Fani darsligi mavzulari bo‘yicha


Download 220.69 Kb.
bet28/35
Sana25.10.2023
Hajmi220.69 Kb.
#1720333
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
11-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR

Adolat qo‘lin tutti andoq biyik Ki, topti amon arslondin kiyik... Yarim kungacha adl ila dod edi,
Yana kun so‘ngg‘i yaxshi bunyod edi. Bu yanglig‘ chu oz vaqt tuzdi rusum, G‘ani bo‘ldilar adlidin ahli Rum.

    1. Iskandar B) Faylaqus

C) Feruz D) Naqumohis

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida jang maydonida Iskardarga maxfiy keltirilgan xatga javoban u qanday yo‘l tutadi?

    1. Doroni tirik keltirishni buyuradi.

    2. Doroning qizini keltirishni buyuradi.

    3. Doroni o‘ldirishni buyuradi.

    4. Xatga javob yozmaydi.

  2. «Saddi Iskandariy» dostonida qayerning podshosi Iskandarning kuchli, o‘zining kuchsizligini anglaydi hamda ilm-fan oldida sehr-joduning puchligini his etadi?

    1. Kashmir shohi B) Hind royi

C) Chin xoqoni D) Xuroson shohi



  1. Husayn Boyqaro agar faqat «Xamsa» yozishga ketgan vaqt hisoblanadigan bo‘lsa, uning necha oydan oshmaganligini ta’kidlaydi?

    1. o‘n oydan B) to‘qqiz oydan

C) yetti oydan D) olti oydan

  1. «Farhod va Shirin» qaysi vaznda yozilgan?

    1. hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf

    2. hazaji musaddasi mahzuf

    3. sariyi musaddasi matviyi makshuf

    4. hafifi musaddasi maxbuni mahzuf

  2. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doro elchilari orqali berib yuborgan qaysi narsaga dunyoni boshqarish ramzi sifatida qaraydi?

    1. oshiqqa B) chavgonga

C) to‘pga D) tariqqa

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarga kim ustozlik qiladi?

    1. Arastu B) Naqumohis

C) Faylaqus D) Suqrot

  1. «Xamsa»dagi eng yirik doston qaysi?

    1. «Hayrat ul-abror» dostoni B) «Farhod va Shirin» dostoni

C) «Saddi Iskandariy» dostoni D) «Layli va Majnun» dostoni

  1. «Saddi Iskandariy» dostonining «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatida g‘ofil insonning otasi necha yoshga kirib, vafot etganini eshitgach, pok qalbli zot kulib: «Ey, har narsaga yengil va beparvo qarovchi odam, o‘sha otangning boshidan o‘tgan kun senga yetarli tajriba emasmidi?» – deydi?

    1. 120 yoshga B) 107 yoshga

C) 112 yoshga D) 117 yoshga

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida nechanchi boblar kirishni tashkil etadi?

    1. 1–10-boblar B) 1–17-boblar

C) 1–12-boblar D) 1–14-boblar

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida Doroning xiroj talab qilib kelgan elchilariga

Iskandar qanday javob qiladi?

    1. «Tilla tuxumlarni yorib chiqib, polaponlar uchib ketdi».

    2. «Tilla tuxumlarni tug‘adigan qushlar o‘lib qoldi».

    3. «Tilla tuxumlarni sizga o‘xshagan o‘g‘rilar o‘g‘irlab ketdi».

    4. «Tilla tuxum tug‘adigan qushlar uchib ketdi».

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida bahorda qo‘liga o‘tgan qaysi o‘lka

Iskandarga juda yoqadi?

    1. Chin yurti B) Arron

C) Xuroson D) Hind o‘lkasi

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskardarga tuhfa qilingan oyna qanday xislatga ega edi?

    1. Kelajakni ko‘rsata olar edi.

    2. Chin va yolg‘onni ajrata olar edi.

    3. Yaxshi va yomonni ajrata olar edi.

    4. Qaragan har qanday yovuz odamning qalbini poklay olar edi.

  2. «Saddi Iskandariy» qaysi vaznda yozilgan?

    1. hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf

    2. hazaji musaddasi mahzuf

    3. mutaqoribi musammani mahzuf

    4. hafifi musaddasi maxbuni mahzuf

  3. «Saddi Iskandariy» dostonida otasi vafot etgach, qaysi obraz taxtdan voz kechmoqchi bo‘ladi?

    1. Feruz B) Faylaqus

C) Mallu D) Iskandar

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida uchraydigan quyidagi inson umrining davrlari bilan bog‘liq so‘zlarni toping.

  1. shabob; 2) tufuliyat; 3) kuhulat; 4) qariliq tariqi.

    1. qarilik chog‘i, aynan qarilik mazhabi;

    2. bolalik;

s) kishining o‘rta yasharlik davri, soch-soqolga oq tushish (mosh- guruchlik) davri;
d) yosh yigitlik davri.
A) 1-b, 2-d, 3-s, 4-a B) 1-d, 2-s, 3-b, 4-a
C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-s D) 1-d, 2-b, 3-s, 4-a

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar kimdan Kashmir taxtini tortib oladi?

    1. Malludan B) Bahromdan

C) Feruzdan D) Suhayldan

  1. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida «yoshlik yelining sabohati – go‘zalligi va yigitlik gulzorining tozaligi» haqida mulohaza yuritiladi?

    1. XL bobida B) XXXIX bobida

C) XLI bobida D) XXIX bobida



  1. «Makorim ul-axloq» asarida «Panj ganj» («Besh xazina») dostoniga muqobil tarzda Alisher Navoiyning qaysi asarni yozganligi aytiladi?

    1. «Majolis un-nafois» B) «Nasoyim ul-muhabbat»

C) «Xamsa» D) «Lison ut-tayr»



  1. «Makorim ul-axloq» qanday qismlardan tashkil topgan?

1) debocha; 2) muqaddima; 3) o‘n maqsad (bob); 4) xotima;

  1. Navoiyning qanday vafot etganligi to‘g‘risidagi bob;

  2. o‘n sakkiz maqsad (bob);

  3. Navoiyning Samarqandda ta’lim olgan yillari to‘g‘risidagi bob.

A) 2, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 3, 5, 7 D) 1, 2, 4, 6



  1. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilishicha, Lutfiy Alisher Navoiyning qaysi matlali g‘azalini eshitib, quyidagi fikrlarni bildiradi?

«Xudoga qasam ichib aytamanki, agar iloji bo‘lganida edi, o‘zimning... turkiy va forsiy g‘azallarimni birgina ushbu g‘azalga almashtirgan va ushbu ayirboshlash natijasini katta muvaffaqiyat deb hisoblagan bo‘lardim».

    1. Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.

    2. Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin, Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!

    3. Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.

    4. Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida Kashmir eliga Iskandar kimni shoh qilib ko‘taradi?

    1. Bahromni B) Muqbilni

C) Mudbirni D) Feruzni

  1. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida keltirilgan hikoyatda nosih (nasihat qiluvchi, o‘git beruvchi) obrazi uchraydi?

    1. XL bobida B) XXXIX bobida

C) XLI bobida D) XXIX bobida

  1. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar taxtga o‘tirgach, 3 yil davomida uning boyliklari otasining davridagidan necha marta ko‘proq bo‘ladi?

    1. uch marta B) o‘n marta

C) yigirma marta D) besh marta

  1. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi baytda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos davlat nomini qo‘ying.


Download 220.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling