi.
Yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisiz? Unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqiariga ega. Prezident Islom Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.
Chindan ham, bizning diyorimiz shunchalar rang-barang, shunchalar betakrorki, O'zbekiston deganda, ko'z o'ngimizda Farg'ona vodiysining so'lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko'hna me'moriy obidalari,- Qoraqalpog'iston zaminidagi qadimiy qal'a-qo'rg'onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go'zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog'lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o'ziga xos fe'1-atvori va udumlari namoyon bo'ladi.
O'zbekistonni bir ko'rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi.

Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni o'ziga maftun etgani haqida to'lqinlanib, hayajonlanib so'zlashadi.


Har qanday mamlakatning milliy boyligi ikki xil bo'ladi. Birinchisi — moddiy boyliklar, ikkinchisi — ma'naviy boyliklar. Moddiy boyliklar o'z navbatida yana ikki xilga — yer osti va yer usti boyliklariga bo'linadi. Yer osti boyliklariga zamin qa'rida yotgan turli foydali qazilmalar kiradi. Yer usti boyliklariga esa inshootlar, korxonalar, tog'lar va o'rmonlar, daryolar yaylovlar, shahar va qishloqlar kabi moddiy qadriyatlar kiradi.
 O'zbekistonning yer usti boyliklari haqida gap ketganda, avvalo uning dehqonchilik uchun qulay bo'lgan sug'oriladigan zamini, daryo va ko’llari, turli noyob o'simlik va hayvonot dunyosiga ega bo'lgan tog'larini, obod shahar va qishloqlarini, u yerlardagi ishlab chiqarish korxonalari, bilim, madaniyat maskanlari, yo'llar, ko'priklar va binolarni eslaymiz.
Dunyoda avtomobilsozlik sanoatiga ega bo'lgan 28 davlatning biri O'zbekiston ekani bizga katta g'urur-iftixor baxsh etadi.Vatanimizning ma'naviy boyliklari ham juda katta. Har qanday mamlakatning ma'naviy boyligi bugungi zamonda xalqining bilimi va dunyoqarashi, madaniy saviyasi bilan o'lchanadi. Chunki hozirgi davr axborotlar davri, kashfiyotlar davri, yangi-yangi texnologiyalar davridir. Kimning bilimi kuchli bo'lsa, dunyoqarashi ochiq va kelajakka qaratilgan bo'lsa, hamisha oldinda bo'ladi. Avvalo, mamlakatimiz aholisining deyarli yuz foiz savodli ekani bizning ulkan ma'naviy boyligimizdir. Chunki savodli odam kitob, gazeta o'qiydi, televizor ko'rib, radio eshitib, ulardan o'zicha mustaqil xulosa chiqara oladi. Eng muhimi, doimo dunyodan ogoh, zamon bilan hamnafas bo'lib yashaydi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, mazkur masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1.Kun tartibidagi ko`rilgan masala ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.G’ijduvon tuman maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Vatan hissi,Vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrliroqdir” mavzusida o’tkazilgan ma’naviyat o’quvi hujjatlarini rasmiylashtirish tashkilot metodisti D.Avezova zimmasiga yuklatilsin
3.Ushbu qaror ijrosi nazoratini o`z zimmamda qoldiraman.
Bayonlashtiruvchi: D.Avezova
Download 355.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling