Dasturning informatsion uslubiy taminoti
Mazkur fanni oqitish jarayonida talimning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qollash nazarda tutilgan:
- zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanilgan holda otkaziladi;
amaliy mashgulotlarda aqliy xujum, guruhli fikrlash, ish oyini va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi;
amaliy mashgulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qollash nazarda tutiladi.
Manaviy-marifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.
Ushbu talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi togrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrugi hamda shu buyruqqa asosan ishlab chiqilgan, Namangan davlat universitetining 2018 yil 10-oktyabrdagi 3-sonli Kengashida muhokama qilingan va maqullangan Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi boyicha YORIQNOMA asosida ishlab chiqildi.
Fan oqituvchisi tomonidan birinchi mashgulotda Yoriqnoma talablari hamda nazorat turlari, soni, shakli va talabalar bilimini baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.
Nazorat turlari:
Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini otkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bolimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy konikmalarini baholash maqsadida oquv mashgulotlari davomida hamda mashgulotlardan keyin otkaziladi.
Talabalar mashgulotlardagi faolligi fan oqituvchisi tomonidan baholab boriladi. Seminar mashgulotlarida talabalar ishchi fan dasturida belgilangan mavzularning kamida 50 foizini ozlashtirishlari va baholanishlari shart. Talabalarning mashgulotlarda olgan baholari barchasi qoshiladi va olinishi shart bolgan baholar soniga bolgan holda ortacha baho keltirib chiqariladi.
Mashgulotlar jarayonida talabalar mustaqil talimiga alohida etibor qaratiladi. Bunda talaba belgilangan TBBM asosida baholab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |